Telegram Web Link
ZARINLIGHT sizga yangi, sifatli va hamyonbop narxda, eng muhimi kafolatli mahsulotlarni taqdim etadi!

💻Noutbuklar uchun:
• Batareyalar
• Klaviaturalar
• Korpuslar
• Shleyf
• Ekranlar
• Asosiy platalar
• Barchat turdagi SSD disklar
Kompyuter
• Sifatli va hamyonbop kompyuterlar
• Monobloklar
• Monitorlar
• Videokartalar
• Sichqonchalar
• Asosiy platalar
• Quvvatlovchilar
• Shleyflar
• Kulerlar
• Korpuslar
• Routerlar
• HDD, SSD va boshqa turdagi mahsulotlarni ZARINLIGHT'dan topasiz!


🌐 Saytimiz: www.zarin.uz
📲 Telegram kanalimiz: www.tg-me.com/zarinlightok


ZARINLIGHT
Kompyuter Bilimlari kanali rasmiy homiysi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😄Hayotiy satiriklar

👨🏻‍💻 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
⚡️ Internetda GeForce RTX 4090 ning birinchi suratlari tarqaldi

@ITMastersUz | #video_karta
Virtual xotira va kompyuterni tezlashtirish

🖥 Kompyuteringizda ikki uchta dasturlarni ochganingizda RAM yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin va mana shunday paytda kompyuteringizda ajratilgan virtual xotiraga RAM-dan sahifalar o'tkaziladi va RAM oz bo'lsada bo'shaydi, kompyuter kamroq qotadi.

💾 Hammaga tushunarli qilib, dehqonchasiga tushuntiradigan bo'lsak, virtual xotira RAM-ga yordamchi xotiradir.

💻 Hozirgi ko'p noutbuklar 4 GB RAM va 4 GB virtual xotira bilan keladi. Virtual xotira HDD yoki SSD diskdan olinadi va siz uni o'zingiz ko'paytirishingiz yoki kamaytirib qo'yishingiz mumkin.

🧑‍💻 Sizda virtual xotira bor yoki yo'qligini bilish uchun Win + R bosing msinfo32 deb Enter-ni bosing. Kompyuteringizda qancha RAM va virtual xotira borligini o'sha yerdan bilib olishingiz mumkin.

Virtual xotira qo'shishni esa bu yerdan bilib olishingiz mumkin: link

©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
🙌Chaqqon barmoqchalar – oʻzbek tilida tez va toʻgʻri yozish mashgʻulot dasturiy ilovasi.

✍️Koʻzlaringiz matn uzra yugurgani sari, sizning klaviaturada yozish mahoratingiz ham oshib boraveradi. Bir vaqtning oʻzida Barmoqchalaringizni oʻzi gaplarni teradi, ham miyangiz yangi bilimlar bilan toʻladi.

💻Ilova qulay interfeysi va soddaligi bilan oʻzining boshqa analoglaridan tubdan farqlanadi. Oʻzingizdagi oʻzgarishlarni “bittada sezasiz”.

🙋‍♂️Kichik interaktiv ilovamizda nafaqat oʻz ustingizda ishlashingiz, balki doʻstlaringiz bilan maroqli vaqt oʻtkazishingiz mumkin. Kim tezroq va savodliligini aniqlashtirib oling!

🤟Ilovamiz Windows, Linux, MacOS tizimlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Quyidagi linkʼlar orqali kompyuteringizga yuklab olishingiz mumkin:



Windows:
https://colearning.uz/files/chaqqon-barmoqchalar/chaqqon-windows.zip

Linux:
https://colearning.uz/files/chaqqon-barmoqchalar/chaqqon-linux.zip

MacOS:
https://colearning.uz/files/chaqqon-barmoqchalar/chaqqon-mac.zip

P.S.: Xizmatlar litsenziyalangan. Mahsulot sertifikatlangan oʻrtoqlar.

© FoydaliDasturBot

👨🏻‍💻 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
HP premium logosi

💻 HP o'zining premium turdagi noutbuklari va ularning qadoqlashlari uchun alohida logodan foydalanadi va logo mahsulotlarning yanada sifatli, yuqori materiallardan tayyorlanganligini ifodalaydi.

👨🏻‍💻 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😄Afsus karl, afsus...

Ushbu mavzuga doir postimiz: link

👨🏻‍💻 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
🤩(Рабочий стол)ni go'zal qilamiz

Videoni tomosho qilamiz: link
© ITsoftware

👨🏻‍💻 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
🖥 Kompyuteringiz ekrani pixellar o'lchamini bilasizmi?

🌐 Quyidagi sayt orqali kompyuteringiz ekrani o'lchami qanaqa ekanligini bilib olishingiz mumkin:

🔗 https://bestfirms.com/what-is-my-screen-resolution/

⚙️ Shuningdek, Sozlamalar > Displey bo'limidan ham bilib olishingiz mumkin.

👨🏻‍💻 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💸 Kompyuter sotib olish! Kompyuter tanlash bo'yicha to'liq qo'llanma!

©KA20BOT

👨🏻‍💻 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
😳Bill Gates sizga sanashni o'rgatmoqchi shekilli
😂Karl,eshityabsanmi

👨🏻‍💻 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
Windows 10 qachon "pensiyaga chiqish" sanasini bilamidimgiz?

⚰️ Microsoft o'zining Windows 10 operatsion tizimi "dafn qilish" kunini ma'lum qildi. Unga ko'ra, 2025-yil 14-oktabrdan boshlab, Windows 10-ni qo'llab-quvvatlash to'xtatiladi.

⚠️ Bu nimani anglatadi? Windows 10 bilan kompyuteringiz avvalgiday ishlayveradi, lekin siz ortiq Windows 10 uchun xavfsizlik yangiliklarini qabul qilmaysiz. Masalan, Windows 7-ni qo'llab-quvvatlash 2020-yil 14-yanvarda tugatilgan va hozirda Windows 7 foydalanuvchilari kompyuterlari xavf ostida ekanligini bilmaydilar. Vaholanki, Microsoft tizimni qo'llab-quvvatlar ekan, kompyuteringiz himoya ostida bo'ladi.

8️⃣ Shuningdek, Windows 8 uchun qo'llab-quvvatlash 2016-yili 12-yanvarda tugatilgan. Windows 8.1 uchun esa qo'llab quvvatlash 2023-yil 10-yanvarda tugatiladi.

😉 Sizchi? Hali ham qo'llab-quvvatlanishi tugatilgan Windows-dan foydalanasizmi yoki zamon bilan hamnafas bo'lib yurasizmi?

👨🏻‍💻 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
👾Eng xavfli kompyuter virusi haqida:

Check Point Research kompaniyasining kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari yangi tadqiqot natijalarini e’lon qilishdi. Olingan ma’lumotlar asosida ular ayni damdagi eng xavfli kompyuter virusini aytishdi.

Mana ikki oydirki, eng ziyonkor dasturiy ta’minotlar yetakchisi Emotet bo‘lib turibdi. Mutaxassislarga ko‘ra, butun dunyodagi tashkilotlarning 6 foizi ushbu botnet qurboniga aylangan.

Shu bilan birga, huquq-tartibot idoralarining o‘z vaqtida choralar ko‘rishlari tufayli Emotet faolligi sezilarli darajada, aniqrog‘i – 14 foizga pasaygan.

Qizig‘i shundaki, hozirda eng xavfli bo‘lib turgan ushbu ziyonkor dastur ilk bor 2014 yili aniqlangan. Keyingi yetti yil mobaynida bu troyan faol tarzda rivojlanib va yangilanib kelgan. Oqibatda hozirda u kompyuterlar uchun eng xatarli viruslar yetakchisiga aylanib turibdi.

👨🏻‍💻 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
Klaviaturada yozishni yorvoradiganlar uchun sayt

⌨️ typing.com sayti orqali siz dunyo bo'ylab boshqalar bilan klaviaturada tez yozish bo'yicha musobaqalashishingiz mumkin. Shuningdek, saytda o'zingizni tez yozish bo'yicha shug'ullantirishingiz va do'stlaringiz bilan musobaqalar uyushtirishingiz mumkin.

😉 Ushbu saytda do'stlaringgiz bilan musobaqa uyushtirsanggizham bo'ladi,nima deysiz kanaldagi do'stlarimiz bilan musobaqa uyushtiramizmi?

👨🏻‍💻 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
🤔Microsoft storeda nima gaplar?

Microsoft rasmiy saytidan olingan ma'lumotga ko'ra microsoft store bergan va'dasini sizga yetkazishim kerak deb bildim.

Bepul yetkazib berish va qaytarib berishdan tortib ekspert yordami va onlayn seminarlargacha, biz sizga eng yaxshi qurilmalar, dasturiy ta'minot, o'yinlar va resurslar bilan ko'proq yordam berish uchun shu yerdamiz deya habar beradi Microsoft store.

Microsoft store haqida yana nimalarni bilasiz?

👨🏻‍💻 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
🤩Windows 11 uchun ajoyib mavzular

Microsoft o'zining yagona do'konida windows 11 uchun yangi dizaynga ega mavzularni pullik va bepul varyantlarini taqdim etdi,ushbu manzaralar turli xil dizaynga ega va bu sizga katta tanlovni tuhfa etadi.

Ha aytgancha,microsoft storeda bepul ilovalarni yangilangan versiyada yuklab oling!
Windows themes: link

👨🏻‍💻 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
🎮Marvel'ning zirhli qasoskori haqida yangi o'yin chiqariladi

🥳Electronic Arts kompaniyasi Marvel'ning eng mashhur qasoskori, Temir Odam haqida video-o'yin chiqarishini e'lon qildi. Bir kishilik, uchinchi shaxs ko'rinishida o'ynaladigan o'yin harakat-sayohat janrida bo'lib, u Toni Stark haqidagi original hikoyaga asoslangan va u o'yinchilarga "Temir odam" bo'lish qanday ekanligini his qilish imkonini beradi.

🧩Ma'lum bo'lishicha, yangi o'yin hozirda Motive Studio tomonidan endigina ishlab chiqarish jarayonida. Ishlab chiqarish jamoasini esa Olivyer Proulks boshqarmoqda - u o'tgan yilning "Galaktika Qo'riqchilari" o'yini ustida ishlagan edi.

O'yin endigina ishlab chiqarish jarayonida ekanligini hisobga olsak, uning chiqarilishi yaqin oylarda bo'lmasligi aniq.

👨🏻‍💻 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
RTX 6000 - metaolamlar yaratish uchun videokarta

O'zining RTX 40 seriyasidagi videokartalari bilan birga, Nvidia dizayner va kontent yaratuvchilar uchun o'zining Ada Lovelace arxitektruasidagi yana bir RTX videokartasini taqdim qildi - RTX 6000 "metaolam uchun kontent yaratishga eng ajoyib qurilma" deydi Nvidia.

Bundan avval taqdim qilingan RTX 4090 videokartasi 28GB xotiraga ega bo'lsa, RTX 6000
modeli 48GB xotirali bo'lib, u 18,176 CUDA, 568 Tensor va 142 RT yadrolari bilan ustunlikka ega. Ushbu model ham o'zining avvalgi avloddagisidan 2-4 karra tezroq ishlaydi.

Videosini ko'rish: link

RTX 6000 o'yinlarni yuqori darajadagi grafik ko'rinishda o'ynash uchun emas, balki filmlar uchun CGI yaratadigan dizaynerlar, metaolamlar uchun 3D kontent yaratadiganlar yoki murakkab ilmiy hisoblashlar amalga oshiradigan olimlarga ish stansiyalarida foydalanish uchun chiqarilgan bo'lib, afsuski, uning narxi hali ma'lum qilinmagan. Ammo, oldingi RTX A6000 narxi deyarli $5,000 ekanligini hisobga olsak, ushbu model narxi undan kam bo'lmasligi aniq. RTX 6000 dekabr oyida chiqarilishi kutilmoqda.

👨🏻‍💻 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Telegram | Instagram | YouTube
2024/10/05 07:29:45
Back to Top
HTML Embed Code: