Telegram Web Link
👨🏻‍💻 Front-End dasturchilar uchun foydali resurslar to'plami.

Github foydalanuvchisi Front-End dasturchilar uchun muhim bo'lgan resurslarni bir qilib, mana bu repozitoriyga joylabdi.

📝 Tarkibi:

Kod redaktorlari
Kerakli instrumentlar
CSS-freymvorklar
Ikonkalar va ranglar
API
Mock-up'lar
Kitoblar / Topshiriqlar / O'yinlar
— Va boshqa qiziqarli resurslar

👉 @iTechMedia#icoding
📊 Haftada eng ko'p berilgan savollar

— O'quv markazingiz endi ishlamaydimi?
Yo'q, ishlayapti. Ammo Abdusattor Abduraximov endi u o'quv markazida faoliyat olib bormaydi. Shuning uchun o'quv markazi bo'yicha savollarga endi javob bermaymiz.

— Telegram kanallar orqali tirikchilik qilsa bo'ladimi?
Albatta, bo'ladi. Ammo bitta kanaldan qilish qiyin, shuning uchun bir nechta kanal ochib, ularga investitsiya kiritish kerak. 2-3 oy ichida qoplab ketadi.

— Dasturlash yoki 3D modellashtirish?
Javob ushbu maqolada

— Endi Abdusattor Abduraximov o'quv markazi ochmaydimi?
Bunisi hali aniq emas, agar ochadigan bo'lsak, bu haqida xabar beramiz.

👉 @itechmedia#savollar
🧐 ITda yo'nalishni qanday tanlash kerak?

1. Mehnat bozoridagi vaziyat:
O'zingiz uchun qaysi sohani va dasturlash tilini tanlamasligingizdan qat'i nazar, kelajakda sizni nima kutayotganini tushunish muhimdir.

2. O'qish qiyinligi:
Dasturlash tillari juda ko'p va ularning barchasi nafaqat dasturiy mahsulotlarni amalga oshirish qobiliyatlari, balki o'zlashtirishning murakkabligi bilan ham ajralib turadi.

3. Qiziqishlar:
Yo'naltiruvchi talab va o'zingizning qiziqishingiz o'rtasida oqilona muvozanatni topish muhimdir. Oxir oqibat, agar siz chinakam mahoratli mutaxassisga aylansangiz, har qanday sohada yaxshi pul ishlashingiz mumkin.

👉 @itechmedia#waytoIT
REKLAMA KO'RIB PUL TOPISH - bu pul topishning eng samarasiz va foydasiz usuli!

Ko'pchilik yoshlar oson pul topishga qiziqib vaqtini havoga sovuryabdi. Vatq eng qimmatli narsa. Ular Sizning vaqtingizdan foydalanib katta foyda korishadi.

☑️ Siz pul topmayabsiz, Siz vaqtingizni tekinga beryabsiz.

MASLAHATIM:

☑️ Vaqtingizni kompyuter dasturlarini mukammal o'rganishga sarflang. Shunda kam ishlab ko'p daromad topasiz.

☑️ Eng yaxshi investitsiya o'zingizga kiritgan invistitsiya!

© Abdusattor Abduraximov

👉 @itechmedia
– Bugungi suhbatimiz 3ds Max va Telegram kanallar orqali daromad qiluvchi IT tadbirkor–Abdusattor Abdurahimov bilan bo'ladi.

Suhbat davomida:
– 3ds Max ning kelajagi qanday?
– Telegram sizni bloklab qo'ysa nima bo'ladi?

👉 youtube.com/watch?v=VZ00_5QR9R0

👉 @itechmedia#Interview
Qanday qilib bepul o'yinlar millionlab dollar daromad keltiradi?

1.
O'yin ichidagi reklama - agar o'yinni millionlar insonlar ko'chirib olsa "toma-toma ko'l bo'lur" deganlaridek reklama ko'ruvchilar ortidan katta pul ishlab olsa bo'ladi.

2. O'yin ichidagi savdo - elektron ko'rinishidagi javohirlarni harid qilish, qo'shimcha imkoniyatlar olish, boshqalardan ajralib turuvchi jihatlarni o'zlashtirish o'yin asoschisiga katta foyda keltiradi.

O'yin yasashda Unity va Unreal dasturlari eng ko'p qo`llanib kelinmoqda. Bizning Loopix Game jamoamiz ham ushbu ikkala dasturdan foydalanishadi. Grafikani esa Autodesk 3ds Max dasturida yasaymiz.

👉 @itechmedia
🥇 HAYOTNING 10 OLTIN QOIDASI

1. Qo‘ng‘iroq qilishga va’da berdingizmi, albatta, bajaring!
2. Kechikyapsizmi? Bu haqida ogohlantirishni unutmang.
3. O‘zgalarning orzusini kulgu qilish yaramaydi!
4. Sizga xoinlik qilgan odamlar davrasiga aslo qaytmang!
5. Doimo ota-onangiz duosini olishga oshiqing.
6. Shirinso‘z bo‘ling! Ishoning, bu atrofdagilardan ko‘ra, Sizga ko‘proq foyda olib keladi.
7. O‘z xatolaringizni tan olishni o‘rganing.
8. Shikoyat qilish odatini tark eting.
9. Hattoki eng jiddiy kelishmovchilik yuzaga kelganda ham qarshingizdagi insonning nozik tomoniga zarba bermang.
10. Faqat rost gapiring! Agar rost gapirishning iloji bo‘lmasa, yolg‘on gapirmang!

Sizlarga yana bir qoidani bonus qilib aytaman. Qarz oldingizmi vaqtda qaytaring, vaqtida qaytara olmayabsizmi muddati kelishidan oldin vaziyatni to'gri tushuntiring, hech bo'lmasa telefon qilganda ko'taring. Iloji bo`lsa qarz olmang!

© Abdusattor Abduraximov

👉 @itechmedia
💼 Portfolio nima va u qanchalik muhim?

Portfolio – frilanserning bajargan ishlaridan iborat toʻplam.

Frilanser uchun eng ustuvor narsa bu uning portfoliosi hisoblandi. Agar portfolio boʻlmasa buyurtma olish deyarli nol foizga teng.

Oʻzingiz uchun kuchli portfolio yarating. Unda qancha ish boʻlgani muhim emas muhimi ular kuchli bo'lishi kerak va sizning mahoratingizning to'liqligicha namoyish etilishi zarur.

Siz hoh fotosuratchi, dasturchi, dizayner bo'lsangiz ham, mustaqil portfoliosiz ish topishingiz juda qiyin boʻladi. Agar siz o'zingizning faoliyat sohangizda juda zo'r va tajribali bo'lsangiz ham, buni faqat portfoliongiz bilan isbotlashingiz mumkin.

Tasavvur qiling mijozga nolinchi reytingga ega bo'lgan va hech qanday portfolioga ega bo'lmagan frilanser yozmoqda. Loyihani sizga ishonishi dargumon. Hatto eng soddasini ham.

👉 @itechmedia
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Har bir inson o'zining kimligini bilsa, o'z qadrini biladi" - Otasining ismi bilan chaqirishlaridan g’ururlanadigan yigit bilan suhbat

😎 Yoshlarga chinakam motivatsiya bera oladigan va namuna bo'lsa arzigulik hayot yo'li va tajribalariga ega insonlar bilan samimiy suhbat olib borayotgan interaktiv ko'rsatuvlardan biri — "Osmondagi bolalar" loyihaning Ramazon oyi 11-sonida Toshkent shahridagi “Dorul Omon” jome masjidi imom-xatibi, Toshkent Islom instituti o’qituvchisi va O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti magistranti Muhammadlatif domla o'g'li Abdulhamid Jumanov bilan suhbat uyushtirdi.

P.S.: Videoni to'liq ko'rganlar Abdulhamid Jumanov tomonidan maxsus sovg'a olish imkonini qo'lga kiritishlari mumkin.

❗️ Premyera bugun soat 23:00 da bo'lib o'tadi.

Havola
👉 youtu.be/4cjDmGkXCLU
🔄 Kanalda kichik yangilanish.

Guruhimiz
@itechmedia_chat
Savollar @itechmedia_bot

Reklama va tijoriy hamkorlik @Manfa_AD.

Bundan keyin IT va uning sohalari bo'yicha eng sara maqolalarni taqdim qilishga harakat qilamiz. Agar loyihamizga yordam qilmoqchi bo'lsangiz, maqolalarni do'stlaringiz bilan ulashib turing.

UPD: Kanal sotilmadi. Har doimgidek kanal egasi Abdusattor Abduraximov

👉 @itechmedia
🛑 WhatsApp'ning yangi qoidalarini qabul qilmagan foydalanuvchilar bloklanadi.

WhatsApp chiqargan yangi qoidalar va shartlarga rozi bo'lish majburiy ko'rinadi, chunki endilikda kompaniya norozilarni bloklashini aytdi. Oramizda Whatsapp foydalanuvchilari bormi? Siz nega haligacha WhatsAppdan foydalansiz? Javobingizni izohlarda yozing.

P.S. Tepada va'da qilingan kurslarni ertaga tashlaymiz, chunki Youtubeda juda ham ko'p kurs bor ekan, biz ularni tekshirib chiqib, saralarni taqdim qilamiz.

👉 @itechmedia#news
😇 Nimaga frilansda muomala muhim omil sanaladi?

— Mijoz siz bilan gaplashish jarayonida uyalmasin. Uning ko'rsatmalariga jerkib tashlamang. Agar qiziqqon mijoz tushsa, buyurtmani bekor qilib yuborishi hech gap emas.

— Mijozning iltimos va ko'rsatmalariga «Ok» deyish yaramaydi. «Aha», «tushunarli», «yaxshi» yoki «bajaramiz» deyish mijozda frilanserga nisbatan yaxshi taassurot qoldiradi.

— Mijoz bilan suhbat davomida ko'cha gaplarini ishlatish yaramaydi. «Brat», «kaneshna» yoki shunga o'xshash so'zlarni o'rniga chiroyliroq, o'zbekcha so'zlarni ishlating. Siz IT-frilansersiz, bozordagi sotuvchi emas.

👉 @itechmedia#freelance
2020 yil brendlarini aniqlash bo'yicha tanlov boshlandi. "Biznes ta'lim" yo'nalishi bo'yicha Najot Ta'lim ham qo'shilgan. Biz darrov najot ta‘limni belgiladik. Chunki hozirda bizneslarni IT kasblari egallamoqda va bu yo‘nalish g‘olibligiga Najot Ta'lim haqli deb bilamiz.

Quyidagi link orqali istalgan brendga ovoz berishingiz mumkin:

👉 @makon_brand_bot
Forwarded from FAKTORIAL
Hindistonlik riksha haydovchisi Deshraj Ji sohib, yetim qolgan nevarasining o‘qishini to‘lash uchun uyini sotib, mana shu rikshada kun kurayotgan ekan.

Hindlarga qoyil qolmay iloji yo'q, ilm-fanning qadriga yetadi. Dunyoda katta IT firmalarning deyarli hammasi Hindlar tomonidan boshqariladi (Google, Microsoft, Intel, Cisco, Nokia, Dell, AMD).

Biz ham to‘yga emas, farzandlarimizni o‘qitishga pul yig‘ib boshlashimiz kerak.

© Anvar Nazrulloh

👉 @biznes_talim kanaliga obuna bo'ling.
💰 Frilanserlar duch keladigan muammolar.

— Ko'pchilikning hayolida frilans «Mana buyurtma, mana pul» degandek ko'rinadi. Aslida hech ham unday emas. Frilansda ham o'zgacha muammolar bor. Bulardan biri — mijozning qaysarligi.

— Odatda frilanser buyurtma olib, uni bajargach, mijozga umuman yoqmasligi va buyurtmani boshidan qilishiga to'g'ri kelishi mumkin. Agar frilansga kirmoqchi bo'lsangiz, shunday mijozlarga tayyor turing :)

— Eng ko'p tarqalgan muammolardan biri — byudjet kamligi. Mijoz so'ragan narsa Toshkent bo'lsa, narxi Nyu-York bo'lib yotibdi. Ammo mijoz bu narsalarni tushunmaydi, u o'zida bor pulni beradi.

— Yana bir muammo shundan iborat-ki, mijoz buyurtmani bugun berib, ertasiga qaytarishi. Buyurtmani uxlamay bajargan frilanser ertasiga uni "otmen" bo'lganini ko'rib, yig'lavoray deydi :)

👉 @ITmavzu
🆕 Telegram 7.7 — nima yangiliklar?

Telegram 7.7 versiyaga yangilandi. 3 ta yangilik:
Yangi to'lov-tizimlari 2.0.;
Rejalashtirilgan ovozli chatlar;
Yangi veb-versiyalar.

— Eng zo'r yangilik esa - to'lovlar bo'ldi. Nega deganda, endilikda Telegram'dan chiqmasdan turib to'lov qilish mumkin. Telegram Yandex.Money, Sberbank, Stripe, Liqpay, Payme, Tranzzo, CLICK va ECOMMPAY to'lov tizimlari bilan shartnoma imzoladi.

— Yangi funksiya hamma chatda ishlaydi. Xohlasangiz guruhlarda, xohlasangiz kanallarda Telegram'dan chiqmay to'lash mumkin. Bu juda qulay va oson!

Manba.

👉 @ITechmedia#telegram
🌐 Kechgi xabar va yangiliklar.

— Noma'lum xakerlar guruhi
Washington politsiyasini buzishdi va naqd 250 Gb ga teng bo'lgan ma'lumotlarni o'g'rilashdi. Endilikda ular politsiyaga tahdid qilib, pul so'rashmoqda.

— Kuni kecha kiberxavfsizlik bo'yicha yetuk mutaxassis — Daniel Kaminsky vafot etdi. Aynan u 2008-yili butun internetni saqlab qolgan edi. Bu haqida keyinroq batafsil to'xtalamiz.

— Pavel Durov shaxsiy blogida Telegram'ning yangi 2 ta veb-versiyalarini taqdim qildi.

👉 @ITechmedia#news
🎬 Telegram asoschisi haqida xujjatli film.

2-3 kundan buyon Telegram asoschisi — Pavel Durov haqida xujjatli film olingani haqida xabarlar tarqaldi. Eng qizig'i filmda Durov ishtirok etmagan, ya'ni uni gavdalantiruvchi aktyor qatnashmagan.

Film asosan Durovning hayoti, karyerasi, qilgan ishlari va xislatlari haqida. Ekspertlarning fikri, mulohazalari bilan 1 soat o'tgan.

👉 @itechmedia#durov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Youtube'dagi linklar blok bo'lganligi sabab, filmni Telegram'ga o'tkazdik. Rasman filmni Kion saytida ko'rsa bo'ladi, ammo Kion ro'yxatdan o'tishni so'ragani bois, Telegram'da ko'ramiz!

P.S. Bizni ham blok qilmasin deb umid qilamiz. Maza qilib tomosha qiling :)

👉 @itechmedia#durov
📊 Biror bir soha mutaxassisidan matnli intervyu olmoqchimiz. Qaysi soha mutaxassisidan intervyu olishimizni xohlaysiz?
Anonymous Poll
16%
SMM & Marketing, copywriting
22%
Dasturlash
28%
3Ds Max
21%
Kiberxavfsizlik, hacking
11%
Grafik dizayn, motion
3%
Boshqa soha (kommentga yozing)
2024/09/25 19:22:40
Back to Top
HTML Embed Code: