Telegram Web Link
🧐 «Nega mening kanalimdan reklama sotib olishmaydi?»

— Juda ko'pchilikni shunday savol qiynaydi. Ular kanal ochishadi, reklama sotib olishadi, yurg'izishadi — ammo hech kim reklama sotib olmaydi.

— Bunga ko'p narsalar sabab bo'lishi mumkin:

• A'zo va ko'rishlar nakrutkasi.
• Kanalda odam kamligi, yoki ko'rishlar soni kamligi.
• Kanal mashxur emasligi.
• Sifatsiz kontent, behayo va bo'lmag'ur postlar.
• Tematikasi odamlarga qiziqmas bo'lgan kanallar va h.k.

— Agar sizning kanalingizda shunday xatolardan biri bo'lsa, zudlik bilan tuzatishga kirishing. Aktiv tushib ketganidan keyin kech bo'lishi mumkin.

👉 @ITmavzu
3D Max uchun qanday kompyuter kerak?

— Bu savol bizga juda ko'p marta berilgan.
Bu safar esa buni yana post qilishga qaror qildik.

— Quyida kompyuter xarakteristikalari bilan tanishing:

• Sistema:
Windows 10 (x64)

• Protsessor:
🔹 Minimal — Intel i5
🔸 Maslahat — Intel i7

• OZU (RAM):
🔹 Minimal — 6Gb
🔸 Maslahat — 8/16 Gb

• Videokarta:
🔹 Minimal — nVidia GeForce 750/950/1050
🔸 Maslahat — nVidia GeForce 780/980/1080/2080

• Disk (xotira):
🔹 Minimal — 512 Gb
🔸 Maslahat — 1Tb + SSD

💬 Keyingi safar qaysi soha uchun post chiqishini izohlarda yozing.

👉 @itechmedia#computers
Katta hajmdagi millionlab turli iconkalar va uikit, web interface, fotomontaj uchun shablon fayllarni tekinga ko'chirib olsangiz bo'ladigan eng mashhur saytlardan biri.

LINK 👉 freebiesbug.com

👉 @ITmavzu
Facebook, Google, Apple Oʻzbekistonga qancha soliq toʻladi?

2021-yil I chorakda elektron xizmat koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar Oʻzbekiston davlati byudjetiga 4,3 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

Jumladan:

Facebook - 5 mlrd 981 mln soʻm;
Google - 3 mlrd 453 mln soʻm;
Apple - 1 mlrd 934 mln soʻm;
Netflix - 190 mln soʻm;
BookingCom - 181 mln soʻm;
Yandeks - 136 mln soʻm miqdorida soliq toʻlagan.

👉 @itechmedia#payment
🤑 O'zbekistonda dasturchilar qancha maosh olishadi?

— Dasturlashni biladigan, ammo tajribasi yo'q, endi ishga kirgan dasturchilar o'rtacha 200-300$ maosh olishadi. Bu ko'rsatkich ish beruvchining talablariga qarab, oshaveradi. Kamida 2 yillik tajribaga ega dasturchilar oyiga 400-500$ topishadi.

— Yuqori tajriba va bilimlarga ega bo'lgan middle/senior dasturchilar oyiga 1200$-2000$ topishadi. Ammo seniorning ishlatayotgan texnologiyasiga qarab, bu ko'rsatkich oshadi.

Tajribali Fullstack-dasturchilar — 1000$-3000$.
PHP dasturchilar — 800-2000$.
Frontend/Backend — 800-3000$.

Manba: Sputniknews

💬 Sizning-cha, qaysi dasturlash tilida qancha maosh olish mumkin?

👉 @itechmedia#dasturchilar
Forwarded from IT Blog
3Ds Max BEPUL DARS

Ertaga @abdusattor kanalimizda 3Ds Max dasturiga oid boshlang‘ich START | 24 ta bepul video darslarni Sizlarga sovg‘a qilamiz 😊

Haqiyqiy do‘stlaringizga ulashing

👉 @abdusattor
💸 Youtube reklamadan keladigan daromad bo'yicha Netflixdan qolmoqda.

Oxirgi 2 yil ichida Youtube va Netflix reklamadan keladigan daromadni sezilarli darajada ko'tarib oldi, ammo 2020-yilni 1-chorakida Youtubening ko'rsatkichlari birdaniga tushib, karantinda yana tepaga "sakradi".

Hozirda Youtube $6.01 mlrd, Netflix esa $7.16 mlrd daromad ko'rgan.

👉 @itechmedia#youtube
Ushbu saytda siz ma'lum bir saytga oyiga qancha odam va qaysi davlatlardan tashrif buyurishligini bilib olishingiz mumkin.

LINK 👉 similarweb.com

👉 @ITmavzu
Forwarded from IT Blog
Telegram asoschisi Pavel Durov o'z telegram kanalida yordamchi kerakligi e'lon qildi.

― Pavel Durov o'z telegram kanalida sayohatlar, ish va uchrashuvlar, biznes bo'yicha ishlar va boshqa masalalarni rejalashitirsh bo'yicha ishchi xodim kerakligi va bundan tashqari u hodim xizmat safarlari bo'yicha transport, mehmonxona va boshqa ishlarni rejalashitirishi haqida ham aytib o'tdi.

P.s: Pavel Durov hozircha oylik haqida hech nima demadi 😉.

👉 @abdusattor
👨‍💻 Dasturlashni o'rganish uchun kerakli darslar yig'ilgan resurs

Dasturlashni o'rganish oson, ammo zo'r dars topish qiyin. Va har bir til uchun soatlab darslarni ko'rib chiqish va tanlash undan ham qiyin. Ammo quyidagi linkda 70+ darslar to'plangan. Asosiysi bepul va qonuniy.

LINK 👉 ravesli.com/70-besplatnyh-resursov-dlya-izucheniya-programmirovaniya/

👉 @itechmedia#programming
9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan @itechmedia jamoasi sizni chin qalbdan muborakbod etadi!

👉 @itechmedia
💊 Ilon Mask ruhiy kasalikka chalinganligini e'lon qildi.

SpaceX, Tesla va boshqa bir qator loyihalari asoschisi Ilon Mask ruhiy hastalik – Asperger sindromidan aziyat chekishini omma oldida e'lon qildi. Maʼlumotlarga koʻra, Asperger sindromidan aziyat chekuvchilar oʻz his-tuygʻularini anʼanaviy usulda ifodalashda qiynaladilar, ularda ijtimoiy muloqotda va atrof-muhitni idrok qilishda muammolar yuzaga keladi.

💬 Bu sindromga ega odamlardan aksariyati bor diqqat-eʼtiborini oʻzlarining aniq bir qiziqishlariga qaratib, bu qiziqishlari atrofida muvaffaqiyatli faoliyat yuritadilar.

👉 @itechmedia#news
Forwarded from IT Blog
Falastinlik bolalar uchun xayriya!

Barchamizga ma'lumki, ayni paytda Sharqiy Quddusda vaziyat keskin tus olgan. Dunyoda hech qachon urush bo'lmasin. Urushda doim eng ko'p zararni bolalar ko'radi...

Ushbu holatni shunchaki kuzatib tura olmaymiz, azizlar! Oz bo'lsa-da yordamimiz tegishini xohladik. Falastinlik begunoh bolajonlar uchun himmat qilaylik. Mehrimizni ayamaylik. Zero, berganga qaytarilur!

Quyidagi karta raqamiga qo'limizdan kelgancha mablag' yig'ishni niyat qildik. Imkoningiz bo'lsa, bizga qo'shiling!

Karta raqami: 8600310402533624

Karta AKHMADJONOV TEMURBEK nomida

👉 @abdusattor
⚡️⚡️⚡️ O'zbekiston Facebook, Tiktok, Telegram va boshqa kompaniyalarning serverlarini O'zbekistonga ko'chirilishini talab qildi.

Qonunchilikka ko'ra, barcha o'zbekistonliklarning shaxsiy ma'lumotlari O'zbekistonda joylashishi shart. Agar shart bajarilmasa — bir qator jarima sanksiyalari qo'llanadi, yoki bloklanadi.

Kompaniyalar ro'yxati:
Facebook, Instagram, WhatsApp, Google, Youtube, Mail RU, Vkontakte, Odnoklassniki, Microsoft Skype, Telegram, Tencent Wechat, TikTok, Twitter, Yandex.

💬 Sizning-cha, kompaniyalar shartni bajarishmasa, Telegram va bir qator servislar bloklanadimi?

👉 @itechmedia#news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sariq mikrofon ko‘rsatuvining 1-sonini tomosha qiling!

Sizchi? Nimalarni olib ketgan bo‘lardingiz?

TO‘LIQ VIDEO 👉 youtu.be/VQ2Vi351kAg
Biznes boshlashdagi qo'rquv

– Ba'zi odamlarning "e nima qilasan biznes boshlab, o'zingni oyliging yetib turibdi-ku yashashinga" deb boshqa biznes boshlamoqchi bo'lgan odamlarni ruhsizlanitirib qo'yishi ko'p kuzatiladi.

– Aslida, biznesni haqiqiy boshlamoqchi bo'lgan odamga bu gaplar hech narsa emas.

📍Biznes boshlaytoganlarga motivatsiya.

• Tumanga qarang. Quyuq va tubsiz ko'rinadi. Lekin uning ichiga kirib borganingiz sari yoriqlashadi.

©Abdusattor Abdurahimov

P.s. Biznes ham xuddi shunday, avval boshida 1-2 o'xshamasa "паника" qilib tashlamang:)

👉 @itechmedia#biznes
🎨 Veb dizayner bilan grafik dizaynerni adashtirmang!

Hozir ko'p biznesmenlar bir o'zi bir necha kishining vazifalarini bajaradigan universal xodim xohlashadi. Bularga misol, grafik dizaynerdan veb dizaynerning ham ishini talab qilishidir.

Aslida, grafik dizayner SMM posterlar, logolar, bannerlar, mahsulot qadoqlari uchun dizayn qilish bilan shug'ullanadi.

Veb dizaynerlar esa biror-bir sayt yoki ilovaga foydalanuvchi kirganda qulay hamda chiroyli bo'lishini ta'minlab, ilova va saytning tashqi dizaynini qilish bilan shug'ullanadigan soha egasi.

Ko'rib turganingizdek bu soha egalarining ishi umuman boshqa-boshqa. Shu joyida, aytib o'tib ketmoqchimiz, veb dizayn sohasi O'zbekistonda endi rivojlanayotgan sohalardan biri. Ya'ni, bozor bu soha egalari uchun anchagina ochiq. Raqobat ham deyarli yo'q.

Agar biron yo'nalishda birinchi bo'la omadingizmi, o'zingiz birinchi bo'lishingiz mumkin bo'lgan yo'nalish kashf qiling. Ayni bu narsa Veb dizayn sohasi bo'lishi mumkin.

👉 @itechmedia#design
📵 Navbatdagi firibgarlik.

Yaqin kunlarda yana bir firibgarlik harakatlari boshlandi. Siz qandaydir be'mani linkka kirasiz, u yerda so'rovnomadan o'tasiz va qimmatbaho telefon "yutasiz". Aslida bu yolg'on va bunga ishonmaslik kerak.

Maqsad — insonlarning pullariga va shaxsiy akkauntlariga egalik qilish. Karta raqamingiz va boshqa ma'lumotlarni telefonni yutib olish uchun so'rashadi, taqdim qilgan zahotiyoq kartadan pullar yechiladi.

💬 Bunday linklar asosan go2ere dan boshlanadi. Tekin pishloq qopqonda bo'ladi. Sizga ham shunday linklar jo'natishdimi?

👉
@ITMAVZUIT va biznesga yangicha nazar.
Ushbu sayt orqali istalgan 5 tildagi matningizni ovozlashtirishingiz mumkin. Hattoki dialog qilish imkoni ham bor ekan.

Har kuni 1500ta belgini tekin ovozlashtira olasiz. Ovozli servislar yaratishda razrabotchiklar uchun juda kerakli narsa deb o'ylayman.

LINK 👉 unitools.tech/voice

👉 @ITmavzu
Forwarded from Alisher Sadullaev
Yoshlar ishlari agentligi turli tillarga ixtisoslashgan oromgoh tashkil etishni reja qilmoqda. Oromgohda qaysi tillarni oʻrganishni istardingiz?
Final Results
17%
Oʻzbek
45%
Ingliz
16%
Rus
3%
Ispan
4%
Koreys
4%
Nemis
2%
Yapon
3%
Fransuz
2%
Xitoy
5%
Boshqa
2024/09/25 17:15:52
Back to Top
HTML Embed Code: