Telegram Web Link
❗️Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi yana O‘zbekistoning qator viloyatlarida sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar berishicha, 2023-yil, 6-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 5:32 da Аfg'onistonda zilzila sodir bo'lgan. Zilzila kuchi O‘zbekistonning bir qancha viloyatlarida sezildi. Jumladan:

🔹Surxondaryo viloyatida 4 ball, 311 km.
🔹Farg'ona viloyatida 4 ball, 433 km.
🔹Sirdaryo viloyatida 3-4 ball, 465 km.
🔹Jizzax viloyatida 3-4 ball, 465 km.
🔹Samarqand viloyatida 3-4 ball, 471 km.
🔹Andijon viloyatida 3-4 ball, 489 km.
🔹Qashqadaryo viloyatida 3-4 ball, 498 km.
🔹Namangan viloyatida 3-4 ball, 499 km.
🔹Toshkent shahrida 3- ball, 535 km.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qarshi davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh qilindi.

Qashqadaryo viloyatida 1992 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari yordamida uni Qarshi davlat universitetining «Sport» fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Rossiyada 1 dollar qariyb 100 rublga yetdi

Rossiyada buyog‘iga AQSH dollari va yevro kurslari keskin o‘sishi haqida prognozlar qilinyapti. Iyul oyi boshida tanazzulga uchrab, qulay boshlaganidan so‘ng biroz barqarorlashgan Rossiya rubli yana keskin qadrsizlana boshladi. So‘ngi savdolarda 1 dollar qariyb 100 rublga baholanayapti.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
⚡️2 nafar Tojikiston fuqarolarining hayoti saqlab qolindi

2023-yil 5-avgust kuni soat 17:40 larda G'uzor tumani "Obi-hayot" MFY Pachkamar qishlog'i hududidan o'tuvchi "Termez-Toshkent" M-39 avtomobil yo'lining 1249-kilometrida "Daf" yuk mashinasi ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo'qotib, "G'uzor daryosiga" tushib ketgan.

Oqibatda, 2 nafar Tojikiston fuqarolari turli darajadagi tan jarohati olib, yuk mashinasida qisilib qolishgan. Kelib tushgan xabarga ko'ra, G'uzor tuman FVB dan qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:55 larda yetib borgan, yong'in-qutqatuvchilarining sa'y harakatlari va mahalliy fuqarolarning ko'magida 2 nafar fuqaro qutqarib olinib, tuman Tibbiyot birlashmasiga yuborildi. Hozirda fuqarolar shifokorlar nazoratida.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
8-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 8-avgust, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, havo harorati Samarqand viloyatida +30... +35, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +35... +39 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/39606693

➡️ Qashqadaryo xabarlari
O‘zbekiston fuqarolari Saudiya vizasini elektron tarzda olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi

Endi o‘zbekistonliklar Saudiya turizm vazirligining maxsus portali orqali onlayn viza olishi mumkin.(Shuningdek vizani qirollik portlari yoki chegaralarida ham olishi mumkin) Ko‘p martalik ushbu viza bilan yil davomida Umra qilish hamda qirollik bo‘ylab sayohat qilish mumkin. Elektron viza – Haj qilish, Saudiya Arabistonida yashash hamda ishlash huquqini bermaydi.

Bunga qadar MDH mamlakatlaridan faqat Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston fuqarolarida shunday imkoniyat bor edi. Saudiya Arabistoni E-visa'si bir yillik, ko‘p martalik kirish vizasi bo‘lib, sayyohlarga mamlakatda 90 kungacha bo‘lish imkonini beradi.

P.S. Ma’lumotlarga ko‘ra, viza narxi 146 dollarni (550 riyol) tashkil qiladi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 8-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 11 675,01 so‘m (+14,99)
🇷🇺 RUB 120,81 so‘m (–1,91)
🇪🇺 EUR 12 802,82 so‘m (+40,93)


➡️ Qashqadaryo xabarlari
Chiroqchida kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
 
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.X. “Zarbdor”, “Olmazor” va “Qahramon” MFY bo‘yicha hokim yordamchilari bilan o‘zaro til biriktirib, bankdan 7 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ularga issiqxona qurib bermasdan soxta dalolatnomalar tuzish orqali jami 243,9 mln so‘mni o‘g‘li L.A.ning nomiga tashkil etgan ta’minotchi “D.M.” MCHJga o‘tkazish orqali naqdlashtirib olgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 
➡️ Qashqadaryo xabarlari
⚡️ Bozorlar va savdo komplekslarida majburiy sug‘urtalash joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab bozorlar va savdo komplekslariga tegishli bino va inshootlarni yong‘in hamda boshqa xatarlardan, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining mulkini yong‘in va tabiiy ofat oqibatida yetkaziladigan zarardan himoya qilish maqsadida, bozorlar va savdo komplekslariga tegishli bino va inshootlar mulkdorlarining javobgarligini majburiy sug‘urtalash tartibi joriy etiladi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Kitob tumani hududi bo‘ylab o‘tkazilgan maxsus reyd tadbirlarida qoidabuzar haydovchilar aniqlanib, ularga qonuniy chora ko‘rildi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
9-avgust kuni harorat 40 darajagacha ko‘tariladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 9-avgust, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra havo harorati Samarqand viloyatida +30... +35 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +35... +40 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/27580984

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qarshi shahridagi tungi klub, sauna va spa salonlarda o‘tkazilgan reyd tadbirlarida ularda noqonuniy tarzda ishlayotgan qizlar aniqlanib, ularga qonuniy chora ko‘rildi

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Koson tumanida yashovchi, avvalroq o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgani uchun sudlangan yigit ijtimoiy tarmoqlar orqali tovlamachilik qilib, fuqarodan pul olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi

➡️ Qashqadaryo xabarlari
🔻AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi

Markaziy bank 9-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 11 664,86 so‘m (–10,15)
🇷🇺 RUB 121,39 so‘m (+0,58)
🇪🇺 EUR 12 796,35 so‘m (–6,47)


➡️ Qashqadaryo xabarlari
Rasman: Umra xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Din ishlari qo‘mitasining monopoliyasi bekor qilindi

Hukumat qaroriga asosan, Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq turistik faoliyat faqat mahalliy turoperator tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

Qarorda "faqat" so'zining ishlatilgani Diniy qo'mita bu bozordan chiqib ketishini anglatadi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
2024/09/28 23:31:38
Back to Top
HTML Embed Code: