Telegram Web Link
GPT-3 🆚 GPT-4 farqi

GPT-3 🔥
GPT-4⚡️

Manba – @ITMastersUz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #gpt / #vs
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Arxiv bilan ishlash. WinRAR dasturini o'rnatish va undan foydalanish
#videodars / #arxiv

ℹ️ Arxiv - o'zida bir nechta fayllarni jamlagan fayl. Ushbu dars orqali arxivlar va ular bilan ishlashni o'rganib olasiz.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 02:56 💾: 12 mb

Manba – @kompyuter_akademiyasi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #videodars / #arxiv
Kompyuterga o’rnatilgan barcha dasturlar sozlamasiga qaysi buyruq orqali tezkor kirish mumkin? Win + R ga … ni kiritib.
Anonymous Quiz
23%
appwiz.cpl
39%
Msconfig
25%
regedit
14%
devmgmt.msc
💸 Tailandlik erkak ChatGPT yordamida lotereyada pul mukofotini yutib oldi

— Erkak lotereyada yutish uchun raqamlar haqida so‘raganida ChatGPT “bu oldindan aytib bo‘lmaydigan holat va omadga bog‘liq” deb javob bergan.

— Shundan so‘ng erkak so‘nggi 10 yil ichida yutuqqa olib kelgan raqamlarning tarixiy statistikasi bilan birga faraziy vaziyatlar bo‘yicha ChatGPT’ga so‘rov kiritgan.

— Neyron tarmoq erkakka to‘rtta variantni taklif qilgan: 57, 27, 29 va 99. O‘sha kuni ikki xonali yutuq raqami 99 ni tashkil qilgan.

© @texnologiyait

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #chatgpt / #news
Routersiz noutbukni o'zidan Wi-Fi tarqatamiz!

💻 Agar sizda Windows 10 versiyasiga ega noutbuk bo'lsa, Internet tarqatishni bevosita shaxsiy kompyuteringizdan faollashtirishingiz mumkin.

Buning uchun "Pusk" - "Sozlamalar" - "Tarmoq va Internet" - "Mobil ulanish nuqtasi" ketma-ketlikda o'ting. Tarmoq nomi va parol allaqachon bu yerda mavjud bo'ladi. Agar xohlasangiz, ularni "Tahrirlash" tugmasi yordamida o'zgartirishingiz mumkin.

🛜 "Internet aloqangizni boshqa qurilmalar bilan baham ko'ring" tugmasini faollashtiring, tamom!

👉 Birinchi raqamli windows blog | @ITMastersUz | #lifehack
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunchaki super!

🌏 Global kommunikatsiya tizimini tashkil etuvchi suv osti optik kabellarining umumiy joylashuvini ko‘rsatuvchi Yerning 3D-modeli

😳 Hammasi bo‘lib Yer sayyorasi bo‘ylab 426 ta faol kabel yotqizilgan. Ularning umumiy uzunligi deyarli 1,5 million kilometrni tashkil etadi.

Manba – @itspecuz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #bilib_oling / #internet
😂 Operatsion tizimlar haqida qisqacha...

Siz qaysi turini ishlatasiz?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Noutbukdagi sichqonchani o’rnini bosuvchi qismi qanday nomlanadi?
Anonymous Quiz
30%
Sensor
61%
Touchpad
5%
iPad
4%
Sichqoncha
🚫 Windows 10'da torrentlar va “keraksiz” dasturiy ta’minotlarni bloklashni bekor qilish

Tizimga ichki o‘rnatilgan “Windows Defender” (“Защитник Windows”) 2021-yilning avgust oyidan boshlab uTorrent, CCleaner va boshqa “yomon” mavqega ega dasturlarning ishlashini cheklashni boshladi. Ushbu opsiyani bekor qilish usuli mavjud.

Buning uchun “Параметры” oynasini ekranga chaqirib (WIN + I), ushbu oynada “Обновление и безопасность” > “Безопасность Windows” > “Управление приложениями/браузером” > “Параметры защиты на основе репутации” bandlari bo‘ylab o‘ting.

Bu yerda kompyuterdagi ilovalarni bloklash uchun mas’ul bo‘lgan “Блокировка потенциально нежелательного приложения” bandi mavjud. Uni o‘chirib qo‘yish yetarlidir.

📝 Manba: @itspecuz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows10 / #foydali
⌨️ Agar sizda faqat klaviatura bo'lsa(Мышка bo'lmasa)!

Пуск
-> Выполнить (Win+R) asosiy kommandalari:

calc - kalkulyator
mstsc - "удаленный рабочий стол"
services.msc - windows servislar
notepad - bloknot
msconfig - tizim konfiguratsiyasi
msinfo32 - tizim haqida ma'lumot
compmgmt.msc - kompyuterni boshqarish
eventvwr.msc - windows hodisalarini ko'rish oynasi
control - windows parametrlari
resmon - resurslarni monitoring qilish
cmd - kommandalar kiritish(командная строка)
gpedit.msc - lokal foydalanuvchilarni boshqarish
regedit - windows reestr haqida ma'lumot
firewall.cpl - windwos brandmaur oynasi
C: - C diskka kirish

👉 Birinchi raqamli windows blog | #hotkeys / #foydali
Fayllar nomlaridagi kengaytmalar. Ular nima o'zi?

📄 Barchamiz ko'rganmiz. Hamma fayllar aynan qandaydir kengaytma bilan tugaydi. Masalan:

• rasm fayl kengaytmalari — .png .jpg
• musiqalar — .mp3
• videolar — .mp4

🖥 Fayl kengaytmalari - bu kompyuter fayllari oxiridagi nuqta bilan ajratiladigan, 2-4 harflardan iborat identifikatorlardir. Ular yordamida kompyuter faylni qaysi dastur ochish mumkinligini aniqlaydi.

🖼 Masalan, "ajoyib surat.jpg" faylini kompyuter rasm ekanligi .jpg orqali bilib oladi va uni JPG bilan ishlaydigan biron dasturda ochadi.

🗂 Odatda Windows'da fayl kengaytmalari tizim tomonidan standart o'chirilgan bo'ladi ya'ni File Explorer'da fayl kengaytmalarini ko'rmaysiz. Ularni chiqarish uchun esa rasmdagidek qiling.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #foydali
O'zimiz uchun tezkor tugmalar yaratamiz

⌨️ Kompyuterda ishlash samaradorligini oshirish va vaqtdan ozgina bo'lsa ham yutish uchun programmalarimizni tezkor tugmalar bilan ochishni ko'rib chiqamiz.

💻 Istalgan dasturingiz yorlig'i ustiga sichqoncha o'ng tugmasi bilan bosing va Xususiyatlar (En Properties Ru Свойства) - ga kiring.

🔗 Shortcut key (Быстрый вызов)ga Ctrl + Alt + "istalgan harf" - ni kiriting va Apply, OK-ni bosing.

Endi Ctrl + Alt + "kiritilgan harf" - ni bosganingizda sizga dasturingiz ochiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #mohirlik
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👀 Buni albatta ko'ring

💻 TexnoPlov kanali O'zbekistondagi eng kuchli noutbuklardan biri Asus Rog strix 17 SE haqida video chiqarishibdi, har doimgidek super.

Oramizda Asus Rog ishlatadiganlar bormi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #asus / #laptop
Windows 11 ishga tushirish menyusida ko'plab ilovalarga ega papkani qanday yaratish mumkin?

ℹ️ Пуск menyusini oching va istalgan dasturni boshqa dastur belgisiga sudrab borish uchun uni uzoq vaqt bosib turing. Shundan so'ng, tizim dastur uzatiladigan belgini ramkaga soladi va ikkita dastur papkaga birlashtiriladi.

🗂 Jildga ko'plab dasturlar qo'shilishi mumkin va qulaylik uchun unga kerakli nomni ham berishingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #windows11
Qaysi amalni bajarish orqali kompyuterning asosiy xarakteristikalarini aniqlaymiz?
Anonymous Quiz
28%
Win + R ga control ni kiritib
27%
Win + R ga sysinfo32 ni kiritib
22%
Win + E ga msinfo ni kiritib
24%
Win + R ga msinfo32 ni kiritib
Windows 12 haqida batafsil ma'lumot

🪦 Microsoft Windows ning muvaffaqiyatsiz Windows 10X ning vorisi bo'ladigan maxsus versiyasi ustida ishlamoqda. Loyiha 2021 yilda bekor qilingan. Windows 10X har qanday qurilmaga osongina moslasha oladigan universal tizim yaratishga urinish edi. Endi kompaniya yana urinib ko'rmoqchi.

🔗 Insayderlarning xabar berishicha, Windows 12 operatsion tizimining joriy versiyalaridan juda farq qiladi. Ular uni modulli qilishni xohlashadi. Ya'ni, OS har qanday planshet, tv, telefon va har qanday gadjetga osongina va tez moslashtirilishi mumkin

📆 Operatsion tizim 2024-yil oktabr oyiga chiqarish rejalashtirilgan.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows12 / #news
Qushcha to'satdan o'ldi!

🐦 Twitterni sotib olgandan soʻng, Ilon Mask uni ochiq kompaniyadan yopiq kompaniyaga aylantirdi. Twitter bundan buyogʻiga boʻladigan oʻzgarishlar haqida SEC – AQSH birjalar komissiyaga xabar berishi shart emas. Shu sabab milliarder kompaniya nomini imi-jimida oʻzgartirib yuborgani endigina maʼlum boʻldi.

🪦 Kaliforniyadagi sud arizasiga asoslanib xabar berishicha, Twitter, Inc. endi X Corp. ga birlashtirib yuborilgan.Shunday ekan Twitter o'ldi desayam bo'ladi..

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #twitter / #news
Kompyuterlarda ma’lumotlarni to‘plovchi asosiy qurilma qanday nomlanadi?
Anonymous Quiz
7%
Tizim bloki
16%
Protsessor
10%
CD/DVD disklar
50%
Qattiq disk
17%
Operativ xotira
2024/10/02 10:21:46
Back to Top
HTML Embed Code: