Telegram Web Link
Ijtimoiy tarmoqlardagi faollik qanday?

📊 2022-yilgi statistik maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish koʻrsatkichi quyidagicha:

Telegramdan 18 million;
Odnoklassnikidan 16,7 million;
Facebookdan 4,7 million;
Instagramdan 3,7 million;
VKontaktedan 2,6 million;
Linkedindan 288 ming;
Twitterdan 51,6 ming nafar kishi foydalanadi.

📆 2022-yilda siz eng ko'p foydalangan ijtimoiy tarmoq qaysi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #statistika / #internet
#operatsion_tizim

⚙️ Operativ (tezkor) xotiradagi ziyon ko‘rgan sektorlarni qanday aniqlash mumkin?

ℹ️ Kompyuter ishlab turgan paytda operativ xotirada operatsion tizim, ishga tushirilgan dasturlar ma’lumotlari, shuningdek protsessor tomonidan ishlov beriluvchi kiruvchi, chiquvchi va oraliq ma’lumotlar joylashgan bo‘ladi. Operativ xotira bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lsa, bularning barchasi yomon ishlaydi.

MemTest86 - kompyuter yoki noutbukdagi operativ xotirani xatoliklar va ishlashidagi muammolarga qarshi tekshirish imkonini beruvchi bepul dastur. Yordamchi dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u operatsion tizim tarkibida emas, balki fleshkaga yozib olib, BIOS orqali ishga tushiriluvchi alohida obraz ko‘rinishida kelishidir.

Bunday ishga tushirish usuli o‘z afzalliklariga ega: dastur operativ xotirani butunlay sinovdan o‘tkaza oladi va operatsion tizim unga xalaqit bermaydi. Operatsion tizim ishga tushmasa yoki uzilishlar bilash ishlagan taqdirda, siz xotira bilan bog‘liq muammolar bor yoki yo‘qligini aniqlab ko‘rishingiz mumkin.

Dastur butun xotirani oldindan mavjud ma’lumotlar bloklari qaytarilishlari bilan yozib to‘ldiradi, so‘ngra ikki o‘tishda: kichik manzillardan kattalariga qarab o‘tgan holda yozilgan ma’lumotni o‘qib solishtiradi. Mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha xatoliklarni aniqlash uchun protsedura turli xil ma’lumotlar namunalari uchun takrorlanadi.

Xotiraning alohida modulini tekshirganingiz maqsadga muvofiqdir, ya’ni bunda biz kompyuterni o‘chiramiz, uni ochamiz, operativ xotiraning bittadan boshqa barcha modullarini ajratib olamiz va kompyuterni ishga tushirgan holda uni tekshiramiz. Jarayon yakunlanganidan so‘ng – joriy modulni uzib, keyingisini ulaymiz va tekshirishda davom etamiz. Shunday qilib, muammolar aynan qaysi modulda yuzaga kelayotganini aniqlash mumkin.

📥 MemTest86 dasturini yuklab olish.

📝 Manba: @itspecuz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #ram / #foydali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Zamonaviy kasb egalarining ekran dizayni qanday bo'ladi?

K.B: Sizning ekraninggiz dizayni qanaqa va siz qaysi kasbda faoliyat yuritasiz?

©NajotTa'lim

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #ekran / #dizayn
"Samsung" so'zining ma'nosi qanday?
Anonymous Quiz
14%
Kreativlik
27%
Koreya yulduzi
50%
Uch yulduz
9%
Kichik kompaniya
O'zingizga kerakligini belgilang

Ko'pchilik uchun kerak bo'ladigan funksiyalardan biri bu "donalab" belgilashdir. Aytaylik, bir necha musiqalar yoki rasmlar orasidan o'zingizga keraklisi belgilashinigiz kerak. Bunday belgilash vaqtida sizga ShIFT tugmasi emas, CTRL yordam beradi.

🖱 CTRL + sichqoncha chap tugmasini bosib bir dunyo narsalar orasidan o'zingizga kerakligini tanlang.

P.S. Comment-ga "buni bilardim" deb yozganlarga maqtov yorlig'i berilsin!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #bilib_oling
Noutbukni quvvatlantirayotganda ham ishlatsa bo'ladimi?

Ortiqcha so'zlarga o'rin yo'q va javob: Ha

🤔 Nimaga? Chunki hozirgi noutbuklar zamonaviyligini hisobga olsak, ular buni o'zlari hal qila olishadi ya'ni quvvatlantirishni noutbukning o'zi boshqara oladi.

🔌 Albatta bu usulning zarari ham bor bo'lishi mumkin, ammo, zarari bo'lganda ham bu 100 foizdan 5 yoki undan kam foizga to'g'ri kelishi mumkin.

🔋 Xulosa: noutbukingiz holatiga qarab quvvatlantirayotganda ham ishlatish mumkin.

💡 Agar noutbukingizni har doim quvvatlagich bilan ishlatadigan bo'lsangiz, noutbukingizdan batareyani olib qo'yishingiz ham mumkin. Buning uchun kompyuter ustaxonasiga murojaat qiling.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #notebook / #batareya
Google ChatGPT raqobatchisini ishga tushirdi

Bard chatboti hozircha cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar uchun ochiq boʻladi.

📃 Manbahttps://kun.uz/25956001

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #google / #news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Wireless Mouse

🤩 Wireless brendi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu sichqoncha dizayniga e'tibor bering. Sichqoncha narxi – 49.99$.

K/B: Dizaynini o'zgacha qilishipti,nima deysiz-ee)

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #sichqoncha
Forwarded from Rasulbek – IT Blog
🌙 Oylarning sultoni Muborak Ramazon oyi kirib kelgani bilan sizni jamoamiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz,uyinggizdan baraka arimasin!

@raulbek_ataxonov
Megabit 🆚 Megabyte

Internet tezligini o'lchash uchun fast.com yoki boshqa bir saytga kirdingiz. Deylik natija 8 Mbps. Yomonmas, ammo, internetdan biror video, musiqa yoki fayl yuklab olmoqchi bo'lsangiz, yuklab olish tezligi 1 MBs ekanligini ko'rasiz. Balkim tezlik o'lchaydigan xatodir yoki internet bilan muammo bormi? Yo'q!

Hamma gap "b" harfining kichik yoki kattaligida. Mbps-ning kengaytirilgani "Megabit per second" ya'ni "sekundiga Megabit" bo'ladi. MBs esa "Megabyte second" ya'ni "Megabayt sekund" bo'ladi.

8 Mbps = 1 MB
1 bayt ichida 8 bit bo'ladi. Bu degani sizning internet tezligingiz sekundiga 8 Mbps bo'lgandagina, yuklanayotgan fayl sekundiga 1 MB tezlikda yuklanadi.

🤓 Xulosa shuki, internet tezligini o'lchashda har doim megabit-dan foydalanadi. Bizning telefonimizning yoki kompyuterlarimizning xotira hajmi esa megabayt bilan o'lchanadi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #vs / #internet
Windows 10/11 uchun lifehack

Tizimni Windows 7 kabi qulay tarzda sozlash uchun Windows 10/11 da yashirin sozlamalarni qanday ochish mumkin?
Win + R tugmalar birikmasini bosing va buyruqlarni kiriting:
1. Sana va vaqt: timedate.cpl
2. Мой компьютер va корзины piktogrammalari uchun: desk.cpl
3. Dasturlarni vaqt bo'yicha avtomatik ishga tushirish:
Tarmoq ulanishlari: ncpa.cpl
Dasturlarni qo'shish/o'chirish: appwiz.cpl

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #lifehack
O'zbek kompyuter o'rganuvchilarini kompyuter o'rganishda qiynaydigan top 10 ta muammo
#AI

🤖 ChatSonic:
O‘zbekistonliklar kompyuter bilimlarini o‘rganishda duch kelishi mumkin bo‘lgan 10 ta asosiy muammo:

1. Kompyuterni o'rganishga motivatsiya va qiziqishning yo'qligi

2. Texnik terminologiyani tushunish qiyinligi

3. Amaliyot va o'rganish uchun vaqt yo'qligi

4. Kompyuterlar va internetga kirish cheklangan

5. Infratuzilmaning yetarli emasligi va eskirgan texnologiya

6. To'g'ri yo'l-yo'riq va yordamning yetishmasligi

7. Xato qilishdan qo'rqish

8. Tushunchalarni eslab qolish va qo'llashda qiyinchilik

9. Mavzuga qiziqishning yo'qligi

10. Ta'lim va resurslarning yetishmasligi

🧐 Yuqoridagi javob AI'ning javobi hisoblanadi, bu borada Sizning fikringiz qanday? Siz qaysi raqamdagi sabablarga qo'shilasiz va yechim sifatida nimani ko'rasiz? ©KA Rasmiy

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #ai / #news
Java 🆚 JavaScript

🖥 Ko'pchilik kompyuter foydalanuvchilari chalkashtirib yuboradigan Java hamda Javascript dasturlash tillari aslida bir-biridan farq qiladi.

🔸 JavaScript - bu yengil dasturlash tili (skript yozish tili) bo'lib, interaktiv veb-sahifalarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Uni ko'pincha "brauzer tili" ham deyishadi. JavaScript (JS) va Java bir-biriga deyarli umuman o'xshamaydi.

🔸 Java - bu obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib, deyarli har bir platformada ishlaydigan dasturlarni yaratishga imkon beradigan virtual mashina platformasidir.

🔶 Umumiy xulosa shuki: JavaScript veb-sahifalar yaratishda ishlatilsa, Java dasturlar tuzishda ishlatiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #dasturlash / #vs
Cartoonizer

🌐 Cartoonizer - bu suratlaringizni multfilmlashtirib beradigan yana bir ajoyib sayt bo'lib, boshqa saytlarga qaraganda yaxshiroq ishlaydi.

🎞 Nafaqat rasm, balki, saytda videolarni ham multfilmlashtirish mumkin.

🖼 Xavfsizlik masalasiga keladigan bo'lsak, sayt ma'lumotlaringizni, ya'niki suratlaringizni yoki videolaringizni serverlarida saqlab qolmaydi va multfilmlashtirilgan suratlaringizni 5 daqiqa ichida yuklab olmasangiz o'chirib yuboriladi.

🔗 Cartoonizer saytiga o'tish uchun: link

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #sayt / #rasm
API nima?

ℹ️ Nazariy aytadigan bo'lsak, API - bu Application Programming Interface so'zining qisqartmasi bo'lib, bu ikkita dastur bir-biri bilan muloqot qilishiga imkon beradigan dasturiy vostachidir.

Tasavvur qiling bir restorant(sayt)ga kirdingiz. Hech qachon restoranda ovqatni o'zingiz olib kelmaysizku? To'g'rimi? Oshxona(server)dagi ovqat(saytdagi sizga kerakli ma'lumot)ni olib kelish siz ofitsant(API)ga murojaat qilasiz. U siz uchun oshxona(server)dan ovqatni olib kelib beradi.

▶️ API haqida yana ko'proq bilishni istasangiz quyidagi video'ni ko'ring: https://youtu.be/s7wmiS2mSXY

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #bilib_oling
Dunyoning eng ko’p pul topadigan kompaniyalar qaysi va ular bir soniyada qacha topadi?

1. Apple — $1888/sekundiga
2. Samsung — $1265/sekundiga
3. Google — $975/sekundiga
4. Facebook — $701/sekundiga
5. Intel — $668/sekundiga

💸 Bu degani Apple kompaniyasi:
1 daqiqada — $113 280
1 soatda — $6 796 800
1 kunda — $163 123 200
1 haftada — $1 141 862 400
1 oyda — $4 893 696 000 (30 kun)
1 yilda — $59 539 968 000 (365 kun)

👀 Yana bir IT-gigant – Microsoft kompaniyasiga kelsak, uning daromad olish tezligi «anchagina past», ya’ni – soniyasiga «atigi» 531 dollar.

🤑 Siz ushbu raqamlarni o'qib chiqayotganinggizda Apple minglab $ ishladi, ho'sh siz soniyasiga qancha pul topasiz?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #savol / #bilib_oling
👆🏼 Ташаббусли бюджет лойихасига овоз беринг ва куйидаги компьютер акссесуарлари ва комплектующийларига эга булинг.

5та овоз офис мышкаси
10 та овоз 30*70 игровой коврик
15 та овоз 32гб оригинал флешка ёки 40*90 игровой коврик
20та овоз оригинал m160 игровой мышь ёки башенной СПУ кулер
25 та овоз ноутбук сумкаси
30та овоз симли клавиатура ва мышь
35 та овоз 120 гб ссд
40та овоз оригинал Lenovo игровой наушник

Барча махсулотлар янги
Сиз овоз берган телефон номерлар руйхатини @laptopparts2 телеграмига жунатинг. Телефон рақамингиз, исмингиз, ва вилоят марказини ёзинг. Товарни вилоят марказига жунатиб берамиз.

🔗 Ovoz berish uchun – LINK

• Reklama emas,tijoriy yordam!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi neyrotarmoq matndan video yaratishi mumkin!

🧠 Runway Gen-2’da kamchiliklar hali talaygina. Shuning uchun ushbu neyrotarmoqni saqlab qoʻying va keyingi yangilanishlarini kuting. U albatta rivojlanadi.©@hashtaguz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #ai
Windows 10 OT-da Win+A klaviatura kombinatsiyasi qanday vazifani bajaradi?
Anonymous Quiz
50%
Action Center ochiladi
33%
Settings ochiladi
17%
Qidiruv ishga tushadi
#internet

🎞 YouTube qaynoq klavishlari

YouTube dunyodagi eng mashhur saytlar reytingida Googledan keyingi o'rinda turadi. Siz ham uni muntazam ravishda ishlatishingizga aminmiz.

Lekin siz YouTube uchun qaynoq klavishlar mavjudligi haqida bilasizmi? Endi bilib oling:

Sahifaning har qanday joyida:

М
— Ovozni o‘chirish
F — To‘liq ekranli rejim
K — Pauza/Ishga tushirish
J — 10 soniya orqaga
L — 10 soniya oldinga
Shift + N — pleylistdagi yoki tavsiya etilganlar orasidagi keyingi videoga o‘tish
/ — Qidiruv satriga o‘tish
C — Subtitrlani faollashtirish/o‘chirish

▶️ Pleyerning o‘zida:

Chapga/o‘ngga strelkasi
— Videoni 5 soniya orqaga/oldinga o‘tkazish
1 dan 9 gacha raqamlar — Videodagi 10% - 90% pozitsiyasiga o‘tkazish
0 (nol) — Videoning boshiga
Probel — Pauza/Ishga tushirish
Tepaga/pastga strelkasi — Ovozni 5% baland/past qilish
Home — Videoning boshiga o‘tkazish
End — Videoning oxiriga o‘tkazish

• Manba: @itspecuz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #YouTube / #hotkeys
2024/10/04 13:16:04
Back to Top
HTML Embed Code: