Telegram Web Link
Surxondaryoda qishloqqa kelib qolgan ayiq otib o‘ldirildi

Yirtqich maktab hududiga kirib, o‘quvchilar hayotiga xavf tug‘dirgan. Shuningdek, ayiqni zararsizlantirish jarayonida u IIB xodimlaridan biriga tashlanib, jarohat yetkazgan.

👉 https://kun.uz/92786218

Kun.uz rasmiy kanali
«Doim o‘ylaysan - bu safar qayerga?» Xarkiv aholisi yarim yildan buyon zarbalar ostida yashamoqda

Urushning 811-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/32174361

Kun.uz rasmiy kanali
Foto: O‘zbekistonliklar Giluve cho‘qqisini zabt etdi

O‘zbekiston bayrog‘i ilk bor Avstraliya va Okeaniyaning eng balanddagi vulqoni uzra ko‘tarildi. Giluve vulqoni (4368 m) dunyodagi eng xavfli va ekzotik mamlakatlardan biri bo‘lmish Papua-Yangi Gvineyada joylashgan.

👉 https://kun.uz/43210995

Kun.uz rasmiy kanali
«Termiz xalqaro savdo markazi» zonasida 15 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi

«Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasida vizasiz rejim joriy etiladi. Shuningdek, Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga hudud ichida do‘kon va binolar sotib olishga ruxsat berildi.

👉 https://kun.uz/53584283

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda kotlovan noto‘g‘ri qazilishi oqibatida qo‘shni uy qulab tushdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, noturar joy qurilishi uchun xandaq qazish jarayonida noto‘g‘ri yo‘l tutilgan. Buning oqibatida esa qo‘shni uyga zarar yetgan.

👉 https://kun.uz/99391489

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda maktab qo‘riqchisi va oshxona xodimi mushtlashdi

Internetda videosi tarqalgan holat Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 50-maktabda sodir bo‘lgan. Maktabga o‘zboshimchalik bilan avtomobilida kirgani aytilgan oshxona xodimi maktab qo‘riqchisi bilan mushtlashgan va jarohatlangan. Voqeadan keyin qo‘riqchi boshqa joyga ishga o‘tkazildi.

👉 https://kun.uz/42148783

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Slovakiya bosh vaziri suiqasd oqibatida yaralandi

Putinning Yevropadagi do‘stlaridan biri bo‘lgan Robert Fitsoga qarata 3-4 marta o‘q uzilgan. Uning ahvoli o‘ta og‘ir ekani aytilmoqda.

👉 https://kun.uz/43175907

Kun.uz rasmiy kanali
Fermerlarni ishchi olishga majburlash haqidagi taklif qayta ko‘rib chiqiladi

Kun.uz'da e’lon qilingan “Bozor iqtisodiyotiga zid: Fermerlarga xodimlar soni bo‘yicha talab qo‘yilishi mumkin” nomli materialdan keyin, 14 may kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan mas’ul idoralar va faol fermerlar ishtirokida muhokama tashkil etildi.

👉 https://kun.uz/87115078

Kun.uz rasmiy kanali
Qaysi omillar narx oshishiga eng ko‘p darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin? – MB inflyatsion kutilmalarni e’lon qildi

Tadbirkorlarning ham, aholining ham kommunal xizmatlar qimmatlashishidan xavotirlari oshgan. Hududlar kesimida aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (17,2 foiz) va Buxoro viloyatida (15,7 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘istonda (10,2 foiz) va Jizzax viloyatida (12,4 foiz) qayd etilgan.

👉 https://kun.uz/42552170

Kun.uz rasmiy kanali
Andijonda qabr qaziyotgan go‘rkovni tuproq bosib qoldi

Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar fuqaroni tuproq ostidan olib chiqib, hayotini saqlab qolishgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

👉 https://kun.uz/12498493

Kun.uz rasmiy kanali
SOS: Toshkent daraxtlariga yangi xavf paydo bo‘ldi

Katta daraxtlar kasallanib, ayrimlari tepa qismidan qurib kelishni boshlayapti. Dendrolog olimaning fikricha, shahar hokimligi, Ekologiya va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari mutaxassislari guruh tuzib, zudlik bilan daraxtlarni asrab qolish chorasini ko‘rmasa, poytaxtliklar sekin-asta daraxtlardan ajralib boradi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Samarqandda ikki qavatli uy qulab tushishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Uy egasi IIBga ariza bilan murojaat qilib, unga 300 ming AQSh dollari miqdorida moddiy zarar yetkazilganini bildirgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

👉 https://kun.uz/55364101

Kun.uz rasmiy kanali
XVJ aktivlarni deklaratsiyalash va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilishni tezlashtirishga chaqirdi

Xalqaro valuta jamg‘armasi missiyasi O‘zbekiston hukumatiga yaqin kelajakda aktivlarni deklaratsiyalash va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilishni hamda daromadlarni deklaratsiyalashning samarali tizimini joriy qilishni tezlashtirishni tavsiya qildi.

👉 https://kun.uz/76338589

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
15 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar

Surxondaryoda otilgan ayiq, jurnalistlarga topshirilgan “Oltin qalam”, o‘zbekistonliklar ko‘p sayohat qilayotgan mamlakatlar, avtobozorlarda tushib borayotgan savdo hajmi va sel xavfidan ogohlantirish - o‘tgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishing.

👉 https://kun.uz/08467598

Kun.uz rasmiy kanali
Frontdagi vaziyat: Ruslarning Xarkiv oblastidagi yurishi qanday kechmoqda?

Rossiya Xarkiv oblastida oldinga siljimoqda. Lekin bu Xarkivni shturm qilishga tayyorgarlik yoki Ukraina qurolli kuchlarini Belgoroddan uzoqlashtirishga urinish bo‘lishi dargumon. Unda bu yurishdan nima o‘ylangan?

👉 https://kun.uz/08758249

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda chorrahalar va ko‘chalarni ta’mirlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanadi

Ishlarning asosiy qismi may oyidan sentabr oyigacha – maktablar va oliy o‘quv yurtlarida ta’til kunlarida amalga oshiriladi.

👉 https://kun.uz/23859550

Kun.uz rasmiy kanali
Xalqaro ekspertlar O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ehtimoliy xatarlarni sanab o‘tdi

Xalqaro valuta jamg‘armasi missiyasining xulosasiga ko‘ra, Ukrainadagi urushning avj olishi, tovarlar narxlarining o‘zgaruvchanligi va jahon iqtisodiyotidagi stagnatsiya ehtimollari O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tashqi xatarlarni tashkil etadi. Ichki xatarlar qatorida esa davlat xarajatlarini qisqartirish kechikishi, davlat-xususiy sheriklik bilan bog‘liq majburiyatlar yuzaga kelishi va boshqalar keltirib o‘tilgan.

👉 https://kun.uz/22914990

Kun.uz rasmiy kanali
Poytaxt markazidagi ko‘chalardan birida transport qatnovi bir tomonlama cheklanadi

Shota Rustaveli - Bobur ko‘chalari chorrahasidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur-Seul, Bobur - Furqat ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan oraliqda yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi.

👉 https://kun.uz/52876846

Kun.uz rasmiy kanali
Slovakiya bosh vaziri o‘rinbosari: Fitso operatsiya qilindi, uning hayoti xavf ostida emas

Slovakiya bosh vaziri operatsiya qilindi va uning hayoti xavf ostida emas, dedi Tomash Taraba BBC bilan suhbatda. Robert Fitso Gandlova shahrida o‘qdan yaralandi. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan.

👉 https://kun.uz/04205322

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xandaqqa qulagan uy. Nega bunday bo‘ldi?

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida xandaq qazilishi natijasida qo‘shnining ikki qavatli uyi qulab tushdi. Kun.uz voqea joyida bo‘lib ushbu hodisa sabablarini o‘rgandi.

👉 https://kun.uz/55364101

Kun.uz rasmiy kanali
2024/06/29 06:38:04
Back to Top
HTML Embed Code: