Telegram Web Link
— Do'stlar davrasida ajoyib prank qilish yo'li bor. Buning uchun maxsus sayt bo'lib, unda haqiqiy hacker-simulator'ni ko'ra olasiz. Ko'rinishi realistik va knopka bosilganda harflar yoziladi.

— 100% real holatda bo'lishi uchun F11 tugmasini bosing va brauzer butun ekranli holatga o'tadi. Ha aytgancha, buni hammaning ham yonida ko'rsatavermang, aytib bo'lmaydi-ya 😏

LINK 👉 geektyper.com

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
Qaysi kompaniyalar siz haqingizda o'zingizdan ko'proq ma'lumot biladi?

Clario tadqiqotchilari qaysi brendlar ko'proq ma'lumot yig'ishini analiz qilishdi. Kompaniyalar sizning ismingiz va tug'ilgan kuningiz haqida ma'lumotlardan boshlab, to sizning xobbingiz va bo'yingiz balandligi haqida ma'lumotlarni yig'arkan.

— Facebook ro'yxatda 1-o'rin, u 79.49% ma'lumotlaringiz yig'adi. Undan keyin Instagram, Tinder va 5-o'rinda esa TikTok.

— Ro'yxatda Google va uning mahsulotlari ham o'rin egallagan.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
🔮 Sharga savol

— Bir sayt orqali siz sehrli sharga savol berishingiz mumkin. Sayt ingliz va rus tillarida ishlaydi. Ayrim muammolarni hisobga olmasa, sayt zeriktirmaydi.

— Ammo keyinroq nima bo'lishini yagona Yaratgan biladi. Shunchaki zerikmaslik uchun zo'rda.

— Men bergan savolga hayron qolmanglar, bu shar nimani ham bilardi...

8-gund.com/ru/

💬 Siz ham olgan javobingiz skrinshotini izohlarga tashlang-chi :)

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
📡 Payshanba yangiliklari:

— Telegram streaming uchun to'laqonli platforma yaratmoqda. macOS uchun beta-versiyaga OBS virtual-kameralari va ekran translatsiyasi qo'shildi.

— Samsung Networks 5G uchun yangi jihozlar, 6G uchun texnologiyalar va boshqa yangiliklarni yaqinda bo'lib o'tgan onlayn-konferensiyada namoyish etdi.

— Rossiyada inson miyasiga o'rnatiladigan chiplar bo'yicha dastur ishlab chiqilayotgan ekan.

O'zimizning yangiliklar: Toshkent shahrining ayrim tumanlarida gaz ta'minoti o'chiriladi.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Dangasalikni yo'qotishning eng katta siri — qo'rquvni uyg'otish" — halollikni foydadan ustun ko'ruvchi o'zbek o'g'loni bilan suhbat

"Osmondagi bolalar" loyihasining 15-sonini tomosha qilishdan so'ng, ilm olishga bo'lgan rag'batingiz ikki karra oshishiga aminmiz!

Sababi, loyihaning navbatdagi mehmoni, Cambridge International University va bir qancha loyihalar asoschisi — Umidjon Ishmukhamedov dangasalikni qanday qilib yengish mumkinligi, yoshlar o'zlari uchun kimni raqobatchi deb bilishlari kerakligi hamda vaqtni to'g'ri taqsimlash borasidagi tavsiyalarini berib o'tdilar.

📌 Premyera bugun soat 21:00 da bo'lib o'tadi!

🔗 Havola
: https://youtu.be/H7es0CJXIbo

Umidjon Ishmukhamedovning ijtimoiy tarmoq sahifalari:
Telegram
🆕 Telegram 7.8 — Guruhli videoqo'ng'iroqlar

— Telegramda endi guruhli videoqo'ng'iroqlar bor! Bundan tashqari foydalanuvchilar animatsiyali fonlar qo'yishlari mumkin.

Batafsilmaqola

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— Esingizdami, qishloqda har xil robotlar haqiqiy kiberpank atmosferasini yaratgan edi? Endi kiberpank Moskva qurilishlariga ham yetib bordi!

— Dronlar endlilikda ishchilarga oraliq masofani saqlash, niqob kiyish va boshqa karantin qoidalarini eslatib turadi. Sekin-sekin robotlar hayotimizga qo'shilmoqda..

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
Forwarded from Foydali LINK
Abdusattor Abdurahimov savollaringizni yo'llang

27-iyun 12:00 dan 00:00 gacha 12 soat
davomida MFaktor YouTube kanalida 16 ta tajribali tadbirkorlardan jonli efirda savollaringizga javob olishingiz mumkin.

🕰 12:45 dan 13:30 gacha Abdusattor Abdurahimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashadilar va savollarga javob beradilar.

Mavzu: "Startuplar va frilanserlik"

📝 Mavzuga oid savollaringizni quyidagi havola orqali yozib qoldiring: forms.gle/a7QAFDkz5HfsMQNT8

🔴 Jonli efir uchun:
LINK 👉 youtube.com/channel/UCOH0xOR3ZUiqFVd6cf2djiQ

👉 @foydali_link
Forwarded from MFaktor.uz
Ayni paytda Ochiq suhbat

🔥 Onlayn biznes marafonning so'ngi qismi siz kutgandan qizg'in o'tadi.

Spikerlar: Jahongir Pulatov, Muhammad Ali Eshonqulov, Temurbek Adhamov va Abdusattor Abdurahimov.

Quyidagi link orqali jonli efirni tomosha qiling:
➡️ https://youtu.be/GzeyUc9OWq0

@MFaktorUz
Microsoft Windows 11 ning BETA-versiyasini taqdim qildi. Ko'rinishidan chakkimas.

💬 Siz Windows 11 olgan bo'lardingizmi?

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
🥳 Donat funksiyasi qo'shildi!

— Telegram kanal egalari endilikda o'z obunachilardan moddiy sovg'a olishlari mumkin. Bu esa donate deb ataladi.

— Buni @donate boti orqali tayyorlash mumkin. Oson, qulay va tez.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
Chorshanba! Yangiliklar:

— Kuzatuv kameralar soni bo'yicha Rossiya dunyo bo'yicha 2-o'ringa chiqdi.

— VKontakte qo'ng'iroqlarda 4K o'lchamdagi ekranni taqdim etdi.

— Xiaomi Apple AirTag'ning analogini chiqarishi kutilmoqda.

— Kanada 2035-yilgacha ekologiyaga salbiy ta'siri nolga teng bo'lgan mashinalar ishlab chiqarmoqchi.

— O'zimizning yangiliklar! — Toshkent viloyatida 129 gektar maydon yonib ketdi...

Mazza-a?

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
⚡️ TikTok va Twitterlarning faoliyatida uzilishlar bo'lmoqda. Ayrimlarning duosi ijobat bo'layotganga o'xshaydi :)

Sizda ham yaxshi ishlamayabdimi?

👉 @ITMavzu
⚡️⚡️⚡️ Rasman: O‘zbekiston rasmiylari Twitter va TikTok'ka cheklov qo‘ydi

Qonun talablariga zid ravishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berayotgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi, deya bayonot berdi O‘zkomnazorat.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
Forwarded from IT Blog
Murojaat! Oxirida qisqa qilib yozganman.

Men TikTok algortimidan foydalangan holda 12 xil yo`nalishda foydali tiktok loyihasi va Faktorial - biznes inkubator loyihasini boshlagan edim. Shu bilan insonlarga biznes qilishni, it kasblarni, shaxsiy rivojlanishni va undan tashqari kuchli va saviyali bilimlar, IT ma`lumotlar, huquqiy ta`lim, biznes ta`lim, doktorlar yordamida tibbiyotga oid bilimlarni yetkazib bermoqchi edik. Biz bu harakatlarimiz bilan judayam ko`p insonlarni fiklashini va dunyo qarashini o`zgartira olamiz. TikTok bloklanishi bu foydasidan ko`ra zarari ko`p deb hisoblayman. TikTok algoritmi orqali biz judayam ko`p bilimlarni, yaxshi loyihalarni va startuplarni yurgaza olar edik.

Murojaatim shuki! Yordam bermayapsizlar hech bo`lmasa halaqit bermanglar! Iltimos va rahmat!

👉 @abdusattor
Reklama matnlari haqida

— Sarlavha.
Oddiy sarlavha hech kimni qiziqtirmaydi. Sarlavha — matnning eng asosiy va ajralmas qismi. Bu uyning fundamentidek gap, agar uni qiyshiq yoki sifatsiz qursangiz, uy qulaydi. Sarlavha e'tiborni tortishi kerak, qisqa bo'lishi kerak.

— Tag-sarlavha.
Bu sarlavhaning tagidagi 1-2 qatorlik gap. Siz bu bilan o'quvchini yanada qiziqtirishingiz shart. Agar tikka reklamaligini bildirib qo'ysangiz, postni oxirigacha o'qilishidan umid qilmang.

— Kanal haqida va obunadan nima foyda?
Telegramda nima ko'p? Kanal ko'p. Qaysiga obuna bo'lish kerak? Bu kanal o'zi nima haqida. Bizga nima foyda unga obuna bo'lishdan? Shularni yozib chiqing.

— Rasm
Oxirgi etap rasm. Avval rasm tayyorlab, keyin matn yozadiganlardan boshqa hammaga salom. Rasmni matndan kelib chiqib tayyorlang, agar Photoshopda ishlab bilsangiz. Bo'lmasa sizga freepik yordam beradi. Bo'yi uzun eni kalta rasmlarni axlatga oting.

👉@ITmavzu
🤑 Amerikalik rieltor bankning xatosi sabab dunyoning eng boy odamlari safiga kirdi.

— Ammo bu quvonch uzoqqa cho'zilmadi.

— AQShlik rieltor Darren Jamesning hisobiga "Chase" milliy bankidan 50 mlrd (milliard) dollar qiymatida xatolik sabab pul tushadi. Avvaliga Darren hayron qoladi, chunki buncha pul o'tkazadigan uning hech qanaqa qarindoshi yo'q edi.

— 4 kundan so'ng Darrenning hisobini tiklashdi va unga choychaqa ham qoldirishmadi. Tasavvur qiling-a, kimdir hisobingizga 50 mlrd dollar o'tkazsa 😳

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
🧐 Nimaga dasturlashni pul uchun o'rganmaslik kerak?

— O'zingizga savol bering: Dasturlashni nima uchun o'rganyapsiz? Pul yoki shu sohaga chindan qiziqasiz. Javob 1-chisi bo'lsa, dasturlashni tashlang.

— Dasturlash pul manbayi emas. Hech kim sizga shunchaki 1000$ bermaydi. Bunday pulni faqat tajribalilar ko'rishadi. Ko'zingizni oching, Siz dasturlashmi o'rganib bo'lganingizdan keyin ishga kirasiz, u yerdagi oylik 200-300$ ko'pi. Bunday holatda juda ko'pchilikning motivatsiyasi tushib ketadi.

— Agar dasturlashga chindan qiziqsangiz, hatto pul ishlay olmagan paytlari ham o'zingizni yo'qotmaysiz va marraga intilasiz. Marrada esa - kutilgan natija.

👉 @ITMavzu
🧐 Interyer va eksteryer dizayn nimasi bilan farq qiladi?

— Ko'p ko'rgan bo'lsangiz kerak, odatda 3D dizaynerlar interyer va eksteryer dizaynlarni ham qilishadi. Ammo ular bir biri bilan nimasi bilan farqlanadi?

Interyer dizayn eng keng tarqalgan sohalardan bo'lib, bunda asosan xonaning ICHKI qismi tayyorlanadi. Mebellar, deraza, gilam va hokazolar.

Eksteryer dizayn esa binoning TASHQI qismiga javobgar. Binoning tashqi ko'rinishi, atrofidagi chiroqlar, avtopark, zinalar va hokazolar shuning jumlasidan.

— Biz esa sizga interyer dizaynni o'rganishni maslahat beramiz.

👉 @ITMavzu
2024/09/25 13:27:41
Back to Top
HTML Embed Code: