Telegram Web Link
🔄 fakeupdate.net — operatsion tizimlarni yangilanishini ko'rsatib turadigan ajoyib prank sayt.

Saytga kiring va o'zingizga kerakli operatsion tizimni tanlang va brauzer ekranini F11 yoki Fn + F11 bilan to'liq ekran holatiga o'tkazing.

😂 Ana endi bir chetda do'stingiz qanday asabiylashishi kuzating) hazil, albatta)) kompyuterni bir nima qilib qo'ymasidan unga nima ekanligi aytib qo'ying.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat / #sayt
Qanday qilib Chrome brauzerini har doim Incognito rejimida ochiladigan qilish mumkin?

👻 Buning uchun brauzerni sichqonchaning o'ng tomoni bilan bosib Properties bo'limiga o'tishimiz kerak va Target qismi oxiriga rasmdagidek -incognito so'zini qo'shish va Apply qilish kifoya.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #chrome / #lifehack
📁 Bir nechta papkani bir urinishda yaratish imkoniyati haqida bilasizmi?

Yangi papkani yaratish uchun kimdir sichqonchaning o‘ng tugmasini bosadi va menyudan Создать - Папку bandlarini tanlaydi. Yana kimdir esa CTRL + SHIFT + N klavishlari birikmasidan foydalanadi. Hammasi yaxshikuya, biroq, masalan, 30 ta muayyan nomdagi papkani yaratish kerak bo‘lib qolsa, nima qilish kerak? 🤔

Buning uchun Командная строка bizga yordamga keladi. Papkalar yaratilishi lozim bo‘lgan manzilga o‘ting va Проводник oynasining manzil satriga cmd buyrug‘ini kiritib ENTER'ni bosing. Ushbu buyruq kerakli manzildagi konsol oynasini chaqiradi (cd papka_manzili buyrug‘iga o‘xshash).

So‘ngra md 1-papka 2-papka 3-papka buyrug‘ini ishga tushiring, bu yerda md ortidan yangi papkalarning barcha nomlari probel bilan ajratgan holda sanab o‘tiladi. Agar papka nomida probel mavjud bo‘lsa, u holda buyruqda uning nomini qo‘shtirnoqlar orasida ko‘rsating. Masalan, md 1-papka 2-papka "Yangi papka".

🎞 Postga biriktirilgan video ko‘rsatma orqali batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin 👇🏻

📌 P.S.: md (make directory)'ning o‘rniga mkdir'dan foydalanish ham mumkin, agarda yaratilgan papkalarning barchasini yana o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, unda buyruqni konsol oynasiga qayta joylashtirib, buyruqning boshidagi md (mkdir)'ni rd (rmdir, remove directory)ga o‘zgartirasiz va ENTER'ni bosasiz.

© @itspecuz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #fayl
Watermark (водяной знак) nima?

😖 Ko'pincha rasmlar, videolar va elektron hujjatlarda xira va kulrang rangdagi yozuvlarni ko'ramiz. Masalan, agar Windows operatsion tizimimizni aktivatsiya qilmasak, unda tizimni aktivatsiya qilish kerakligini eslatuvchi watermark paydo bo'ladi. Yoki Bandicam ekran yozib oluvchi dasturi yordamida ekranlarini videoga yozib olganlaridan keyin videoda chiqib qoladigan "www.BANDICAM.com" yozuvi ko'pchilikning asablarini buzganligi aniq.

💦 Watermark - o'zbekchaga o'girsak "suv belgisi" - yozuv, logotip, shtamp ko'rinishida bo'ladi va ulardan mualliflik huquqlarini himoya qilish va mahsulotni haqiqiyligini aniqlash maqsadida ishlatiladi.

🤑 Ularni yo'qotish uchun esa mahsulot sotuvchisini aytganini qilishngiz kerak. Masalan, Windows 10'dagi suv belgisini yo'qotish uchun uni aktivatsiya qilish lozim.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #savol / #bilib_oling
Error'ga munosabatim 😂😂

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Aslida birgina Chrome brauzerining o'zi sizning deyarli barcha xizmatingizni qila oladi:

Musiqa eshitmoqchimisiz?:
https://open.spotify.com/

Video ko'rmoqchimisiz?:
https://www.youtube.com/

Office dasturlarida ishlamoqchimisiz?:
https://www.office.com/

Photoshop kerakmi?
https://www.photopea.com/
https://photoshop.adobe.com/ (tez kunda)

Telegram?:
https://web.telegram.org/z/

Videolaringizni tahrirlamoqchimisiz?
https://clipchamp.com/en/video-editor/

... izohlarda davom etamiz:

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #chrome / #sayt
Ish stolida Kompyuter ikonkasini chiqarish

🖥 Yangi o'rnatilgan Windows 10'da Kompyuter ikonkasi default o'chiq bo'ladi, ya'ni ish stolida This PC ikonkasi bo'lmaydi.

⌨️ Uni chiqarish uchun Win + R bilan Run oynasini oching va desk.cpl ,5 ni kiriting (yoki Settings > Personalization > Themes > Desktop icons settings'ga o'ting) .

⚙️ Sizga Desktop Icon Settings ochiladi. U yerdan Computer oldidagi qutichani belgilangan qilib qo'ying va Apply'ni bosing.

💻 Endi Kompyuter sizning Ish stol'ingizda.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #bilib_oling / #foydali
🔠 Word darslari

Word 1-dars. Dastur bilan tanishuv. Asosiy sozlamalar. Qo'shimcha kengaytmalar o'rnatish.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 2-dars. Matnlar bilan ishlash. "Файл" va "Главная" bo'limlari bilan ishlash!
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 3-dars. "Вставка" bo'limi. Rasmlar bilan ishlash.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 4-dars. Jadvallar bilan ishlash. Formula terish.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 5-dars. "Дизайн", "Макет", "Вид" bo'limlari bilan ishlash.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 6-dars. Havolalar bilan ishlash. Ichki va tashqi havolalar.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 7-dars. Xavfsizlik. Hujjatlarni tahrirlashdan himoyalash. Saqlanmagan hujjatlarni tiklash.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 8-dars. Yakuniy dars. Word dasturi bo'yicha layfhaklar. Oson usulda mundarija yaratish.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

🧮 Excel bo'yicha kurs.

@Kompyuter_Akademiyasi kanaliga ushbu videodarslar uchun katta raxmat!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #videodars / #manba
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Windows 12 qanday bo'ladi?

Dizayner Kaan Avdan Windows 12 uchun o‘z dizayn loyihasini ko‘rsatdi. Uning ko‘rinishi barcha davrlardagi eng katta vizual tizim yangilanishi bo‘ladi.

Yana bir xususiyat - vazifalar paneli mutlaqo o'zgacha bo'ladi, masalan, musiqani almashtirishingiz va ob-havo ma'lumotlarini joylashtirishinggiz mumkin.

Videoda keltirilgan barcha dizayn Kaan Avdan tomonidan loyihalashtirilgan.

P/s:O'z fikringgizni izohlarda yozib qoldiring!

Windows 12 qachon chiqadi..

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #windows12 #news
Windowsning yangi versiyasi chiqishi mumkin

Microsoft kompaniyasi Windows operatsion tizimining soddalashtirilgan versiyasini chiqarishni rejalashtirgan. Bu haqida Windows Central nashri xabar bermoqda.

OAV jurnalistlarining ma`lum qilishicha, Microsoft bir necha yil avval OTning yangilangan versiyasi ustida ish boshlagan. Oxirgi loyiha Windows 10X edi, ammo 2021-yilda kompaniya uni chiqarishdan voz kechdi. Modulli operatsion tizimning yangi versiyasi Windows CorePC bo'lishi mumkin.

Korporatsiyadagi manbadan olingan maʼlumotlarga koʻra, Microsoft yengil tuzilishga ega va zamonaviy ilovalarni qoʻllab-quvvatlaydigan ish stoli kompyuterlari uchun operatsion tizimni chiqarmoqchi.

© @ITMastersUz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #news / #windows
Chrome brauzerida yopilgan tab-ni qayta ochish uchun qaysi klaviatura kombinatsiyasi qo'llaniladi?
Anonymous Quiz
42%
CTRL + TAB
27%
CTRL + T
31%
CTRL + ShIFT + T
Ish stolini chiroyli va tartibli qilish

🖥 Juda ko'pchilikning ish stolida betartib. Albatta, bu sizning shaxsiy ishingiz lekin ish stoli tartibli va chiroyli tursa qandoq ham yaxshi?

💻 Ish stolini bezashda odatda Nexus va Rainmeter ilovasidan juda ko'p foydalanishadi va bu dasturlar bilan ishlashda sizlarga YouTube'dagi Tanjim The Tech Guy kanalini tavsiya qilaman.

🖼 Uning videolari yordamida ish stoligizni minimalistik va ko'rgan odam havas qiladigan daraja chiroyli qilib olishingiz mumkin.

● Nexus: yuklab olish
● Rainmeter: yuklab olish
● Tanjim The Tech Guy: YouTube

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #dastur
Ishingizni yengillashtiruvchi 5 ta foydali klavish kombinatsiyalari

Alt + Backspace - Ehtiyotsizlik sabab matnning biror qismini o'chirib yuborsangiz, ushbu kombinatsiya barchasini o'z holatiga qaytaradi.

Ctrl + Shift + N - Ish stolida yangi folder ochish imkonini beradi.

Alt + Tab - Barcha ochilgan oynalar orasida tezkor ravishda o'tish uchun xizmat qiladi.

Shift + Delete - Fayllarni korzinaga tashlamay o'chirib yuboradi.

Win + L - Ekranni bloklash.

~ Manba: Nuriddinoff Blog

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #foydali
⌨️ Microsoft Office dasturlarida foydalaniladigan qaynoq klavishlar ro'yxati (full):

⬡ Word: link

⬡ Excel: link

⬡ PowerPoint: link

ℹ️ Manba: @itspecuz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #foydali
LibreOffice

💼 Microsoft Office pullik bo'lganligi sababli sizda Word, Excel, Powerpoint yoki boshqa ofis dasturlarida muammolar bo'ladi.

🦠 Sizdan aktivatsiya so'raladi yoki siz crack ofis paketni yuklab olgan bo'lsangiz bu bilan virus hujumiga uchrashingiz ham hech gap emas.

😉 Bunday ko'ngilsizliklarga uchramaslik uchun sizga LibreOffice-ni taklif etamiz.

ℹ️ LibreOffice ochiq-kodli, xavfsiz, Microsoft Office-ga qaraganda ancha yengil, tez, bepul va asosiysi Microsoft Office-ga eng o'xshash dastur hisoblanadi.

⬇️ Yuklab olish uchun: link

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #dastur
Kompyuteringiz ekranini istalgan qurilmada ochishni istaysizmi?

Deskreen dasturi yordamida har qanday displeyga ega gadjet, Wi-Fi va brauzer yordamida ikkinchi monitorga aylanadi.

— Ilovani yoqing, bir Wi-Fi ga PC va ikkinchi qurilmani ulang
— QR kodni skaner qiling yoki gadjetdagi brauzerga ko'rsatilgan manzilni kiriting
"Разрешить" ni bosgan holda nimani translyatsiya qilish kerak ekanligini tanlang va "Подтвердить" ga bosing.
©@nuriddinoff_blog

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #ekran / #foydali
.djvu va .djv fayllar

ℹ️ DjVu (fransuzcha "déjà vu") - bu asosan skaner qilingan hujjatlarni, matn, chiziqli rasmlar, indekslangan rangli tasvirlar va fotosuratlarni o'z ichiga olgan, ma'lumotlarni saqlash uchun mo'ljallangan kompyuter fayl formatidir.

📄 .djvu yoki .djv formatidagi fayllarni WinDjView programmasi yordamida ochishingiz mumkin.

📥 Yuklab olish uchun: link (2.8 MB)

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #dastur / #foydali
Visme - Chiroyli kontent yarating.

📜 Prezentatsiya qilishingiz kerak. Albatta, chiroyli dizaynda bo'lishi, sifatli rasmlar qo'yilgan bo'lishi, diagramma va eng asosiysi bepul bo'lishi kerak.

😋 Tayyor andozalarga nima deysiz?

🌐 Bularning bari visme.co saytida bor. Visme bilan o'zingiz uchun "vauv" devoradigan prezentatsiyalar tayyorlashingiz yoki tayyorini yuklab olishingiz mumkin.

🔗 Sinab ko'rishga arziydigan sayt: www.visme.co

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
Qurilmalarni onlayn tekshirish!
#manba

Yangi yoki mavjud sichqoncha, klaviaturalarni to'liq ishlayotganiga shubha qilyapsizmi? Balki veb kamerangiz yoki tovush sozlamalarda muammolar kuzatilayotgandir?

Bularni barchasini quyidagi manzillar orqali onlayn tekshirishimiz mumkin:

🎙️ Mikrofon sinovi

🎥 Veb-kamera sinovi

🎶 Ovoz sinovi

⌨️ Klaviatura sinovi

🐁 Sichqoncha sinovi

😉 Bundan tashqari yana bir qancha narsalarni tekshirish imkoniyati mavjud ekan, qolganini o'zingiz ko'rib chiqarsiz.©KA Rasmiy

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #sayt / #foydali
2024/10/02 14:18:27
Back to Top
HTML Embed Code: