Telegram Web Link
Bishimbayev ishi. Sobiq vazir nimalarni tan oldi va sudda yana nimalar ma’lum bo‘ldi?

Bu ish Qozog‘istonda oiladagi zo‘ravonlik to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishni tezlashtirdi. Mamlakat parlamenti ko‘rib chiqqan tuzatishlar norasmiy ravishda «Saltanat qonuni» nomini oldi.

📹 👉 https://kun.uz/54549940

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eng ashaddiy “totalchilar”: Bu yo‘lga kirish oson, chiqish esa...

Odatda hammasi kichik-kichik pullardan boshlanadi. Onlayn qimorboz go‘yoki vaziyatni nazorat qilayotgandek his qiladi, xohlagan payti bundan chiqib ketishiga o‘zini ishontirib, borgan sari chuqurroq kirib borayotganini tan olgisi kelmaydi. Hammasi tugaganida esa yelkasidagi ulkan qarzlar, tugagan asablar, barbod qilingan munosabatlar va odamlarning so‘ngan ishonchi bilan qoladi.

📹👉 TO‘LIQ VIDЕO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda Cobalt avtomashinasi yonib ketdi

Uchtepa tumani 30-mavzeda Cobalt avtomobilida yong‘in kelib chiqdi. Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan, tan jarohati olganlar yo‘q.

👉 https://kun.uz/53997203

Kun.uz rasmiy kanali
Vashington Gurjiston hukumatini siyosiy kursni o‘zgartirishga chaqirdi

Qo‘shma Shtatlar «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi tufayli Gurjiston bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishi mumkin, deya ma’lum qildi Oq uy. Tbilisidagi namoyishlarda yevropalik parlamentariylar so‘zga chiqdi.

👉 https://kun.uz/99480304

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Oltin qalam» milliy mukofoti g‘olib va sovrindorlari e’lon qilindi

«Kun.uz» veb-sayti muharriri va maxsus muxbiri Shuhrat Shokirjonov tanlovning internet nashrlari yo‘nalishi bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.

👉 https://kun.uz/85591816

Kun.uz rasmiy kanali
Dyumin va Patrushev Putinning yordamchilariga aylanishdi. Ular hukumatda qanday rol o‘ynaydi?

Patrushev Rossiyadagi eng nufuzli xavfsizlik xodimi deb atalgan va hozir u Putinning «kemasozlik» bo‘yicha yordamchisi. Dyumin ham xuddi shunga o‘xshash lavozimni egalladi, garchi uni Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanishini taxmin qilishgan bo‘lsa ham. Bularning barchasi nimani anglatadi?

👉 https://kun.uz/42857952

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayollar huquqlari faoli: “Muammo qonunlarda emas, muammoni tan olmaslikda”

Markaziy Osiyo davlatlarida qonunchilik gender tengligi nuqtayi nazaridan ideal bo‘lishi mumkin, lekin eng nozik nuqta – muammo borligini tan olmaslik yoki to‘g‘ri tushunmaslik, deydi Markaziy Osiyo ayollar muloqoti koordinatori Aynura Usupbekova. U va boshqa ko‘plab faollar Samarqanddagi xalqaro forumda xotin-qizlar faolligini oshirish masalalarini muhokama qildi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Qashqadaryoda otasi tomonidan zo‘ravonlikka uchragan opa-singilga xolasi vasiy bo‘ldi

Qashqadaryoda 16 yoshli qiz onasining o‘limidan keyin u va singlisi otasi tomonidan turli shakldagi zo‘ravonlikka uchraganini aytgandi. Bolalar ombudsmani opa-singilga xolasi vasiy bo‘lganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/01130546

Kun.uz rasmiy kanali
Urganchda voyaga yetmagan bola ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan tushib ketdi

2007 yilda tug‘ilgan bola avtomashina ustiga tushgan. Hozirda jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

👉 https://kun.uz/08175367

Kun.uz rasmiy kanali
Yeydigan ovqatlarimiz, issiq choy saratonga sabab bo‘ladimi?

O‘zbeklar issiq choy, ko‘mirda pishirilgan kabob kabi ovqatlarni yaxshi ko‘radi. Lekin bu taomlar, qaynoq tarzda ichimlik iste’mol qilish saraton xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

👉 https://kun.uz/51763611

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston avtomobillar bozorida sotuvlar kamaydi

Aprel oyida avtomobillar savdosining pasayish sur’ati tezlashdi. Biroq, elektr transport vositalari segmentida yuqori natijalar qayd etildi, bu yerda biroz turg‘unlikdan keyin bozor yana o‘sishni boshladi. Shu bilan birga, Toshkent ushbu segmentda yetakchiga aylandi.

👉 https://kun.uz/25242336

Kun.uz rasmiy kanali
AQSh Isroilga 1 mlrd dollarlik qurol yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Oq uy AQSh Kongressiga Isroilga yangi qurol paketini, jumladan zirhli texnika uchun 700 million dollar va boshqa harbiy texnika uchun yana 500 million dollar yetkazib berish niyati haqida ma’lum qildi, deb yozadi The Wall Street Journal.

👉 https://kun.uz/46130755

Kun.uz rasmiy kanali
Holand va ikkinchi darvozabonning superseyvi «Siti»ni tarixiy chempionlikka yaqinlashtirdi

«Tottenhem» muxlislari mag‘lubiyatdan xursand.

📹 👉 https://kun.uz/02603705

Kun.uz rasmiy kanali
⚡️Yangi uylarni qidiryapsizmi?

2024 yilda quriladigan yangi uylar narxlari va ro‘yxati.

👉
Uylarni ko‘rish

Reklama
O‘zbekiston hududlarida kuchli yomg‘ir tufayli sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

Joriy yilning 16-22 may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir kuzatiladi, momaqaldiroq bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/88685512

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘azoda hujumga uchragan BMT xodimlari, Blinkenning Kiyevga tashrifi va Gurjistonda qabul qilingan bahsli qonun - kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahon sahnasida sodir bo‘lgan e’tiborga molik voqea-hodisalar va yangiliklar tafsiloti bilan odatdagidek tanishtirishda davom etamiz.

👉 https://kun.uz/59836163

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatga chiqayotgani aytildi

2024 yilning yanvar-mart oylarida qariyb 1,3 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

👉 https://kun.uz/07590577

Kun.uz rasmiy kanali
Tojikiston Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qo‘shiladi

May oyining oxirigacha Tojikiston ham Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qo‘shilishi mumkin. Ayni paytda Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston ushbu tizimda a’zo hisoblanadi.

👉 https://kun.uz/45235672

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Farzandim 40 kunligidayoq o‘qishga chiqqanman” – bilimi sabab 20 dan ortiq davlatda bo‘lgan xorazmlik qiz hikoyasi

Xorazmlik O‘g‘ilnur Atayeva bir necha yil oldin prezident taklifi bilan Toshkentda vazirliklardan birida ish boshlagan. “1,5 yoshda dadam vafot etib, bolalik nimaligini bilmay katta bo‘lganman. 19 yoshda turmushga chiqqach, qaynota-qaynonam o‘qitishdi. Shundan keyin muvaffaqiyatlarim boshlandi”, deydi O‘g‘ilnur o‘zi haqida.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
Ayrim mahsulotlar eksportida minimal eksport narxlari joriy etiladi

O‘zbekistonda to‘qimachilik, charm-poyabzal mahsulotlari va elektr jihozlari, shuningdek, meva-sabzavotlarga minimal eksport narxlari joriy etilmoqda. Minimal narxlar rejimi buzilgan taqdirda, Soliq qo‘mitasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga bildirishnoma yuboriladi.

👉 https://kun.uz/88854778

Kun.uz rasmiy kanali
2024/07/01 10:09:11
Back to Top
HTML Embed Code: