Telegram Web Link
Qo‘lga qurol olgan xarkivliklar va frontda yetishmayotgan shifokorlar

Urushning 837-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/14382042

Kun.uz rasmiy kanali
Erondagi prezidentlik saylovlarida olti nafar nomzod tasdiqlandi

Eron Konstitutsiya muhofizlari kengashi prezidentlik saylovlarida qatnashadigan olti nomzodni tasdiqladi. Ular orasida eng mashhuri - Majlis spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibaf. Sobiq prezident Ahmadinajodning nomzodi rad etildi.

👉 https://kun.uz/03505767

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Izolyatsiyalangan uy: xonada mo‘’tadil iqlimni istaganlar bilishi shart bo‘lgan tavsiyalar

BMTTDning “O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi asosida energiya sarfi 0 ga teng bo‘lgan xonadonlarni qanday yaratish yuzasidan tavsiyalar va tajribalar bilan tanishtirishda davom etamiz. Energiya sarfini minimallashtirish va bunda xotin-qizlar uchun imtiyozli subsidiyalar haqida ma’lumot beramiz.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Elektromobilni uyda quvvatlashni rag‘batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, xonadonida elektromobil quvvatlash uskunasiga hisoblagich o‘rnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qo‘llanadi. Ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonda esa 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyasi o‘rnatish mumkin bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/54405964

Kun.uz rasmiy kanali
14 ta tuman elektr va gazni tejash bo‘yicha namunaviy tumanlarga aylantiriladi

O‘zbekistonda ma’muriy binolar, ko‘p qavatli uylar, korxona, savdo va servis binolarida energiya samaradorligi bo‘yicha texnik shartlar ishlab chiqiladi. Har bir hokim 1 tadan tumanni tanlab, uni elektr va gaz tejash bo‘yicha namunaviy tumanga aylantirishi kerak.

👉 https://kun.uz/07245749

Kun.uz rasmiy kanali
Pavel Durov Markaziy Osiyoga keladi

Telegram asoschisi Pavel Durov Dubayda havo juda isib ketgani uchun bu yil yozda Markaziy Osiyoga kelmoqchi ekanini ma’lum qildi. U bu yerda odamlar Telegram’dan qanday foydalanishi va ularning raqamli ehtiyojlarini o‘rganishga qaror qilgan.

👉 https://kun.uz/41884058

Kun.uz rasmiy kanali
Qishga tayyorgarlik uchun bu yil ham 14 trln so‘m ajratiladi. Prezident mas’ullarni ogohlantirdi

“Endi “muddat kam edi, mablag‘ bo‘lmadi”, deb bahona qilishga hech kimning haqqi yo‘q”, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, yil boshidan beri viloyatlarda 250 ta avariyaviy o‘chish bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/71333811

Kun.uz rasmiy kanali
Yevroparlament saylovlari: Makron va Sholsning partiyalari Ukrainaga yordam bermaslik tarafdorlariga yutqazdi

​​​​​​​Ukrainaga yordam berishga qarshi chiqqan muxolifatchilar Germaniya va Fransiya rahbarlari mansub bo‘lgan partiyalarni Yevroparlament saylovlarida mag‘lubiyatga uchratishdi.

👉 https://kun.uz/30624059

Kun.uz rasmiy kanali
Qish uchun 600 ming tonna ko‘mir va 350 ming tonna mazut zaxirasi yaratiladi

2024 yilda O‘zbekistonda 14 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushishi mumkin. Shu bilan birga, hukumat mazut va ko‘mirdan foydalanishni kengaytirishda davom etadi, ko‘mir importi uchun revolver kreditlar beriladi. Prezident 1 oktyabrgacha 600 ming tonna ko‘mir, 350 ming tonna mazut zaxirasini yaratish vazifasini qo‘ydi.

👉 https://kun.uz/82036228

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rossiya Karib dengiziga harbiy kemalar yubordi. Bundan maqsad nima?

Vashingtonning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi kuchaygan bir paytda, Rossiya harbiy kemalari ham AQSh biqinidagi Karib dengiziga yo‘l oldi. RF harbiy-dengiz kuchlari 12-17 iyun kunlari Kuba poytaxti portida bo‘ladi va ikki davlatning dengiz mashg‘ulotlari tashkil etiladi. “Geosiyosat”da tahlilchi Shuhrat Rasul mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Bortida Malavi vitse-prezidenti bo‘lgan samolyot radarlardan yo‘qolib qoldi

Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima va yana 9 kishini olib uchgan samolyot yo‘qolib qolgan. Bu haqda Malavi prezidenti ofisi ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/72742915

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
10-iyunning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqea-hodisalar

Buxorodagi dalalarga chigirtka yopirildi, Qashqadaryoda fermer g‘alla o‘rishiga monelik qilindi, Navoiyda esa 6 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan dahshatli avtohalokat sodir bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/37508571

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Hisorak” suv omboriga shikast yetmagan, ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘q - FVV bayonoti

Shahrisabz tuman hokimi va Qashqadaryo viloyat FVB boshlig‘i videomurojaat bilan chiqib, jiddiy hodisa yuz bermaganligini ma’lum qilishdi va aholidan uy-joylarini tashlab ketmaslikni so‘rashdi.

👉 https://kun.uz/23069205

Kun.uz rasmiy kanali
Uy-joy sohasida «aholi - boshqaruv kompaniyasi - kommunal tashkilot va pudratchi» zanjiri yaratiladi

Prezident raisligidagi yig‘ilishda ko‘p qavatli uylar seysmo-konstruksiyasiga noqonuniy o‘zgartirish kiritish holatlari kuzatilayotgani qayd etildi.

👉 https://kun.uz/72489319

Kun.uz rasmiy kanali
BMT Xavfsizlik Kengashi AQShning G‘azoda otashkesim bo‘yicha rezolyutsiyasini qabul qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti AQSh prezidenti Jo Baydenning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovda ushlab turilganlarni ozod qilish to‘g‘risidagi taklifiga ko‘nishga qaratilgan rezolyusiya loyihasini yoqlab ovoz berdi. Rezolyusiyani yoqlab 14 ta mamlakat ovoz bergan. Rossiya ovoz berishdan o‘zini tiygan, veto qo‘ymagan.

👉 https://kun.uz/68174720

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek hamda Olmazor tumanlarida 11 iyun kuni “svet” vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” xabar berdi.

👉 https://kun.uz/46844671

Kun.uz rasmiy kanali
“Mening bog‘im” loyihasiga start berildi

“Yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilishga qaratilgan “Mening bog‘im” loyihasi 10 iyundan boshlandi. Tashabbuskorlar 20 iyungacha “Ochiq budjet” portalida taklif qoldirishlari mumkin. Loyiha O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilyapti.

👉 https://kun.uz/48865190

Kun.uz rasmiy kanali
Yunusobod tumanida yuqori kuchlanishli simyog‘ochda qisqa tutashuv sodir bo‘ldi

Tan jarohati olganlar yo‘q. Tumanda elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmagani aytildi.

👉 https://kun.uz/25312835

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev yangi ko‘p qavatli uylarda kuzatilayotgan kamchiliklar haqida gapirdi

Prezident yangi ko‘p qavatli uylarda bino cho‘kishi, undagi yoriqlar, sho‘rlanish va sifat bo‘yicha aholidan e’tirozlar bo‘layotganini aytib, bu borada topshiriqlar berdi. Boshqaruv kompaniyalari xizmati uchun minimal narxlar belgilanganiga to‘xtalgan Shavkat Mirziyoyev, endi sifat ham shunga yarasha bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

👉 https://kun.uz/71592707

Kun.uz rasmiy kanali
2024/10/01 22:34:42
Back to Top
HTML Embed Code: