Telegram Web Link
Jarqo‘rg‘onda profilaktika inspektorlari qamaldi. Ular qotilga yordam berishgan va jinoyatni yashirishgan

30 va 31 yoshli inspektorlar jinoyatni qasddan yashirib, kaltaklangan jabrlanuvchini tez tibbiy yordam xizmatiga olib borish o‘rniga omborxonaga joylashtirish orqali uning o‘limiga sabab bo‘lishgan. Surxondaryo viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasi advokatlarning oqlov hukmi chiqarish haqidagi shikoyatini ko‘rib chiqib, ish bo‘yicha dastlabki hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi.

👉 https://kun.uz/14809362

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari keng qamrovli strategik sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Yaqin kelajakda ikki tomonlama savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.

👉 https://kun.uz/43135075

Kun.uz rasmiy kanali
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha bitim imzolandi

Shavkat Mirziyoyev bu temiryo‘l Xitoyni Markaziy Osiyo bilan bog‘lovchi eng qisqa quruqlik yo‘liga aylanishini ta’kidladi. “Kelgusida bu yo‘l mamlakatlarimizga istiqbolli Transafg‘on yo‘lagi orqali Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarining keng bozorlariga chiqish imkonini beradi”, dedi prezident.

👉 https://kun.uz/05248805

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Sahifa yopilgan» - Putin O‘zbekiston aholisi soni va Rossiyaning imperiyachilik ambitsiyalari bo‘yicha gaplar mantiqsizligi haqida

Vladimir Putin O‘zbekiston aholisi soni o‘sishi sur’atidan hayratda ekanini yashirmadi va tez orada Fransiyani quvib yetishi mumkinligini aytdi.

👉 https://kun.uz/21351720

Kun.uz rasmiy kanali
Iste’molchilarga bazaviy me’yordan ortiq ishlatilgan gaz-svet haqida SMS yuborilmoqda. Bu qanday ishlaydi?

Maishiy iste’molchilarga foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha oylik ma’lumotni bazaviy me’yor va undan ortiq hajmlar kesimida ola boshladi. Mas’ullar Kun.uz'ga bergan intervyusida hisob-kitoblar qanday amalga oshirilishini tushuntirib berdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
“Haqiqiy biznesmen raqobat tarafdori bo‘ladi” — Doniyor G‘aniyev JSTga a’zolik haqida

“Agar ko‘lmagingizdan chiqmasangiz, suzishni o‘rgana olmaysiz”, deya mahalliy tadbirkorlarning Jahon savdo tashkilotiga a’zolik bo‘yicha xavotirlariga munosabat bildirdi deputat Doniyor G‘aniyev. U Kun.uz bilan suhbatda teng qoidalar asosidagi o‘yinda yutganlar yutqizganlardan ko‘p bo‘lishini ta’kidladi.

👉 https://kun.uz/51296444

Kun.uz rasmiy kanali
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston milliy jamoasi Turkmaniston ustidan g‘alabaga erishdi

«Bunyodkor» stadionida o‘tgan bahsda Husniddin Aliqulov, Oston O‘runov va Sherzod Nasrullayev tomonidan kiritilgan gollar vakillarimizga guruh bosqichidagi 4-g‘alabani keltirdi. 11 iyun kuni o‘tadigan so‘nggi turda O‘zbekiston Tehronda Eron mehmoni bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/11560129

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
6 iyunning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqea-hodisalar

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyurdi, prezidentga turk mudofaa sanoatidagi yutuqlar taqdimot qilindi. Markaziy bank birinchi marta xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olib, zaxiralarni diversifikatsiya qila boshladi.

👉 https://kun.uz/40822345

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 20 ta hujjat imzolandi

Davlat rahbarlari Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Ikki mamlakat o‘rtasida ilmiy almashinuv, yuqori, shu jumladan kosmik texnologiyalar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa sohalarda hamkorlikka doir hujjatlar almashildi. Turkiya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishida texnik ko‘mak ko‘rsatadi.

👉 https://kun.uz/85643769

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev: “Tinchlikka erishish uchun mustaqil va ozod Falastin davlati tashkil etilishi shart”

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Anqaradagi muzokaralar yakunida OAV uchun bayonot bilan chiqdi. Unda Shavkat Mirziyoyev G‘azoda kechayotgan fojialarga alohida to‘xtaldi.

O‘zbekiston prezidenti G‘arb davlatlarining fojiaga bo‘lgan munosabati O‘zbekiston va Turkiyani qattiq xavotirga solayotgani, amalda ikkiyoqlama standartlar kuzatilayotganini ta’kidladi.

👉 https://kun.uz/20755165

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi nishoni bilan taqdirlandi

Mazkur oliy mukofot Turkiya bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan davlat arboblariga beriladi.

👉 https://kun.uz/34884584

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya prezidenti Putin Peterburgda xalqaro axborot agentliklari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Undan urush, Ukrainaga berilayotgan qurollar, yadro qurollari va O‘zbekiston haqida so‘rashdi.

📹 https://youtu.be/lRGALbOZnBk
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda «yashil» iqtisodiyotga o‘tishda milliy shaffoflik tizimi joriy etiladi

“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish choralarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashga issiqxona gazlarining xatlovi bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklandi.

👉 https://kun.uz/70616323

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi: keng qamrovli strategik sheriklik rivojida navbatdagi muhim qadam

Kun.uz rasmiy kanali
Yil boshidan buyon jinoyatlar tufayli davlatga yetkazilgan zarar miqdori aytildi

Prokuratura organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida qo‘pol qonun buzilish holatlari bo‘yicha 39 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, davlatga yetkazilgan 20 mlrd so‘m zarar undirildi.

👉 https://kun.uz/34912989

Kun.uz rasmiy kanali
Qoraqalpog‘istonda Cobalt pastlikka ag‘darilib ketdi

Katta tezlikda harakatlangan Cobalt yo‘l chetiga chiqib ketib ag‘darilgan, haydovchi halok bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/15097421

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DXX qator hududlarda soliq xodimlarini qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahrida soliq xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

👉 https://kun.uz/64481966

Kun.uz rasmiy kanali
Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashda yordam bergan shaxslar mukofotlanadi

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarima 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

👉 https://kun.uz/45324226

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda BMW’da drift qilgan haydovchiga chora ko‘rildi

1997-yilda tug‘ilgan haydovchiga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

👉 https://kun.uz/14962198

Kun.uz rasmiy kanali
AQSh va ittifoqchilar: HAMAS «Bayden rejasi»ni qabul qilishi kerak

Yelisey saroyi tomonidan chop etilgan qo‘shma xatga ko‘ra, AQSh, Germaniya, Fransiya va Britaniya G‘azo sektoridagi urushni tugatish rejasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

👉 https://kun.uz/26141849

Kun.uz rasmiy kanali
2024/10/01 11:33:49
Back to Top
HTML Embed Code: