Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
20 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar

Eron xalqiga ta’ziyanoma, Farg‘ona va Samarqandda do‘pposlangan maktab o‘quvchilari va Angrenda qulagan vagonlar - O‘zbekistonda 20 may kuni yuz bergan muhim va shov-shuvli voqea-hodisalar hamda yangiliklar sharhi bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/39939475

Kun.uz rasmiy kanali
Eron prezidenti vertolyotining qulashi sababi aytildi

Shuningdek, Eronda yangi prezident saylovi sanasi ma’lum qilindi.

👉 https://kun.uz/16757863

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda Matiz urib yuborgan piyoda vafot etdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida Matiz yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi, u voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

👉 https://kun.uz/60553078

Kun.uz rasmiy kanali
Qashqadaryoda ishlab turgan bog‘chalar “bo‘sh turgan obekt” sifatida sotib yuborilishi mumkin

Qashqadaryo viloyatidagi jami 700 o‘rinli 4 ta “Erkatoy” bog‘chalari “bo‘sh turgan obekt” sifatida sotuvga qo‘yiladigan bo‘ldi. Kun.uz'ga murojaat qilgan ota-onalarning aytishicha, bu bog‘chalar bo‘sh emas – ular ishlab turibdi. Ota-onalar obektlarning bog‘cha maqomini saqlab qolish yoki xususiylashtirmasdan, MMTV balansiga o‘tkazilishini so‘ramoqda.

👉 https://kun.uz/53038224

Kun.uz rasmiy kanali
Moliyaviy sanksiyalar qo‘llashda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan yengillik beriladi

O‘zbekistonda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llashda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan yengillik berilmoqda.

👉 https://kun.uz/96755594

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda ushlangan yana bir jinoiy guruh a’zolariga sud hukmi o‘qildi

Talonchilik, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, bezorilik, sovuq qurol bilan tahdid qilish kabi jinoyatlarni sodir qilgan shaxslar turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.

👉 https://kun.uz/56622114

Kun.uz rasmiy kanali
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Tegishli bitim ikki davlat rahbarlari tomonidan 2022 yil 22 dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.

👉 https://kun.uz/71411753

Kun.uz rasmiy kanali
“Islom moliyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyor” - Behzod Hamroyev

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev islom moliyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilgani, loyiha yil oxirigacha parlamentga kiritilishini ma’lum qildi. Shuningdek, mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliya xizmatlari ko‘rsatilishiga oid nizom tez orada davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/80299491

Kun.uz rasmiy kanali
Mahallalarda aholi muammolarini aniqlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

“Mahalla yettiligi” vakillari tomonidan yagona savolnoma asosida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish tizimi joriy etiladi.

👉 https://kun.uz/94284891

Kun.uz rasmiy kanali
Neuralink’ka ikkinchi ko‘ngillining miyasiga chip o‘rnatishga ruxsat berildi

AQSh regulyatori birinchi sinov ishtirokchisida yuzaga kelgan qurilma bilan bog‘liq muammolardan so‘ng Neuralink chipini implantatsiya qilish jarayoniga o‘zgartirishlarni ma’qulladi.

👉 https://kun.uz/41759929

Kun.uz rasmiy kanali
Ibrohim Raisiyning o‘limi Eron siyosiy tizimiga qanday ta’sir etadi?

Raisiy Eronda hokimiyat cho‘qqisiga yaqin edi va ko‘pchilik u eng yuqori pog‘onaga ham ko‘tarilishiga ishonardi. Ammo uning taqdiri boshqacha kechdi.

👉 https://kun.uz/20705303

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erondagi halokat: siyosiy tahlilchilar qanday fikrda?

19 may kuni Eron va Ozarbayjon o‘rtasidagi to‘g‘on ochilishiga borgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Tehronga qaytishda, Tabriz shahri yaqinida aviahalokatga uchrab vafot etdi. Siyosiy tahlilchilar Farhod Karimov va Bektosh Berdiyev Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida hodisa haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Makkada mushkul vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ko‘magida Saudiya Arabistonining Makka shahrida qiyin moliyaviy ahvolda qolgan A.R. oilasi bag‘riga qaytarildi.

👉 https://kun.uz/86392018

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Raisiy uchun motam, order daragidan g‘azablangan Netanyahu va G‘arbning yangi yordami - kun dayjesti

O‘tgan kun mobaynida dunyoda sodir bo‘lgan voqealar, hodisalar va yangiliklar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishtirib o‘tamiz.

👉 https://kun.uz/44390400

Kun.uz rasmiy kanali
O'z Mahal turar joy majmuasidagi biznes-klass xonadonlariga 15% gacha chegirma!

O'z Mahal — bu qulay turar joy kvartali, funksional loyiha rejalari, obodonlashtirilgan yopiq hovli va qulay avtoturargoh.

Majmua uchun ideal joylashuv tanlangan:
🔸 Kichik halqa yo‘liga qulay chiqish
🔸 Yoshlik stadioniga 5 daqiqa (Start)
🔸 Ekoparkkacha 7 daqiqa

Joylashuv:
Mirzo Ulug'bek tumani, Oqqo'rg'on ko'chasi

Taklif cheklangan! Chatbot’da batafsil ma'lumotga ega bo’ling.

Reklama
Islomiy respublika: Eron siyosiy tizimi qanday ishlaydi?

Eronda boshqaruvning respublika shakli o‘rnatilgan, hokimiyat qisman va rasman xalqning irodasiga bog‘langan, eng muhim qarorlarni esa ruhoniylar kengashi tomonidan saylanadigan oyatulloh qabul qiladi. Prezidentlikka nomzodlar ham oliy rahnamo tasdig‘idan o‘tishi kerak. 28 iyun kuni – navbatdan tashqari saylov.

Kun.uz studiyasidan jonli efirda siyosiy tahlilchilar Shoislom Akmalov va Kamoliddin Rabbimov Eron siyosiy tizimining o‘ziga xosliklari va prezident almashinuvi mamlakat tashqi siyosatida qanday aks-sado berishi mumkinligi haqida so‘z yuritadi.

📹 EFIRNI TOMOSHA QILING
Toshkentdagi KHAY va Qorasaroy ko‘chasining bir qismi 26 maygacha yopiq bo‘ladi

Amalga oshirilayotgan ishlar jarayonida aholi iltimosiga binoan yoritish tizimlari, fasadlar, drenaj va irrigatsiya tizimlari, bordyurlarni yangilash, mahallalarga kirish yo‘llarini obodonlashtirish zarurati aniqlangan.

👉 https://kun.uz/93795517

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi

Rossiya prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/17738764

Kun.uz rasmiy kanali
«Vest Bromvich mo‘jizasi». Yurgen Klopp faoliyatiga nazar

«Liverpul» bilan xayrlashgan Yurgen Kloppning afsonaviy o‘yinlari o‘nlab topiladi. Ammo eng birinchi o‘rindagisi o‘rtamiyona raqibga qarshi o‘yindagi durang natija bo‘lgandi.

👉 https://kun.uz/30442744

Kun.uz rasmiy kanali
2024/09/29 07:18:37
Back to Top
HTML Embed Code: