Telegram Web Link
Fuqarolarga pensiya va nafaqani naqd pul shaklida to‘lash tizimi o‘zgarishi kutilyapti

1-noyabrdan boshlab “Xalq banki” sayyor kassalari tomonidan maxsus planshetlarda fuqarolar barmoq izi ma’lumotlarini Personallashtirish agentligiga elektron so‘rov yuborish orqali o‘zaro mos kelgani tasdiqlanganidan so‘ng naqd pul shaklida pensiya va nafaqa to‘lash tizimi joriy etiladi.

👉 https://kun.uz/uz/45460510

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryoda qancha aholiga bir nafar shifokor to‘g‘ri keladi?

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda har 10 000 aholiga 28 nafar shifokor toʻgʻri kelgan.

Hududlar boʻyicha aholini shifokorlar bilan taʼminlanganlik darajasi (har 10 000 aholiga nisbatan) quyidagicha:

🔹Qoraqalpogʻiston R. – 27 nafar
🔹Andijon viloyati – 25 nafar
🔹Buxoro viloyati – 33 nafar
🔹Jizzax viloyati – 21 nafar
🔹Qashqadaryo viloyati – 19 nafar
🔹Navoiy viloyati – 30 nafar
🔹Namangan viloyati – 20 nafar
🔹Samarqand viloyati 28 nafar
🔹Surxondaryo viloyati – 18 nafar
🔹Sirdaryo viloyati – 22 nafar
🔹Toshkent viloyati – 22 nafar
🔹Fargʻona viloyati – 23 nafar
🔹Xorazm viloyati – 29 nafar
🔹Toshkent shahri – 70 nafar

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Koson hokimi mahalla raislarini soliq yig‘ishga majburlab, haqoratlagani aytilmoqda

Kun.uz ixtiyoriga Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayev mahalla raislarini soliq yig‘ishga majburlayotgani, yig‘ilishlarda kurakda turmas so‘zlar bilan haqoratlayotgani aytilgan murojaat kelib tushdi.

👉 https://kun.uz/uz/32801094

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Banklarda dollar narxi qancha bo‘layapti?

Tijorat banklari 2023-yil 9-avgust kuni aholidan 1 AQSH dollarini 11 610−11 665 so‘mdan sotib olmoqda. Sotuv kursi esa 11 690−11 735 so‘mni tashkil etmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shahrisabzdagi shifoxona sifatsiz ta‘mirlangani uchun devorlari cho‘kib, yorildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz tumanida joylashgan shifoxonada devorlar yorilgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdidi.

Unda aytilishicha, 2022 yilda Shahrisabz tumani “Chorshanbi” MFYdagi shifoxona “Buyuk Turon” MCHJ tomonidan rekonstruksiya qilingan va foydalanuvchi qabul qilib olgan.

Ishchi guruh tomonidan o‘rganilganda ichki suv quvuri yorilib, shifoxona binosi poydevor qismiga suv oqib ketgani, oqibatda, ro‘yxatga olish, izolyator hamda yordamchi xonalarining o‘rta devorlari cho‘kib, ularda yoriqlar paydo bo‘lgani aniqlangan.

Bu holat binoning umumiy mustahkamligiga ta’sir qilmaydi.(?) Hozirda pudratchi tashkilot tomonidan binoning devorlaridagi yoriqlar va yer ostidan o‘tgan suv quvurlari to‘g‘rilanib, kamchiliklar to‘liq bartaraf etildi hamda buyurtmachi va pudratchi tashkilot tomonidan nazoratga olindi», deyiladi munosabatda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
📊 Qashqadaryo O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha 3-o‘rinda

🏢 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 iyul holatiga O‘zbekistonda eng ko‘p aholi:
🔹Samarqand viloyatida — 4 mln 159 ming kishi
🔹Farg‘ona viloyatida — 4 mln 15 ming kishi
🔹Qashqadaryo viloyatida — 3 mln 515 ming kishi
🔹Andijon viloyatida — 3 mln 354 ming kishi
🔹Namangan viloyatida — 3 mln 28 ming kishi yashaydi.

Eng kam aholi:

🔹Sirdaryo viloyatida — 905 ming kishi
🔹Navoiy viloyatida — 1 mln 65 ming kishi
🔹Jizzax viloyatida — 1 mln 491 ming kishi
🔹Xorazm viloyatida — 1 mln 971 ming kishi
🔹Qoraqalpog‘istonda — 1 mln 987 ming kishi yashaydi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi biroz ko‘tarildi

Markaziy bank 10-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 11 667,01 so‘m (+2,14)
🇷🇺 RUB 119,99 so‘m (–1,40)
🇪🇺 EUR 12 809,20 so‘m (+12,85)


➡️ Qashqadaryo xabarlari
Internet orqali koconlik fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Koson tumanida yashovchi 41 yoshli S.B. IIBga murojaat qilib, noma’lum shaxs “Meta Trader” platformasi orqali pullarini qaytarib olishda yordam berish evazga 2 mln 322 ming so‘mni o‘tkazdirib olib, aloqani uzib qo‘yganini ma’lum qilgan.

Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati, Buloqboshi tumanida yashovchi 19 yoshli S.R. sodir etgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.R.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
11-avgust kuni harorat 40 darajagacha ko‘tariladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 11-avgust, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra havo harorati Samarqand viloyatida +33... +38 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +35... +40 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/01324167

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Tijorat banklarida AQSh dollarining sotuv kursi birdaniga 12 ming so‘mdan oshdi

Bugun, 10-avgust kuni tijorat banklarida AQSh dollarining sotuv kursi 12 ming so‘mdan oshdi. Bu asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valutalarining sezilarli qadrsizlanishi bilan bog‘lanmoqda.

Bugun, 10-avgust, soat 11:00 dan boshlab tijorat banklaridagi AQSh dollarining kursi keskin oshdi. Dollar kursi bir kunda 400 so‘mdan ortiqroq qimmatlab, sotuv kursi 12 135 so‘mgacha yetdi. Banklar 1 dollarni 12 015 so‘mdan sotib olmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
O‘zbekistonliklar nechta Green Card yutishdi? ​​DV-2024 g'oliblari soni ma'lum bo'ldi

AQSh Davlat departamenti 2023-yil 6-may kuni natijalari ma’lum bo’lgan Green Card g’oliblarining sonini e’lon qildi. Unga ko'ra g'oliblari soni bo'yicha O'zbekiston dunyo reytingida birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

Quyidagi 10ta davlat eng ko'p g'oliblarga egalik qilishdi:

1. 🇺🇿 O’zbekiston - 5 555.
2. 🇷🇺 Rossiya - 5514.
3. 🇪🇬 Misr - 5 509.
4. 🇸🇩 Sudan - 5 435.
5. 🇩🇿 Jazoir - 5 142.
6. 🇮🇷 Eron - 5 077.
7. 🇦🇫 Avg’oniston - 4 536.
8. 🇰🇬 Qirg'iziston - 4 464.
9. 🇺🇦 Ukraina - 4 286.
10. 🇲🇦 Marokash - 4 250.

O’rta osiyo davlatlari orasida quyidagicha:

1. 🇺🇿 O'zbekiston - 5 555.
2. 🇰🇬 Qirg'iziston - 4 464.
3. 🇹🇯 Tojikiston - 3 580.
4. 🇰🇿 Qozog'iston - 2 728.
5. 🇹🇲 Turkmaniston - 1 313.

Eslatib o'tamiz, DV-2023 yilgi mavsumda O'zbekiston reytingda 5511 go'lib ishtirokchilari soni bilan 3-pog’onani band etgandi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Prezidentining Farmoyishi bilan Imomov Shuxratali Tayirovich Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Sh.Imomov tayinlovga qadar Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Shuxratali Imomov soliq xizmatining I darajali maslahatchisi hisoblanadi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Dollar va yevro kursi keskin ko‘tarildi

Markaziy bank 11-avgustdan dollar rasmiy kursini 408,03 so‘mga oshirib, 12 075,03 so‘m etib belgiladi.

Bir yevro 498,69 so‘mga qimmatlab, 13 307,89 so‘mni tashkil qiladi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Podpolkovnik Gaziyev Ulug‘bek Ravshanovich - Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi Qashqadaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Ulug‘bek Gaziyev 1980 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti va Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan.

U 1998 yildan buyon harbiy sektorning turli lavozimlarida ishlab kelmoqda. Yangi tayinlovga qadar Sharqiy harbiy okrugi Andijon viloyati Baliqchi tumani mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan edi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
1-noyabrdan avtomobilga davlat raqami belgilari uchun to‘lov miqdorlari o‘zgaradi

Ichki ishlar vaziri P.Bobojonovning 2023-yil 10-avgustdagi 396-son buyrug‘i asosida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish, yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki buzilganlari o‘rniga yangi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgartirish kiritildi.

👉 https://kun.uz/uz/52711005

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryoda ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
 
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.P. fuqaro S.Q.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Kasbi tuman tibbiyot birlashmasiga hamshiralik vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1 000 dollar olgan vaqtida ushlangan.

Uning ko‘rsatmalariga asosan davom ettirilgan tadbirda ushbu tibbiyot birlashmaning xo‘jalik bo‘limi mudiri K.Ch. fuqaro Sh.P.dan 1 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 
➡️ Qashqadaryo xabarlari
12-avgust kuni havo harorati biroz pasayadi. Ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 12-avgust, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, havo harorati biroz pastlaydi va Samarqand viloyatida +30... +35, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida +33... +38 daraja issiq bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/uz/09816026

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Ko‘mirda ishlaydigan issiqxonalarga davlat tomonidan rag‘batlantirish paketi joriy qilinadi

Issiqxonalarga maxsus ombor qurish va aylanma mablag‘ uchun 14 foizli kredit liniyasi ochib beriladi, isitish qozonlarini xarid qilish xarajatlarining 20 foizi qoplab beriladi.

👉 https://kun.uz/uz/45514257

➡️ Qashqadaryo xabarlari
2024/09/28 21:45:59
Back to Top
HTML Embed Code: