Telegram Web Link
Malware - nima?

ℹ️ Malware (kengaytmasi: malicious software; o'zbekchada: zararli dasturiy ta'minot) bu kompyuterga, serverga yoki kompyuter tarmog'iga zarar yetkazish uchun qasddan ishlab chiqilgan har qanday dasturiy ta'minotdir.

🦠 Malware - kompyuter viruslari, worm-lar, troyan viruslari, ransomware, spyware, adware-larning "otasidir", ya'ni yuqorida sanab o'tilganlarning hammasi umumiy qilib malware deyiladi.

☠️ Malware barcha ma'lumotlarni, o'g'irlashdan tortib to butun tizimlar yoki qurilmalarni buzishgacha bo'lgan har xil xavfli ishlarni amalga oshirishi mumkin.

🛡 Malware-lardan himoyalanish foydalanuvchi hushyorligi va u ishlatadigan himoya vositalariga bog'liqdir.

📩 Zararli dasturlarni tarqatuvchilar o'z o'ljalarini "Siz iPhone X yutub oldingiz. Olish uchun bu yerga o'ting" yoki "Falon brenddan aksiya" deb o'zlariga jalb qiladilar.

P.S.: Shunday ekan har xil yolg'onlarga aldanmang,tekin pishloq faqat qopqonda bo'ladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #virus / #foydali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Windows ikonkalari o'zgarishlar tarixi

• Windows 1.x (1985) va Windows 2.x (1987)
• Windows 3.0 (1990)
• Windows 95 (1995)
• Windows 2000 va Windows ME (2000)
• Windows XP (2001)
• Windows Vista (2007)
• Windows 7 (2009)
• Windows 8 (2012) va 8.1 (2013)
• Windows 10 (2015)
• Windows 11 (2021)

😉 Sizga eng yoqqani qaysi bo'ldi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #evolutsiya
Noutbuk va kompyuterdagi veb-kamerani o'chirib qo'yish

1⃣ Ish stolidagi "Компьютер" ustiga sichqonchaning o'ng tugmachasini bosing

2⃣ "Свойства" menyu bandini bosing.

3⃣ O‘ng tarafdagi “Диспетчер устройств” tugmasini bosing

4⃣ Qurilmalar orasidan kamerani toping va ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan “Отключить устройство” bandini tanlang.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kamera / #foydali
Ishlatib bo'lgandan so'ng fleshkani "извлеч" qilish kerakmi? Microsoft javob berdi!
#news

ℹ️ Microsoft nihoyat ko'plab foydalanuvchilarning shubhalarini yo'q qildi. Bu fleshkalarni ishlatib bo'lgandan keyin shunchaki "yulib olish" yoki "безопасноe извлечениe" qilish haqida edi. Kompaniya flesh-disklarni shunchaki "yulib olish" mumkinligi haqida ishonchli javob berdi.

2018 yil oktyabr oyida chiqarilgan Windows 10 yangilanishi bilan Windows 10 flesh-diskni "Безопасное извлечение" tugmasini bosmasdan olib tashlash imkonini beradi. Batafsil ma'lumotni ushbu manzildan topasiz! ©️@KA_Rasmiy

😎 Siz menga oʻxshab fleshkani "yulib" olasizmi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali
Windows OS haqida bir post yozmoqchi edim. Undan avval sizdan bir narsani so'ramoqchiman.

Sizningcha qaysi operatsion tizim zo'r? Va nima uchunligini, fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring. Faqat xolis fikrlar bo'lsin.
Anonymous Poll
67%
Windows OS
18%
macOS
15%
Linux OS
Rasmlarni matnga o'zgartirish

🌐 text-image.com sayti sizga rasmlaringizni matn ko'rinishiga keltirishga yordam beradi.

🔄 Saytga kiring, convert bo'limiga o'ting, o'zingizga yoqqan formatni (HTML, ASCII, Matrix) tanlang, rasmingizni yuklang, sozlamalarni to'g'rilang va "Convert!" tugmasini bosing.

🖼 Natijani -skrinshot- qilib olishingiz yoki kodidan nusxa olib ishlatishingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #sayt / #foydali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1996 yildan 2022 yilgacha eng ko'p sotilgan kompyuter brendlari

📊 Sotish grafigi foiz (%) larda ko'rsatilgan,bu bozor miqiyosida hisoblanadi.

😎 Shaxsan o'zim Asus brendi kompyuter va noutbuklaridan foydalanaman,asosiysi brend emas ichki xususiyatidadir.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #evolutsiya
Windows - macOS - Linux

📊 Yuqoridagi so'rovnomamizda kanalimiz obunachilari ko'pchiligi Windows'dan foydalanishlari sababmi, Windows OS ko'proq ovoz yig'ibdi. Tabiiyki, macOS va Linux foydalanuvchilari kanalimizda kamroq. Xo'sh, qaysi OS yaxshiroq? Quyidagilarni o'qib, o'zingiz xulosa qilavering.

🖥 Keling, barcha maqtaydigan macOS'dan boshlaymiz. To'g'ri dizaynga gap yo'q, ishlashi ham tez, xavfsizligi zo'r. Lekin macOS bilan siz o'zingizni hashamatli qasrda qamalib qolgandek his qilasiz. Hech o'ylab ko'rganmisiz nima uchun macOS tez ishlaydi? Chunki u faqat Apple'ning kuchli Macbook'lari va iMac'larida ishlaydi. Qani uni o'zingizni Acer, HP yoki boshqa xarakteristikasi o'rtacha noutbukingizga o'rnatib ko'ringchi. Garchi buni iloji bo'lmasa ham, natijani aytish qiyin emas, shunday emasmi? Nima uchun macOS xavfsiz? Chunki unga siz xohlagan dasturlaringizni o'rnata olmaysiz. Albatta, bu xavfsizlikning bir chekkasi. Undan tashqari, tizim sozlamalarini o'zingiz xohlagandek o'zgatira olmaysiz. Aytganimizdek, macOS faqat Apple noutbuk va kompyuterlarida ishlaydi va ularni sotib olish sizga qimmatga tushadi va uning qimmatligi, faqat puli bor odamning sotib olishi, O'zbekistonda sotib olishga qurbi yetadiganlarning juda ko'p emasligi sabab biz uchun u juda qadrli bo'lib qolgan.

🐧 Linux'ga keladigan bo'lsak, uning qo'llab-quvvatlovchilari faqat developer'lar va havaskor xakerlar. Nima uchun? Chunki undan foydalanish boshqa OS'larga qaraganda biroz qiyinroq. Lekin Linux bilan hatto 90-yillardagi kompyuterlar ham "uchib" ishlaydi. Ochiq-kodli va eng muhimi bepul. Albatta, unda ham cheklanishlar mavjud. Linux'ga ham istagan dasturlaringizni o'rnata olmaysiz. Shuningdek, siz juda ko'p amallarni Linux terminalida sudo bilan bajarishga mahkumsiz.

💠 Windows - nima uchun har doim yomon? Windows'ni ko'pchilik ta'mirtalab deydi. Nimaga Windows qotadi? Chunki u istalgan kompyuterga o'rnatiladi. Kompyuter Windows'ni ko'taradimi, yo'qmi foydalanuvchining ishi yo'q. Windows'ni xarakteristikasi Macbook'nikidek kompyuterga o'rnating va ishlatib ko'ring. Endi ham u qotmoqdami? Endi ham u sekin ishlamoqdami? Albatta yo'q! Nimaga Windows buzilib qoladi yoki xavfsiz emas? Chunki uni siz crack aktivatsiyasidan tortib, crack dasturlargacha o'rnatib ishlatasiz. Hattoki, kompyuteringizdagi ESET antivirusi ham crack bo'lib yotibdi. Interfeysiga kelsak, Windows 10 macOS'dek chiroyli bo'lmasligi mumkin, lekin oddiy foydalanuvchi uchun Windows 10 keragidan ortiq chiroyli, va sodda. O'rnatishidan tortib, foydalanishingizgacha barchasi oson. Keragidan ortiq erkinlik va qulaylik mavjud. Windows'ni macOS'dan o'g'irlaydimi? Lekin macOS ham Windows'dan o'g'irlagan narsalar yo'q emas.

🌍 Dunyo aholisining 30 foizdan ortig'i kompyuterlarida Windows'dan foydalanishadi. macOS foydalanuvchilari esa 16 foizdan ortiq. Linux'dan dunyo bo'ylab 1 foizdan ko'proq odam foydalanadi.

😉 Endi o'zingiz aytingchi qaysi OS yaxshiroq?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #vs | #os
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ChatGPT Word-ga o'rnatish

Insho, ilmiy ish yoki bir xil kurs ishi - Paperpal texnologiyasi bularning barchasini matn muharririda sun'iy intellekt yordamida yozish imkonini beradi.

ℹ️ Xizmat tezda yozilgan narsalarni tahlil qiladi va tuzatishlarni taklif qiladi. Ijodkorlarning ta'kidlashicha, ish oxir-oqibat toza va akademik bo'ladi. Word -da yoki onlayn brauzerda o'rnating.

🤝 Rus tili va Ingiliz tili qo'llab quvvatlanadi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #chatgpt / #word
Kompyuter sekin ishlashiga nimalar sabab bo'ladi?

🔄 Kompyuterni Restart (Перезагрузка) qilmaslik. Hech bo'lmasa har ikki kunda bir marta kompyuterni Restart (Перезагрузка) qilib turing.

💾 Bir vaqtning o'zida bir nechta dasturlarning ishlab turishi. Kompyuterda bir vaqtda faqat maksimal 2-3 programmalardan foydalaning. Ortiqcha va keraksiz dasturlarni kompyuterdan o'chirib tashlang va Startup (Автозагрузка) programmalarni ham o'chirib qo'ying.

🛡 Hech bo'lmaganda Microsoft Defender yoki Malwarebytes antiviruslaridan foydalaning.

🧹 Disk Cleanup yordamida kompyuterni ortiqcha fayllardan tozalab turing.

♻️ Windows'ni va kompyuteringizdagi dasturlarni doimiy yangilab turing, chunki yangilash ulardagi kamchiliklarni bartaraf qiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #bilib_oling
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuterni asosiy xarakteristikalari va ularni aniqlash
#videodars / #kompyuter

ℹ️ Bu darsda kompyuterni asosiy xarakteristikalari (protsessor, operativ xotira, doimiy xotira, videokarta, firmasi, ekran o'lchamlari, OT va b.) haqida nazariy maʼlumotlarga ega bo'lasiz va hech qanday dastursiz ushbu ko'rsatkichlarni aniqlashni o'rganib olasiz 😎

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 05:56 💾: 23,3 mb

Manba ~ KA Rasmiy

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #videodars
O‘zbekistonda kiberxavfsizlik ta’minlangan davlat tashkilotlarining Top-10 taligi

🛡 Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning ta’minlanganligi holati bo‘yicha yakuniy natijalari reytingi.

Axborot va kiberxavfsizlik ta’minlangan Top-10 tashkilotlar ro‘yxati:

🥇 Adliya vazirligi — 97.3 ball
🥈 Markaziy bank — 97 ball
🥉 Davlat statistika qo‘mitasi — 95.2 ball
4⃣ Davlat bojxona qo‘mitasi — 95.1 ball
5⃣ O‘zsanoatqurilishbank" aksiyadorlik tijorat banki — 95.1 ball
6⃣ Farg‘ona viloyati xokimligi — 94.6 ball
7⃣ Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 92.6 ball
8⃣ Navoiy kon-metallurgiya kombinati — 92.3 ball
9⃣ Toshkent shahar xokimligi — 91.9 ball
🔟 Namangan viloyati xokimligi — 91.7 ball

🤔 Qiziq, qanaqa antivirus ishlatisharkin? Katta ehtimol bilan ESET bo'lsa kerak a?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kiberxavfsizlik
😈 Bugungi virtual olamda o'z rasming tugul ismingni ham ishonishga o'ylanasan kishi. Turli xil firibgarlar 24/7 sening ma'lumotlaringni o'g'irlash uchun payt poylab turishadi.

Ammo biz ham 🐄 emasmiz. Mabodo, xakerlar ma'lumotlarimizni o'g'irlashsa ham, ular bizni emas, bizning soxta ma'lumotlarimizni ko'rishadi...)

generated.photos — sun'iy intellekt yordamida ta'bingizga ko'ra yuz rasmlarini yaratib beradigan ajoyib sayt.

temp-mail.org — vaqtinchalik email berib turuvchi sayt.

www.fantasynamegenerators.com — (o'zbekcha) ism & familya yaratib beruvchi sayt.

passwordsgenerator.net — kuchli parollar yaratib beruvchi sayt.

⚠️ Agar biron sayt sizga shubhali ko'rinayotgan bo'lsa, unga o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni kiritmang. Aksincha yuqoridagi saytlardan foydalanib tahminiy va vaqtinchalik ma'lumotlardan foydalaning.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #sayt / #foydali
Ro'yxatdan o'tmasdan fayllaringizni ulashishingizga imkon beruvchi sayt

🌐 transferfile.io sayti sizga istalgan faylingizni yuklab olsa bo'ladigan linkka aylantirish imkonini beradi. Muhimi sayt bepul, shifrlangan ya'ni xavfsiz va undan ro'yxatdan o'tishingiz ham shart emas.

📤 Saytga kirasiz. Ulashmoqchi bo'lgan 32GB hajmgacha faylingizni tanlaysiz va saytga yuklaysiz.

🔐 Shuningdek, siz ulashayotgan faylingiz linkiga parol qo'yishingiz ham mumkin.

🔗 Faylni yuklaganingizdan so'ng sayt sizga uning linkini beradi. O'sha link bilan faylingizni istalgan odam, istalgan odam, istalgan joydan yuklab olsa bo'ladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
Disk Management

⌨️ Win + R tugmalarini bosing va diskmgmt.msc deb yozib, Enter-ni bosing.

💾 Bunda sizga Disk Management oynasi ochiladi. U yerdan siz o'z disklaringizni boshqarishingiz ya'ni yangi disklar ochishingiz yoki eskilarini o'chirib yuborishingiz, disklaringiz harflarini o'zgartirishingiz mumkin.

🤓 P.S. Keyingiz postlarimiz ham shu haqida bo'ladi. Bizdan uzoqlashmang.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #mohirlik
Buni hech sinab ko'rmagansiz

💻 Kompyuteringizda antivirus bo'lmasa ham, siz uni virusga tekshira olishingiz mumkinligi haqida bilasizmi?

Buning uchun:
1. Win + Q ni bosing;
2. mrt deb qidiring va birinchi chiqqan dasturga kiring. Bunda sizga Malicious Software Removal Tool menyusi chiqadi;
3. Next (Далее) bosing;
4. Kerakli tekshirish turini tanlang (birinchida belgilangan tekshirish turi tavsiya qilinadi).

♻️ Shunda kompyuteringiz zararli viruslarni qidirishga tushadi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #mohirlik
HTTP 🆚 HTTPS

🌐 Brauzerda "suzuvchilar" e'tibor bergan bo'lishlari mumkinki, ayrim saytlar https:// bilan ayrimlari esa http:// bilan boshlanadi.

🛡 HTTP bilan HTTPS orasidagi eng katta farq - bu xavsizlikdir. HTTPS saytlari himoyalangan bo'ladi, HTTP bilan boshlanadigan saytlar esa himoyalanmagan bo'ladi.

📄 HTTPS saytlarida SSL sertifikati bo'ladi va bu esa https:// saytlari himoyalanganining dalolatidir.
HTTP saytlarida bunday sertifikat bo'lmaydi.

🔓 Agar siz HTTP saytlariga ma'lumotlaringizni kiritsangiz, masalan, "parol: kompyuter_bilimlari", xakerlar buni bemalol ko'ra oladilar ya'ni sizning ma'lumotlaringiz shifrlanmaydi.

🔒 HTTPS saytlarida esa sizning ma'lumotlaringiz shifrlanadi va kiberhujumchilar sizning ma'lumotlaringiz o'rniga mana bunga o'xshagan narsalarni ko'radilar: T8UV81pQfyhDkhebbz7+oiwldr1j2gHBB3L3RFTRsQCpaSnSBZ78Vme

🤓 Xulosa: Hech qachon http:// bilan boshlanadigan saytlarga o'z ma'lumotlaringizni kiritmang!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
2024/10/04 09:28:00
Back to Top
HTML Embed Code: