Telegram Web Link
Mehnat migrantlariga subsidiya va kompensatsiya ajratish tartibi e’lon qilindi

Xorijda ish mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga til o‘rganish, «ishchi viza»ni rasmiylashtirish, yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi.

👉 https://kun.uz/91545152

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev Yakkasaroy va Yashnobod tumanlariga tashrif buyuradi

Prezident jamoat xavfsizligi va sport sohalaridagi yangi obektlar bilan tanishadi.

👉 https://kun.uz/45362362

Kun.uz rasmiy kanali
Viza olishdagi muammolar va mehnat migratsiyasi bo‘yicha aslida bo‘lmagan «kelishuv» – Kanada elchisi bilan suhbat

Kun.uz Kanadaning Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi elchisi Alan Hemson bilan suhbat uyushtirdi. Suhbat davomida O‘zbekiston va Kanada o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari, ta’lim, mintaqa xavfsizligiga oid kelishuvlar, Kanadaga mehnat migratsiyasi, viza olishdagi muammolar, O‘zbekistonda Kanada elchixonasi, konsulligi yoki viza markazini ochish bilan bog‘liq rejalar kelajagi muhokama qilindi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘azoni tark etolmayotgan bemorlar, Fransiyadan Ukrainaga yordam va Rossiyaning Donbassdagi rejalari - kun dayjesti

Jahonda o‘tgan kun davomida ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/14668281

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda kichik AES birinchi reaktori 5 yildan keyin ishga tushirilishi mumkin

Kichik AESning birinchi reaktori quvvatini ishga tushirish joriy yil yozida boshlanishi kerak bo‘lgan ustuvor ishlar tugaganidan 60 oy (5 yil) o‘tib amalga oshiriladi.

👉 https://kun.uz/02498818

Kun.uz rasmiy kanali
Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Keyingi hafta Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan keladi. Bu haqda bugun uning idorasida ma’lum qilindi.

👉 https://kun.uz/58961773

Kun.uz rasmiy kanali
Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligi rahbari etib tayinlandi

U 2017 yildan buyon agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

👉 https://kun.uz/57022375

Kun.uz rasmiy kanali
Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 34−39 darajani tashkil etishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/95885176

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NATO tarkibidagi Turkiya BRIKSga qo‘shilmoqchi. Bu nimadan darak?

Turkiya tashqi ishlar vaziri mamlakat BRIKSga qo‘shilish istagida ekanini aytishi bilan, Rossiya quchoq ochib kutib olishini bildirdi. Xo‘sh, Anqaraning ham NATO, ham BRIKS tarkibida bo‘lishi reallikka qanchalik yaqin? Bu bayonotlar Turkiyani qabul qilmayotgan Yevropa Ittifoqiga signalmi? “Geosiyosat” mavzuni iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasul va siyosatshunos Bektosh Berdiyev bilan muhokama qildi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Rossiya Karib dengizida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

AP xabariga ko‘ra, Rossiya harbiy kemalari va samolyotlari yaqin haftalarda Karib dengiziga yetib boradi va yoz oxirigacha u yerda qoladi. Ularning harakatlarini AQSh harbiy-dengiz kuchlari kuzatib boradi.

👉 https://kun.uz/38700671

Kun.uz rasmiy kanali
Jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimi ko‘zdan kechirildi

Bu markaz O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi doirasida tashkil etilgan. Majmua mukammal ta’mirlanib va zamonaviy jihozlanib, shu yil martda ishga tushirilgan.

👉 https://kun.uz/72140604

Kun.uz rasmiy kanali
Zelenskiy Normandiyaga desant tushirilganining 80 yilligi tadbiriga bordi. Urush faxriylaridan biri uni «Xalq xaloskori!» deya qarshi oldi

Urushning 834-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/93545282

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan Lacetti haydovchisi vafot etdi

Yashnobod tumani Elbek ko‘chasida 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti'ni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.

👉 https://kun.uz/79892738

Kun.uz rasmiy kanali
"Saraton va boshqa jiddiy kasalliklar bog‘chadagi sifatsiz taomlanishdan kelib chiqmoqda" - mutaxassis bilan suhbat

Ayrim davlat bog‘chalari achinarli ahvolda ekani rasmiy minbar orqali tan olindi va tanqid qilindi. Bolalarga chirigan kartoshka yedirilmoqda, deydi mamlakat bosh sanitari o‘rinbosari. Kun.uz bilan suhbatlashgan shifokor Muazzam Ibrohimova ham bog‘chalardagi ovqatlanish tizimi og‘ir ahvolda ekanini aytdi. Unga ko‘ra, bog‘chalardagi sifatsiz taomlar 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning oshqozon-ichak, ovqat allergiyalari va onkologik kasalliklarga chalinishini ko‘paytirgan.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Bayden AQShning Ukrainaga yordami kechikkani uchun Zelenskiydan uzr so‘radi

U yana 225 million dollarlik yordam va’da qilgan.

👉 https://kun.uz/18689837

Kun.uz rasmiy kanali
Issiq urishi tanaga qanday ta’sir qiladi? Shu sabab ham odam o‘lishi mumkinmi?

Kuchli issiq sabab tana o‘zini sovutishga harakat qilib zo‘riqadi va natijada yurak xuruji kabi xavfli holatlar sodir bo‘ladi. Statistikaga ko‘ra, birgina AQShning o‘zida yiliga 700 dan oshiq kishi issiq urishi sabab vafot etadi.

👉 https://kun.uz/72588984

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hosili ko‘p, xaridori yo‘q piyoz” - bahorgi piyoz nega dalada qolib ketyapti?

O‘zbekiston bozorlari yangi piyoz bilan to‘lgan. Qator viloyatlarda yetishtirilgan bahorgi piyoz hosili dalalarda qolib ketmoqda. Xo‘sh, bunga sabab nima? Dehqonlarning haddan tashqari ko‘p piyoz ekkanimi yoki ichki bozor ehtiyojidan ortgan piyozning eksporti yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganimi? Kun.uz shu savollarga javob izladi.

👉 https://kun.uz/15525017

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
7 iyunning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqea-hodisalar

Shavkat Mirziyoyev G‘azodagi urush haqida gapirib, G‘arb davlatlarini ikki xil standartlarda aybladi. Rossiya O‘zbekistonda quradigan AESning narxi maxfiy ma’lumot deb e’lon qilindi. 4 ta hududda 5 nafar soliqchi pora bilan ushlandi.

👉 https://kun.uz/42425815

Kun.uz rasmiy kanali
“Dok-1 Maks”ni ishlab chiqargan kompaniya rahbarlari hamon ozodlikda qolmoqda

O‘zbekistonda kamida 68 bolaning o‘limiga olib kelgan “Dok-1 Maks” siropining ishlab chiqaruvchisi – Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi ta’sischilari va direktorlari – Sachin Jain va uning xotini Jaya Jain O‘zbekiston tomonidan Interpol qidiruviga berilgan bo‘lsa-da, BAA poytaxti Abu-Dabida qo‘lga olinib, ko‘p o‘tmay qo‘yib yuborilgan.

Hindistondagi ayblanuvchilar bor-yo‘g‘i ming rupiy (152 ming so‘m)lik jarima yoki 6 oygacha qamoq jazosi bilan qutulishi mumkinligi aytilmoqda. O‘zbekiston huquq organlari bu borada izoh so‘rab Hindiston tomoniga murojaat qilgan, lekin 1 yil davomida bu so'rovga javob bo‘lmagan.

👉 https://kun.uz/96706621

Kun.uz rasmiy kanali
2024/10/01 13:28:48
Back to Top
HTML Embed Code: