Telegram Web Link
2024 yilda 6 ming gektar yer maydoni auksionga chiqariladi

2024 yilda respublika bo‘yicha jami 6 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish rejalashtirilgan, shundan 225 gektar – Toshkent shahrida.

👉 https://kun.uz/44869297

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mirziyoyev Eron prezidenti vafoti munosabati bilan elchixonada hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

👉 https://kun.uz/92823342

Kun.uz rasmiy kanali
Londondan Singapurga uchgan samolyot kuchli turbulentlikka uchradi. Bir kishi halok bo‘lgan

Halok bo‘lgan yo‘lovchi xavfsizlik kamarlarini bog‘lamagani ma’lum bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/86572469

Kun.uz rasmiy kanali
Sirdaryodagi “Muruvvat” uyida davolanayotgan aqli zaif bemorni mazax qilgan xodimlar ishdan bo‘shatildi

Hozirda holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

👉 https://kun.uz/16782862

Kun.uz rasmiy kanali
Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi

Delegatsiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchilik qiladi.

👉 https://kun.uz/24660549

Kun.uz rasmiy kanali
Yunusobodda niqob taqqan holda daraxt kesgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi maktab yonida 16-aprelga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar tomonidan 1 tup safora daraxti davlat raqami bo‘lmagan ekskavator yordamida ildizi bilan qo‘porib tashlangandi.

👉 https://kun.uz/01305731

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston fuqarolari uchun bu yil umumiy haj kvotasi 15 000 nafar etib belgilandi

23-maydan 7-iyun kuniga qadar respublikaning 10 ta xalqaro aeroporti orqali ziyoratchilar Madina shahriga yuboriladi.

👉 https://kun.uz/76935954

Kun.uz rasmiy kanali
Ehtiyojmand oilalarga quyosh panellari o‘rnatib beriladi

20 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga 1,5-2 kW·h quvvatga ega quyosh panellari bepul o‘rnatib beriladi, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Uning aytishicha, panellar quvvati asosiy elektr energiyasiga bo‘lgan bazaviy miqdor – 200 kW·hgacha bo‘lgan ehtiyojni qoplashga yetadi.

👉 https://kun.uz/68920402

Kun.uz rasmiy kanali
Shengen vizasini rasmiylashtirish uchun to‘lov qiymati oshadi

Yig‘im miqdori 12 foizga oshishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/43652922

Kun.uz rasmiy kanali
Sog‘liqni saqlash sohasidagi takliflar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar taqdimoti bilan tanishdi. 2024-yilda Toshkentda davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari joriy etilishi ma’lum qilingan.

👉 https://kun.uz/52229612

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eronning Toshkentdagi elchixonasiga rasmiy shaxslar hamdardlik bildirgani kelmoqda

Shu kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, qator rasmiylar, shuningdek, diplomatik korpus vakillari elchixonaga kelib, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy aviahalokatda qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

👉 https://kun.uz/70068559

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentdagi eng baland “jumboq”: Xarobaga aylangan “Chorsu” mehmonxonasi tarixi

Bir paytlar Toshkentning ko‘rki bo‘lgan muhtasham “Chorsu” mehmonxonasi asr boshidan beri qarovsiz holda yotibdi. Avvaliga koreys, keyin turk va arab investorlari undan yuz o‘girdi. Majmua jozibador nuqta – shahar markazida joylashganiga qaramay, unga nega ega topilmayotgani jumboqli.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar

Rossiya prezidenti bilan muloqot qilgan hamda Eron elchixonasida ta’ziya bildirgan Mirziyoyev, rasman ittifoqchimizga aylangan Qozog‘iston va tashqi savdo aylanmasidagi o‘sish - O‘zbekistonda 21 may kuni yuz bergan muhim va shov-shuvli voqea-hodisalar hamda yangiliklar sharhi bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/11791491

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiyadagilar Zelenskiy 20-maydan legitimligini yo‘qotdi deb hisoblamoqda. Bu haqda ukrainlarning o‘zi qanday fikrda?

2019-yilda Volodimir Zelenskiy besh yillik muddatga saylangandi. Agar u ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymasa yoki yutqazsa, uning vakolatlari 2024-yilda yakunlanib, yangi davlat rahbari qasamyod qilishi ko‘zda tutilgandi. 20-may kuni Zelenskiy hokimiyatga kelganiga roppa-rosa besh yil to‘ldi.

👉 https://kun.uz/40819146

Kun.uz rasmiy kanali
Islomiy respublika: Eron siyosiy tizimi qanday ishlaydi?

Kun.uz studiyasidan jonli efirda siyosiy tahlilchilar Shoislom Akmalov va Kamoliddin Rabbimov Eron siyosiy tizimining o‘ziga xosliklari va prezident almashinuvi mamlakat tashqi siyosatida qanday aks-sado berishi mumkinligi haqida so‘z yuritdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Oltin eksporti 3,42 mlrd dollarga yetdi, 463 mln dollarlik gaz import qilindi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi

Joriy yilning 4 oyida O‘zbekiston 3,42 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotdi. Bu rekord ko‘rsatkichdir. Mamlakat tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli qismi Xitoy (19 foiz), Rossiya (18,4 foiz), Qozog‘iston (5,9 foiz), Turkiya (4,4 foiz) va Janubiy Koreya (3,3 foiz) bilan qayd etilgan. E’tiborga molik jihati, Markaziy Osiyo mamlakatlarning barchasiga eksport hajmi sezilarli darajada qisqargan.

👉 https://kun.uz/80439374

Kun.uz rasmiy kanali
Moldova YeI bilan mudofaa sohasida hamkorlik shartnomasini tuzdi

Moldova Yevropa Ittifoqi bilan xavfsizlik va mudofaa sohasida hamkorlik shartnomasini imzolagan birinchi davlat bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/35157728

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlat ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

👉 https://kun.uz/04191299

Kun.uz rasmiy kanali
Ozarboyjon Toshkentda besh yulduzli mehmonxona qurishi kutilyapti

Poytaxtda Ritz Carlton brendi ostidagi 5 yulduzli mehmonxona faoliyatini tashkil etish nazarda tutilgan.

👉 https://kun.uz/46582919

Kun.uz rasmiy kanali
2024/09/29 09:26:03
Back to Top
HTML Embed Code: