Telegram Web Link
Windows 11 da drayverlarni qanday yangilash kerak

1. Настройкиni oching;
2. Chap yon paneldan Обновление Windows ni tanlang;
3. O'ng yon paneldagi Дополнительные параметры bosing;
4. Kengaytirilgan sozlamalar bo'limida Необязательные обновления ni bosing;
5. Обновление драйверов ni bosing;
6. Загрузить и установить tugmasini bosing.

Amallarni bajarganingizdan so'ng, tanlangan drayverlar yuklab olinadi va kompyuteringizga o'rnatiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11 / #foydali
Intel va AMD kompyuterlarida muammo paydo bo'lsa 😂

😁 Ayblanuvchi kim?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
#internet

🐌 Brauzerda muayyan sayt uchun Internet tezligini ataylab sekinlashtirish

Internet tezligini oshirish emas, balki aksincha, sekinlashtirish turli holatlarda kerak bo‘lishi mumkin: agar siz veb-dasturchi bo‘lsangiz, saytingizning yuklanish tezligini tekshirishdan tortib, hamkasblar va do‘stlaringizga hazil qilishga qadar. 😉

Buning uchun ushbu harakatlar ketma-ketligi bajariladi:

1️⃣. Kerakli saytni ochamiz.

2️⃣. F12 yoki CTRL + SHIFT + I'ni bosgan holda dasturchi votitalariga murojaat etamiz.

3️⃣. “Сеть” varaqa (вкладка)siga o‘tamiz.

4️⃣. Ochiluvchi ro‘yxatli strelkachani ochamiz va “Свои настройки” bo‘limida “Добавить”ni ustiga bosamiz.

5️⃣. “Добавить специальный профиль”ga bosamiz va unga nomni, yuklab olish tezligini, unga yuklash tezligini va ping'ni ko‘rsatamiz.

6️⃣. So‘ngra ochiluvchi ro‘yxatdan yaratilgan profilni tanlaymiz va sahifani qayta yuklaymiz (F5) .

Tayyor! Sekinlashtirishdan tashqari, siz saytning alohida komponentlari yuklanishiga qancha vaqt ketishini ko‘rishingiz mumkin.

© @itspecuz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #sayt
🌐 Brauzerda yulduzcha bilan yashirilgan parolni qanday ko'rish mumkin

🔐 Ko'pgina foydalanuvchilar parollarni brauzerda saqlashadi, lekin siz ushbu parolni unutgan bo'lishingiz mumkin va an'anaviy ravishda kiritish maydonida faqat yulduzchalar ko'rsatiladi. Xo'sh, bu saqlangan parolni ko'rishning oson yo'li bormi?

1. Yashirin parol maydonida sichqonchaning o'ng tugmachasini bosing (RMB);
2. Просмотреть код ni tanlang;
3. “Input type="parol”" qatorini toping;
4. “Parol”ni “null” bilan almashtiring;
5. ENTER tugmasini bosing.

Bajarildi! Endi yulduzcha o'rniga avval saqlangan parol ko'rinadi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #parol
Sayt ishlamayaptimi yoki faqat siz kira olmayapsizmi?

🔻 Birdaniga ko'p odamlarning bir saytga kirishi va yuborilayotgan so'rovlar soni ortib ketishi natijasida yoki xakerlar hujumi oqibatida yoki boshqa sabablarga ko'ra saytlar ishlamay qolishi mumkin.

⬇️ Shunday vaziyatlar bo'ladiki, sayt faqat siz uchun ishlamayotgan bo'ladi. Sayt ishlayotgani yoki yo'qligini bilish uchun quyidagi ikki saytdan foydalanishingiz mumkin.

🔸 isitdownrightnow.com
🔹 downforeveryoneorjustme.com

🌐 Yuqoridagi ikki sayt real vaqtda saytlar ishlayotgani yoki ishlamay qolganini haqida ma'lumot beradi.

🧐 P.S. Yuqoridagi saytlar opera.com sayti ishlayotganini aytmoqda, lekin men kira olmayapman. Bitta menda shunaqami?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #sayt / #foydali
Qancha muddat quloqchinda musiqa eshitish zararli emas?

🎧 Quloqchin tufayli eshitish qobiliyatini yo‘qotish asta-sekinlik bilan ro‘y beradi. Ko‘pchilik odamlar muammoni vaqtida anglab yetishmaydi.

☝️ "60% / 60 daqiqa" qoidasidan foydalaning: musiqani maksimal balandlikning 60 foizidan ko‘p bo‘lmagan va 60 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida tinglang.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #quloqchin
⚙️ Windows-da Wi-Fi parolni qanday topish mumkin

🛜 Agar siz kompyuteringizda Wi-Fi parolini unutgan bo'lsangiz, uni osongina topishingiz mumkin.

1. Win + R tugmalarini bosing va ncpa.cpl buyrug'ini kiriting va OK'ni bosing;
2. Ochilgan oynada simsiz tarmog'ingizni o'ng tugmasini bosing va Состояние ni tanlang;
3. Свойства беспроводной сети tugmasini bosing;
4. Безопасность yorlig'ida Отображать вводимые знаки bandini yoqing.

👀 Ключ безопасности ustunida siz Wi-Fi tarmog'ining parolini ko'rasiz.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #wifi / #lifehack
No comment 😂

Oramizda shunaqa hackerlar bormi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Windows ishga tushganda parol so'rovini qanday o'chirish mumkin?

🔐 Agar siz har safar kompyuterni ishga tushirganingizda parolni kiritishdan charchagan bo'lsangiz, quyidagi ko'rsatmalardan foydalaning:

1. Win+R tugmalar birikmasini bosing;
2. Netplwiz buyrug'ini kiriting va OK tugmasini bosing;
3. Требовать ввод имени пользователя и пароля belgisini olib tashlang va OK tugmasini bosing;
4. Joriy parolingizni ikki marta kiriting va OK tugmasini bosing;
5. Kompyuteringizni qayta ishga tushiring.

🔄 Qayta ishga tushirilgandan so'ng, parol talab qilinmaydi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #parol
Kompyuter viruslarining turlari

🦠 Siz qaysi viruslarga uchragansiz?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #virus / #bilib_oling
Malware - nima?

ℹ️ Malware (kengaytmasi: malicious software; o'zbekchada: zararli dasturiy ta'minot) bu kompyuterga, serverga yoki kompyuter tarmog'iga zarar yetkazish uchun qasddan ishlab chiqilgan har qanday dasturiy ta'minotdir.

🦠 Malware - kompyuter viruslari, worm-lar, troyan viruslari, ransomware, spyware, adware-larning "otasidir", ya'ni yuqorida sanab o'tilganlarning hammasi umumiy qilib malware deyiladi.

☠️ Malware barcha ma'lumotlarni, o'g'irlashdan tortib to butun tizimlar yoki qurilmalarni buzishgacha bo'lgan har xil xavfli ishlarni amalga oshirishi mumkin.

🛡 Malware-lardan himoyalanish foydalanuvchi hushyorligi va u ishlatadigan himoya vositalariga bog'liqdir.

📩 Zararli dasturlarni tarqatuvchilar o'z o'ljalarini "Siz iPhone X yutub oldingiz. Olish uchun bu yerga o'ting" yoki "Falon brenddan aksiya" deb o'zlariga jalb qiladilar.

P.S.: Shunday ekan har xil yolg'onlarga aldanmang,tekin pishloq faqat qopqonda bo'ladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #virus / #foydali
Windows XP'dagi "XP" so'zining kengaytmasi nima?
Anonymous Quiz
28%
eXPerience
50%
eXtreme Programming
22%
X-Programm
Kompyuter tez ishlashi uchun nima qilish kerak?

🤔 Juda-juda ko'pchilikni o'ylantiradigan savol. Aniq faktlar:

Keraksiz programmalaringizni o'chirib tashlang.

Cortana va OneDrive-larni o'chirib tashlang.

Startup dasturlarini o'chirib qo'ying.

Windows-ni oxirigacha yangilab turing.

Settings>Personalization>Colors-ga o'ting va Transparency effects-ni o'chirib qo'ying.

Settings>Privacy>Background apps-ga o'ting va uni o'chirib qo'ying.

Settings>System>Notifications & actions-ga o'ting va uni o'chirib qo'ying.

Settings>Update & Security> Delivery Optimization-ga o'ting va uni o'chirib qo'ying.

Settings>System>Storage-ga o'ting va Storage Sense-ni yoqib qo'ying

Control Panel>Hardware and Sound> PowerOptions-ga o'ting High Perfomance belgilab qo'ying (bu unchalik ham tavsiya etilmaydi, chunki kompyuter kuchanib ishlashi va batareyani ko'p sarflashi mumkin).

Control Panel>System>Advanced system settings>Settings-ga o'ting va Adjust for best perfomance-ni belgilab qo'ying (bunda Windows ko'rinishi biroz xunuklashadi).

Win+R tugmasini bosing Run oynasiga %temp% deb yozing va yangi chiqqan oynadagi barcha fayllarni o'chirib tashlang.

Kompyuteringizni Restart qiling.

🖥 Yuqoridagilar kompyuteringiz tez ishlashi uchun ancha foydali. Biroq kompyuteringiz juda ham tezroq ishlashini xohlasangiz SSD disklaridan foydalaning yoki kuchliroq kompyuter sotib oling.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #tez
Telegram-ning oxirgi versiyasini o'zining rasmiy saytidan yuklab olish va o'rnatish

💻 Kompyuterga Telegram o'rnatish uchun:

1️⃣ Istalgan brauzerni oching va qidiruv tizimiga "telegram" deb qidiruv bering.
2️⃣ Qidruvning birinchi natijasi Telegram-ning rasmiy sayti (telegram.org)ga o'ting.

Agar Telegram-dan online, ya'ni kompyuterga o'rnatmasdan turib foydalanmoqchi bo'lsangiz qidiruv natijalari pastrog'idagi web.telegram.org dan foydalaning (online Telegram-da programmaga qaraganda kamroq funksiya bo'ladi).

3️⃣ Saytga kirgandan so'ng pastroqda "Telegram for PC" tugmasi bosiladi va undan keyin "Get Telegram for Windows" bosiladi.

4️⃣ Telegram yuklab olingandan so'ng uni o'rnatish uchun oching va birinchi chiqqan menyudan o'zingizga keraklisini belgilang. Kerakli tilni tanlaganingizdan so'ng, programmani qayerga o'rnatishingizni belgilang (videoda D diskka o'rnatilgan, lekin C diskda qoldirib davom etishingiz mumkin). Next > Next > Install tugmasini bosishingiz bilan Telegram kompyuteringizga o'rnatiladi.

🖥 Nafaqat Telegram balki, istalgan programmani xuddi shunday struktura bilan kompyuterga oson o'rnatishingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #telegram / #foydali
Ishinggizni osonlashtiruvchi 7 ta tezkor tugmalar

1. Win + E – Мой компьютерni ochadi;

2. Alt + F4 – Faol oyna/dasturni yopadi;

3. Ctrl + A – Barcha matn,papka yoki fayllarni belgilaydi;

4. Ctrl + C – Barcha belgilangan matn,papka yoki fayllardan nusxa oladi;

5. Ctrl + X – Barcha belgilangan matn,papka yoki fayllarni ko'chirib oladi;

6. Ctrl + V – Barcha nusxalangan matn,papka yoki fayllarni joylaydi;

7. Ctrl + Shift + N – Yangi papka yaratish.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #foydali
2024/10/02 12:23:07
Back to Top
HTML Embed Code: