Telegram Web Link
Forwarded from Edfix
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Najot Ta'lim» o'zining yangi loyihasini taqdim qildi

18-may kuni «Najot Ta'lim» o'zining onlayn ta'lim olishga mo'ljallangan yangi loyihasini namoyish qildi.

🔥 Loyiha shu vaqtgacha «Najot Ta'lim» onlayn platformasi nomi ostida o'z faoliyatini olib borgan. Tadbirda loyihaning yangi nomi ya'ni Edfix va uning logosi tanishtirildi.

Taqdimot bir vaqtning o’zida 2 xil: onlayn va oflayn tarzda bo'lib o'tdi.

🤩 Oflayn taqdimotga bir qancha ziyoli mehmonlar taklif qilindi, Ikrom Sharif, Najot Nur, Abdusattor Abdurahimov, Valijon Turakulov, Hasanxo'ja MuhammadSodiq, Yo'ldoshbek Nuriddinov, Muhammadjavohir Sur'atov va boshqa aziz mehmonlarimiz shular jumlasidandir.

Siz-chi, Edfix taqdimot videosini ko'rdingizmi? Izohlarda fikrlaringizni yozib qoldiring.

👉 Taqdimot videosini ko'rish

@edfixuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jamoada yaxshi lider bo'lish uchun insondan bir qator ko'nikmalar talab qilinadi. Videoda ularning ba'zilari sanab o'tilgan. Sizda bu ko'nikmalar bormi?

📌 @javharuz 📌
Insonning g'ami qanchalik katta bo'lsa, qiladigan ishlarining samarasi ham shunchalik katta bo'ladi.

© Sardor Ramazon
Kibr, ujb va xokisorlik

Kibr daryosida suzuvchi inson bu o‘zandagi suv oxiri borib quyiladigan ujb dengizining naqadar xatarli ekanini to‘la his qila olganida edi, darrov o‘zini xokisorlik qirg‘og‘iga olib, ikkovidan ham omonda bo‘lmoqni afzal sanagan bo‘lardi.

2017/08/22

📌 @javharuz 📌
Forwarded from Temurbek Adhamov
Siz uchun Najot Ta'lim, farzandingiz yoki ukangiz uchun esa...

«Najot Ta'lim» markazida 16-35 yosh oralig'idagi o'quvchilar tahsil olishadi. Bizdan kichik yoshdagi bolalar uchun kurs so'rashganda ularga mos ta'lim turini taklif qila olmas edik.

Endi bu muammoga yechim bor. 16 yoshdan kichik bolalar uchun tashkil qilinayotgan Robbit akademiyasining taqdimoti 30-may kuni bo'lib o'tadi.

Taqdimotda qatnashish uchun pastdagi link orqali ro'yxatdan o'ting va yangiliklarni kuzatib boring.

Ro'yxatdan o'tish uchun link
Shanba kuni Farg'ona filialimizda bitiruv marosimi o'tkazildi.

Ochig'i, doim yoshlar bilan muloqotdan boshqacha zavqlanaman. Bu safar ham ular bilan maza qilib suhbatlashdim. Bitiruvchilarga asqotadigan tavsiyalarni berdim.

Barcha bitiruvchilarga muvaffaqiyat tilayman!

Bitiruv haqida batafsilroq: https://najottalim.uz/news/31

📌 @javharuz 📌
Ismlarimiz bizniki. Sifatlarimiz esa odamlarniki. Ular bizga muomalamizga qarab sifat berishadi. Kuni kelib ismlar ketadi, sifatlar esa qoladi.

© Adham Sharqoviy, Nabaviy tarbiya
Najot Ta'limdan yana bir yangi loyiha — Robbit!

Robbit akademiyasi 8-15 yoshli bolalar uchun robototexnika va AyTi kurslarini o'rgatishga ixtisoslashgan.

Akademiyaning asosiy maqsadi bolalar uchun kelajakda zarur bo'ladigan kreativlik, ixtirochilik, tanqidiy-tahliliy fikrlash ko'nikmalarini yoshlik chog'idan shakllantirishdir.

Robbit akademiyasining afzalliklari:
STEAM ta'lim metodikasiga asoslangan darslar;
• iqtidorli o'quvchilar xalqaro musobaqalarda bepul ishtirok etishi;
• maxsus tayyorlangan ustozlar dars berishi;
• bolalarda ilm-fanni o'rganishga bo'lgan qiziqishni oshiradi
.

Akademiya haqida batafsil ma'lumotni ushbu video orqali bilib oling:

👉 VIDEONI TOMOSHA QILISH

📞 78-777-3-777
Maktab ham yakunlandi. Endigi rejalar qanday?

🔔 25-may so'nggi qo'ng'iroqni ham o'tkazib olib, katta hayotga qadam qo'yishni boshladingiz. Kelajak uchun qaror qabul qilish vaqti keldi!

Siz o'zingizga mos kasb yoki rivojlanish yo'lini tanladingizmi?

🎯 Maktabni tamomlab, kelajak rejalar haqida o'ylayotgan yigit-qizlar uchun "Katta hayotda qadam" mavzusida ovozli chat o'tkazamiz.

Suhbatda men bilan Hasanxo'ja Muhammad Sodiq va Xurshid Maroziqov akalar ham bo'lishadi. Barcha yoshlarni kutamiz!

🗓 Qachon: 31-may, juma, soat 20:30
📍 Qayerda: «Najot Ta'lim», Telegram kanalida

👉 Ovozli chatda qatnashish

Maktabni tamomlagan tanishlaringizga ulashib qo'yishni unutmang. 😉
Maktab bitiruvchilari uchun suhbat
Najot Ta'lim
01:45 — Maktabni bitirgan o'quvchilar endi nima qilishi kerak?
12:16 — Maqsad qo'yishda nimalarga e'tibor berish kerak?
23:55 — Bizning yoshlarimiz moslashuvchanlikka qanchalik tayyor?
28:17 — Muvaffaqiyatga erishish uchun maktabda yaxshi o'qish kerakmi?
37:24 — Katta hayotga qadam qo'yishda moliyaviy jihatga qanchalik e'tibor berish kerak?
44:20 — Amerika oilalarida muhit qanday shakllantirilgan?
53:50 — Katta qarorlar qabul qilishda ota-onalarni qanday ishontirish mumkin?
1:07:34 — Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaslik kerakmi?
1:14:27 — AyTi sohasini qayerda o'rganish kerak?
1:16:54 — AyTi sohasini o'rganish bo'yicha yoshlarga tavsiyalar

«Najot Ta'lim»da zamonaviy kasblardan birini o'rganishni istasangiz, quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting

👉 Ro'yxatdan o'tish
Nega 3 yoshdan keyin kech?

Rasmdagi xabar favqulotda holatlarda yuboriladigan trevoga. Yaponiyada yer qimirlasa, telefonlarga judayam baland ovozda shunaqa trevoga xabarlar keladi.

Bugun ertalab soat 6:30da xuddi shunday xabar keldi. Ayolim bolalar uyg’onib ketmasin deb darrov telefon ovozini o’chirdi, chunki biz yashayotgan shaharda yer qimirlashi bo’lmayotgandi.

Ayolim xabar ovozini o’chirib-o’chirmay 3 yoshli o’g’lim darrov uyg’onib, ikki qo’li bilan boshini ushlab o’zini himoya qildi. Darrov quchoqlab, tinchlantirdik va yer qimirlayotganini aytdik.

Ozginadan keyin nimaga unaqa qilganini so’rasak, ustozlarim aytgan yer qimirlayotganda agar stol bo’lmasa, boshingni shunaqa himoya qilishing kerak deb. Biz esa 😳

Mana nega yaponlar 3 yoshgacha bolalar bog’chasida faqat shunaqa hayot uchun kerakli eng muhim bilimlarni o’rgatishadi.

Farzandlarimiz Ingliz, Rus va Arab tillarini maktabda ham o’rganishi mumkin. Yaxshi taomlarni uyda ham qilib bersak bo’ladi. Maktabgacha ta’lim esa shu kabi muhim bilimlarni berish bilan shug’ullanishi kerak.

(Ma’lumot uchun, Yaponiya bog’chalarida har bitta bolaning o’zining yong’indan himoya qiladigan maxsus materialdan tikilgan plashi bor. Uxlayotganda yonida, ovqatlanayotganda stulining orqasida turadi)

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Najot Ta'lim
Xorazmliklar uchun "dim" ajoyib yangilik

«Najot Ta'lim»ning Xorazm filiali ochilganidan xabardorsiz, lekin hali ham markazda qanday kurslar mavjudligi haqida to'liq ma'lumotga ega emasmisiz?

🔥 Sizga ajoyib yangiligimiz bor!

AyTini o'rganishga bo'lgan ishtiyoqingizni o'zingizga munosib sohaga yo'naltirmoqchi bo'lsangiz, "AyTi sohasi siz uchunmi?" mavzusidagi suhbatda kutib qolamiz.

📅 Qachon: 7-iyun, juma, 20:30
📍 Qayerda: «Najot Ta'lim», Telegram kanalida

👉 Ovozli chatda ishtirok etish

Postni zamonaviy kasblarga qiziquvchi xorazmlik tanishlaringizga ham ulashib qo'yishni unutmang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bozor iqtisodiyoti rivojlanib, asosiy iqtisodiy faoliyat xususiy bizneslarga o'tayotgan bir paytda kadrlardan yuqori darajadagi raqobatbardoshlik talab qilinadi. Buning uchun esa har qanday mutaxassis har kuni o'z ustida ishlashi va o'sib borishi zarur!

Sizning fikringiz qanday? Hozirgi mutaxassislar yana qanday sinovlarga tayyor turishi kerak?

📌 @javharuz 📌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Kelajak kasblari-2024" forumi

Forumning birinchi kunida ishtirokchilar Raqamli texnologiyalar vazirligi va "Najot Taʼlim" oʻquv markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazirlik va oʻquv markazi tomonidan yoʻlga qoʻyilgan yirik loyihalar, taqdimotlar bilan tanishdi. Raqamlashtirish borasida mamlakatimizda qilinayotgan islohotlarga yaqindan guvoh boʻlishdi.

@kelajakkasblari_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qarz olgach, olingan qarzni qaytara olish inson hayotidagi juda muhim ko'nikmalardan hisoblanadi.

Ba'zan o'zim qarz olaman va uni o'z vaqtida qaytarish uchun jidd-u jahd qilaman. Ba'zan biror yoshroq tanishim qarz so'rab qolsa va menda bunga imkoniyat bo'lsa, beminnat yordam qilish mumkin bo'lgan o'rinda ham atay pulni qarz deb, aniq muhlatini belgilab, keyin beraman va o'z vaqtida qaytarishini talab qilaman. Chunki qarzni o'z vaqtida qaytarishni o'rganishlarini istayman. Qarz olib, uni yeb ketish yoki qarz qaytarish muhlatiga beparvo bo'lish odatlariga aylanib qolmasin deyman. Zotan, bu ayni illat.

Qarzni o'z vaqtida qaytara olish — juda muhim hayotiy ko'nikma!

P.S. Qarz qaytarish masalasida bir marta ishonchni oqlamagan odam bilan esa qaytib bunday pul muomalasiga kirishmayman.

📌 @javharuz 📌
2024/06/29 10:39:44
Back to Top
HTML Embed Code: