Telegram Web Link
Forwarded from IT Blog
Azizlar! Bugun 2 ta yigitning bilim olishi va texnikasi uchun 10.000$ ajratdik! Bu biznes uchun eng yaxshi sarmoya xisoblanadi.

Biznes egalariga maslahat — iqtodorli yoshlar uchun ular so'ragan hamma narsani qilib bering va ularni jamoangizga qo'shib oling.

Iqtirdorli yoshlarga maslahat — himmatli biznes egalariga o'zingizni borligingizni bildiring.

Iqtidori yo'q yoshlar — ko'proq bilim oling, kitob o'qing va shaxsiy rivojlaning. O'zingizda qirralar kashf qiling.

Shunday iqidorli yoshlar bo'ladiku ular bizni miyyamizni portlatib yuboradi. Ular ko'zimizga bir butun loyiha bo'lib ko'rinadi. Shunday yoshlardan bo'ling!

👉 @abdusattor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlarimizning potensiali yetarli, faqat to'g'ri yo'naltirilsa, bas” – sun’iy intellekt bo’yicha yetakchi mutaxassis bilan suhbat

Kimningdir muammosiga yechim topib bersangiz, u inson uchun bir yaxshilik qilgan bo’lasiz, bir emas, bir qancha insonlarning dardiga davo izlashga o’z hissangizni qo’shsangizchi?

“Osmondagi bolalar” loyihasining navbatdagi 13-soni "Alif Fintech" kompaniyasi yetakchi mutaxassisi, “isystem — is the school of software engineers” loyihasi asoschilaridan biri — A’zamjon Nemadaliev bilan birga bo’lib o’tdi. Suhbatni tomosha qilish davomida ilm-u tafakkur bilan insoniyat dardiga shifo bo’lish mumkinligiga amin bo’la olasiz.

📌 Premyera bugun soat 21:00 da bo’lib o’tadi.

🔗 Havola:
https://youtu.be/htjhQA7A1Qw
Forwarded from IT Blog
Bepulga professional onlayn bot-doʻkon oching!

300-500$ ga aynalanadigan telegram onlayn bot-doʻkon ushbu botcommerce.io saytimiz orqali 10 daqiqaga qolmasdan ocha olasiz.

Biznesingiz uchun kerak bo‘lgan judayam ko‘p vazifalar mavjud.

Bu uchun avval telegram @Botfather'ga kirib bot oching va bot bergan linkni botcommerce.io saytimizga tashlab o‘z botingizni professional qilib yasang.

Juda ham zoʻr imkoniyatlarga ega bo‘lgan loyiha!

LINK 👉 botcommerce.io

👉 @abdusattor
🧐 «Nega mening kanalimdan reklama sotib olishmaydi?»

Juda ko'pchilikni shunday savol qiynaydi. Ular kanal ochishadi, reklama sotib olishadi, yurg'izishadi — ammo hech kim reklama sotib olmaydi.

Bunga ko'p narsalar sabab bo'lishi mumkin:

A'zo va ko'rishlar nakrutkasi.
Kanalda odam kamligi, yoki ko'rishlar soni kamligi.
Kanal mashxur emasligi.
Sifatsiz kontent, behayo va bo'lmag'ur postlar.
Tematikasi odamlarga qiziqmas bo'lgan kanallar va h.k.

Agar sizning kanalingizda shunday xatolardan biri bo'lsa, zudlik bilan tuzatishga kirishing. Aktiv tushib ketganidan keyin kech bo'lishi mumkin.

👉 @ITMAVZU — IT va biznesga yangicha nazar.
👨‍💻 Dasturlashni o'rganish uchun kerakli darslar yig'ilgan resurs

Dasturlashni o'rganish oson, ammo zo'r dars topish qiyin. Va har bir til uchun soatlab darslarni ko'rib chiqish va tanlash undan ham qiyin. Ammo quyidagi linkda 70+ darslar to'plangan. Asosiysi bepul va qonuniy.

LINK 👉 ravesli.com/70-besplatnyh-resursov-dlya-izucheniya-programmirovaniya/

👉 @ITMAVZU IT va biznesga yangicha nazar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biror sohani mukammal o'rganmasdan siz o'ylaganchalik katta daromad topib bo'lmaydi. Sohani mukammal o'rganish sizdan sabr va ko'proq vaqt talab etadi. Kasb o'rganishni tez boshlab, tez tugatish kerak emas.

"Hammasi Najot Ta'limdan boshlanadi" loyihasining navbatdagi mehmoni Abdulaziz Abdujalilov intervyu davomida, Najot Ta'limda o'qish mobaynida darslar guruhda 30 nafar o'quvchi bilan boshlanib, tugash vaqtida 3 nafar o'quvchi qolganligini aytib berdi.

🧐 To'liq videoni ko'rish orqali nima uchun 27 nafar o'quvchi kurs oxirigacha yetib kela olmaganligi va bundanda qiziq voqealarni bilib olishingiz mumkin!

👉 Suhbat premyerasini bugun soat 20:30 da ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/AoJ67h5RrLY

👉 @ITMAVZU IT va biznesga yangicha nazar.
💎 Bugungi IT-Mavzu — "Serdaromad" marketinglar

— Bugungi kunda marketingning har xil turlari chiqib ketmoqda. "Setevoy", "Piramida", "Franshiza" va hokazolar shular jumlasidan. Yaqinda esa Status 7.0 chiqdi.

— Aslida marketing va bular orasida farq katta. Marketing — sotishga mo'ljallangan soha. Franshizalar, piramidalar va hokazolar bundan yiroq va bular qo'pol qilib aytganda "loxotron".

— Pul topishning oson yo'li yo'q, tekin pishloq esa qopqonda bo'ladi. Bu 2 gapni 2 qulog'ingizga quyib oling va turli xil safsatalarga ishonavermang. Eng qadrli pul — o'z halol mehnatingiz orqasidan kelgan pul.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
🧐 IT-Mavzu — Nimaga dasturlashni pul uchun o'rganmaslik kerak?

— O'zingizga savol bering: Dasturlashni nima uchun o'rganyapsiz? Pul yoki shu sohaga chindan qiziqasiz. Javob 1-chisi bo'lsa, dasturlashni tashlang.

— Dasturlash pul manbayi emas. Hech kim sizga shunchaki 1000$ bermaydi. Bunday pulni faqat 5-10 yil tajribalilar ko'rishadi. Ko'zingizni oching, Siz dasturlashmi o'rganib bo'lganingizdan keyin ishga kirasiz, u yerdagi oylik 200-300$ ko'pi. Bunday holatda juda ko'pchilikning motivatsiyasi tushib ketadi.

— Agar dasturlashga chindan qiziqsangiz, hatto pul ishlay olmagan paytlari ham o'zingizni yo'qotmaysiz va marraga intilasiz. Marrada esa - kutilgan natija.

💬 Nima uchun siz aynan dasturlashni tanladingiz? Izohlarda yozing.

👉 @ITMavzu — kanalini kuzatib boring.
👨🏻‍💻 IT-Mavzu — Electronic Artsni atigi 10$ lik cookie'lar bilan buzishdi.

— O'tgan kecha noma'lum xakerlar Electronic Arts'ga xujum uyushtirishib, 780 Gb ma'lumotlarni o'g'rilashdi,

Bu qanday bo'ldi?
— Xakerlar o'g'rilangan cookie'larni atigi 10$ ga sotib olishdi va ular orqali korporativ saytning sistemasiga osonlik bilan kirishdi.

Keyin nima bo'ldi?
— Xakerlar FIFA 21, Frostbite o'yin dvijogi, Playstation VR haqida barcha muhim ma'lumotlarni va sun'iy intellekt haqidagi xujjatlarni qo'lga kiritishdi.

Ma'lumot o'rnida: Electronic Arts FIFA, Battlefield, The Sims, Need For Speed kabi o'yinlarni ishlab chiqargan kompaniya.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
🤩 Microsoft Windows 11 chiqishiga ishora qilyabdi(mi)?

— Microsoft o'z Youtube-kanaliga Windows'ning ishga tushish paytidagi barcha ovozlarini to'plab, ularni 4000% ga sekinlashtirib video tayyorladi va uni kanalga joylab, Slo-fi Remix deb nomladi. Eng qizig'i video 11 daqiqadan tashkil topgan va bu bilan Microsoft Windows 11 ning chiqishiga ishora qilyabdi.

— Eslatib o'tamiz, kompaniya Windows 10 Sun Valley ustida ishlayabdi va ushbu yangilanishni kuzning o'rtalarida taqdim qilishini ta'kidlab o'tdi.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
⚡️ Tesla Model S Plaid — dunyodagi eng tez elektrokar.

2 sekundda 100 km/soat tezlikka erisha oladi. Maksimal tezlik esa 320 km/soat. To'la quvvat bilan 630 km yurish mumkin. Eng qizig'i esa mashinaning o'zida Cyberpunk 2077 o'ynash mumkin :)

Narxi esa 130.000$. Mashina qimmat emas, shunchaki odamlar kam pul topishadi. 😆

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
📝 Kopirayter bo'lish uchun 7 oltin qoida

🥇 7 OLTIN QOIDA:

1.
Matnning sarlavhasini qisqa qiling.
2. O'quvchi uxlab qolmasligi uchun, gaplarni uzun qilib yubormang.
3. Gaplar ovoz chiqarib o'qilganda, bir nafasda o'qilsin.
4. Birinchi gap ikkinchi gapga ulansin.
5. Bitta gap — bitta fikr. Bitta gapda roman yozish kerakmas.
6. Har bir gapni 3 barobar qisqartirsa bo'ladi, hattoki shu gapni ham.
7. Katta bo'lgan bo'sh joyga bitta qisqa gap yozish optimal variantdir.

👉 @ITMavzu
🤠 3D Maxni mustaqil o'rgansa bo'lmaydi! Hazil, bo'ladi.

— Qiziq, dunyodagi birinchi 3D-modelchi qayerdan o'rgangan ekan-a?

Video-darslar
Dizipro — O'zimizni mahsulot (uz)
Gripinsky (ru)
Graphical Design (ru)

Modellar orqali qayerda «soqqa» qilish mumkin?
3ddd.ru
cgtrader.com
turbosquid.com

Professional mentor kurslari
Dizipro

💬 Siz 3D-dizaynermisiz? Qanday o'rgangansiz?

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
🥺 Kanalingizdan reklama olishmayabdimi? Endi ham olishmaydi.

— Rostda. Agar kanalni shunday yuritishda davom etsangiz, hali beri daromadga kirmaysiz.

📌 XATOLAR:

• Sifatsiz logotip, nom va tematika.
Logotipni ko'zdan kechiring. Sifatlimi? Nomi-chi? Be'mani emasmi? Tematika qanaqa? Umumiy tematikami yoki odamlarga qiziqmas sohami? Javob izlang.

• Kanalning xato yurg'izilishi.
Postlarni xatosiz yozing. Matn o'rtasida aslo emodji ishlatmang va to'ldirib tashlamang. O'rta katta matnga 2-3 ta emodji yetadi.

• Rasmlar va postlar
MikroRasmlardan postda foydalanmang. 1 kunda nechta post chiqadi? Yaxshi maslahat — 1 kunda maksimum 3 ta post chiqaring. Ko'p post faqat yangilik kanallarga xos.

• Nakrutkadan masofa saqlang
Puldan umid bo'lsa, nakrutka qilmang. Halol ishlang. Insonlarga ilm bering. Shundagina Alloh rizq bergan bo'lsa, pulni o'zi kelaveradi.

💬 Sizning kanalingizdan bir oyda nechi marta reklama sotib olishadi?

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
🔄 Navbatdagi yangilanish v2.0.5

Navbatdagi yangilanish munosabati bilan kanalning logotipi, nomi va link o'zgaradi. Obunachilardan Telegramingizda yangi IT-Mavzu degan kanal paydo bo'lib qolishsa, tark etmasligingizni so'rardik.

Hurmat bilan @ITMavzu
👨‍💻 Qaysi dasturlash tili yaxshi?

— Dasturlash sohasiga endi kirib kelayotganlarning oldida bitta savol paydo bo'ladi: Qaysi dasturlash tilini tanlagan ma'qul?

• Javascript
Javascript O'zbekistonda eng talabgir tillardan biri bo'lib, hozirgi kunda JS vakansiyalar talaygina. MyStart loyihasi Payme dasturchisidan intervyu olganida, dasturchi JSchilar 1500-2500$ maosh olishlarini aytib o'tdi.

• Python
Hozirda tez sur'atlarda rivojlanib borayotgan tillardan biri. Python dasturchilarning oyligi 1000$ dan boshlanadi, albatta bu ko'rsatkich ularning tajribalariga bog'liqdir. Python Google tizimida ishlatiladi va ko'p joylarda tilga ehtiyoj bor.

• PHP
Ayrim dasturchilar hazillashib, PHPni ustidan kulishsada, bu tilning o'ziga yarasha zo'r tomonlari va "avtoritet"i bor. O'zbekistonda PHPga bo'lgan talab yaxshigina, shuning uchun bu tilni tanlashda qo'rqish shartmas.

💬 Siz qaysi dasturlash tilida ishlaysiz?

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
📝 Sodda va aniq: SMM'chi o'zi kim?

— SMM'chi Instagram, Telegram, Facebook va bir qator ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum bir brendning sahifasini yuritadi. Masalan, kompyuter texnikalarini sotuvchi firmani ijtimoiy tarmoqlarda tanitish va mijoz chaqirish kerak. Bunda SMM'chi ayni muddao.

1) Design + copywriting = content
2) SMM = Social Media + Business + Content

— U kreativ va xatosiz matn yozishi kerak. Agar Photoshop'ni bilsa katta plyus.

— SMM'chilar o'rtacha 500-600$ maosh olishadi va bu sohaga talab yuqori.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩 Internetda Windows 11 ning ko'rinishi haqida videolar tarqaldi. Ko'plar buni yolg'on deb turgan payti, The Verge bu haqiqatligini tasdiqladi. Yangi sistemaning tahminiy ko'rinishi videoda.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
🤔 Qanday mavzularda post chiqishini xohlaysiz? Izohlarga yozing.

📌 Agar savol, taklif va e'tirozlar bo'lsa — @itmavzubot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦾 Qishloq hayoti va kiberpank? Bu qanday?

— Hech oddiy qishloqda turli xil uchar botlar, android qurulmalar va yordamchi robotlarni ko'rganmisiz?

— Videoni ko'ring va hayratlaning 🙃

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
2024/09/25 15:16:46
Back to Top
HTML Embed Code: