Telegram Web Link
Microsoft ChatGPT bilan ya'na bir nimalar qilmoqchi

⚡️Microsoft o'z ma'lumotlari xavfsiz va izolyatsiyaga muhtoj bo'lgan korxonalar uchun shaxsiy ChatGPT-ni ishga tushirishirmoqchi...

Microsoft kompaniyasi odamlarning maʼlumotlaridan sunʼiy intellekt modellarini oʻqitishda foydalanish mumkinligi haqidagi xavotirlarga javoban ChatGPT’ning maxfiylikka asoslangan versiyasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #chatpt / #news
Drayverlarni qo‘shimcha dastur va vositalarsiz yangilashga urinamiz

💻 Kompyuteringizni ideal holatida saqlash uchun qurilmalar (videokarta, taqmoq platasi va boshq.) drayverlarini muntazam yangilab turish tavsiya etiladi.

– Buni Windows'ning standart vositalari orqali amalga oshirish mumkin. Drayverlarni yangilash uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

1️⃣. Tizim parametrlarini oching. Buning uchun Этот компьютер yorlig‘i ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va ochiluvchi menyudan Свойства bandini tanlang.

2️⃣. Система oynasida Диспетчер устройств bandini topib murojaat eting.

3️⃣. Ro‘yxatdan drayveri yangilanishi lozim bo‘lgan qurilmani tanlang. Uning nomi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va menyudan Обновить драйвер bandini tanlang.

4️⃣. Автоматический поиск обновленных драйверов'ning ustiga bosing. Agar yangi drayverlar mavjud bo‘lsa, ular avtomatik ravishda o‘rnatiladi.
©@pcteapot

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali #drayver
Buni hoziroq belgilab qo'ying!

😣 Kompyuterda ishlayotgan vaqtingizda agar programma ishlamay qotib qolsa, u dasturni yopish uchun Task Manager-dan foydalanamiz. Lekin agar o'yin o'ynayotgan bo'lsangiz yoki biron-bir dasturdan to'liq ekranda foydalanayotgan bo'lsangiz va u ishlamay qotib qolsa, Task Manager-ni ochish imkonsiz bo'lib qoladi va kompyuterni o'chirib qo'yishdan boshqa ilojingiz qolmaydi.

🖥 Bunday holatga tushmaslik uchun Task Manager-ni har qanday holatda ham eng yuqori oynada ochiladigan qilib qo'yish kerak.

Buning uchun rasmdagidek, Task Manager-ga kiring va Options tab-idan Always on top-ni belgilab qo'ying.

⌨️ Endi har qanday holatda CTRL + ShIFT + ESC tugmalarini bosganingizda Task Manager eng yuqorida ochiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #bilib_oling
Yangi virtual ish stoli ochish uchun qaysi tugmalar bosiladi?
Anonymous Quiz
23%
CTRL + ESC + L
28%
CTRL + WIN
41%
WIN + CTRL + D
8%
ALT + CTRL + S
⚡️ Windows 10 va Windows 11 birlashtirilsa qanday bo'lardi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #qiziq / #windows
Windows dagi har qanday papkaning rangini qanday o'zgartirish mumkin?

🗂 Windows dagi deyarli barcha papkalar sariq rangga ega va bu kimlar uchundir zerikarli. Siz papkaga istalgan boshqa rangni qo'llashingiz mumkin, buning uchun FolderPainter dasturidan foydalanish eng qulay yechimdir.

FolderPainter dasturini yuklab oling. Keyin ishga tushiring, tilni rus tiliga o'zgartiring (agar kerak bo'lsa) va "Установить" tugmasini bosing.

ℹ️ Shundan so'ng, rangni o'zgartirish uchun istalgan papkaning kontekst menyusida "Изменить значок папки" bo'limi paydo bo'ladi. © @it_ishkal

Tayyor!


👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #lifehack
Intel protsessorlaridagi yozuvlar nimani anglatadi?

Intel® Core protsessor brendi nomi

i7 Brend modifikatori - bu bir xil tovar nomiga ega bo'lgan turli xil mahsulotlarning bir yoki bir nechta muhim atributlar yoki imtiyozlar o'lchovlari bo'yicha qanday farq qilishini aytadi.

10generatsiya ya'ni avlod ko'rsatkichi

310 SKU raqamlari - bu ishlab chiqaruvchi o'z mahsulotini aniqlash uchun foydalaniladigan raqamlar

Y bu protsessorning grafika bilan ishlash darajasi haqida ma'lumot beradi va bu Y protsessor grafika bilan unchalik "chiqisha" olmasligini ko'rsatmoqda. Agar shu harf sizda HQ bo'lsa unda protsessor yuqori quvvatli grafikaga ega bo'ladi.

😄Admin I9 11900H protsessoridan foydalanadi

😉 Sizning protsessoringiz qanday ekan?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali / #protsessor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yanggi rekord

1-may kuni klaviaturada yozish bo'yicha rekordni buzishibdi – daqiqasiga 272 so'z, 98% aniqlik bilan yozgan, gap bo'lishi mumkin emas...

🔗 Klaviaturada tez yozishni o'rganish uchun foydali sayt – typing.com

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #news / #klaviatura
🖥 AMD protsessorlaridagi yozuvlar nimani anglatadi?

AMD - kompaniya nomi

Ryzen - brend nomi

5 - protsessor oilasi

3 - protessor avlodi

6 - protsessor ishlashi darajasi

00 - ishlab chiqaruvchi mahsulotni aniqlashini uchun ishlatiladigan raqamlar

X - protsessor kuchliligini aytuvchi harf va bu yerda X eng kuchli degani

😉 Sizda qanaqa ekan?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #protsessor / #foydali
Sistema xususiyatlari (Свойства)ni ochish uchun qaysi tugmalar bosiladi?
Anonymous Quiz
36%
WIN + PAUSE
27%
CTRL + TAB
16%
ALT + PAUSE
21%
CTRL + F4
Foydali saytlar to'plami bilan tanishing!

Earthcam.com – butun dunyodagi kameralar.

Safeweb.norton.com – kirmoqchi bo'lgan saytingizda virus bor yoki yo'qligini aniqlab beradi.

Flatuicolors.com – ilova yoki saytlarni front end qismi bilan ishlovchilar uchun ajoyib sayt.

Tailorbrands.com – o'zingiz logotip yarating.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
Ergonomik klaviaturalar

🧐 Ko'rgan bo'lsangiz, ayrim noodatiy ikkiga ajratilgan yoki o'rtasidan bo'lingan klaviaturalardan foydalanishadi. Xo'sh, bu qanday klaviatura va nimaga kerak?

⌨️ Siz rasmlarda ko'rib turgan klaviaturalar ergonomik klaviaturalar deyiladi. Bu turdagi klaviaturalar mushaklarning zo'riqishini, charchoq va boshqa muammolarni oldini olish va kompyuterda ishlash samaradorligini oshirish uchun o'ylab topilgan.

👐 Ergonomik klaviaturalar odatda V shaklida qurilgan bo'lib, qo'llar tabiiy burchak ostida bo'ladi va mushaklar ortiqcha zo'riqmaydi.

💻 Umuman ergonomik klaviaturalar qulay, sog'liq uchun foydali va kompyuterda ishlash tezligini oshiradi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #klaviatura
Chrome brauzerida sahifani chop etish(Print) uchun qaysi tugmalar bosiladi?
Anonymous Quiz
7%
ALT + S
73%
CTRL + P
10%
CTRL + PUSK
10%
PRINT + S
2024/10/02 00:22:55
Back to Top
HTML Embed Code: