Telegram Web Link
Prezident Buxoro salohiyatini to‘liq ishga solish bo‘yicha hozirgi faoliyat juda sustligini ko‘rsatib o‘tdi

Buxoroning 4,2 million gektar yeri bo‘lsa, 6 foiziga ekin ekiladi. Yana 3,2 million gektar yer – ishlatilmasdan turgan katta imkoniyat.

👉 https://kun.uz/46174848

Kun.uz rasmiy kanali
Buxoroda yangi tayinlangan viloyat rahbarlari tadbirkorlarga yordam berishi shartligi haqida ogohlantirildi

Davlat rahbari yangi tayinlangan viloyat rahbarlarini tadbirkorlarga yordam berib, Buxoroni kambag‘allik, ishsizlik va jinoyatdan xoli hududga aylantirish shartligi haqida ogohlantirdi.

👉 https://kun.uz/36240912

Kun.uz rasmiy kanali
May oyi uchun inflatsiya darajasi e’lon qilindi

Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 10,6 foizga yetgan.

👉 https://kun.uz/79933232

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonlik bloger Turkiyaga kiritilmadi. Unga Bosh konsullik ham yordam bera olmagan

“Turkiyadagi o‘zbeklar” Telegram-kanali muallifi Beknazar Rahmatov Turkiyaga kiritilmadi. Bu haqida u o‘z kanalida e’lon qilgan.

👉 https://kun.uz/45280599

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rafahda ochilgan chegara, Ukrainaga berilgan ruxsat va Tramp uzra qamoq ko‘lankasi - kun dayjesti

Jahonda o‘tgan kun davomida ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishing.

👉 https://kun.uz/63569185

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkent YHXB saylgohlar hamda bog‘larga tashrif buyurishda jamoat transportidan foydalanishni so‘radi

Bugun, 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan hududlardagi istirohat bog‘lari, ko‘ngilochar maydonlar atrofidagi yo‘llarda transport vositalarining tirbandligi kuzatilmoqda.

👉 https://kun.uz/42977473

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda 1 iyun kuniga rejalashtirilgan «Tekinga narsa tarqatish» kabi turli aksiyalar to‘xtatildi

IIV xabariga ko‘ra, Ashxobod bog‘ida yuzaga kelgan tiqilinchda jarohatlanganlar aniqlanmagan, tobi qochganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

👉 https://kun.uz/83329115

Kun.uz rasmiy kanali
Sharof Rashidovning asl suratlaridan tarixiy tangalargacha bor – payvandchi kolleksioner

Bog‘dodlik Mirzaolim Tursunov asli payvandchi usta. Ermitaj muzeyi yaqinida harbiy xizmatni o‘tagan usta o‘sha davrlardanoq tarixiy bumlar to‘plashga qiziqa boshlagan. Hozirda uning shaxsiy kolleksiyasida bir muzeynikidan kam bo‘lmagan turli tarixiy buyumlar to‘plangan.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

«O‘zgidromet» 3-5 iyun kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/48457953

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Har bir bola haqiqiy mehrni oilada oladi” – Senat raisi

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Senatga bir guruh oilaviy bolalar uylari vakillari taklif qilindi. Senat raisi Tanzila Norboyeva bayram munosabati bilan tabrik yo‘llab, bolalarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash mamlakat ijtimoiy siyosatining o‘zgarmas tarkibiy qismi ekanini bildirdi.

👉 https://kun.uz/87057209

Kun.uz rasmiy kanali
G‘arb va SSSR o‘rtasidagi josuslik o‘yinlari - fosh bo‘lgan KGB agenti nega o‘zini o‘ldirgandi?

1977 yil 21 iyun. Moskva shahridagi kvartiralardan biriga KGB xodimlari bostirib kirishadi. Shu paytda xonadon egasining mazasi qochadi. Zudlik bilan tez yordam chaqiriladi. Biroq shifokorlar yetib kelgancha u vafot etadi. Keyinchalik uy egasi zaharli kapsula ichib, joniga qasd qilgani ma’lum bo‘ladi. O‘lgan odam MRB bilan hamkorlik qilganlikda gumonlangan KGB josusi edi.

👉 https://kun.uz/67154997

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Bolalarga maishiy muammolarni singdiryapmiz” – bolalarni erta "ulg‘aytirayotgan" loyihalar haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar ishtirokida olinadigan kontentlar ortida qanday maqsadlar yotadi? Ushbu kontentlar bolalarning ruhiyati va tarbiyasiga, ularni kuzatayotgan bolalar auditoriyasiga qanday ta’sir qiladi? Kun.uz bu masalada mutaxassis va bolalar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot fikrlarini o‘rgandi.

👉 https://kun.uz/03419834

Kun.uz rasmiy kanali
Dalaman sohilidagi sokinlik, Dalyanda toshbaqalar raqsi, Babadag‘dan parvoz, ertaknamo Go‘jyek va jo‘shqin Marmaris. Turkiyaning albatta borish kerak bo‘lgan 5 nuqtasi

Asialuxe Travel turoperatori yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ochmoqda. Endi o‘zbekistonliklar Turkiya janubi-g‘arbidagi yangi manzillarga otlanishi, Dalaman, Go‘jek va Marmaris bilan yaqindan tanishishi mumkin.

📸👉 https://kun.uz/30259845

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ukrainaga F16 samolyotlari berilishi frontda o‘zgarish yasaydimi?

Ukrainaga F16 qiruvchi samolyotlari berilsa, Rossiyaning havodagi mutlaq ustunligi cheklanadi, lekin bu F16'lar qaysi aerodromlardan uchadi degan masala ham bor – Ukraina aerodromlari Rossiya hujumlariga uchragan. Rossiyaga qiruvchilar vositasida hujum qilish uchun Ukrainaga qo‘shni mamlakatlar aerodromlaridan foydalanilishi esa ziddiyatni kengaytirib yuborishi mumkin, deydi siyosiy tahlilchi Oybek Sirojov.

📹
TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

G‘ijduvon tumanida 1 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

👉 https://kun.uz/56523732

Kun.uz rasmiy kanali
“Insoniyat eng yaxshisini bolalarga berishga majbur” – Xalqaro bolalar kuni nega nishonlanadi?

“Bola – inson, uning huquqlari – asosiy inson huquqlaridir. Unga xuddi shunday munosabatda bo‘lish shart”. Rasman e’lon qilingani va muhim sana sifatida nishonlanayotganiga yarim asrdan oshgan Xalqaro bolalar kuni dunyoda qanday nishonlanadi? Uning tarixi qanday? Nega dunyo hamjamiyati bu kunni muhim hisoblaydi? Kun.uz'ning sanaga bag‘ishlangan maqolasida shular haqida bilib olishingiz mumkin.

👉 https://kun.uz/51455182

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Tarixiy film suratga olish shunchaki ijodiy jarayon emas, bu butun boshli sanoat” – “Yalangto‘sh Bahodir” filmi haqida katta suhbat

Amir Bahodir Yalangto‘sh – O‘zbekiston ramzlaridan biri bo‘lgan Registon majmuasi bunyodkori hisoblanadi. O‘zining qat'iyligi, harbiy pragmatizmi bilan ajralib turgan sarkardaning san'atga, me'morchilikka muhabbati yuksak bo‘lgan. Biroq xalqimiz o‘z qahramonlarini bugun deyarli tanimaydi. Kuni kecha premerasi bo‘lib o‘tgan “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy filmining asosiy missiyasi ham xalqqa o‘z qahramonlarini qaytarishdir. Rejissyor Jahongir Ahmedov Kun.uz bilan suhbatda ushbu filmning ahamiyati, o‘zbek kinosanoati uchun yangilik bo‘lgan asosiy tomonlari hamda suratga olish jarayonlaridagi uch yillik mashaqqatli mehnat xususida gapirib berdi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
2024/09/30 21:25:16
Back to Top
HTML Embed Code: