Telegram Web Link
Wi‐Fi kuchini qanday aniqlash mumkin?

📶 Aytaylik, Wi-Fi'ingiz signali kuchini bilmoqchisiz. Buning siz Taskbar'dagi Wi-Fi ikonkasi ustiga bosasiz va ulanib turgan vayfayingiz qatorlari "nechta chiqayotganiga" qaraysiz. Bitta chiqayotgan bo'lsa, past. Ikki yoki uchta chiqayotgan bo'lsa o'rtacha, to'liq chiqayotgan bo'lsa signal kuchli chiqayotgan bo'ladi va demak, vayfay sizga juda yaqin joyda turgan bo'ladi.

📃 Lekin sizga yanada aniq javob kerak bo'lsa, unda quyidagi amalni bajaring:

🧑‍💻 Command Prompt (cmd yoki terminal) dasturini ishga tushiring. Unga quyidagini kiritib, Enter'ni bosing:

netsh wlan show interfaces

🌐 Buyruq ishga tushadi va sizga rasmdagidek, vayfayingiz signali qanchalik kuchli ekanligini foizda ko'rsatib beradi.

Xo'sh, sizda necha foiz ekan?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #wifi / #lifehack
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5G qanchalik tez?

🌐 Videodagi internet tezligi 3200+ Mbps'ni ko'rsatdi. Bu sekundiga 400MB yuklab olish tezligi degani. Bu degani Windows .iso faylini 10 sekundda yuklab olishingiz mumkin bo'ladi degani.

"takoy lyohkiy" internet tezligi)

5G internetdan foydalanib ko'rganlar bormi...

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #internet / #5G
Qanday qilib Windows 11'da Android ilovalarni ishlatib ko'rish mumkin?

🖥 Eng avvalo, qotishlar va boshqa muammolar bo'lmasligi uchun kompyuteringiz Windows 11'ga to'liq mos kelishi ya'ni kuchliroq kompyuterda bo'lishingiz kerak.

🇺🇸 Sizda Windows 11 Beta'ning oxirgi versiyasi va tizim mamlakati Amerikaga sozlangan bo'lishi kerak.

🛍 Microsoft Store'ga o'ting. Windows Subsystem for Android nomli dasturni va Amazon AppStore'ni yuklab oling & o'rnating.

📱 Bu yerda Windows Subsystem for Android mobil ilovalarni qo'llab-quvvatlash uchun, Amazon AppStore esa ularni yuklab olish uchun ishlatiladi.

📲 Yoki Microsoft Store'dan to'g'ridan-to'g'ri biron Android ilova yuklab olishga urinsangiz, u sizni Amazon AppStore'ga yo'naltiradi va WSA'ni orqa fonda yuklab olib, o'rnatadi.

🔄 Shundan so'ng, kompyuterni restart qilishingiz so'raladi. Restart'dan so'ng Amazon AppStore'ni oching, biron ilovani o'rnating va "kompyuteringiz ichidagi telefonni his qiling"!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11 / #android
Обновить kompyuter tezligini oshiradimi?

🖥 Istalgan 10 ta Windows foydalanuvchilarining 9 tasi kompyuterini Обновить qilishga odatlangan. Bu shunchaki ko'pchiligimiz uchun odat, ermak bo'lib qolgan.

⚡️ Lekin shuni bilishingiz xohlar edikki, Рабочий стол'ni Обновить qilish kompyuter tezligini oshirmaydi.

🤔 Обновить (o'zbekcha: Yangilash) qachon ishlatiladi?

🗂 Рабочий стол C disk uchun tegishli oddiy papka va unda siz o'zgarishlar qilsangiz, masalan, papka ochsangiz, programma yoki yorliqlarning ikonkalarini o'zgartirsangiz авто-oбновить ishlamay qolishi yoki umuman C diskdagi Рабочий стол papkasida bajarilgan amallar to'g'ridan-to'g'ri Рабочий стол'da paydo bo'lmasligi mumkin va ana shunday holatlarda Обновить ya'ni Yangilash yordam berishi mumkin.

😉 Lekinchi, sichqonchani chiqir-chiqir qilishi yomon mazzada) Yoqadideeeee)

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali / #sichqoncha
📺 Windows 10'da noutbukdagi ekran tasvirini Wi-Fi orqali televizorga uzatish

Buning uchun avvalambor televizor va noutbukingizni ishga tushiring va har ikki qurilmada Wi-Fi adapterlari faolligiga ishonch hosil qiling.

Endi Windows 10'da Пуск → Параметры (WIN + I) → Система → Дисплей ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting va oynaning katta o‘ng panelining ostidagi “Подключиться к беспроводному дисплею” bandi ustiga bosing.

Televizoringiz modeliga mos ravishda belgilangan nomdagi tarmoqni tanlang, tayyor!

• Manba: @itspecuz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows10 / #foydali
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o'rnatish
#info / #arxiv

ℹ️ Telegramga fayl yuklash limiti 2 Gb hisoblanadi. Shu sababli ham 2 Gb dan katta bo'lgan dastur va o'yinlarni bir nechta qismlarga bo'lgan holda telegram kanallarga joylashadi. Bir nechta qismlarga bo'lish va joylashni alohida ko'rib chiqamiz.

Bir nechta qismlardan iborat bo'lgan dastur yoki o'yinlar qanday o'rnatiladi?
1. Barcha qismlari yuklab olinib, bitta joyga jamlanadi. Alohida qismlarga bo'lingan dastur joylash jarayonida arxivlangan bo'ladi.
2. Hamma qismlarini belgilagan holda sichqonchani o'ng tugmasini bosib "Распаковать каждый архив в отдельную папку" ni tanlaymiz (albatta kompyuteringizda WinRAR dasturi o'rnatilgan bo'lishi kerak). Agar barcha kerakli qismlari yuklangan bo'lsa hech qanday muammolarsiz bizning dastur bir joyga jamlanadi.
3. Katta dasturimizni arxivdan chiqarganimizdan so'ng uni odatiy tarzda o'rnatib olamiz!

📌 Mavzuga oid postlar:
Dastur o'rnatish sanʼati
Arxiv bilan ishlash. WinRAR dasturini o'rnatish va undan foydalanish

• Manba: KA Rasmiy

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #dastur / #bilib_oling
Sichqoncha to'satdan ishlamay qolsa nima qilish kerak

ℹ️ Agar sichqonchangiz to'satdan ishlamay qolsa, klaviaturadan sichqonchani boshqarish funksiyasidan foydalaning.

Left Alt + Left Shift + Num Lock — Ko'rsatilgan oynada qo'shishni tasdiqlaganingizdan so'ng. Kursor klaviaturaning o'ng tomonida joylashgan raqamlar yordamida boshqariladi (NumPad)

⤵️ Asosiy vazifalar:

• "NumLock" - emulyatsiya rejimini to'xtatib turadi yoki faollashtiradi.
• "1", "2", "3", "4", "6", "7", "8", "9" - kursorni siljitish uchun kerak bo'ladi. Faqat kerakli tugmachani bosib ushlab turing va sichqoncha kursori kerakli yo'nalishda harakatlanadi.
• "Shift" - kursor harakatini tezlashtirish.
• “Ctrl” – sichqoncha kursorining tezligini pasaytiradi.
• “5” – sichqonchani bir marta bosish.
• "+" - sichqonchani ikki marta bosish.
• "/" - sichqonchaning chap tugmasi.
• "-" - o'ng tugma.
• "*" - sichqonchaning o'ng va chap tugmalarini bir vaqtda bosish.
• “0” - sichqoncha tugmalaridan birini ushlab turadi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #lifehack
🔄 fakeupdate.net — operatsion tizimlarni yangilanishini ko'rsatib turadigan ajoyib prank sayt.

Saytga kiring va o'zingizga kerakli operatsion tizimni tanlang va brauzer ekranini F11 yoki Fn + F11 bilan to'liq ekran holatiga o'tkazing.

😂 Ana endi bir chetda do'stingiz qanday asabiylashishi kuzating) hazil, albatta)) kompyuterni bir nima qilib qo'ymasidan unga nima ekanligi aytib qo'ying.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat / #sayt
Qanday qilib Chrome brauzerini har doim Incognito rejimida ochiladigan qilish mumkin?

👻 Buning uchun brauzerni sichqonchaning o'ng tomoni bilan bosib Properties bo'limiga o'tishimiz kerak va Target qismi oxiriga rasmdagidek -incognito so'zini qo'shish va Apply qilish kifoya.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #chrome / #lifehack
📁 Bir nechta papkani bir urinishda yaratish imkoniyati haqida bilasizmi?

Yangi papkani yaratish uchun kimdir sichqonchaning o‘ng tugmasini bosadi va menyudan Создать - Папку bandlarini tanlaydi. Yana kimdir esa CTRL + SHIFT + N klavishlari birikmasidan foydalanadi. Hammasi yaxshikuya, biroq, masalan, 30 ta muayyan nomdagi papkani yaratish kerak bo‘lib qolsa, nima qilish kerak? 🤔

Buning uchun Командная строка bizga yordamga keladi. Papkalar yaratilishi lozim bo‘lgan manzilga o‘ting va Проводник oynasining manzil satriga cmd buyrug‘ini kiritib ENTER'ni bosing. Ushbu buyruq kerakli manzildagi konsol oynasini chaqiradi (cd papka_manzili buyrug‘iga o‘xshash).

So‘ngra md 1-papka 2-papka 3-papka buyrug‘ini ishga tushiring, bu yerda md ortidan yangi papkalarning barcha nomlari probel bilan ajratgan holda sanab o‘tiladi. Agar papka nomida probel mavjud bo‘lsa, u holda buyruqda uning nomini qo‘shtirnoqlar orasida ko‘rsating. Masalan, md 1-papka 2-papka "Yangi papka".

🎞 Postga biriktirilgan video ko‘rsatma orqali batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin 👇🏻

📌 P.S.: md (make directory)'ning o‘rniga mkdir'dan foydalanish ham mumkin, agarda yaratilgan papkalarning barchasini yana o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, unda buyruqni konsol oynasiga qayta joylashtirib, buyruqning boshidagi md (mkdir)'ni rd (rmdir, remove directory)ga o‘zgartirasiz va ENTER'ni bosasiz.

© @itspecuz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #fayl
Watermark (водяной знак) nima?

😖 Ko'pincha rasmlar, videolar va elektron hujjatlarda xira va kulrang rangdagi yozuvlarni ko'ramiz. Masalan, agar Windows operatsion tizimimizni aktivatsiya qilmasak, unda tizimni aktivatsiya qilish kerakligini eslatuvchi watermark paydo bo'ladi. Yoki Bandicam ekran yozib oluvchi dasturi yordamida ekranlarini videoga yozib olganlaridan keyin videoda chiqib qoladigan "www.BANDICAM.com" yozuvi ko'pchilikning asablarini buzganligi aniq.

💦 Watermark - o'zbekchaga o'girsak "suv belgisi" - yozuv, logotip, shtamp ko'rinishida bo'ladi va ulardan mualliflik huquqlarini himoya qilish va mahsulotni haqiqiyligini aniqlash maqsadida ishlatiladi.

🤑 Ularni yo'qotish uchun esa mahsulot sotuvchisini aytganini qilishngiz kerak. Masalan, Windows 10'dagi suv belgisini yo'qotish uchun uni aktivatsiya qilish lozim.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #savol / #bilib_oling
Error'ga munosabatim 😂😂

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Aslida birgina Chrome brauzerining o'zi sizning deyarli barcha xizmatingizni qila oladi:

Musiqa eshitmoqchimisiz?:
https://open.spotify.com/

Video ko'rmoqchimisiz?:
https://www.youtube.com/

Office dasturlarida ishlamoqchimisiz?:
https://www.office.com/

Photoshop kerakmi?
https://www.photopea.com/
https://photoshop.adobe.com/ (tez kunda)

Telegram?:
https://web.telegram.org/z/

Videolaringizni tahrirlamoqchimisiz?
https://clipchamp.com/en/video-editor/

... izohlarda davom etamiz:

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #chrome / #sayt
Ish stolida Kompyuter ikonkasini chiqarish

🖥 Yangi o'rnatilgan Windows 10'da Kompyuter ikonkasi default o'chiq bo'ladi, ya'ni ish stolida This PC ikonkasi bo'lmaydi.

⌨️ Uni chiqarish uchun Win + R bilan Run oynasini oching va desk.cpl ,5 ni kiriting (yoki Settings > Personalization > Themes > Desktop icons settings'ga o'ting) .

⚙️ Sizga Desktop Icon Settings ochiladi. U yerdan Computer oldidagi qutichani belgilangan qilib qo'ying va Apply'ni bosing.

💻 Endi Kompyuter sizning Ish stol'ingizda.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #bilib_oling / #foydali
🔠 Word darslari

Word 1-dars. Dastur bilan tanishuv. Asosiy sozlamalar. Qo'shimcha kengaytmalar o'rnatish.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 2-dars. Matnlar bilan ishlash. "Файл" va "Главная" bo'limlari bilan ishlash!
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 3-dars. "Вставка" bo'limi. Rasmlar bilan ishlash.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 4-dars. Jadvallar bilan ishlash. Formula terish.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 5-dars. "Дизайн", "Макет", "Вид" bo'limlari bilan ishlash.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 6-dars. Havolalar bilan ishlash. Ichki va tashqi havolalar.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 7-dars. Xavfsizlik. Hujjatlarni tahrirlashdan himoyalash. Saqlanmagan hujjatlarni tiklash.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 8-dars. Yakuniy dars. Word dasturi bo'yicha layfhaklar. Oson usulda mundarija yaratish.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

🧮 Excel bo'yicha kurs.

@Kompyuter_Akademiyasi kanaliga ushbu videodarslar uchun katta raxmat!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #videodars / #manba
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Windows 12 qanday bo'ladi?

Dizayner Kaan Avdan Windows 12 uchun o‘z dizayn loyihasini ko‘rsatdi. Uning ko‘rinishi barcha davrlardagi eng katta vizual tizim yangilanishi bo‘ladi.

Yana bir xususiyat - vazifalar paneli mutlaqo o'zgacha bo'ladi, masalan, musiqani almashtirishingiz va ob-havo ma'lumotlarini joylashtirishinggiz mumkin.

Videoda keltirilgan barcha dizayn Kaan Avdan tomonidan loyihalashtirilgan.

P/s:O'z fikringgizni izohlarda yozib qoldiring!

Windows 12 qachon chiqadi..

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #windows12 #news
Windowsning yangi versiyasi chiqishi mumkin

Microsoft kompaniyasi Windows operatsion tizimining soddalashtirilgan versiyasini chiqarishni rejalashtirgan. Bu haqida Windows Central nashri xabar bermoqda.

OAV jurnalistlarining ma`lum qilishicha, Microsoft bir necha yil avval OTning yangilangan versiyasi ustida ish boshlagan. Oxirgi loyiha Windows 10X edi, ammo 2021-yilda kompaniya uni chiqarishdan voz kechdi. Modulli operatsion tizimning yangi versiyasi Windows CorePC bo'lishi mumkin.

Korporatsiyadagi manbadan olingan maʼlumotlarga koʻra, Microsoft yengil tuzilishga ega va zamonaviy ilovalarni qoʻllab-quvvatlaydigan ish stoli kompyuterlari uchun operatsion tizimni chiqarmoqchi.

© @ITMastersUz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #news / #windows
Chrome brauzerida yopilgan tab-ni qayta ochish uchun qaysi klaviatura kombinatsiyasi qo'llaniladi?
Anonymous Quiz
42%
CTRL + TAB
27%
CTRL + T
31%
CTRL + ShIFT + T
Ish stolini chiroyli va tartibli qilish

🖥 Juda ko'pchilikning ish stolida betartib. Albatta, bu sizning shaxsiy ishingiz lekin ish stoli tartibli va chiroyli tursa qandoq ham yaxshi?

💻 Ish stolini bezashda odatda Nexus va Rainmeter ilovasidan juda ko'p foydalanishadi va bu dasturlar bilan ishlashda sizlarga YouTube'dagi Tanjim The Tech Guy kanalini tavsiya qilaman.

🖼 Uning videolari yordamida ish stoligizni minimalistik va ko'rgan odam havas qiladigan daraja chiroyli qilib olishingiz mumkin.

● Nexus: yuklab olish
● Rainmeter: yuklab olish
● Tanjim The Tech Guy: YouTube

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #dastur
2024/10/04 15:34:11
Back to Top
HTML Embed Code: