Telegram Web Link
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida 14 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston ko‘p qirrali hamkorligini kengaytirishga qaratilgan kelishuvlarning salmoqli to‘plami imzolandi.

👉 https://kun.uz/07258351

Kun.uz rasmiy kanali
Jahon xabarlari

🇺🇦 UQK
qo‘mondonlari AQShdan Rossiyaga ATACMS bilan zarba yo‘llashga ruxsat berishni so‘ramoqda

🇷🇺 Peterburgda Prigojinning «trollar fabrikasi» sobiq rahbari ushlandi

🇰🇷 Seul Rossiyaga Ukrainaga qurol yetkazib berish bilan tahdid qildi

🇺🇸🇰🇷🇯🇵 AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya Rossiya-KXDR hamkorligini qoraladi

🇪🇺 YI Vengriyaning Ukraina bo‘yicha vetosini chetlab o‘tish yo‘lini ishlab chiqdi

Kun.uz rasmiy kanali
Bir yil oldin Prigojin isyoni Kremlni va butun mamlakatni shokka solgandi. Moskvaga yurish haqida nimalarni eslash muhim?

Quyida voqealar xronikasi va Vagner qoldirgan meros haqida.

👉 https://kun.uz/64412617

Kun.uz rasmiy kanali
Yevroittifoq kengashi Rossiyaga qarshi 14-sanksiyalar paketini ma’qulladi

Yevropa Ittifoqi, boshqa narsalar qatorida, 116 jismoniy va yuridik shaxslar uchun cheklovlar joriy etdi. Yangi paketning bandlaridan biri Rossiya suyultirilgan gaziga tegishli: uning Yevropa portlari orqali tranzitiga cheklovlar kiritildi.

👉 https://kun.uz/64404697

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Tez fursatda Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonda savdo uylarini ochish va ikki mamlakat poytaxtlarida sanoat ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim va bozorlarga kirishni yengillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashga kelishib olindi.

👉 https://kun.uz/46769954

Kun.uz rasmiy kanali
Hukumat Mikrokreditbankka 2 trln so‘mdan ko‘p mablag‘ ajratdi

Mikrokreditbank ustav kapitalini oshirish uchun joylashtirgan aksiyalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi donasini 1068 so‘mdan sotib oldi. Bu – bankning birjadagi aksiyalari bahosidan qariyb 12 foizga qimmat. Iqtisodchi Otabek Bakirov bu holatni budjet tanqisligi sharoitida “samarasiz kanallar orqali pul sochish” deb atadi.

👉 https://kun.uz/14903498

Kun.uz rasmiy kanali
Armiyaga qo‘shilayotgan ukrainalik mahbuslar va «jayra»ga aylangan rus tanklari

Urushning 851-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸 👉 https://kun.uz/89229359

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Eron prezidentligi uchun asosiy kurash uch nomzod o‘rtasida kechadi” — Guli Yo‘ldosheva

Siyosiy fanlar doktori Guli Yo‘ldoshevaga ko‘ra, Eronda prezidentlikka nomzodi qabul qilingan 6 kishi orasidan diniy rahnamoning milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili Said Jaliliy, amaldagi parlament spikeri, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining sobiq rahbari Muhammad Boqir Qolibof va Tehronning sobiq meri Alirizo Zakoniy asosiy da’vogarlar sanaladi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Haj mavsumida vafot etganlar sonining ko‘pligi sabablari ma’lum qilindi

Saudiya Arabistoni rasmiylarining ma’lum qilishicha, bu yil Makkadagi Haj vaqtida kamida 1301 nafar ziyoratchi vafot etgan. Ko‘pchilik jazirama quyoshda haddan tashqari isib ketishdan joni uzilgan.

👉 https://kun.uz/26098336

Kun.uz rasmiy kanali
Farg‘onada sog‘lom odam ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi

Bu ish IIB profilaktika inspektori va mahalla vakillari hamkorligida qilingan. 3 kun davom etgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng sog‘lom bo‘lgani sababli fuqaroga javob berib yuborilgan. Ishni Ombudsman o‘rgangach, fuqaroni uning roziligisiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorga hayfsan berilgan.

👉 https://kun.uz/66981384

Kun.uz rasmiy kanali
Italiya yoki Xorvatiya guruhda qolib ketishi mumkin: Yevroda 24 iyun kungi o‘yinlar

B guruhida hal qiluvchi kun.

👉 https://kun.uz/79454101

Kun.uz rasmiy kanali
Orol dengizining shimoliy qismida suv hajmi oshgani ma’lum qilindi

Dengizning shimoliy qismida bir necha yil davomida suv hajmi kamayib borayotgan edi, biroq 2024 yildan boshlab yana ko‘payishni boshladi.

👉 https://kun.uz/89959551

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moskva yaqinida dahshatli yong‘in. Kamida 8 kishi halok bo‘ldi

Binoning to‘rt qavati yonib ketgan. Ichkarida qolib ketganlar bir necha soat davomida derazada yordam kutishgan, ammo o‘t o‘chiruvchilar ularga yetib bora olmagan.

📸 👉 https://kun.uz/11649594

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“JSTga ancha yaqinmiz” - bosh muzokarachi Azizbek Urunov bilan suhbat

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga uzog‘i 2 yil ichida a’zo bo‘lish niyatini e’lon qilib, bu yo‘lda muhim qadamlarni tashladi. Kun.uz muzokaralar qanday ketayotgani, avtosanoat va elektrotexnika kabi sohalarda proteksionizm davom etayotgani va boshqa savollar atrofida prezidentning JST masalalari bo‘yicha vakili Azizbek Urunov bilan suhbat tashkil etdi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Janubiy Koreyada batareya zavodida yong‘in oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi

Yaralanganlar va bedarak yo‘qolganlar ham bor.

👉 https://kun.uz/68594315

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
24 iyunning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqea-hodisalar

Mo‘g‘uliston prezidentning tashrifi, O‘zbekistonga dam olishga kelgan teraktdan jabr chekkan rossiyalik bolalar, O‘zbekistonga xorijlik turistlar oqimi oshdi.

👉 https://kun.uz/39184547

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni haftasiga 100 taga yetkaziladi

Xitoy tomonidan tayinlangan aviakompaniyalarga Xitoyning istalgan shaharlaridan O‘zbekiston barcha viloyatlaridagi xalqaro aeroportlarga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish huquqi berildi.

👉 https://kun.uz/26000643

Kun.uz rasmiy kanali
Yevro kundaligi: Italiya va Xorvatiya o‘yinida drama

Albaniya uyga qaytdi, Xorvatiya - hozircha yo‘q. B guruhida so‘nggi tur o‘yinlaridagi gollar va guruh jadvalidagi vaziyat.

📹 👉 https://kun.uz/68752766

Kun.uz rasmiy kanali
Denovda savdo majmuasi hududida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Voqea joyiga Denov, Sho‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo va Qumqo‘rg‘on tumanlari FVBning 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan.

👉 https://kun.uz/71014477

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
500 ming kishiga AQSh pasporti beriladi. Baydenning farmoni kimlarga tegishli?

Amerika fuqarolarining hujjatsiz turmush o‘rtoqlari mamlakatda doimiy yashash huquqini oladigan bo‘ldi. “Amerika ovozi” muxbiri Navbahor Imomovaning Kun.uz bilan suhbatda aytishicha, farmon Amerikada oila qurib, farzandli va hatto nevarali bo‘lib ham o‘nlab yillardan beri hujjatsiz yurgan yuz minglab insonlarga taalluqli bo‘ladi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
2024/07/01 10:05:21
Back to Top
HTML Embed Code: