Telegram Web Link
Jizzaxda yer silkinishi kuzatildi

Episentr: Baxmal tumani. Magnituda M=3,2. Zilzila episentri Toshkentdan 197 km janubi-g‘arbda.

👉 https://kun.uz/57062469

Kun.uz rasmiy kanali
AQSh sobiq prezidenti Tramp jinoiy ishda aybdor deb topildi

Nyu-Yorkdagi hakamlar hay’ati sobiq prezident Donald Trampni 34 ta hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topdi. Hukm 11 iyul kuni e’lon qilinadi.

👉 https://kun.uz/32252703

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda energiya iste’moli reytingi joriy etilishi mumkin

Energetika vazirligi tomonidan energiya sig‘imi eng yuqori va eng past bo‘lganlarning “10 taligi” yuritilib, ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.

👉 https://kun.uz/21956276

Kun.uz rasmiy kanali
Ehtiyojmand xotin-qizlardan OTMda o‘qish uchun tavsiyanomaga arizalar qabuli boshlandi

Talabgorlardan arizalar 30 maydan 8 iyunga qadar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

👉 https://kun.uz/64748241

Kun.uz rasmiy kanali
Kataloniyani qaqshatgan nemis. Flik «Barsa»ni «tiriltira oladimi»?

4 yil avval «Barselona»ni sharmandali tarzda mag‘lub etgan Hans-Diter Flik endi klub bosh murabbiyi bo‘ldi. Nemis klubni muammoli va moliyaviy beqaror holatda qabul qilib olmoqda.

👉 https://kun.uz/68352602

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrif buyuradi

Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

👉 https://kun.uz/50337220

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tariflar oshirilgandan keyin elektr va gaz iste’moli kamaydi - energetika vaziri

May oyi uchun tariflar oshirilganidan so‘ng O‘zbekistonda 2023 yilning shu davriga nisbatan elektr energiyasi iste’moli 324 million kVt/soatga, gaz iste’moli 125 million kub metrga kamaydi, dedi energetika vaziri. Uning so‘zlariga ko‘ra, abonentlar va korxonalar soni ko‘payishi sharoitida iste’molning kamayishi energiya tejamkorligidan dalolat beradi.

👉 https://kun.uz/53513382

Kun.uz rasmiy kanali
2023-yilda O‘zbekistonga 30 ta davlatdan gumanitar yordam yuklari keldi

2023-yilda O‘zbekistonga umumiy qiymati 197 mln 842 ming dollar miqdoridagi gumanitar yordam yuklari kirib keldi. U asosan besh davlatdan yuborilgan.

👉 https://kun.uz/28537382

Kun.uz rasmiy kanali
"Ulug‘ Amir Yalangto‘shning hayot yo‘li barchaga ibratdir" - Saida Mirziyoyeva

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva kecha premerasi bo‘lib o‘tgan “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy badiiy filmi haqida fikrlari bilan bo‘lishdi.

👉 https://kun.uz/94945952

Kun.uz rasmiy kanali
Xitoy rahbari G‘azo bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishga chaqirdi

Si Jinpingning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy mustaqil Falastin davlatini yaratish, Falastinning BMTga to‘liq a’zo bo‘lishini va «kattaroq, nufuzli va samarali xalqaro tinchlik konferensiyasi o‘tkazilishini» qo‘llab-quvvatlaydi.

👉 https://kun.uz/61415545

Kun.uz rasmiy kanali
“Ayrim sinflarda 40-50 nafar bola o‘qiyapti” - mutaxassislar maktab ta’limidagi muammolar haqida

“Taraqqiyot strategiyasi” maktab ta’limi haqidagi izlanishlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda pedagoglik kasbi jozibador emas, maktablarda malakali o‘qituvchilar kam. Sinflarda bolalar soni ko‘p, o‘quv materiallarida qo‘pol xatoliklar bor. Shahar va qishloqdagi bolalarning o‘qishdagi imkoniyatlari noteng. Ota-onalar esa farzandlarining ta’limiga befarq.

👉 https://kun.uz/93330825

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonning davlat qarzi 35 mlrd dollardan oshdi

Joriy yilning 1 aprel holatiga davlat qarzi 35,3 mlrd dollar yoki YaIMga nisbatan 38,3 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilda tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlari 2,82 mlrd dollarga yetgan. Davlat qarzining 93 foizdan ortiq qismi xorijiy valutada jalb qilingan.

👉 https://kun.uz/73636604

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda muz saroyini o‘z ichiga oluvchi Xokkey sport majmuasi quriladi

Majmua 2025 yildagi O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida barpo etiladi.

👉 https://kun.uz/65989641

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘stonliqda salkam 5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand moddalar aniqlandi

Toshkent viloyati IIBB va Bo‘stonliq tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikdagi organlar bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ko‘p miqdordagi sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatish maqsadida olib ketayotgan shaxs ushlandi.

👉 https://kun.uz/73716456

Kun.uz rasmiy kanali
Endi sizda Milliy ilovasi orqali foizsiz onlayn pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati mavjud:
▪️ Identifikatsiyadan o’tgan foydalanuvchilari uchun — oyiga 3 million so’mgacha;
▪️ Identifikatsiyadan o’tgan ish haqi loyihasi ishtirokchilari uchun — oyiga 10 million so‘mgacha.

Ko'rsatilgan miqdordan oshsa, bank tariflariga muvofiq har bir o'tkazma uchun komissiya undiriladi.

Milliy ilovasini yuklab oling va foizsiz pul o'tkazmalaridan foydalaning.

Reklama
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turkiya parlamentining Isroilga qarshi rezolyutsiyasi, Ukrainaga berilayotgan F-16 lar va Hindistondagi jazirama - kun dayjesti

Jahonda o‘tgan kun davomida ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishing.

👉 https://kun.uz/86250781

Kun.uz rasmiy kanali
"OAVni yanada erkin qilish borasida katta rejalarimiz bor" - Komil Allamjonov

Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov Jahongir Azimov Milliy mass-media fondiga rahbar etib tayinlangani bilan tabrikladi.

👉 https://kun.uz/80993552

Kun.uz rasmiy kanali
Hokimlar uchun haftaning payshanba kuni to‘liq jismoniy tarbiya kuni sifatida belgilanadi

Sport vazirligi tizimidagi sport maktablari faoliyati yangi tartibda tashkil etiladi.

👉 https://kun.uz/98214211

Kun.uz rasmiy kanali
2024/09/30 13:22:29
Back to Top
HTML Embed Code: