Telegram Web Link
200 dollar uchun 200 mln so‘m badal to‘layotganlar: banklar nega ishsizlarga kredit bergan?

“Nomingizga olingan kredit 2 oy ichida uziladi” degan va’daga ishonib, chuv tushganlarning aksariyati – ishsiz va daromadsiz. Shunga qaramay, banklar ularga katta summada qarz bergan. Hatto hech qayerda ishlamaydigan talabaga ham 293 mln kredit chiqarilgan. Xo‘sh, qanday qilib? Kun.uz surishtiruvining ikkinchi qismida shu haqda so‘z boradi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Hovli uylardan iborat mahallalarda servis kompaniyalari tashkil etiladi

Servis kompaniyalari tajriba tariqasida 208 ta mahallada tashkil etiladi. Ular ko‘chalar va ariqlar tozaligini ta’minlaydi, ko‘chat ekib, parvarishlaydi, shartnoma asosida kommunal tarmoqlarni ta’mirlash, chiqindilarni saralash va tashish xizmatlarini ko‘rsatadi.

👉 https://kun.uz/88892992

Kun.uz rasmiy kanali
Dog‘istondagi rayon rahbari hibsga olindi

Uning o‘g‘illari teraktda ishtirok etishda gumonlangandi.

👉 https://kun.uz/01009407

Kun.uz rasmiy kanali
Britaniya pandemiya davrida sotib olingan koronavirusga qarshi himoya vositalarini yo‘q qildi

Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xususiy kompaniyadan sotib olingan shaxsiy himoya vositalarining kamida 1,57 milliard to‘plami zarur talablarga javob berishiga qaramay, tibbiyot xodimlari tomonidan hech qachon foydalanilmagan.

👉 https://kun.uz/66016263

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
25 iyunning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqea-hodisalar

Nomaqbul chet el fuqarolari to‘g‘risidagi qonun, Denovdagi savdo majmuasida yong‘in, Qamchiqdagi dahshatli avtohalokat va ukalari bilan katta yo‘lga «sayrga» chiqqan samarqandlik qizaloq.

👉 https://kun.uz/96100880

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev Rossiya ichki ishlar vazirini qabul qildi

Terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, kiberxavfsizlik va raqamli ekspertiza sohalaridagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

👉 https://kun.uz/99648572

Kun.uz rasmiy kanali
Parrandachilik korxonalari 5 yilga yer solig‘idan ozod qilinadi

Prezidentga chorvachilikni rivojlantirishga doir takliflar berildi. AQSh hamkorligida parrandachilikka genetik texnologiyalarni joriy etish, parranda go‘shti eksportiga ruxsat berish rejalashtirilgan.

👉 https://kun.uz/09012076

Kun.uz rasmiy kanali
Kilianda ilk gol, Avstriyada sensatsiya, inglizlarda yana hushtakbozlik. Yevroda kun o‘yinlari

Avstriya va Niderlandiya turnirdagi eng yaxshi o‘yinni, Angliya navbatdagi zerikarli o‘yinini o‘tkazdi.

📹 👉 https://kun.uz/65346341

Kun.uz rasmiy kanali
Narpay tumanida hokim almashdi

2020 yildan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Sherzod Rahmonov boshqa ishga o‘tayotgani bois lavozimidan ozod etildi. Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Sherbek Bo‘ronov tuman hokimi bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/18405353

Kun.uz rasmiy kanali
2024 yilning 5 oyi davomida yo‘l-transport hodisasi oqibatida 65 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi - Senat

Dastlabki 5 oyda 359 nafar o‘quvchi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan va 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, 294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohati olgan.

👉 https://kun.uz/57990906

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston fuqarolari Yaponiyaga ishga jalb etiladi

O‘zbekistonliklar Yaponiyaga logistika, aeroport xizmati va yuk tashish yo‘nalishlarida ishga yuboriladi.

👉 https://kun.uz/30173333

Kun.uz rasmiy kanali
Janubiy Koreyada zavoddagi yong‘inda halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar aniqlanmadi

Koreyada litiy batareyalari ishlab chiqaradigan zavodda yong‘in chiqishi oqibatida 20 ga yaqin ishchi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

👉 https://kun.uz/85336588

Kun.uz rasmiy kanali
Keniyada aholi soliqlar oshishiga qarshi chiqdi: parlamentga o‘t qo‘yildi, politsiya fuqarolarga qarata o‘t ochdi

Keniyaning o‘nlab shaharlarida yuz minglab namoyishchilar ko‘chalarga chiqdi. Ular soliqlarni oshirish bo‘yicha yangi qonunga qarshi chiqmoqda. Politsiya o‘t ochdi, natijada bir necha kishi halok bo‘ldi, yana o‘nlab odamlar yaralandi.

👉 https://kun.uz/96605974

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda gul do‘konida janjal uyushtirgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

Shayxontohur tumanida gul do‘konlaridan birida sotuvchi bilan janjallashib, so‘ng tinchlantirishga uringan ikki fuqaroni urgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

👉 https://kun.uz/63907064

Kun.uz rasmiy kanali
Ayrim maktablar xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi

2024 yil 1 sentabrdan ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.

👉 https://kun.uz/65219102

Kun.uz rasmiy kanali
27 iyun kuni harorat 45 darajagacha ko‘tarilishi mumkin

«O‘zgidromet» 27 iyun, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.

👉 https://kun.uz/82981389

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Haniyaning uyiga tushgan bomba, Netanyahu rafiqasining xavotirlari va Shoygu-Gerasimov juftligi uchun order - kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomamizda tanishtirishda davom etamiz.

👉 https://kun.uz/49478834

Kun.uz rasmiy kanali
⚡️ Yangi uylar bozoridagi maxsus takliflar

— Oylik to‘lov 5 mln so'mdan
— Boshlang‘ich to'lov 98 mln so'mdan
— Tayyor ta’mirlangan uylar

👉
Uylarni ko‘rish

Reklama
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Parkentda oraliq masofani saqlamagan «KAMAZ» sababli 4 ta avtomobilga zarar yetdi

2000 yilda tug‘ilgan haydovchi “KAMAZ”ni boshqarib kelayotib, oraliq masofani saqlamagani va harakat tezligini nazorat qila olmagani sababli o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan 2 ta Cobalt, Spark va Lasetti ishtirokida YTH kuzatilgan.

👉 https://kun.uz/96903789

Kun.uz rasmiy kanali
Bu yilgi qabul yakunlandi: 894 mingdan ortiq abituriyent o‘qishga hujjat topshirdi

2024–2025 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida qatnashish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Bu oldingi yillardagidan sezilarli kam.

👉 https://kun.uz/81340694

Kun.uz rasmiy kanali
2024/06/26 09:29:58
Back to Top
HTML Embed Code: