Telegram Web Link
DNS nima?

🌐 DNS - bu turli tarmoq segmentlari o'rtasida almashinuvni ta'minlaydigan xizmat.

ℹ️ DNS (domain name system) - bu IP manzilni inson o'qiy oladigan manzilga aylantiruvchi sistema. Masalan yandex.ru sayti 5.255.255.77 manziliga ega. Yandex.ru nomli saytga kirishga harakat qilganingizda, DNS xizmati ushbu nomni tarmoqqa mos raqamli manzilga aylantiradi...

📰 Batafsil bilib olish uchun – link

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #dns / #bilib_oling
⚡️ O‘zbekiston “Telegram” kanallari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda

Telegram haqidagi mualliflik kanali yaratuvchisi, rossiyalik Georgiy Lobushkin ushbu platformaning O‘zbekistondagi statistikasini e’lon qildi. O‘zbekiston kanallar soni va auditoriya qamrovi bo‘yicha Rossiyadan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Ko‘pchilik bilmaydi, hozir O‘zbekistonda Telegram kanallarining auditoriyasi 740 990 000 kishini tashkil qiladi, – deya yozgan Lobushkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Telegram bozori juda faol rivojlanyapti va istiqbolli ko‘rinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir O‘zbekistonda 123 mingdan ortiq rasmiy va norasmiy kanal, shuningdek, 18 mingga yaqin chat bor. Bundan tashqari, foydalanuvchilari soni 1 milliondan oshgan faqat bitta kanal mavjud.


👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #telegram / #qiziq
DDR2, DDR3, DDR4 kabi operativka turlarini eshitganmiz, shunda DDR so'zining kengaytmasi qanday bo'ladi?
Anonymous Quiz
41%
1. Division Data Row
34%
2. Double Data Rate
25%
3. Data Durable Reset
⬆️ Yangi poyga o'yinlar

↗️ Need for Speed: Most wanted 🏎

#tushunga_tushindi

😂😂

———

😉 Klassik poygani o'ynamaganlar bo'lmasa kerak a?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Windows uchun kreativ bezaklar

Operatsion tizimning standart interfeysidan zerikkan bo’lsangiz 7themes.su sayti eng optimal tanlov.

Platformada theme’lar, icon’lar, wallpaper’lar, kursor va boshqa ko’plab qiziqarli bezak kontentlarini topishingiz mumkin.Saytning FAQ bo’limida ularni o’rnatish yuzasidan yo’riqnomalar mavjud.

~ Link: 7themes.su

~ Manba

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #dizayn
Papka yoki fayllarni oddiy yo'l bilan yashirib qo'yish

🗂 Albatta turli vaziyatlarda fayl yoki papkalarimizni yashirib qo'yishni xohlaymiz. Quyida yana kerakli narsalarimini yashirib qo'yishning oddiy usullaridan birini ko'rishingiz mumkin.

ℹ️ Istalgan fayl yoki papka ustiga sichqoncha o'ng tugmasi bilan bosing va Properties'ga o'ting.

👁‍🗨 U yerda Attributes degan joyidan Hidden deganini belgilab qo'ying va Apply'ni bosing.

☑️ Endi agar 3-rasmdagi kabi Hidden items belgilangan turgan bo'lsa sizning papkangiz ko'rinib turadi, aks holda esa ko'rinmaydi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #foydali
Windows 10-da ekranning ma'lum bir qismini skrinshot qilish

🖥 Siz kompyuter ekranini Win + prt sc kombinatsiyasi orqali to'liq skrinshot qilishingiz mumkin lekin, ayrim paytlarda sizga ekranning faqat ma'lum bir qismini skrin qilishga ehtiyoj paydo bo'lishi mumkin.

✂️ Snip & Sketch dasturi orqali ishlaydigan Win + Shift + S komandasi sizga ekranning siz tanlagan joyini skrinshot qilishga imkon beradi.

📋 Bunday skrinshotlar kompyuterga emas Clipboard (Буфер обмена)-ga tushadi, ya'ni olingan skrinshot kompyuterdanmas Clipboard (Буфер обмена)-dan joy oladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali | #hotkeys
😄 Haliyam PS/2 portlaridan foydalanadiganlar bormi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Word dasturida Bitta hujjatni 2 ta oynada ochish

📑 Вид → Окно → Новое окно yorlig'iga o'tish orqali bir vaqtning o'zida ikkita bir xil Word hujjatini ochishingiz mumkin. Bu, masalan, bir nechta displeyga ega bo'lsangiz kerak.

Yangi oyna birinchi oynaning mazmunini to'liq takrorlaydi va aksincha. Aslida, bu bir-biriga bog'liq bo'lgan 2 ta oynada ochilgan 1 ta hujjat.

▶️ Shunga o'xshash funktsiyani xuddi shu bo'limdagi Разделить tugmasi bajaradi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #word / #foydali
Twitter’da monetizatsiya dasturi ishga tushirilgani rostmi?

💸 Twitter foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontentni monetizatsiya qilish dasturini joriy qilmoqda.

Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, Twitter bu uchun hech qanday mablag‘ olmaydi. Dasturning dastlabki 12 oyi davomida foydalanuvchilar ishlab topgan mablag‘dan faqat to‘lov tizimlari komissiyasi undiriladi.

Maskning qo‘shimcha qilishicha, ijtimoiy tarmoq mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentni targ‘ib qiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #twitter / #news
Klaviaturaning o'ng tomonidagi raqamlardan foydalanish yoki bekor qilish tugmasi qaysi?
Anonymous Quiz
79%
[Num Lock]
11%
[Ctrl + Shift]
8%
[Caps Lock]
2%
[Shift]
⚡️DDR operativ xotiralar turlari

DDR – 1998-yil
DDR2 – 2003-yil
DDR3 – 2007-yil
DDR4 – 2014-yil
DDR5 – 2020-yil

P/s: Menda DDR5,sizdachi?

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #operativ_xotira
Kompyuter yoki noutbukga parol qo'yishni bilmaslik uyat!

🔐 Agar kompyuteringizdagi fayllaringiz xavfsizligidan xavotirda bo'lsangiz yoki jiyanlaringgiz ishkal chiqarayotgan bo'lsa buni albatta bilib olishinggiz zarur...

1. Параметры bo'limiga o'ting;
2. Keyin Учетные записи'ga kiramiz;
3. Варианты входаni bosing;
4. Endi o'zinggizga mos parolni qo'yish qoldi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #parol
ChatGPT tufayli yo‘qolishi mumkin bo‘lgan 10 ta kasb sanab o‘tildi!
#news / #AI

ℹ️ ChatGPT chatboti bor-yo‘g‘i bir necha oydan beri mavjud, biroq u allaqachon texnologiya hamjamiyatida juda ko‘p shovqin yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ChatGPT va shunga o‘xshash sun’iy intellekt ishlanmalari ba’zi kasblarga tahdid solishi mumkin.

Business Insider portali mutaxassislari neyrotarmoqlarning rivojlanishi tufayli to‘liq yoki qisman yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan 10 ta kasbni sanab o‘tishdi.

🫠 Ular quyidagilar:
- texnik vakansiyalar (koderlar, dasturchilar, dasturiy ta’minot muhandislari, ma’lumotlar tahlilchilari);
- ommaviy axborot vositalaridagi ish o‘rinlari (bosh direktor, muharrirlar, jurnalistlar);
- yuridik sohadagi ish o‘rinlari (parayurist, yurist yordamchisi);
- marketologlar;
- o‘qituvchilar;
- moliyaviy ish o‘rinlari (moliyaviy tahlilchilar, shaxsiy moliyaviy maslahatchilar);
- treyderlar,
- grafik dizaynerlar;
- buxgalterlar,
- qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimlari.

📝 To'liq maqolani ushbu havolada o'qishingiz mumkin.

© KA Rasmiy

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #ai / #bilib_oling
Kompyuteringgizni taymer orqali o'chirishni bilasizmi?

Kompyuterni taymerga qo'yib o'chirish uchun Win + R tugmalar birikmasini bosing, Shutdown -s -t buyrug'ini rasimda berilganidek kiriting va o'zinggizga kerakli vaqtni belgilang.

K.B: Comment-ga "buni bilardim" deb yozganlarga maqtov yorlig'i berilsin!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #bilib_oling
Virtual Ish stoli - Task View

🖥 Windows 10 va undan yuqori operatsion tizimlarda ajoyib xususiyat mavjud. Siz o'zingiz uchun istagancha virtual ish stoli yaratishingiz mumkin.

Win + Ctrl + D — yangi ish stoli ochish uchun
Win + Ctrl + F4 — ish stolini yopish uchun
Win + Ctrl + o'ng-chap strelka — bir ish stolidan boshqa biriga o'tish uchun
Win + Tab — ish stollarini ko'rish, tanlash uchun

💻 Agar siz noutbukda bo'lsangiz touchpad'ni to'rt barmoq bilan o'ng yoki chapga surish orqali bir ish stolidan boshqasiga o'tishingiz ham mumkin.

🧑‍💻 Virtual ish stoli sizga bir nechta ishlarni bajarayotganingizda ishingizga fokus, e'tibor qilishingizda yordam beradi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #hotkeys
Hujjatni to’liq belgilash uchun tezkor qaysi klavishlari bosiladi
Anonymous Quiz
8%
Ctrl+B
10%
Ctrl+F
7%
Ctrl+D
75%
Ctrl+A
2024/10/02 08:15:25
Back to Top
HTML Embed Code: