Telegram Web Link
1-chorakdagi davlat budjeti taqchilligi 1,5 barobarga oshdi

2024 yilning 1-choragida davlat budjeti daromadlari 52,6 trln, xarajatlari esa 70,3 trln so‘mni tashkil etib, taqchillik 17,7 trln so‘mga yetgan. Bu – bir yil oldingi ko‘rsatkichdan 1,5 barobar, ikki yil oldingi ko‘rsatkichdan 18 barobar ko‘p.

👉 https://kun.uz/73195458

Kun.uz rasmiy kanali
Vladimir Lenin: Zulm saltanatining paydo bo‘lishi

Lenin – XX asrdagi eng mashhur siyosiy arboblardan. Dunyodagi birinchi sotsialistik davlat asoschisini bu davlat qulamaguncha “proletariat dohiysi” deb kelishgan. Aslida esa Lenin nafaqat SSSR, balki butun dunyo tarixida ham eng shafqatsiz hukmdorlardan biridir. Uning davrida ko‘plab rus ziyolilari mamlakatdan chiqib ketgan, sud tizimi ommaviy otuvga hukm qilishga almashtirilgan.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
IELTS’dan 4 ball bilan ham magistraturaga kirish mumkinmi?

Prezident farmoni bilan OTM magistraturasi uchun chet tili darajasi talabi pasaytirildi.

👉 https://kun.uz/30029862

Kun.uz rasmiy kanali
Prezident Qorako‘ldagi 58 mln dollarlik quvur zavodiga bordi

Buxoro viloyatining ko‘p joylarida ekin ekish uchun yerning sho‘rini yuvish kerak, shuning uchun davlat ko‘proq sanoatga e’tibor beryapti, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. “Mana shu zavodni ham nima uchun qurdik? Bunday quvurlarni olib kelish uchun ko‘p pulimiz yo‘lga ketardi”, ta’kidladi prezident.

👉 https://kun.uz/26790383

Kun.uz rasmiy kanali
Dam olish kunlari harorat yanada ko‘tariladi

O‘zbekistonda yoz juda issiq ob-havo bilan boshlanadi. Shanba va yakshanba kuni harorat kechalari +14...+19 daraja, kunduzi +31...+34 daraja bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/02211022

Kun.uz rasmiy kanali
MIBga nisbatan byuroning tuman bo‘limida ijro ishi ochilgan. Qarzdorlik yarim mlrd so‘m

Majburiy ijro byurosi “Caravan Group” MChJdan 512 mln so‘m qarz. Undiruv bilan byuroning Yunusobod tuman bo‘limi shug‘ullanyapti. Bo‘lim qarzdorlikni undirish uchun MIBning markaziy apparatiga qarashli ko‘chmas mulkka va avtotransportga taqiq qo‘yib qo‘ygan.

👉 https://kun.uz/42582754

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eski va Yangi Toshkent qurilishlar qurshovida: nimalar o‘zgaradi?

Poytaxtdagi vazirlik va idoralar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi. Keng ko‘lamdagi qurilishlar davrida havoning ifloslanishi ortishi, daraxtlar kamayishi hamda yo‘llarda yirik tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin. Kun.uz bilan suhbatda mutaxassislar qurilish norma va qoidalariga qat’iy amal qilinishi hamda kuchli nazorat bo‘lishi kerakligini ta’kidlashdi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Mirziyoyev Buxoroda yirik majmualar qurilishini boshlab berdi

Buxoro tumanida xalqaro aeroport, Qorako‘lda MTO gaz-kimyo majmuasi, Olot tumanida quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berildi.

👉 https://kun.uz/53483122

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘lim charxpalagi” bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi

Videolavhada aks ettirilgan charxpalak Andijon shahri Z.M.Bobur nomidagi istirohat bog‘ida joylashgan. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, ayni paytda attraksion faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

👉 https://kun.uz/66613563

Kun.uz rasmiy kanali
“Bino qurib sotish nosog‘lom bank faoliyati hisoblanadi” - ekspert

Davlatning uchta banki Toshkent city'da sotuvga qo‘yilgan baland-baland binolarini kamida 340 mln dollar sarflab, tashqi kreditlar hisobidan qurgan bo‘lishi mumkin. Avvalroq SQB (bu yil xususiylashtirilishi kerak) Yashnobodda 21 qavatli bino qurmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi. Davlat banklari Yangi Toshkentda ham binolar qurishi aytilmoqda.

👉 https://kun.uz/95431904

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston Rossiya bilan ko‘proq rublda savdo-sotiq qilmoqda

Vladimir Putin O‘zbekistonga tashrifi vaqtida o‘zaro savdoda dollardan voz kechib, milliy valutalarga o‘tishni “favqulodda muhim” deb atadi. Iqtisodchi Rossiya bilan rublda savdo qilish o‘zbek eksportchilari va importyorlari uchun qanday chaqiriqlar yaratishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

👉 https://kun.uz/83158509

Kun.uz rasmiy kanali
Ijodiy imtihonlarda, chet tili yo‘nalishlarida yangilik – Oliy ta’lim vazirligi mas’uli bilan suhbat

“Bu yilgi qabulda ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar ham 5 ta OTM tanlashi mumkin. Chet tilidan ijodiy imtihon bo‘ladigan 8 ta OTMda test bo‘ladi”. Qabulga va yangi o‘quv yiliga oid muhim ma’lumotlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov Kun.uz bilan suhbatda aytib o‘tdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona uzumlari AQShda sotiladi va taqchilligi oshgan budjet — 31-may dayjesti

O‘zbekistonda budjet taqchilligi va davlat qarzi oshdi, narxlar ko‘tarilgach, odamlar kamroq energiya iste’mol qila boshladi, Farg‘ona uzumlari AQShga yuboriladigan bo‘ldi, Shavkat Mirziyoyev Buxoroga bordi. 31 mayda O‘zbekistonda sodir bo‘lgan shu va boshqa mahalliy yangiliklar bilan doimgidek kundalik dayjestimizda tanishtirishda davom etamiz.

👉 https://kun.uz/83457565

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Arosatdagi Gruziya: Yevropaga intilish to‘xtab qoldimi?

Ko‘plab namoyishlar, prezident vetosi va G‘arbning tahdidlariga qaramay, Gruziyada chet el agentlari haqidagi qonun baribir kuchga kirishi kutilyapti. Noroziliklar fonida bosh vazir Irakli Kobaxidze xalqni tinchlantirish uchun katta va’da berdi: mamlakat 2030 yilgacha Abxaziya va Janubiy Osetiya ustidan suverenitetini tiklamoqchi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Bayden G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejasini e’lon qildi

Isroilning yangi rejasi G‘azo sektoridagi deeskalatsiyaning uch bosqichini o‘z ichiga oladi. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, hujjat Qatar vositachilari orqali allaqachon HAMAS vakillariga berilgan.

👉 https://kun.uz/35966072

Kun.uz rasmiy kanali
Xitoy o‘z pandalarini AQShga qaytaradi

Xitoy pandalarni xorijiy mamlakatlarga ijaraga berib, munosabatlarni yaxshilashda «panda diplomatiyasi»dan foydalanishni davom ettirishga qaror qildi.

👉 https://kun.uz/32633560

Kun.uz rasmiy kanali
600 mingdan ortiq ko‘chat sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilgan - Senat

Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi majlisida «Yashil makon» umummilliy loyihasi ijrosi muhokama qilindi.

👉 https://kun.uz/69765262

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
G‘arb davlatlari Ukrainaga Rossiya hududiga hujum qilishga ruxsat berdi

Rossiya janubiy harbiy okrugda taktik yadro mashg‘ulotlarini o‘tkazar ekan, G‘arbning 11 davlati o‘zlari yuborgan qurollar bilan Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat beryapti. Bu esa mojaroda yangi sahifa ochilishidan darak. "Geosiyosat" mavzu atrofidagi dinamik o‘zgarishlar bilan bog‘liq savollar yuzasidan siyosiy tahlilchilar Oybek Sirojov va Kamoliddin Rabbimovga yuzlandi

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
O‘zbekiston vakili tarixda birinchi marta Inson huquqlari qo‘mitasi a’zoligiga saylandi

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori, akademik Akmal Saidov 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan BMT Inson huquqlari qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi. BMTning mazkur organiga O‘zbekistondan birinchi marta vakil saylandi.

👉 https://kun.uz/84137019

Kun.uz rasmiy kanali
Yuridik shaxslar uchun elektr va gaz iste’moliga oshuvchi koeffitsiyent joriy etilishi mumkin

Yuridik shaxslar uchun belgilangan limitning 10 foizidan ortig‘i miqdorida gaz yoki elektr energiyasi iste’moli uchun oshuvchi koeffitsiyentlar qo‘llanishi mumkin.

👉 https://kun.uz/72925154

Kun.uz rasmiy kanali
2024/09/30 15:34:49
Back to Top
HTML Embed Code: