Telegram Web Link
๐ŸApple yangi iPad va MacBook Pro'larni ortiqcha dabdabalarsiz taqdim qilishi mumkin

Sentyabrdagi yangi iPhone'lar va Watch'lar taqdimotidan keyin Apple odatda oktyabrda ham yangi qurilmalarni taqdim qilish uchun tadbir o'tkazadi. Biroq Bloomberg'dan Mark Gurmanning xabar berishicha, Apple bu yilning oktyabrida taqdimot o'tkazmaydi: kompaniya yangi mahsulotlarni shunchaki sotishni boshlaydi.

Mish-mishlar qanchalik to'g'ri bunisi noma'lum, lekin Apple oktyabr oyida iPad 10 va iPad Pro 2022 planshetlarini, shu bilan birga, M2 chipi bilan 14 va 16 dyuymli MacBook Pro noutbuklarini chiqarishi kutilayotgan edi.

๐Ÿ‘จ๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
Google tog'a 24 yoshda!

๐Ÿฅณ Bugun Google tog'amiz o'zining 24 yoshga to'lganligini nishonlamoqda ekan. Google tog'aga tilaklaringizni izohlarda yozib qoldiring!

Aslida google 4-sentabrda yaratilgan ammo google tog'a o'zining tug'ilgan kunini bugun nishonlayabdi๐Ÿ‘Œnmayam derdik

๐Ÿ‘จ๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
Windows 11 uchun maxsus ekran yozib oluvchi dastur

๐Ÿ–ฅ Fluent Screen Recorder - ochiq kodli, chiroyli dizaynga ega, Windows 10 va Windows 11 uchun ekran yozib oluvchi dastur.

๐Ÿ› Faqat Microsoft Store'dan yuklab olish mumkin: link

ยฉ๏ธ๐Ÿ‘จ๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
Booting o'zi nima?

๐Ÿค” Kompyuterga Windows o'rnatish haqida gap ketganda Booting, BIOS menyu, MBR, GPT va boshqalar haqida ko'p gapiriladi. Bular o'zi nima? Keling Booting'dan boshlaymiz.

๐Ÿ–ฅ Booting - bu kompyuterni ishga tushirish jarayoniga aytiladi. Siz kompyuterni yoqish tugmasini bosasiz, kompyuter ishga tushadi, Windows logosi paydo bo'ladi. Ana shu Windows logosi paydo bo'lib, tizim yongunga qadar bo'ladigan jarayon umumiy qilib booting jarayoni ya'ni kompyuterni yonish jarayoni deyiladi.

๐Ÿ”„ Har bir operatsion tizim o'zining bootloader'iga ega. Bootloader, kompyuter yonganidan keyin undagi operatsion tizimni, deylik, Windows'ni ishga tushiradigan dasturdir va Windows'ning bootloader'i nomi Windows Boot Manager deyiladi.

๐Ÿ’ฝ Shuningdek, siz kompyuterga o'rnatish uchun ISO fayldan foydalanib Rufus yordamida fleshkaga yozgan Windows'ingiz ham bootloader'ga ega.

* Unutmang! Kompyuter - bu qurilma. Windows esa - bu operatsion tizim. Kompyuter zavoddan yangi chiqqanida u sistemasiz bo'ladi, keyinchalik do'konlardan sotib olganingizda sizga Windows yoki xohishingizga ko'ra boshqa OS o'rnatib beriladi.

โš ๏ธ Boot Failed - bu kompyuter yona olmaganini ya'ni kompyuter bootloader'ni topa olamaganini anglatadi. Yoki kompyuteringizda operatsion sistema o'rnatilmagan, yoki o'rnatilgan operatsion sistemaning bootloader'i ishdan chiqqan va yoki siz yangi sistema o'rnatish uchun fleshkadan foydalanyotgan bo'lsangiz, fleshkaga sistemani noto'g'ri yozgansiz.

Hozircha tushunarlikmi? Yana davom etamiz...

๐Ÿ‘จ๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ˜„ Men @kompyuter_akademiyasi kanalidan zo'r video topib oldim. Unda men sizga tushintirmoqchi bo'lgan BIOS, BOOT, UEFI, MBR, GPT va boshqalar nimaligi bitta videoda bilib olishingiz mumkin.

Videoni ko'ringizlar, bilib olingizlar, bosingizlar)

โ–ถ๏ธ YouTube'da ko'rish (HD)

๐Ÿ‘จ๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
โŒจ๏ธ Microsoft Office dasturlarida foydalaniladigan qaynoq klavishlar ro'yxati (full):

โฌก Word: link

โฌก Excel: link

โฌก PowerPoint: link

๐Ÿ‘จ๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
Kompyuterni necha yoshdan o'rganish kerak?

๐Ÿง‘โ€๐Ÿ’ป Bugungi kunda kompyuterda ishlashni bilish suvdek zarur, ammo ukalarimiz, singillarimizga yoki farzandlarimizga uni necha yoshdan o'rgatish kerak?

๐Ÿ“ฑ O'zi shu kunlarda yoshlar telefon bilan katta bo'lishmoqda. Hammaning YouTube'da o'zi video ko'rib o'tiradigan 2-3 yoshli uka-singlisi bo'lsa kerak. Ushbu Z avlod vakillari texnika bilan tez tanishib o'rganib keta oladi.

๐Ÿง’ Shunday ekan kompyuterni o'rgatishni ularga 10-12 yoshdan boshlayverish kerak.

๐Ÿค” Qanday o'rgatish kerak? Hozirda buni o'rgatadigan o'quv markazlari ham bordir, lekin kompyuterni o'rganish uchun pul sarflash... Bu pul topib aql topmaganlik belgisi, chunki mana bizni kanal ham bor (reklamani biri ๐Ÿ˜), kompyuter sir-asrorlarini bepul o'rgatamiz. Yoki o'zingiz bir boshidan o'rgating. O'yinlar o'ynating - klaviatura va sichqoncha bilan ishlashni tezroq o'rganishi uchun. Kompyuterda ishlayotganingjzda yoningizga olib o'tirib nima qilayotganingizni aytib turing.

๐Ÿ’ป Umuman, odam kompyuterda qancha ko'p ishlasa, amallar bajarsa uni shuncha ko'p o'zi uchun kashf qilaveradi.

Foydali bo'ldimi?

๐Ÿ‘จ๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
๐Ÿ’ป ENIAC - Electronic Numerical Integrator and Computer - ilk raqamli elektron kompyuter.

๐Ÿ“Š 1943-yil.

๐Ÿ“ˆ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qanday noutbuk olay?
Narxlarda misol keltiramiz:

๐Ÿง‘โ€๐ŸŽ“ Talaba, o'quvchi yoki o'qituvchimisiz? Sizga $300-500 narxdagi noutbuklar bo'ladi, chunki bu narxdagi kompyuterlar brauzer va ofis dasturlari bilan yaxshi ishlay oladi.

๐Ÿง‘โ€๐Ÿ’ป Dasturchi bo'lmoqchimisiz? Siz uchun $500-700 atrofidagi kompyuter yaxshi, chunki dasturlash uchun unchalik qimmat kompyuter shart emas.

๐Ÿ‘จโ€๐ŸŽจ Dizayn bilan shug'ullanmoqchimisiz? Boshlanishiga $800-1500 narxdagi noutbuklar bo'ladi. Keyinchalik qimmatrog'idan olaverasiz.

๐Ÿ–ฅ $1500-2000 yoki undan qimmat kompyuterlarda istaganingizni qilishingiz mumkin)

Arzoniga yopishib olishni maslahat bermayman keyin eng qimmatiyam zor deb aytolmayman!

๐Ÿ‘จ๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
Fayllar nomlaridagi kengaytmalar. Ular nima o'zi?

๐Ÿ“„ Barchamiz ko'rganmiz. Hamma fayllar aynan qandaydir kengaytma bilan tugaydi. Masalan:

โ€ข rasm fayl kengaytmalari โ€” .png .jpg
โ€ข musiqalar โ€” .mp3
โ€ข videolar โ€” .mp4

๐Ÿ–ฅ Fayl kengaytmalari - bu kompyuter fayllari oxiridagi nuqta bilan ajratiladigan, 2-4 harflardan iborat identifikatorlardir. Ular yordamida kompyuter faylni qaysi dastur ochish mumkinligini aniqlaydi.

๐Ÿ–ผ Masalan, "ajoyib surat.jpg" faylini kompyuter rasm ekanligi .jpg orqali bilib oladi va uni JPG bilan ishlaydigan biron dasturda ochadi.

๐Ÿ—‚ Odatda Windows'da fayl kengaytmalari tizim tomonidan standart o'chirilgan bo'ladi ya'ni File Explorer'da fayl kengaytmalarini ko'rmaysiz. Ularni chiqarish uchun esa rasmdagidek qiling.

๐Ÿ‘จ๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ’ป Shu 20 yil oldingi noutbuk ekaniga ishongingiz kelmaydi!

๐Ÿ˜ Kreativlikni qarang!

Ha aytgancha, 1-oktyabr o'qtuvchi va murabbiylar kuni muborak ustozlar!

๐Ÿ‘จ๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
Ish stolida Kompyuter ikonkasini chiqarish

๐Ÿ–ฅ Yangi o'rnatilgan Windows 10'da Kompyuter ikonkasi default o'chiq bo'ladi, ya'ni ish stolida This PC ikonkasi bo'lmaydi.

โŒจ๏ธ Uni chiqarish uchun Win + R bilan Run oynasini oching va desk.cpl ,5 ni kiriting (yoki Settings > Personalization > Themes > Desktop icons settings'ga o'ting) .

โš™๏ธ Sizga Desktop Icon Settings ochiladi. U yerdan Computer oldidagi qutichani belgilangan qilib qo'ying va Apply'ni bosing.

๐Ÿ’ป Endi Kompyuter sizning Ish stol'ingizda.

๐Ÿ‘จ๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
โ€‹Windows tizimida "ะ”ะธัะฟะตั‚ั‡ะตั€ ะทะฐะดะฐั‡" oynasini ochishning 7 usuli.
#info

โ“"ะ”ะธัะฟะตั‚ั‡ะตั€ ะทะฐะดะฐั‡" nima uchun kerak?
Windows tizimi bilan ishlash jarayonida, sizga ko'rinmagan holda, fon rejimida ancha-muncha dasturlar ishlaydi, balki viruslar ham. Bu jarayon natijasida, kompyuter resurslari, shu dasturlar(balki kerakmas dasturlardir) ishlashiga sarf bo'ladi.
Demak, bu holatlardan xabardor bo'lib turish lozim, bu ishni "ะ”ะธัะฟะตั‚ั‡ะตั€ ะทะฐะดะฐั‡" oynasi yaqqol namoyon qilib beradi.

โ“"ะ”ะธัะฟะตั‚ั‡ะตั€ ะทะฐะดะฐั‡" oynasini ochish usullari:
Bu oynani ochishni, bir necha usullarini yozib o'taman, nima uchun shuncha usulni bilish kerak? degan savol paydo bo'lishi mumkin. Bu oyna juda muhim bo'lgani uchun, siz uni har qanday holatda ham (misol uchun, sichqoncha yoki klaviatura ishlamaganda) ochishni bilishingiz kerak:

โ˜๏ธWindows 10 tizimida tekshirilgan, qolgan tizimlarda ba'zilari ishlamasligi mumkin.

1. Ctrl+Shift+Esc. Ctrl va Shift bosib turiladi, so'ng Esc bitta bosib quyib yuboriladi.
2. Ctrl+Alt+Delete tugmalari bosiladi va hosil bo'lgan oynadan "ะ”ะธัะฟะตั‚ั‡ะตั€ ะทะฐะดะฐั‡" tanlanadi.
3. Sichqonchaning o'ng tomoni "ะŸัƒัะบ" tugmasi ustida bosiladi va "ะ”ะธัะฟะตั‚ั‡ะตั€ ะทะฐะดะฐั‡" tanlanadi.
4. Win+R orqali "ะ’ั‹ะฟะพะปะฝะธั‚ัŒ" oynasi ochiladi va "taskmgr" (qo'shtirnoqsiz) yozilib Enter bosiladi.
5. Win+R โ†’ cmd โ†’ taskmgr.
6. "ะŸัƒัะบ" ochiladi va "ะ”ะธัะฟะตั‚ั‡ะตั€" deb yozilib, Enter bosiladi.
7. Fayl orqali: C:\Windows\System32\taskmgr.exe.

โ˜๏ธO'zimga kelsam, ko'pincha biror ish qilsam, shu oynani doimiy ochib qo'yaman va holatni nazorat qilib turaman. Odatda, bu oynani ochishda, 1-usuldan foydalanaman.

๐Ÿค” Siz qaysi usuldan ko'p foydalanasiz?

ยฉ๏ธ
Akmal Xudayberganov

๐Ÿ“Œ Mavzuga oid postlar:
โ€ข Tugmachalar kombinatsiyasi (#hotkeys)

๐Ÿ’ป
Kompyuterni birga o'rganamiz โคต๏ธ
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Intel protsessorlaridagi yozuvlar nimani anglatadi?

Intelยฎ Coreโ„ข โ€” protsessor brendi nomi

i7 โ€” Brend modifikatori - bu bir xil tovar nomiga ega bo'lgan turli xil mahsulotlarning bir yoki bir nechta muhim atributlar yoki imtiyozlar o'lchovlari bo'yicha qanday farq qilishini aytadi.

10 โ€” generatsiya ya'ni avlod ko'rsatkichi

310 โ€” SKU raqamlari - bu ishlab chiqaruvchi o'z mahsulotini aniqlash uchun foydalaniladigan raqamlar

Y โ€” bu protsessorning grafika bilan ishlash darajasi haqida ma'lumot beradi va bu Y protsessor grafika bilan unchalik "chiqisha" olmasligini ko'rsatmoqda. Agar shu harf sizda HQ bo'lsa unda protsessor yuqori quvvatli grafikaga ega bo'ladi.

๐Ÿ˜„Admin I9 11900H protsessoridan foydalanadi

๐Ÿ˜‰ Sizning protsessoringiz qanday ekan?

๐Ÿ‘จ๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
Windows'ni aktivatsiya qilinmasa nima bo'ladi?

๐Ÿ”‘ Agar Windows'ni aktivatsiya qilmagan bo'lsangiz hech havotir olmang. Bunda Windows sekinlashib qolmaydi yoki ma'lum vaqtdan so'ng undan foydalanish cheklanib qolmaydi.

โ›”๏ธ Shuningdek, Windows'ni aktivatsiya qilmaganlik uchun hech qanday qonuniy javobgarlik yo'q. Aksincha, Windows'ni o'zining sotib olingan kalitisiz aktivatsiya qilish noqonuniydir.

โš™๏ธ Aktivatsiya qilinmagan Windows'da pastki o'ng burchakda "Activate Windows" yozuvi chiqib turadi va faqat sozlamalardagi Personalization bo'limiga kirolmaysiz xolos.

๐Ÿงž Qolgan barcha Windows xususiyatlari esa amringizga muntazir bo'ladi.

๐Ÿ‘จ๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
Windows 11'dan onlayn foydalanish

๐Ÿง‘โ€๐Ÿ’ป Tinib tinchimagan developerlar Windows 11 interfeysidagi sayt yaratishibdi:

๐Ÿ”— https://win11.blueedge.me/

๐ŸŒ Saytda Windows 11 bilan qisqa tanishib chiqishingiz mumkin.

๐Ÿ‘จ๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
Ish stolini chiroyli va tartibli qilish

๐Ÿ–ฅ Juda ko'pchilikning ish stolida betartib. Albatta, bu sizning shaxsiy ishingiz lekin ish stoli tartibli va chiroyli tursa qandoq ham yaxshi?

๐Ÿ’ป Ish stolini bezashda odatda Nexus va Rainmeter ilovasidan juda ko'p foydalanishadi va bu dasturlar bilan ishlashda sizlarga YouTube'dagi Tanjim The Tech Guy kanalini tavsiya qilaman.

๐Ÿ–ผ Uning videolari yordamida ish stoligizni minimalistik va ko'rgan odam havas qiladigan daraja chiroyli qilib olishingiz mumkin.

โ— Nexus: yuklab olish
โ— Rainmeter: yuklab olish
โ— Tanjim The Tech Guy: YouTube

๐Ÿ‘จ๐Ÿปโ€๐Ÿ’ป Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
2024/10/05 05:18:33
Back to Top
HTML Embed Code: