Telegram Web Link
Windows 11 uchun yangi vidjetlar

⚡️Windows Insider test build 25352 ning navbatdagi versiyasida Windows 11 uchun yangi vidjet variantlari e'tiborga olindi - ular dizayn va funksionallik jihatidan ko'p jihatdan Apple tizimiga o'xshash.

ℹ️ Microsoft vidjetlarni yanada ma'lumotli va sozlanishi mumkin qilishni rejalashtirmoqda, ammo hozirda ularning qanchasi iOS va iPadOSga o'xshashligini ko'rishingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11 / #news
iPhone foydalanuvchilari bormisilaree?

Windows 11'dan foydalanadigan iPhone foydalanuvchilari nihoyat platformalararo funksiyalarga ega bo'lishadi.

📥 Endi siz smartfoningizdan matnli xabarlar yoki bildirishnomalarni kompyuteringizda ko'rishingiz va hatto qo'ng'iroq qilishingiz mumkin. Buning uchun siz Microsoft Storedan Phone link dasturini yuklab olishinggiz kerak.

🔗 Dasturni yuklab olish: Phone link

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11 / #iPhone
@UltraSoft_uz_WinRAR 6.02.exe
6.8 MB
WinRAR 6.02 — Arxiv fayllarni ochish uchun kerak bo'ladigan dastur.

🆚 Versiya: 6.02
🖥 OS: Windows 7 | 8 | 10
📀 Razryadi: x86|x64
🇷🇺 Tili: rus, ingliz
🔑 Aktivatsiya: Talab qilmaydi

Manba – @UltraSoft_uz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #arxiv / #dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuter sotib olish bo'yicha to'liq qo'llanma!
#videodars / #xarid

ℹ️ Dars 3 bo'limga bo'lingan:
1) Kompyuter turini tanlash;
2) Kompyuter bajaradigan vazifalar va bu vazifalarni bajarish uchun kerakli xarakteritikalarni aniqlash;
3) Kompyuter sotib olishda ahamiyat berish kerak bo'lgan qo'shimcha jihatlar;

Kompyuter sotib olishni osonroq o'rganish uchun kompyuterlarni 3 turga bo'lib oldik: ofis kompyuterlari (oddiy), universal kompyuterlar va kuchli (igravoy) kompyuterlar

▶️ YouTube da ko'rish

: 13:26 💾: 22.2 mb

Manba – @kompyuter_akademiyasi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #videodars
Photoshopda xotiradagi tasvirlarni ochish uchun klaviaturadan qaysi tugmalar birgalikda bosiladi ?
Anonymous Quiz
16%
Ctrl+A
24%
Shift+O
42%
Ctrl+O
11%
Shift+A
6%
Alt+O
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Windows 12 ning ajoyib kontseptsiyasi taqdim etildi

⚡️ Addy Visuals YouTube kanalida interfeysdagi mumkin bo'lgan o'zgarishlarni namoyish qiluvchi ajoyib OS kontseptsiyasi paydo bo'ldi. Video muallifi tizimning ko'plab odatiy elementlarini qayta ko'rib chiqishga harakat qildi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows12 / #news
⚡️ Oxirgi vaqtda "odamlar og'zidan tushmayotgan" sun'iy intellektlarning zarari haqida. Yohud, firibgarlar sun’iy intellekt orqali qancha soqqa qilishgan

Barchaga ma'lumki hozirda ommalashib borayotgan sun'iy intellektlar ko'plab inson mehnatlari natijasini bir zumda amalga oshiryapti. Ammo, firibgarlar 2022-yilda neyron tarmoqlar va sunʼiy intellekt yordamida shifokorlar va advokatlarning ovozlarini soxtalashtirish orqali bexabar odamlardan taxminan 11 million dollar oʻgʻirlashgan. Bu hodisalardan barcha turdagi korxonalar ham jabr koʻrmoqdalar.

Avvalroq, xitoylik bank menejeri firibgarning sun'iy intellekt orqali yuborgan ovozini o'zi ishlaydigan bank direktorini ovozi deb oʻylagan va 35 million dollar oʻtkazib bergan edi. Xuddi shunday hodisa Britaniya energetika firmasida ham sodir boʻlgan, u yerdagi xodim soxta ovozni firma bosh direktori ovoziga o'xshatgan va jinoyatchilarga taxminan 250 ming dollar oʻtkazib bergan. ©@NarxiQancha

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #bilib_oling / #foydali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
WPAD protokolini qanday va nima uchun o'chirish mumkin?

ℹ️ Web Proksi-ni avtomatik aniqlash protokoli (WPAD) avtomatik proksi-serverni sozlash qoidalari to'plamidir. PAC konfiguratsiya faylining URL manzilini aniqlash va keyin mijozga proksi-serverlar ro'yxatini uzatuvchi FindProxyForURL funksiyasini chaqirish uchun brauzerlar tomonidan foydalaniladi.

📌 WPAD zaifligi brauzer so'rovlarini ushlash va boshqariladigan proksi-serverlar orqali soxta PAC fayliga yoki soxta saytlarga yo'naltirishga imkon beradi. To'g'ri, bunday ushlash faqat ochiq Wi-Fi tarmog'ida mumkin, shuning uchun WPADni o'chirib qo'yish birinchi navbatda umumiy tarmoqlardan foydalanganda mantiqan to'g'ri keladi.

▶️ WIN +R tugmalarini bosing va ncpa.cpl. Adapteringizning xususiyatlarini oching. IP-versiya 4 (TCP/IPv4) ni belgilang va Xususiyatlar tugmasini bosing. Keyin Advanced-ni bosing.
WINS yorlig'ini bosing va TCP/IP orqali NetBIOSni o'chirish radio tugmasini tekshiring.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #atama / #foydali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1996 yildan 2022 yilgacha eng mashhur veb-brauzerlar

📊 Aniqlangan oxirgi statistikaga ko'ra:
1. Google Chrome – 67,60%
2. Microsoft Edge – 11,46%
3. Safari – 10,89%
4. FireFox – 7,75%
5. Opera – 1,18%
6. Internet Explorer 1,17%

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #statsitika / #brauzer
Linux OS qaysi dasturlash tilida yozilgan?
Anonymous Quiz
26%
C
54%
C++
20%
Python
Neyron tarmoqlar jamlanmasi
#manba / #AI / #neyrotarmoq

ℹ️ Ushbu jadvalchalar yordamida siz turli xil vazifalar uchun eng mashhur neyron tarmoqlarni topishingiz mumkin.

©️Kompyuter Akademiyasi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #tarmoq
🤯 Google Ultron - Adobe Reader tomonidan yaratilgan, NASA foydalanadigan brauzer

🌌 Nol-gravitatsiyada ham bexato ishlaydigan brauzer. Shuning uchun NASA uni kosmosda ishlatadi.

📜 Bypass yordamida to'liq yangi inkognito rejimi. Barcha saytlar chetlab o'tiladi. Hech qanday qidiruv tarixlari bo'lmaydi.

😱 Kompyuter uchun RAM (operativ xotira) yuklab olish imkoniyati

📝 Endi form-lar to'ldirishga hojat yo'q. Ultron siz haqingizda barcha narsani biladi chunki u kompyuteringizga buzib kirib hamma ma'lumotlaringizni olib bo'lgan.

👚 Ultron brauzerida pushti ko'rinishdan foydalansangiz, u 25 % tezroq ishlaydi.

🛡 Agar Ultron virus bilan zararlansa u o'zini-o'zi o'chirib tashlaydi va Internet Explorer-ni sizni standart brauzeringiz qilib qo'yadi.

"Prikolna da?" 😂

ℹ️ Google Ultron (ultronbrowser.io) - bu Google Chrome brauzerining hayoliy, sirli, o'ta kuchli versiyasi bo'lib, DownloadMoreRAM.com tomonidan yaratilgan. Agar ultronbrowser.io saytiga kirib Ultron brauzerini yuklab olmoqchi bo'lsangiz, sayt sizni Google Chrome-ning rasmiy saytiga yo'naltiradi.

😜 Albatta Google Ultron hazil va o'ylab topilgan brauzer bo'lib, siz uni kompyuteringizga o'rnata olmaysiz.

🤓 Ha aytgancha, DownloadMoreRAM.com sayti ham hazil sayti, chunki siz operativ xotirani shunchaki internetdan yuklab ololmaysiz.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #google / #nasa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Evolutsiya

⚡️Kompyuterning hayotimizni qanday o'zgartirgani haqida ajoyib video!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kompyuter / #qiziq
Favicon nima?

ℹ️ Favicon-lar - bu URL, link, veb-sayt yoki veb-sahifa piktogrammalaridir. Biror-bir saytga kiradigan bo'lsangiz, yuqoridagi tab-da o'sha saytning nomi va piktogrammasi bo'ladi (1-rasm).

🧑‍💻 Favicon-larni veb-dasturchilar saytga bog'laydilar va shundan so'ng brauzerlarda sayt piktogrammalari ko'rinadi.

🥇 Ilk favicon-lar 1999-yili Microsoft-ning Internet Explorer-ida qo'llanila boshlagan.

Agar sizga biror-bir sayt favicon-i kerak bo'lsa, uni quyidagicha olish mumkin:

1️⃣ Istalgan bir saytga kiring. Masalan: www.google.com

2️⃣ Sayt manziliga /favicon.ico so'zini qo'shing va Enter tugmasini bosing (https://www.google.com/favicon.ico)

⬇️ So'ng chiqqan suratni saqlab oling.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #nima / #atama
@UltraSoft_uz_RAM_Saver_Professional_22_0_RePack_&_Portable_by_elchupacabra.zip
1.8 MB
RAM Saver Professional

Operativ xotirani monitoring qilish va tozalashda ishlatiladigan dastur.

🆚 Versiya: 22.0
🖥 OS: Windows |7|8|1011
📀 Razryadi: x86|x64
🇷🇺 Tili: rus, ingliz
🔑 Aktivatsiya: talab qilmaydi
©@UltraSoft_uz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #dastur
Windows foydalanuvchilariga soxta OS yangilanishlari tarqatildi

Tarmoqda ko'plab soxta Windows yangilanishlari topildi, ular orqali hakerlar viruslarni tarqatishdi. Bu haqda BleepingComputer xabar bermoqda.

Muammoni Malwarebytes mutaxassislari aniqladi, hakerlar turli veb-saytlarda operatsion tizimni (OS) bepul yangilashga chaqiruvchi qalqib chiquvchi reklamalarni joylashtirishgan.
©@ITMastersUz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #fake
Turli xarakteristikalarni aniqlash uchun servis saytlar
#manba

ℹ️ Kompyuter yoki internetimizga bog'liq ma'lumotlarni aniqlash uchun doimo ham alohida dastur o'rnatish shart emas. Quyidagi servis saytlar orqali yetarlicha ma'lumotlarni olishingiz mumkin:

whatsmydns.net - domen nomining joriy IP manzili va DNS yozuvi ma'lumotlarini dunyoning turli burchaklarida joylashgan bir nechta nom serverlariga nisbatan tekshirish imkonini beradi.

whatsmygps.com - Kenglik va uzunlik koordinatalarini qanday topishni bilasizmi? Bu Yerdagi istalgan joyning kenglik va uzunlik manzilini topishning oson usuli!

whatsmygpu.com - Sizda qanday GPU borligi va uning statistikasi qanday ekanligini aniqlashga yordam beradi.

whatismybrowser.com - Siz qaysi brauzer va uning qaysi versiyasidan foydalanayotganingizni bilib olasiz.

iplocation.net/find-ip-address - Kompyuteringizning umumiy IP manzilini ko'rsatadi.

fast.com - Hozirgi internet tezligingizni aniqlashga ko'mak beradi.©KA Rasmiy

P.s: Bergan ma'lumotimiz foydali bo'lgan bo'lsa ijobiy reaksiyalar qoldiring!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
2024/10/01 22:41:27
Back to Top
HTML Embed Code: