Telegram Web Link
Ilon Mask haqida qisqacha...

― Atiga 12 yoshida afrikalik bir bola «Blastar» nomli o'yinni ishlab chiqadi. Bolakay o'zi ishlab chiqgan o'yinini naqd 500$ ga pullaydi.

― Oradan yillar o'tib, aynan shu bolakay universitetga qabul qilinadi. Lekin oradan bor yo'g'i 2 kun o'tib, u Universitetdan haydaladi.

― Hozirgi kunda tarixdagi o'sha bolakay ulg'ayib, Tesla, SpaceX, Solar City, Surey, Stripe, HyperLoop Alpha, The Boring Company, A-Vicarious va boshqa kichik kompaniyalarning birinchi raqamli yirik sarmoyadoridir.

👉 @ITmavzu
Juda ko'p insonlarni qiynaydigan savol bor, biznesni nechi yoshdan boshlasa bo'ladi?

▫️ Mark Sukerberg (Facebook) - 19 yoshda
▫️ Stiv Djobs (Apple) - 21 yoshda
▫️ Djeff Bezos (Amazon) - 30 yoshda
▫️ Ilon Mask (Space X) - 31 yoshda
▫️ Djek Ma (Alibaba) - 36 yoshda
▫️ Rid Xeystings (Netflix) - 36 yoshda
▫️ Genri Ford (Ford) - 40 yoshda
▫️ Sem Uolton (Walmart) - 44 yoshda
▫️ Rey Krok (McDonald’s) - 52 yoshda
▫️ Charlz Flint (IBM) - 61 yoshda
▫️ Palkovnik Devid Sanders (KFC) - 65 yoshda

Biznes boshlash uchun yosh muhim emas :)

👉 @ITmavzu
Interyer dizayner bo'lib qanday va qancha daromad topish mumkin?

Interyer dizayn uchun narxni xona kv.m ga qarab baholaysiz. Misol uchun shu rasmdagi yotoqxona 20 kv.m (5x4) bo'lsa 1 kv.m ni o'rtacha 10$ dan baholab 200$ topsangiz bo'ladi. Bitta buyurtmachi kamida 4-5 xona dizaynini Sizga topshirsa 100 kv.m dan 1 000$ topasiz. 2 qavatli katta dala hovli chiqib qolsa bormi, kamida bitta Spark minasiz. Toshkentni o'zida minglab yangi qurilayotgan uylar bor. Buyurtmalar esa juda ko'p.

Qancha vaqt ketadi?
O'rtacha 6 oyda bu sohani o'zlashtirishingiz mumkin. 3 oy ichida 3ds Max dasturni yaxshilab o'rganib qolgan 3 oyda o'z ustingizga ishlab o'z portfolioingizni yaratib o'zingizga buyurtmachilar topasiz.

👉 @ITmavzu
O‘zbekiston – 2022 yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi

O‘zbekistonlik shaxmatchilarning so‘nggi bir yil davomida xalqaro arenalardagi sensatsion g‘alabalari ortidan O‘zbekiston — yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb e’tirof etildi.

Niderlandiyadagi xalqaro turnir yakunida Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov yilning eng yaxshi shaxmat mamlakatiga topshiriladigan “Tour D'or” — “Oltin minora” sovrinini qabul qilib olishdi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga Yevropaning shaxmat sovrinini fransiyalik mashhur grossmeyster Bashar Kuatli topshirdi.

👉 @ITmavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isobuild — bepul izometrik rasmlar generatori

Saytda foydalangan holda izometrik rasmlar chizish imkoni bor. Buning uchun quyida keltirilgan havola orqali o‘tib «Get started» ni bosish orqali o‘zingizni fantaziyangizni ishga soling!

Sayt 👉 isoflat.com/explore-isobuild

👉 @ITmavzu
3 qadam va dasturlashsiz tayyor bot

— Anchadan beri murojaatlar uchun telegram-bot taxlay olmayapsizmi? Sarlavhani o'qing!

P.S. Dasturlash umuman ishlatilmagan. Telefonda ham qilsa bo'ladi. Maqola Telegraph'da, linkka kirib, o'qing, o'rganing va do'stlarga ulashing.

LINK 👉 yo'riqnoma

👉 @ITmavzu
🎨 Grafik-dizaynerlar haqida

— Sohalar
bo'yicha
Illustrator
Verstalshik
Veb-dizayner
Multimediya dizayner va hokazo

— Kimlar bo'la oladi?
Rassomlik didiga ega bo'lish, ranglar uyg'unligi bilan yaxshi ishlashi va kreativ fikrlovchilar
Sabrlilik, boshlangan narsani oxirigacha tugatish mahoratiga egalar
Adobe Photoshop, Illustrator va inDesign dasturlarida yaxshi ishlay oladiganlar

👉 @ITmavzu
Ushbu sayt orqali istalgan 5 tildagi matningizni ovozlashtirishingiz mumkin

Hattoki dialog qilish imkoni ham bor ekan. Har kuni 1500ta belgini tekin ovozlashtira olasiz. Ovozli servislar yaratishda razrabotchiklar uchun juda kerakli narsa deb o'ylayman.

LINK 👉 unitools.tech/voice

👉 @ITmavzu
Frilansermisiz? Maslahatlar marhamat!

— Xonangizda havo aylansin
Agar xonada havo aylanmasa, miya kislorodga to'ymay qoladi va samaradorlik tushib ketadi. Chunki frilans jismoniy emas, aqliy mehnatni talab qiladi.

— Kechasi uxlang va ertalab barvaqt turing
To'g'ri, balki kechasi ishlash ayrimlar uchun foydalidir, negaki ko'p g'oyalar tunda keladi. Ammo soat 23:00-1:00 oraliqda uxlayotgan odamda ba'zi bir miyadagi bezlar yaxshi rivojlanadi. Buning ustiga ertalab erta turish ishingizga baraka olib keladi.

— O'zingizga pul qizg'anmang
Stul qattiq va noqulaymi? Yangi kreslo oling, pul bo'lsa. Kompyuter qotyabdimi? Yangisini oling. O'zingizga pulni ayamang. Chunki qulaylikda ishlash samaradorlikni oshiradi.

💬 Siz yana qanaqa maslahatlar bera olasiz o'zingizdan kelib chiqib?

👉 @ITmavzu
IT'da nimadan boshlashni bilmasangiz Data Science (ma’lumotlar tahlili) kasbiga qarab ko‘ring. HeadHunter tadqiqotiga ko‘ra, so‘nggi 5 yil ichida bu sohada vakansiyalar soni 9 marta oshgan.

Data Science mutaxassislariga bo‘lgan talab ularning maoshi singari ortmoqda (o‘rtacha $1500-$1800). Sizdan talab qilinadigan narsa kuchli fikrlash va matematika.

👉 @ITmavzu
Sizning muvaffaqiyatli dasturchi bo‘lmasligingizga 10 ta sabab

Ushbu maqolada nega ayrim insonlar dasturchi bo'la olmasligi yoki bu sohada uzoq bo'la olmasligi tushuntirilgan. Maqolani o'qib chiqing va bu yerda o'zingizni ko'rsangiz darhol o'zgarishga kirishing.

MAQOLA 👉 *link*

💬 O'zingizni nechinchi bandda ko'rdingiz?

👉 @ITmavzu
Qanday qilib bepul o'yinlar millionlab dollar daromad keltiradi?

1.
O'yin ichidagi reklama - agar o'yinni millionlar insonlar ko'chirib olsa "toma-toma ko'l bo'lur" deganlaridek reklama ko'ruvchilar ortidan katta pul ishlab olsa bo'ladi.

2. O'yin ichidagi savdo - elektron ko'rinishidagi javohirlarni harid qilish, qo'shimcha imkoniyatlar olish, boshqalardan ajralib turuvchi jihatlarni o'zlashtirish o'yin asoschisiga katta foyda keltiradi.

O'yin yasashda Unity va Unreal dasturlari eng ko'p qo'llanib kelinmoqda.

👉 @ITmavzu
#logo

Brendingizni yozsaniz bas, bir zumda Sizga minglab logotiplar ishlab beradigan sayt. Ichidan oʻzingizga maqul boʻlganini tanlashingiz va oʻzgartirishingiz mumkin.

LINK 👉 brandcrowd.com

👉@ITmavzu
Sotishni bilasizmi? Marketingni o'rganing.

Frilans bozorida eng talabgir kasblardan biri — marketolog, ya'ni sales manager. Ular asosan mahsulotlar sotish bilan shug'ullanishadi.

Bu ish oson emas, chunki mijozni ko'ndirish nozik ish. Sales Menejerlar to'lovni jalb qilingan mijozga qarab berishadi. 10%, 30%, 50%, mijoz oqimi va mahsulot qiymatiga qarab.

P.S. Agar sizda o'zgacha mahorat bo'lsa, ushbu soha bilan daromad qilsangiz bo'ladi.

👉 @ITmavzu
#photo

Biror rasmni tiniq variantini topa olmayabsizmi? Unda bu sayt sizga yordam beradi. Saytga kerakli rasmni yuklaysiz va sayt sizga rasmni internetdagi o'xshash variantlarini topib beradi.

LINK:👉 labnol.org/reverse/

👉@ITmavzu
Reklama menejerlari: Ular kimlar?

Ayrim frilans-birjalarda ushbu kasb uchun vakansiyalarni ko'rib qolgandirsiz, ehtimol. Ularning asosiy ishi — reklama sotib berish.

Sizning kanalingiz bor-u, hech kim reklama olmayabdi. Bunda sizga reklama-menejerlari yordam beradi. Ular turli xil kanal adminlariga taklif bildirishadi va sizga mijoz topadi. Ularning to'lovi odatda mijoz foiziga qarab beriladi.

@ITmavzu
Narxi qimmat bo'lgan TOP-10 startaplar.

TikTok yaratuvchilari — Bytedance startap loyihasi ro'yxatda 1-o'rinda. 1, 2-o'rinlarni Xitoy startaplari, 3-o'rinni esa SpaceX egallagan. 3-o'rindan 8-o'ringacha hammasi AQSh startaplari.

👉 @ITmavzu
Portfolio nima va u qanchalik muhim?

Portfolio – frilanserning bajargan ishlaridan iborat toʻplam.

Frilanser uchun eng ustuvor narsa bu uning portfoliosi hisoblandi. Agar portfolio boʻlmasa buyurtma olish deyarli nol foizga teng.

Oʻzingiz uchun kuchli portfolio yarating. Unda qancha ish boʻlgani muhim emas muhimi ular kuchli bo'lishi kerak va sizning mahoratingizning to'liqligicha namoyish etilishi zarur. 

Siz hoh fotosuratchi, dasturchi, dizayner bo'lsangiz ham, mustaqil portfoliosiz ish topishingiz juda qiyin boʻladi. Agar siz o'zingizning faoliyat sohangizda juda zo'r va tajribali bo'lsangiz ham, buni faqat portfoliongiz bilan isbotlashingiz mumkin.

Tasavvur qiling mijozga nolinchi reytingga ega bo'lgan va hech qanday portfelga ega bo'lmagan frilanser yozmoqda. Loyihani sizga ishonishi dargumon. Hatto eng soddasini ham.

P.S. Dangasa boʻlmang oʻzingiz uchun portfolio yarating.

👉 @ITmavzu
🎨 G'oya va ilhom — ularni qayerdan olish mumkin?

Frilanser uchun eng muhim narsa bu — g'oya. Uni buyurtmachi ko'nglidagidek bajarish uchun unga ilhom kerak bo'ladi. Xo'sh, ularni qayerdan topish mumkin?

1️⃣ Xonada bir o'zingiz ishlang.
Agar xonada kimdir bo'lsa, bu produktivlikka ta'sir qiladi. Frilanserga konsentratsiya kerak, u esa uni odatda bir o'zi qolganda topishi mumkin.

2️⃣ Xona yorug' va shinam bo'lishi kerak.
Qorong'u joyda ishlash nafaqat ilhom bermaydi, balki ko'z nuriga ham salbiy ta'sir o'tkazadi. O'tirgan xonangizni yorug' va shinam qiling. Xonani doimiy ravishda tartibga keltiring.

3️⃣ Yaxshi kayfiyat va tong.
Soat 6-7:00 larda quyosh endi chiqayotgan bo'ladi, havo juda yoqimli bo'ladi. Shunday paytda 10 daqiqalik sayohat sizga hech narsa bera olmaydigan ilhomni bera oladi.

👉 @ITmavzu
#apteka

Izlayotgan doringizni yaqin atrofingizdagi dorixonalarda bor yoki yo'qligini hamda narxlari va eng arzonlari qayerdaligini ko'rsatadigan sayt. Barcha dorixonalarning telefon raqamlarini ham shu saytdan topasiz.

LINK 👉 arzonapteka.uz

👉 @ITmavzu
2024/09/23 05:25:18
Back to Top
HTML Embed Code: