Telegram Web Link
💻 Noutbukni tezkor quvvatlash

🔌 Noutbuk akkumulyatori tezroq quvvatlanishi uchun qurilmani har doim ham o‘chirib turish shart emas.

✈️ Shunchaki quvvatlash vaqtida qurilmani vaqtinchalik “Режим полёта”ga o‘tkazib turing.

🔋 Bu qurilmaning tashqi qurilmalar bilan simsiz aloqasini uzib turadi va Wi-Fi, Bluetooth funksiyalari faolsizlantiriladi – batareyaga bo‘lgan yuklama kamayadi.

📱 Ushbu tavsiya smartfon va planshetlaringiz uchun ham o‘rinlidir.

📃 O'qishinggiz tavsiya etiladigan qolgan foydali po'stlarimiz:

Noutbuk akumulyatoridan qanday foydalanish kerak?
Noutbukni zaryadda ushlab tursa nima bo‘ladi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #laptop / #batareya
Рабочий стол uchun ya'na bir lifehack

Ishchi stolidagi dastur yorliqlari, papka va fayllarga tegishli belgilarning hajmini o‘zgartirish uchun CTRL'ni bosib turgan holda sichqoncha g‘ildiragini aylantiring.

Shuningdek belgilar masshtabini sozlamalarga kiritilgan ushbu qaynoq klavishlar yordamida ham o‘zgartirish mumkin:

CTRL + SHIFT + 1 – juda katta;
CTRL + SHIFT + 2 – katta;
CTRL + SHIFT + 3 – oddiy;
CTRL + SHIFT + 4 – kichik.

~ Manba: @itspecuz

📃 Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ish stoliga Мой компьютер belgisini qanday qo'shish mumkin
Windows 11 da «Выключение» tugmasi yoniga yorliqlar qo'shish

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #lifehack
Telegram-ning oxirgi versiyasini o'zining rasmiy saytidan yuklab olish va o'rnatish

💻 Kompyuterga Telegram o'rnatish uchun:

1️⃣ Istalgan brauzerni oching va qidiruv tizimiga "telegram" deb qidiruv bering.
2️⃣ Qidruvning birinchi natijasi Telegram-ning rasmiy sayti (telegram.org)ga o'ting.

Agar Telegram-dan online, ya'ni kompyuterga o'rnatmasdan turib foydalanmoqchi bo'lsangiz qidiruv natijalari pastrog'idagi web.telegram.org dan foydalaning (online Telegram-da programmaga qaraganda kamroq funksiya bo'ladi).

3️⃣ Saytga kirgandan so'ng pastroqda "Telegram for PC" tugmasi bosiladi va undan keyin "Get Telegram for Windows" bosiladi.

4️⃣ Telegram yuklab olingandan so'ng uni o'rnatish uchun oching va birinchi chiqqan menyudan o'zingizga keraklisini belgilang. Kerakli tilni tanlaganingizdan so'ng, programmani qayerga o'rnatishingizni belgilang (videoda D diskka o'rnatilgan, lekin C diskda qoldirib davom etishingiz mumkin). Next > Next > Install tugmasini bosishingiz bilan Telegram kompyuteringizga o'rnatiladi.

🖥 Nafaqat Telegram balki, istalgan programmani xuddi shunday struktura bilan kompyuterga oson o'rnatishingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #telegram #foydali
💾 2026-yilda 3D Nand texnologiyasi yordamida ishlangan 300 TB hajmdagi SSD xotiralar sotuvga chiqarilishi ma'lum qilindi.

🤔 Sizning kompyuteringizdagi SSD xotirasining hajmi qancha?

~ Manba
- @hashtaguz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #news / #xotira
Fayllar nomlaridagi kengaytmalar. Ular nima o'zi?

📄 Barchamiz ko'rganmiz. Hamma fayllar aynan qandaydir kengaytma bilan tugaydi. Masalan:

• rasm fayl kengaytmalari — .png .jpg
• musiqalar — .mp3
• videolar — .mp4

🖥 Fayl kengaytmalari - bu kompyuter fayllari oxiridagi nuqta bilan ajratiladigan, 2-4 harflardan iborat identifikatorlardir. Ular yordamida kompyuter faylni qaysi dastur ochish mumkinligini aniqlaydi.

🖼 Masalan, "ajoyib surat.jpg" faylini kompyuter rasm ekanligi .jpg orqali bilib oladi va uni JPG bilan ishlaydigan biron dasturda ochadi.

🗂 Odatda Windows'da fayl kengaytmalari tizim tomonidan standart o'chirilgan bo'ladi ya'ni File Explorer'da fayl kengaytmalarini ko'rmaysiz. Ularni chiqarish uchun esa rasmdagidek qiling.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #bilib_oling
🥹 It's my antivirus,my antivirus IQ 1000!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
#foydali_link
👋 Qaysi tilni o'rganmoqchi edingiz?

Endilikda Telegram'dan chiqmagan holda zamon talabidagi tillarni bepulga o'rganishni iloji bor!

Tilchi Robot — Rus, Ingliz(+IELTS), Xitoy, Arab, Fransuz, Koreys, Turk, Yapon, Nemis, Ispan, Hind va qo‘shimcha Android lug‘atlarni o‘zida jamlagan platforma.

📌 P.S.: Botdagi darslar alohida bo‘limlarga ajratilgan, qulay interfeys, o‘zbekcha menyu, sifatli formatdagi darslardan tashkil topgan.

Manzil: 👉 @tilchi_robot

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #bot
🔥 Windows 10 va 11'da ishlatiladigan "qaynoq klavishlar" ro'yxati (A-Z):

WIN + A
— Quick Setting menyusini ochish uchun
WIN + B — System tray'ga o'tish uchun
WIN + C — Windows 10'da Cortana uchun, Windows 11'da esa Microsoft Teams'ni ochish uchun
WIN + D — Ish stoli(Rabochiy stol)ni ko'rish uchun
WIN + E — File Explorer'ni ochish uchun
WIN + F — Feedback Hub'ni ochish uchun
WIN + G — Xbox Game Bar'ni ochish uchun
WIN + H — ovozni yozish va uni tekstga o'girish funksiyasini ishga tushirish uchun (o'zbek tilida ishlamaydi)
WIN + I — Settings'ni ochish uchun
WIN + K — Connect ya'ni qurilma ekranini boshqa qurilmaga ulashish uchun
WIN + L — Kompyuterni qulflash uchun
WIN + M — Ochiq oynalarni minimallashtirish uchun
WIN + N — Windows 11'da bildirishnomalar va kalendar menyusini ochish uchun
WIN + O — qurilma orientatsiyasini qulflash uchun
WIN + P — prezentatsiya uchun qurilma displeyini sozlash menyusi
WIN + R — Run oynasini ochish uchun
WIN + S — Qidirish menyusini ochish uchun
WIN + T — Taskbar bo'ylab ilovalarni tanlash
WIN + U — Accessibility sozlamalari oynasini ochish uchun
WIN + V — Clipboard'ni ochish uchun
WIN + W — vidjetlar menyusini ochish uchun
WIN + X — Quick Link menyusini ochish uchun
WIN + Y — Mixed Reality va kompyuter kirishni o'zgartirish
WIN + Z — Windows 11'da tezkor tartiblarni ochish uchun

⌨️ Siz qaysi biridan ko'p foydalanasiz?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #windows
🦾 Malwarebytes - siz uchun yuqori darajadagi himoya va maxfiylik!

ℹ️ Bundan avvalgi postimizda malware-lar haqida aytib o'tdik. Malware-dan himoyalanish sizning hushyorligingizga va siz ishlatayotgan xavfsizlik vositalariga bog'liqdir. Umid qilamizki, siz hushyorsiz, xavfsizlik vositasini esa biz sizga tavsiya qilamiz.

🛡 O'z nomidan ko'rinib turibdiki, Malwarebytes sizni malware-lardan himoya qiladi. Dehqonchasiga tushuntiradigan bo'lsak, Malwarebytes - bu anti-virus, anti-malware.

🔰 Malwarebytes ayrim antiviruslar topa olmay o'tkazib yuboradigan malware-larni topa oladi;
🔰 Virus hujumlarini aniqlash va bloklashda ustovorlikka ega;
🔰 Zararli veb-saytlarga, reklama tarmoqlariga kirishni oldini oladi va boshqa ko'plab xususiyatlarga ega.

📥 Malwarebytes-ni o'zining rasmiy saytidan yulab olib, o'rnatishingiz mumkin: www.malwarebytes.com

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #dastur
Dasturlarni to'liq o'chirib yuborish haqida

💻 Ko'pchiligimizning kompyuterimizda keraksiz dasturlar bor. Ularni ishlatmasangiz o'chirib yuborishingiz kerak. Negaki, ular bekordan bekorga kompyuteringizda joyni band qiladi va ayrim paytlarda kompyuteringiz yaxshi ishlashiga xalaqit berishi mumkin.

Dastur papkasi delete qilishning o'zi yechim bo'la olmaydi. Aksincha bu masalani battar chigallashtirib yuboradi.

🗑 Dasturlarni o'chirish "uninstalling" deb nomlanadi.

Dasturlarni ortiqcha qiyinchiliklarsiz o'chirish uchun Iobit Uninstaller-dan foydalanishingiz mumkin. Iobit Uninstaller dasturiga kirib o'chirmoqchi bo'lgan dasturingizni tanlang va uninstall qiling.

🌐 Dasturni o'zining rasmiy saytidan yuklab olishingiz mumkin: iobit.com

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #dastur / #foydali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂 Developer & bug vs tester

😎 Oramizda dasturchilar bormi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Thermal pads (термопрокладки) nima?

🥵 Biz yugurganimizda qiziymiz va sovush uchun birozdan so'ng terlashni boshlaymiz, chunki biz issiqlikni ko'tara olmaymiz.

🖥 Kompyuterlar ham xuddi shunday, faqat ular qiziydi xolos, terlamaydi. Kompyuter qiziganda uni sovutish uchun bizda "cooler", ya'ni sovutish ventilyatorlari bor. Ba'zan cooler ham yetarlikcha sovutolmaydi va shu sabab qo'shimcha thermal pad-lardan foydalaniladi.

ℹ️ Thermal pad - bu kompyuter qizib ketishini sekinlashtiradigan qattiq, kimyoviy materiallardir. Kompyuterda qizib ketadigan ikki narsa bu CPU va GPU hisoblanadi va shuning uchun "issiqlik kamaytiruvchi yostiqchalar" ular ustiga qo'yiladi. Bu kabi sovutish usullaridan foydalanish, albatta, kompyuteringiz uzoq yashashiga xizmat qiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #bilib_oling
Qiziqarli savol: ko'pchiligimiz AIMP musiqa pleyeridan foydalanamiz, biroq AIMP so'zining kengaytmasi qanday bo'lishini ham bilamizmi?
Anonymous Quiz
53%
Artificial Intelligence Music Player
24%
Artem Izmaylov Media Player
23%
Aurora Incredible Music Player
TypingClub

⌨️ Klaviaturada tez yozishni o'rganish uchun eng yaxshi saytlardan biri bu TypingClub saytidir: typingclub.com

💻 Saytga kirib, ro'yxatdan o'ting va agar to'xtamasdan 2-3 oy saytlardagi mashqlarni bajarsangiz siz ham klaviaturaga qaramay yozadiganlardan bo'lib ketasiz.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
Windows'ning ilk versiyasi "tug'ilgan" yilini bilasizmi?
Anonymous Quiz
39%
1981-yil
37%
1983-yil
24%
1985-yil
Counter-Strike 2 yoki CS:GO yangilanishi

ℹ️ Britaniyalik taniqli jurnalist, Richard Lyuisning o'ziga yaqin bo'lgan manbaga asoslanib xabar berishicha, Counter-Strike: Global Offensive o'yini katta yangilanishni qabul qilish arafasida turibdi – Valve o'yinni Source 2 dvigatelida ko'chirmoqda.

🧑‍💻 Lyuisning aytilishicha, kompaniya allaqachon o'zining Sietldagi shtab-kvartirasiga yangi o'yinni sinab ko'rish uchun professional CS:GO o'yinchilari guruhini chaqirgan.

🫣 Bundan tashqari, o'tgan hafta Reddit foydalanuvchisi NVIDIA'ning yangi drayverlarida csgo2.exe va cs2.exe deb nomlanadigan fayllarni payqab qolgan.

📊 Ma’lum bo‘lishicha, Dota 2 va Half-Life: Alyx o‘yinlarida allaqachondan beri qo‘llab-quvvatlanib kelinayotgan Source 2 dvigateliga CS:GO o‘yinini ham o‘tkazish uning yanada yaxshiroq grafika va ishlash bilan ta’minlaydi.

~ Manba – terabayt.uz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #csgo / #news
Qanday qilib hujjat hajmini kamaytirish mumkin?
#info / #word

1️⃣-usul
Agar hujjat eski versiya (.doc) bo'lsa hujjatni .docx formatiga o'tkazing. Ushbu format diskda juda kam joy egallaydi.

2️⃣-usul
Agar hujjatda rasmlar bo'lsa va ularni hajmini kichraytirishni xohlasangiz, saqlash paytida "Сервис" → "Сжать рисунки"ni tanlang.

3️⃣-usul
Shaxsiy va yashirin ma'lumotlarni hujjatdan olib tashlang. Buning uchun "Файл" → "Сведения" → "Найти проблемы" → "Проверить документ" bo'limiga o'ting.

Tekshirish tugagandan so'ng, "Удалить всё" tugmasini bosing. Bu usul orqali hujjatlardagi keraksiz bo'lgan ma'lumotlar (hujjatning muallifi, yashirin ma'lumotlar va h.k) ni o'chirib tashlash mumkin.

P.S. Shaxsan men o'zim 2-usuldan ko'p foydalanaman. Unutmang o'lchamini kichraytirish orqali sifatga ham ta'sir o'tkazish mumkin.

~ Manba: @Kompyuter_Akademiyasi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #pdf / #foydali / #lifehack
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bethesda Starfild o'yinini qachon chiqarishini e'lon qildi

📆 Bethesda Softworks kosmik RPG Starfield 2023-yil 6-sentyabrda Xbox va kompyuter uchun chiqishini e'lon qildi.

▶️ Videoda Todd Xovard studiya rivojlanish uchun katta kuch sarflaganini va o'yin juda keng ko'lamli bo'lib chiqqanini ta'kidladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #game / #news
Windows operatsion tizimi qaysi dasturlash tilida yozilgan?
Anonymous Quiz
26%
Python
38%
C
23%
HTML
13%
Java
2024/10/04 11:32:02
Back to Top
HTML Embed Code: