Telegram Web Link
O‘zbek tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball to‘plaganlarga imtihon xarajati qoplab beriladi

Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2025 yil 1 yanvardan boshlab qoplab berilishi rejalashtirilmoqda.

👉 https://kun.uz/05546628

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston mis sanoatida yangi quvvatlar tashkil etish hisobiga 10 mingdan ziyod ish o‘rni yaratmoqchi

O‘zbekistonning 2030 yilgacha mis sanoati klasterini rivojlantirish konsepsiyasi e’lon qilindi.

👉 https://kun.uz/55870851

Kun.uz rasmiy kanali
WikiLeaks asoschisi Assanj Britaniya qamoqxonasidan ozod etildi

Julian Assanj garov evaziga ozod qilindi va Britaniyadan chiqib ketdi, deya xabar berdi uning tarafdorlari. WikiLeaks asoschisi 18 ta ayblovdan biri bo‘yicha aybini tan olish to‘g‘risida dastlabki kelishuvga erishdi.

👉 https://kun.uz/26585307

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda 7 yoshli qizaloq skuterga ikkita ukasini mindirib katta yo‘lga "sayr"ga chiqdi

Qizcha skuterga 5 va 2 yoshli ukalarini mindirib serqatnov katta yo‘l chetida harakatlangan.

👉 https://kun.uz/81898357

Kun.uz rasmiy kanali
Bo‘stonliqqa olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolarga Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etildi.

👉 https://kun.uz/11002101

Kun.uz rasmiy kanali
Chiqindi xizmati uchun to‘lovni hisoblashdagi xatolik uchun fuqarolarga ma’naviy zarar qoplab beriladi

Sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni hisoblashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun fuqarolarning xarajatlari va ma’naviy zarari qoplab berilishi belgilanmoqda.

👉 https://kun.uz/27946450

Kun.uz rasmiy kanali
Tojikistonda to‘y va dafn marosimlarini o‘tkazish qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshirildi

Jumladan, tug‘ilgan kun, bolaning tug‘ilishi va «sunnat» qilinishi, dafn marosimlari va ism qo‘yish kunlari, nikoh to‘yi, Umra va Haj ziyorati bilan bog‘liq boshqa marosimlarni o‘tkazish tartibini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi.

👉 https://kun.uz/36226998

Kun.uz rasmiy kanali
Qonunchilik palatasi chet el fuqarolarini nomaqbul deb topuvchi qonunni qabul qildi

Deputatlar chet el fuqarolarining O‘zbekistonda bo‘lishini nomaqbul deb topish to‘g‘risidagi o‘zgartirishlarni qabul qildi. Bunga mamlakat suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi, adovat qo‘zg‘atuvchi, xalq sha’ni, qadr-qimmati yoki tarixini kamsituvchi nutq va harakatlar sabab bo‘lishi mumkin.

👉 https://kun.uz/37346215

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rafahda yo‘q qilingan HAMAS brigadasi, Rossiyaga qarshi sanksiyalar va Tojikistonda marosimlar uchun jarimalar - kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomamizda tanishtirishda davom etamiz.

👉 https://kun.uz/25046311

Kun.uz rasmiy kanali
Poytaxtbank BAA kompaniyasiga 10 mln dollarga sotildi

“Poytaxtbank” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz ulushni Birlashgan Arab Amirliklarining “Bond Investmens limited LLC” kompaniyasi 10 mln dollarga sotib oldi. Avvaliga bu bankni Rossiyaning Ekspobankiga sotish ko‘zda tutilgan, lekin geosiyosiy voqealar sabab kelishuv bekor qilingandi.

👉 https://kun.uz/23705488

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qamchiq dovonida yuk mashinasi YTHga uchrab, majaqlanib ketdi

Yuk mashina Turkmanistonniki ekani va haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgani aytilmoqda. Hodisa yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.

👉 https://kun.uz/40792195

Kun.uz rasmiy kanali
2024 yilning 5 oyida UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi qariyb 90 foizni tashkil qildi

2024 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning 89 foizi UzAuto Motors, 7,2 foizi ADM Jizzakh, 3,5 foizi BYD hissasiga to‘g‘ri kelgan.

👉 https://kun.uz/97442216

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston hududida YTHda jabrlangan shaxslarga yagona birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi joriy etiladi

YTHda jabrlangan shaxslarga hodisa yuz bergan joyning o‘zida tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar birlamchi shoshilinch yordam ko‘rsatish tartibi tasdiqlanmoqda.

👉 https://kun.uz/06701352

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Kunlik “dolya”sini bermagandim” – Toshkentda “samokatchi” yigitni majburlab mashinaga o‘tqazib, olib ketishga urinishdi

Holat “Xalqlar do‘stligi” metro bekati yonida, odamlar ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan: bir nechta shaxs 22 yoshli yigitni majburlab, mashinaga o‘tqazishgan va olib ketishga urinishgan. Ammo ular IIO PPX xodimlari kelayotganini ko‘rib, qochib qolishgan. Kun.uz olib ketilmoqchi bo‘lgan yigit bilan suhbatlashdi.

👉 https://kun.uz/60616851

Kun.uz rasmiy kanali
“Ko‘z o‘ngimda kaltaklab o‘ldirishdi” - Bekobod shahar IIB binosidagi o‘lim tafsiloti

Toshkent viloyati Bekobod shahar IIB binosiga olib borilgan 43 yoshli erkak vafot etdi. Rasmiylarga ko‘ra, fuqaro ichki ishlar idorasiga kirish yo‘lagida sog‘lig‘i yomonlashishi tufayli vafot etgan. Marhumning akasi ukasi IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani oqibatida vafot etganini ta’kidlamoqda. Kun.uz muxbiri holatni o‘rganish uchun Bekobod tumanida bo‘lib, marhumning yaqinlari bilan suhbatlashdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Prigojinning «adolat marshi»ga bir yil. «Vagner» va voqea qahramonlari taqdiri qanday kechdi?

Bir yil muqaddam «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin u va uning yollanma jangchilari Rossiya harbiy rahbariyatini almashtirish uchun Moskva tomon «adolat marshi»ni boshlaganliklari haqida e’lon qilishgandi. 24 iyun kuni erta tongda vagnerchilar amalda Rostov shahrini to‘liq egallagandi. Lekin o‘sha kechadayoq isyon to‘xtagandi

👉 https://kun.uz/23030886

Kun.uz rasmiy kanali
Odessa o‘qqa tutilishi oqibatlari va Xarkivni himoya qilayotgan dron operatorlari

Urushning 852-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/53704385

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy zondi Yerga Oy tuprog‘i namunalarini olib keldi

«Chane-6» zondi Oyning teskari tomonidagi tuproq jinslari namunalari bilan Yerga qaytgan tarixdagi birinchi kosmik apparatga aylandi. Oy tuprog‘i namunalari Janubiy qutb-Eytken havzasida to‘plangan.

👉 https://kun.uz/37024388

Kun.uz rasmiy kanali
Yevroda 25-iyun kungi o‘yinlar. Kimga qanday natija kerak?

Yevropa chempionatining navbatdagi kunida to‘rt uchrashuv C va D guruhlarining eng yaxshi jamoalarini aniqlab beradi. B guruhida uchinchi o‘rinni olgan xorvatlar inglizlar yordamidan umid qilmoqda.

👉 https://kun.uz/41088295

Kun.uz rasmiy kanali
Xalqaro jinoiy sud Shoygu va Gerasimovni hibsga olishga order berdi

Rossiyaning sobiq mudofaa vaziri va bosh shtab rahbari ehtimoliy xalqaro jinoyatlarda gumon qilinmoqda.

👉 https://kun.uz/73541090

Kun.uz rasmiy kanali
2024/06/29 06:32:54
Back to Top
HTML Embed Code: