Telegram Web Link
πŸ’° Twitterda mashxur insonlarning akkauntini buzib, mashxur bo'lib ketgan 17-yoshli hacker esingizdami? Yigitni sudlashdi va unga voyaga yetmaganlar uchun 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

U o'tgan yili sheriklari bilan Twitterni buzib, ishonuvchan foydalanuvchilardan 13 bitkoin olishga muvaffaq bo'lgan. 13 bitkoin esa 765 ming dollar.

πŸ‘‰ @itechmedia β€” #news
πŸ†• Telegram'ning 7.6 versiyasi chiqdi. Nima yangiliklar?

β€’
Clubhouse stilida ovozli chatlar. Telegram foydalanuvchilarni zeriktirmaslik uchun hamma narsa qilyapti πŸ™‚

β€’ Mayda xatoliklar to'g'rilanishi va hokazo

Yaqin orada Telegram'ni yangilash to'g'risida so'rovnoma chiqadi.

πŸ‘‰ @itechmedia β€” #telegram
ISH BOR!

"Osmondagi bolalar" MFaktorda!
MFaktorning youtube-kanalida "Podkast" koβ€˜rsatuvining 2-soni efirga chiqadi.

Koβ€˜rsatuvda:
β€” Hozirda qaysi sohalar serdaromadli?
β€” Qanday qilib ish topish mumkin?
β€” Nogironligi boβ€˜lgan insonlar qanday qilib ish topsin?
β€” Oilali va bolali ayollar uyda ishlab ham pul topishi mumkinmi?
Shu kabi savollarga javob topasiz!

Koβ€˜rsatuv vaqti:
πŸ“† 19 mart (juma) πŸ• 19:30 da boshlanadi.

VIDEO
πŸ‘‰ youtu.be/KUBPrmhpmUw
πŸ“² Instagram yengillashtirilgan versiyasini ishga tushirdi.

Facebook 2 MBlik Instagram Lite'ni ishga tushirdi. Original versiyasi esa 35 MB. Dasturdan faqat Android foydalanuvchilari foydalanishi mumkin.

Lite versiyasida asosiy funksiyalar qolgan, ayrim rasmga effekt beruvchi funksiyalar olib tashlangan.

πŸ‘‰ @itechmedia β€” #instagram
⚑️ Kecha Facebook, Instagram, WhatsApp tarmoqlarida uzilishlar paydo bo'ldi.

Kuni kecha Facebook'ning barcha servislari ishlamay qoldi, yoki juda sekin ishladi. Instagram umuman ishlamay ham qoldi, ko'p kishi buni noto'g'ri tushunib, O'zbekistonda ta'qiqlashyapti deb o'ylashdi. Ammo unday emas, DownDetector ma'lumotlariga ko'ra, muammolar nafaqat bizda, balki Yevropa, Osiyo va Amerika davlatlarida kuzatilgan.

Shular uzilib qolgancha, TikTok ishlamay qolsa bo'lmasmikin 😁

πŸ‘‰ @itechmedia β€” #news
Forwarded from FAKTORIAL
Biznesni qayerlarda reklama qilgan yaxshi? (2–qism)

– Sifatli va saviyali telegram kanallarida qilingan reklama albatta yaxshi natija beradi. Ammo foydalanuvchilari ko'p bo'lgan barcha kanallarni reklama xizmatini sifatli deb bo'lmaydi.

– Telegram reklama yurtimizda shu qadar rivojlandiki, hozir hamma biznes egalari o'zlari maqul deb bilgan telegram kanallariga reklama berishmoqda.

– Telegramda bermoqchi bo'lgan reklama kanalingiz saviyali bo'lishiga va maqsadli auditoriyaga ega bo'lishiga ahamiyat berishingiz lozim. Eng muhimi, har qanday faxsh kontentga ega bo'lgan va "hayp"chi kanallardan hech qachon baraka topmaysiz.

P.s. Ha aytgancha, endi yana reklama xizmatimizdan foydalanishingiz mumkin:)

πŸ‘‰ @biznes_talim kanaliga obuna bo'ling.
🍏 Brazilya regulyatori Apple'ni 2 mln dollarga jarima tortdi.

2020-yilning dekabrida ular Apple'ga iPhone komplektiga quvvatlantirgich(zaryadchik) ni qaytarishni so'ragan. Ammo tabiiy-ki, Apple bunga javob ham qaytarmagan.

Eslatib o'tamiz, Apple iPhone komplektiga o'tgan yildan beri quvvatlantirgich qo'shmayapti, sababini esa ekologiya demoqda.

πŸ‘‰ @itechmedia β€” #news
Forwarded from IT Blog
Ko'pchilik SMM chilarning xatosi β€” Men biznesingiz rivojlantira olaman deb va'da berish noto'g'ri!

β€” Aslida esa bu to'g'ri emas! Chunki SMM biznes yoki xizmat va shunga o'xshash sohada qo'llanilsa, bu aniq rivojlanib ketadi degani emas.

β€” Biznesning rivojlanishi aynan SMM ga emas, uning xizmat yoki mahsulot sifatiga va uning samaradorlik darajasiga bog'liq deb o'ylayman.

β€” Qolaversa, ko'pchilik SMM menejerlar biror-bir kompaniya bilan shartnoma tuzib, ertasigayoq birinchi postni tashkillaydi. Bu ham xato. SMM Menejeri avval o'sha kompaniya va iloji bo'lsa, raqobatchilarni o'rgansin. Imkoniyat doirasida u raqobatchi bilan kerak bo'lsa, hamkorlik qilsin. Buni esa biznesda do'stona raqobat deydi.

β€” Mavzuga qaytadigan bo'lsak, SMM orqali sizning biznesingizni rivojlantirishim aniq yoki bu qo'limdan 100 foiz keladi deyish, yuqorida aytganimdan noto'g'ri. SMM mutahasislari va biznes vakillari shularga e'tibor va amal qiling. Bu juda muhim!

πŸ‘‰ @abdusattor
Forwarded from IT Blog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu suhbatni ko'rganimdan keyin "mikrovolnovka bizneslar" haqida to'liq tushundim. Ishontirib aytamanki, bundan keyin menga tegishli bo'lgan kanallarni "yuppi suvlar" reklama qilinmaydi! Boshqa kanal egalariga ham shuni tavsiya qilib qolgan bo'lar edim!

P.s. Iltimos qadriyatsiz bizneslar reklama bilan murojaat qilishmasin!

πŸ‘‰ @abdusattor
🌐 AQSh sobiq prezidenti Donald Trump 2-3 oydan keyin yana ijtimoiy tarmoqlarga qaytadi. Ammo bu safar o'zining shaxsiy ijtimoiy tarmog'i bilan.

Bu haqida uning maslahatchisi Jason Miller Twitterda xabar berdi. Trump'ning bunday qarorga kelishiga uning ko'plab ijtimoiy tarmoqlardan bloklanganligi sabab bo'lsa kerak. Trump jamoasi aytishiga qaraganda, ularning loyihasi 10 mln foydalanuvchilarni jalb qilishi mumkinligi aytmoqda.

Qanday nom qo'yarkin-a? Trumpgram, Trumpbook... Fikringizni izohlarda yozing πŸ‘‡

πŸ‘‰ @itechmedia β€” #news
πŸ“± Ertalab ayrim Android foydalanuvchilari har doimgi dasturlarni ishga tushurishda muammoga duch kelgan. Yo dastur ishga tushmagan, yoki dasturdan Β«otib yuborganΒ».

Ammo Google bu xatoliklar ustida ish olib bormoqda, shuningdek, foydalanuvchilarni Google Chrome va Android System WebView'larni yangilashga chaqirmoqda.

πŸ‘‰ @itechmedia β€” #news
Qisqa Maslahatlar: Telegram kanal.

Bugundan boshlab Qisqa Maslahatlar ruknini boshlaganimizni ma'lum qilamiz.

β€’ Kanalingiz uchun chiroyli, kreativ va esda qolarli nom tanlang;

β€’ Chiroyli logotip tanlang, yoki chizdiring;

β€’ Kuniga 100 ta reklama qo'ymang, 2 kunda 1 ta, yoki maksimum kuniga 1 ta;

β€’ VP qilishda 2-tomonning reklamasini ko'rib chiqing, shok kontent qo'ymang;

β€’ Sifatsiz kanallar bilan aslo VP qilmang;

β€’ Maqolalarda imlo qoidalariga e'tibor bering, post uchun sifatli rasm tanlang;

β€’ Kuniga 1-2 ta maqola yetadi;

β€’ Va oxirgisi - kanalni hech qachon tashlab qo'ymang.

πŸ‘‰ @itechmedia β€” #Qisqa_Maslahatlar
🎨 Grafik dizayn haqida.

Bir necha yillardan beri talabgirlikdan tushmagan yana bir soha β€” grafik dizayn: Uni qayerdan o'rgansa bo'ladi?

βœ… Javob β€” bepul kurslar orqali.

1. Grafik dizayn asoslari β€” Ellen Lupton

2. Ish beruvchi tipografika

3. Canva dizayn maktabi

P.S. Ushbu kurslar orqali professional grafik dizayner bo'lish mumkin. Asosiysi mehnat!

πŸ‘‰ @itechmedia β€” #graphicdesign
8 ta tildan 8 ta tilga tarjima qiluvchi BOT

Oβ€˜zbek tili ham bor!

Kanalga obuna soβ€˜ramaymiz. Bir maza qilinglar πŸ˜‰

BOT πŸ‘‰ @translateAll_bot
Forwarded from IT Blog
Jiddiy sabablarga koβ€˜ra Loopix School oβ€˜quv markazidan chiqib ketdmi!

Endi oβ€˜quv markazga meni hech qanday aloqam yoβ€˜q!

πŸ‘‰ @abdusattor
πŸ’° Telegram-kanalga qanday narx qo'yish mumkin?

Shunday kanallar bor-ki, ularning narxi obunachilar soniga qaraganda qimmat. Ammo shunday kanallar ham bor-ki, obunachilari 100-200 mingta, narxi esa past. Nega?

πŸ“Œ Adminlar orasida bir termin bor β€” Β«Auditoriya sifati va yoshiΒ». Sizning kanalingizning auditoriyasi qanaqa? IT Business auditoriyasi asosan IT sohasidagi insonlar, qiziquvchilar, xullas, katta qismi IT mutaxassislari. Yosh tahminan, 15 yoshdan katta va 45 dan kichik. Bu tahmin, ammo mantiqqa to'g'ri keladi. Hamma 14 yoshli bolalar ham IT ni tushunmaydi, 45 yoshdan katta hamma insonlar ham esa, bu narsalarga qiziqmaydi, katta qismi albatta.

πŸ™…β€β™‚οΈ Sifatsiz va yosh auditoriyani bachkana, ko'cha gaplari ishlatiladigan, qo'pol qilib aytganda β€” Β«A.Y.EΒ» ni o'z timsoli qilib olgan kanallarda topish mumkin. Yosh chegarasi 12-18. Madaniyatli odam bunday kanalda yurmaydi, gap nimadaligini sezgandirsiz :)

Agar kanalingiz qimmat sotilishini xohlasangiz, auditoriya sifati va yoshiga e'tibor qarating. Ularni qanday yaxshilash mumkin? Bu haqida keyingi postlarimizda gaplashamiz.

πŸ‘‰ @itechmedia / #telegram
πŸ“ Kanal ochish uchun maslahatlar.

1. Avvalo byudjet to'plang.
Chunki reklamasiz biznes uzoqqa bormaydi.

2. Yaxshi tematika tanlang. Shunday tematika tanlang-ki, o'zingiz shu sohani yaxshi tushuning, bu tematikada kanallar aktivi past va kam bo'lsin. Sport, yangilik, musiqa va kino kanallardan ko'p kanal yo'q, bular yaxshi tematika emas.

3. Kanalga mos, brend logotip tayyorlang. Bu borasida sizga dizayner yordam bera oladi. Kanal fundamentiga byudjetni ayamang. Kanal fundamenti β€” nomi, logotipi, xullas olganda, tashqi ko'rinishi.

4. Hammasi tayyor bo'lishi bilan reklama sotib oling. Agar ko'proq daromad ko'rishni xohlasangiz, investitsiyani ko'paytiring. 300-400 ming so'm hech narsa emas.

πŸ‘‰ @itechmedia β€” #telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Modul5'dan muvaffaqiyatli insonlarning tavsiyaviy nutqlarini oΚ»z ichiga olgan navbatdagi son

πŸ”₯ Loyihaning ushbu sonida Shahnoza Soatova, Diyor Mirzaahmedov, Bahodir Jalolov, Lazizbek Adhamov, Sarvar Bahodirov kabi soha professionallari nutq so'zlashgan.

LINK πŸ‘‰ youtube.com/watch?v=heDYcOYELX4
🎨 G'oya va ilhom β€” ularni qayerdan olish mumkin?

Frilanser uchun eng muhim narsa bu β€” g'oya. Uni buyurtmachi ko'nglidagidek bajarish uchun unga ilhom kerak bo'ladi. Xo'sh, ularni qayerdan topish mumkin?

1️⃣ Xonada bir o'zingiz ishlang.
Agar xonada kimdir bo'lsa, bu produktivlikka ta'sir qiladi. Frilanserga konsentratsiya kerak, u esa uni odatda bir o'zi qolganda topishi mumkin.

2️⃣ Xona yorug' va shinam bo'lishi kerak.
Qorong'u joyda ishlash nafaqat ilhom bermaydi, balki ko'z nuriga ham salbiy ta'sir o'tkazadi. O'tirgan xonangizni yorug' va shinam qiling. Xonani doimiy ravishda tartibga keltiring.

3️⃣ Yaxshi kayfiyat va tong.
Soat 6-7:00 larda quyosh endi chiqayotgan bo'ladi, havo juda yoqimli bo'ladi. Shunday paytda 10 daqiqalik sayohat sizga hech narsa bera olmaydigan ilhomni bera oladi.

πŸ‘‰ @ITmavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"2 ta universitetdan oladigan oyligimni o'z sohamda 1 soatda topishim mumkin" - "Patronlar ligasi" klubi asoschilaridan biri bilan suhbat

😎 Yoshlarga chinakam motivatsiya bera oladigan va namuna bo'lsa arzigulik hayot yo'li va tajribalariga ega insonlar bilan samimiy suhbat olib borayotgan yangi interaktiv ko'rsatuv β€” "Osmondagi bolalar" loyihasi, bu safar, xalqaro toifadagi iqtisodchi, tadbirkor, biznes-murabbiy, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti hamda Avstriya IMC Krems Universiteti o'qituvchisi - Muhammad Ali Eshonqulov bilan suhbat uyushtirdi.

P.S.: Videoni to'liq ko'rganlar Muhammad Ali Eshonqulov tomonidan maxsus sovg'a olish imkonini qo'lga kiritishlari mumkin.

❗️ Premyera bugun soat 20:30 da bo'lib o'tadi.

πŸ‘‰ LINK
: https://youtu.be/WFTtGlFL52M
2024/09/25 21:21:59
Back to Top
HTML Embed Code: