Telegram Web Link
Forwarded from Najot Ta'lim
🔥 «Najot Ta'lim» markazi O'quv bo'limi rahbari Janubiy Koreya Prezidenti bilan uchrashuvda qatnashdi!

Kuni kecha yurtimizga tashrif buyurgan Janubiy Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol O'zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Nig'matovich hamrohligida poytaxtimizdagi “U-Enter” innovatsion tadbirkorlik markazida mehmon bo'lib, innovatsion loyihalarda faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik yoshlar bilan muloqot o'tkazdi.

Tadbirda «Najot Ta'lim» nomidan markazimiz O'quv bo'limi rahbari Javohir Izzatulloh Shokirjon o'g'li ham shaxsan ishtirok etdi.

"Innovatsion kelajak yoshlari bilan suhbat" mavzusidagi uchrashuvda vatandoshlarimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so'zlab berishdi. O'z o'rnida Janubiy Koreya Prezidenti ham hozirgi zamonda innovatsion loyihalar rivojlanishning asosiy lokomotivi ekanini aytib, o'zbekistonlik ilg'or yoshlarni Janubiy Koreyada ko'rishdan mamnun bo'lishini ta'kidladi.

Uchrashuv taassurotlari haqida so'zlay turib, "Koreyada o'qib, yashab qaytgan odam sifatida ushbu mamlakat prezidenti bilan ko'rishishim men uchun Koreyadagi faoliyatimning o'zgacha bir ajoyib hosilasi bo'ldi", deydi Javohir Izzatulloh.

@najottalim
Javohir Izzatulloh | blog
Video
Janubiy Koreya Prezidenti bilan uchrashuv

Yuqorida Janubiy Koreya Prezidenti bilan uchrashuv haqidagi xabarni ko'rgan bo'lsangiz kerak. Uchrashuvda Najot Ta'lim nomidan men ham qatnashdim. Vaqt cheklovi sababli hammamizda nutq qilish imkoni bo'lmadi. Tadbirning mahalliy tashkilotchisi KOICAga bizga ehtirom ko'rsatib taklif qilishgani uchun tashakkur bildiraman.

Taassurotlar ajoyib bo'ldi. Uchrashuvga norasmiy kiyimda kelish so'ralgan edi. Bir mamlakat prezidenti va hukumatning eng oliy rahbarlari bilan bir zalda o'tirgan bo'lsam-da, uchrashuv davomida o'zimni har tomonlama juda qulay his qildim. Anchadan beri karischa gapirishga ehtiyoj tug'ilmayotgan edi, Koreyaga yana borganday bo'ldim.

Prezident bilan xayrlashish chog'ida qisqa muloqot qilib u kishiga O'zbekistonga kelgani uchun tashakkur bildirdim. Chunki bu hamkorlik ishlari O'zbekistonga juda katta foyda keltiradi deb hisoblayman. Selfi ham tushib oldim. Kelajak uchun esdalik bo'lsin deb surat va videolarni shu yerga muhrlab qo'yyapman.

Men istagan rakurslardan olingan ajoyib foto-suratlar va video-kadrlar uchun Koreya OAVdan juda minnatdorman. )

📌 @javharuz 📌
Yoshlik uchun uzr ko'p. "Bolalikda g'o'r edim", "yoshlik – beboshlik" va hokazo. Kattalar uchunchi? Kattalikka qanday uzr bor...

📌 @javharuz 📌
Forwarded from Robbit akademiyasi
Robbit akademiyasida bepul ochiq darslar bo‘lib o‘tdi

🤩 Ushbu suratlarda Robbitda ochiq darsda qatnashib, o‘z taassurotlarini yuzida ifoda etgan bolalarni ko'rishingiz mumkin.

🙃 Siz ham shunday kulgilarni o‘z farzandingizda ko'rishni istaysizmi? Unda bepul ochiq darslarga ro‘yxatdan o‘ting.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

📞 78-777-3-777

#bepul #dars
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
Shavkatjonov Muhammadrizo Azizbek og'li DTSP(Bolalar miya falaji) kasalligi bilan kurashmoqda.Kasallik tug'ruq travmasi natijasida miyyaga qon quyilganligi va hozirda mustaqil o'tirolmasligi, yura olmasligi sababli doimiy davolatishga muhtoj. Kasallikdan tuzalguncha davolanish muddati uzoq va narxi qimmat turadi. Hozirda xitoylik doktorlar tomonida 4 oylik uzluksiz davolatish yotqizilgan.

Bolakayning otasi va onasi hozirda talaba kontrakt asosida oqiydi va otasi daromadi uncha kop bolmagan sohada faoliyat yuritadi onasi ishlamaydi bola parvarishida

Hozirgi paytda bolani davolatish va dori-darmoni uchun 15-20 ming AQSh dollari miqdorida mablag kerak. Yetarli mablag' yig'ilizhi siz va bizga bog'liq. Bolakayning yurib ketishi va tengqurlari qatoriga qotoriga qo'shilib, sog'lom farzand bolishi uchun hissamizni qo‘shaylik.

Sacovatli insonlarni savob ishga chaqirib qolamiz

Uzcard
5614681812870925
Viza card
4231200012920426
Humo card
9860160102070226
Humo card
9860010114773582

Kartalar otasi Akramov Azizbek nomida
Tel raqami:+998996569006
2024/07/01 13:05:12
Back to Top
HTML Embed Code: