Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryoda Captiva bilan stadionga tushgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“Kaptiva” haydovchisi atrofdagilarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, mashinani odamlar ustiga haydab borgan.

👉 https://kun.uz/73672073

Kun.uz rasmiy kanali
Fiskal huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qo‘llanadigan sanksiyalar miqdori kamaydi

Fiskal huquqbuzarliklar realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum 2 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi. Ilgari realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima solingan.

👉 https://kun.uz/04535115

Kun.uz rasmiy kanali
Abituriyentlar uchun muhim – qabulda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

2024 yilgi qabuldan abituriyentlar yangi tartib asosida OTMga hujjat topshiradi. Bu yilgi hujjat topshirish oldingi yillardan farq qiladi. Kun.uz o‘zgarishlar bo‘yicha Bilimlarni baholash agentligi bo‘lim boshlig‘i Jamshidbek Odilov bilan suhbatlashdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi e’lon qilindi

2025 yil 1 iyuldan boshlab barcha sug‘urtalangan ayollarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, sug‘urtalash manbasidan qat’iy nazar, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab berilishi mumkin.

👉 https://kun.uz/79622754

Kun.uz rasmiy kanali
“Bog‘cha opa”larning oshayotgan maoshi, qurilishda yangi talab hamda migrantlar uchun imkoniyatlar – 1 iyundan nimalar o‘zgaradi?

Kun.uz sayti o‘z an’anasiga muvofiq, 2024 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi.

👉 https://kun.uz/91607351

Kun.uz rasmiy kanali
⚡️Yangi uylarni qidiryapsizmi?

2024 yilda quriladigan yangi uylar narxlari va ro‘yxati.

👉
Uylarni ko‘rish

Reklama
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘azodagi yana bir qochqinlar lageriga hujum, husiychilar urib tushirgan dron va Ukrainaga berilgan ruxsat - kun dayjesti

Jahonda o‘tgan kun davomida ro‘y bergan eng asosiy voqealar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishing.

👉 https://kun.uz/65244572

Kun.uz rasmiy kanali
Sirdaryodagi “avtoterrorchi” voqeasi: haydovchining harakatlarida odam o‘ldirishga suiqasd tarkibi bor

Futbol stadioniga Captiva mashinasida kirib kelib, uni to‘planib turgan odamlar ustiga bostirib borgan haydovchiga jinoyat kodeksining bezorilikni ifodalovchi moddasi bilan ish qo‘zg‘atildi. Hodisani kuzata turib, bu qilmishda qasddan odam o‘ldirishga suiqasdni ko‘rish mumkin.

👉 https://kun.uz/20797725

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tojikiston va Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 78 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

DXX xodimlari tomonidan Tojikistonning Panjikent tumani bilan chegaradosh bo‘lgan Samarqand viloyati Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, giyohvandlik vositalari kontrabandasi bilan shug‘ullanuvchi 1 nafar Tojikiston va 6 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan iborat jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

👉 https://kun.uz/56268335

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiyalik aktrisa Anastasiya Zavorotnyuk vafot etdi

Rossiyalik teatr va kino aktrisasi, teleboshlovchi Anastasiya Zavorotnyuk uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etdi, deb xabar berdi uning qarindoshlari ijtimoiy tarmoqlarda.

👉 https://kun.uz/45259488

Kun.uz rasmiy kanali
RIS restoraniga 10% chegirma ⚡️

Osiyo taomlarini yaxshi ko’rasiz va undan 100% bahramand bo’lishni xohlaysizmi? Unda RIS restoranini tanlang, u yerda siz asl Osiyo ko’cha taomlarini topasiz va Mastercard kartalari bilan hisobingiz uchun 10% kamroq to‘laysiz.

• Barcha Mastercard kartalari egalari uchun maxsus taklif
• Ris Uzbekistan
• 31.12.24 gacha

Mazali enoki yoki cherriblekni jonajon Toshkentda tatib ko‘rish: Priceless

Instagram | Facebook | Website

Reklama
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekistonda ovqatlanish odatlari bo‘yicha ommaviy tadqiqot o‘tkazish kerak” – Kopenhagen universitetidagi o‘zbek olimi

Daniyadagi o‘zbek tadqiqotchisi Bekzod Hakimov o‘zbekistonliklarning har biriga anketa berib, qanday ovqatlarni va qancha iste’mol qilayotganini kuzatib borish kerakligini aytadi. Olimning fikricha, qon, siydikdagi moddalar anketa asosida metabolik darajada o‘rganib borilsa, hozirgi kunda o‘zbekistonliklarda tez-tez uchraydigan xronologik kasalliklarning noaniq sabablari topilishi mumkin.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Xorazmda “shikoyatchi fuqarolar” ro‘yxati tuzildi. Bunday ta’qib uchun javobgarlik bor

Ro‘yxatga “ariza tashkillashtirishni odat qilib olgan”lik aybi bilan viloyatning 5 ta hududi kesimida 44 nafar fuqaro kiritilgan.

👉 https://kun.uz/41858579

Kun.uz rasmiy kanali
Dunyo bo‘ylab qatllar soni so‘nggi 10 yil ichida eng yuqori darajaga yetdi

2023 yilda dunyoning 16 davlatida 1153 ta qatl amalga oshirilgan.

👉 https://kun.uz/95012698

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sobiq MXX binosidan daraxtlarni ko‘chirayotgan firma rahbari fotografning boshidan ichimlik to‘kdi

Firma rahbari ko‘chirib o‘tqazilgan daraxtlarni suratga olayotgan fotografga “bu yerdan tezroq yo‘qol”, deb uning boshidan gazlangan ichimlikni quyib yuborgan.

👉 https://kun.uz/03938725

Kun.uz rasmiy kanali
“Bu tadbirkorlarning qo‘rquvda yashashiga olib keladi” – mutaxassis bozor narxlari asosida soliq hisoblanishi haqida

Soliq qo‘mitasi bozor narxlari asosida soliq bazasini hisoblashga urinyapti. Bu borada tegishli hujjat loyihasi e’lon qilindi. Soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonov Kun.uz uchun tayyorlagan maqolasida bu tartib soliq qonunchiligi va tabiatiga zid ekani haqida fikr yuritadi.

👉 https://kun.uz/01821158

Kun.uz rasmiy kanali
112 yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi

IIV, FVV, SSV, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hududgazta’minot” AJning shoshilinch xizmatlari 112 qisqa raqamiga ulanib, yagona tizimga birlashtiriladi.

👉 https://kun.uz/19429125

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yo‘q qilishning «innovatsion» usuli”: Urfga aylanayotgan daraxt “ko‘chirish” mavzusida ekspertlar bilan suhbat

So‘nggi vaqtlarda daraxtlarni kesish – daraxtlarni “ko‘chirib o‘tqazish” nomi ostida davom etmoqda. Bugun o‘nlab xususiy firmalar daraxtlarni ko‘chirib o‘tqazish amaliyotini taklif qilyapti. Daraxtlarni kesishga e’lon qilingan moratoriy ham chetlab o‘tilib, ular bir joydan ikkinchi joyga xohlagan tartibda olib o‘tilmoqda. Ekofaollar fikricha, tizimni zudlik bilan tartibga solish, iloji bo‘lsa, amaliyotni cheklash kerak. Bu daraxtlardan qutulishning «innovatsion» usuliga aylanyapti.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
30 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar

Toshkent City’da sotilayotgan bank binolari, stadionga Captiva’sida bostirib kirgan bezori, Xorazmda tuzilgan shikoyatchilar ro‘yxati va pishishi kechikayotgan gilos - O‘zbekistonda 30 may kuni yuz bergan muhim voqea-hodisalar hamda yangiliklar sharhi bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/01467206

Kun.uz rasmiy kanali
Bir qator yirik soliq to‘lovchilarning davlat budjetidagi ulushi keskin qisqardi

2023 yilda yirik soliq to‘lovchilarning davlat budjetidagi ulushi qisqargan. Xususan, eng yirik soliq to‘lovchilar – Navoiy kon metallurgiya kombinatining ulushi 0,4 foizga, Olmaliq kon metallurgiya kombinatining ulushi esa 2,38 foizga kamaygan. Shuningdek, bir qator energetika korxonalarining ham budjet tushumlaridagi ulushi kutilganidan sezilarli darajada kam bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/44086068

Kun.uz rasmiy kanali
2024/09/30 11:36:34
Back to Top
HTML Embed Code: