Telegram Web Link
Qisqa Maslahatlar — Kopirayterlar uchun

• Matndagi so'zlarning imlo qoidalariga e'tibor bering. Kopirayter uchun eng katta xato — imlo xatoliklari.

• Matnlarda kamroq emodji ishlating, yoki umuman ishlatmang.

• Lending uchun yozilgan matnda «ko'cha» so'zlarini ishlatish yaramaydi.

• Kreativ bo'ling, matnni shunday yozing-ki, uni oxirigacha o'qishsin.

• Matn uchun sifatli rasm tanlang, bunda sizga freepik.com yordam beradi.

👉 @ITmavzu
Blockchain nima? | 1-qism

Blockchain – umumiy ma’lumotlar bazasi turi bo’lib, u ma’lumotlarni saqlash usuli bilan odatiy ma’lumotlar bazasidan farq qiladi; blokchainlar ma’lumotlarni bloklarda saqlaydi, keyinchalik kriptografiya orqali bir-biriga bog’lanadi.

👉@ITmavzu
Sun'iy intellektni ishlatib ko'rdingizmi?

🤖Kodni sizga tushintirib bera oladi

✍️So'z bilan aytib, kod yozdirsangiz bo'ladi

‼️Kodingizdagi xatoni tuzatib bera oladi.

qunduzbobo.uz o'zbek tilida ishlaydi.
Blockchain | 2-qism

Blokcheyn raqamli ekotizim boʻlib, uni faqat foydalanuvchilari boshqaradi. Blockchain tarmogʻi maʼlum bir boshqaruvchi va vositachiga ega emas. Bu millionlab qurilmalarni oʻz ichiga olgan markazlashmagan tizimdir. Blockchain tarmogʻi xavfsizlik, moliya, cloud (bulut), kriptovalyuta almashinuvi kabi turli sohalarda mukammal ilovalarga ega.

👉@ITmavzu
Qisqa Maslahatlar: Telegram kanal.

Bugundan boshlab Qisqa Maslahatlar ruknini boshlaganimizni ma'lum qilamiz.

• Kanalingiz uchun chiroyli, kreativ va esda qolarli nom tanlang;

• Chiroyli logotip tanlang, yoki chizdiring;

• Kuniga 100 ta reklama qo'ymang, 2 kunda 1 ta, yoki maksimum kuniga 1 ta;

• VP qilishda 2-tomonning reklamasini ko'rib chiqing, shok kontent qo'ymang;

• Sifatsiz kanallar bilan aslo VP qilmang;

• Maqolalarda imlo qoidalariga e'tibor bering, post uchun sifatli rasm tanlang;

• Kuniga 1-2 ta maqola yetadi;

• Va oxirgisi - kanalni hech qachon tashlab qo'ymang.

👉 @ITmavzu
Telegram-kanal menejerlari haqida.

Kunning ko'p qismini telegramda o'tkazsangiz, sotish va sotib olish qobiliyatingiz bo'lsa (telegram ham bozor kabi), kanallarni yaxshi tushunsangiz, bemalol sizdan menejer chiqadi.

Menejerning vazifasi nima?

• Reklama sotish, xaridor topish
• Savollarga javob berish
• Kanalni nazorat qilish
• Va boshqa ishlar

Asosiy ish — kanal egasini bezovta qilmasdan ishni hal qilish. Ish topish uchun biror yaxshiroq kanalni toping, kuzating, o'rganing va adminga yozing. O'zingizni ko'rsatsangiz, ishga qabul qilinasiz!

👉@ITmavzu
Veb dizayner bilan grafik dizaynerni adashtirmang!

Hozir ko'p biznesmenlar bir o'zi bir necha kishining vazifalarini bajaradigan universal xodim xohlashadi. Bularga misol, grafik dizaynerdan veb dizaynerning ham ishini talab qilishidir.

Aslida, grafik dizayner SMM posterlar, logolar, bannerlar, mahsulot qadoqlari uchun dizayn qilish bilan shug'ullanadi.

Veb dizaynerlar esa biror-bir sayt yoki ilovaga foydalanuvchi kirganda qulay hamda chiroyli bo'lishini ta'minlab, ilova va saytning tashqi dizaynini qilish bilan shug'ullanadigan soha egasi. Ko'rib turganingizdek bu soha egalarining ishi umuman boshqa-boshqa.

👉@ITmavzu
Ko'pchilik SMM chilarning xatosi — Men biznesingizni rivojlantira olaman deb va'da berishidir

— Chunki SMM biznes yoki xizmat va shunga o'xshash sohada qo'llanilsa, bu aniq rivojlanib ketadi degani emas.

— Biznesning rivojlanishi aynan SMM ga emas, uning xizmat yoki mahsulot sifatiga va uning samaradorlik darajasiga bog'liq.

— Qolaversa, ko'pchilik SMM menejerlar biror-bir kompaniya bilan shartnoma tuzib, ertasigayoq birinchi postni tashkillaydi. Bu ham xato. SMM Menejeri avval o'sha kompaniya va iloji bo'lsa, raqobatchilarni o'rgansin. Imkoniyat doirasida u raqobatchi bilan kerak bo'lsa, hamkorlik qilsin. Buni esa biznesda do'stona raqobat deydi.

— Mavzuga qaytadigan bo'lsak, SMM orqali sizning biznesingizni rivojlantirishim aniq yoki bu qo'limdan 100 foiz keladi deyish, yuqorida aytilganidek noto'g'ri. SMM mutahasislari va biznes vakillari shularga e'tibor va amal qiling. Bu juda muhim!

👉 @ITmavzu
Saytda nima yozsangiz ham, u xuddi kod kiritayotganga o'xshaydi. Agar siz do'stlaringizga Xakker bo'ldim deb, maqtanib qo'ygan bo'lsangiz - bu qiziqarli platforma Sizni uyaltirib qo'ymaydi

LINK 👉 hackertyper.com

👉 @ITmavzu
REKLAMA KO'RIB PUL TOPISH - bu pul topishning eng samarasiz va foydasiz usuli!

Ko'pchilik yoshlar oson pul topishga qiziqib vaqtini havoga sovuryabdi. Vaqt eng qimmatli narsa. Ular Sizning vaqtingizdan foydalanib katta foyda ko'rishadi.

☑️ Siz pul topmayabsiz, Siz vaqtingizni tekinga beryabsiz.

MASLAHATIM:

☑️ Vaqtingizni kompyuter dasturlarini mukammal o'rganishga sarflang. Shunda kam ishlab ko'p daromad topasiz.

☑️ Eng yaxshi investitsiya o'zingizga kiritgan invistitsiya!

👉 @ITmavzu
#rasm #montaj

Katta hajmdagi millionlab turli rasmlar va fonlar, logolar, fotomontaj uchun shablon fayillarni tekinga ko'chirib olsangiz bo'ladigan eng mashxur sayt.

LINK 👉 freepik.com

👉 @ITmavzu
Cybersecurity (Kiberxavfsizlik) haqida

Insonlar uchun xavfsizlik doimo birinchi oʻrinlarda turib kelgan. Real hayotda odamlar bunga qanday ehtiyoji boʻlsa, internet tarmoqlarida ham shunday ehtiyoj sezishadi. Kiberxavfsizlik — bu zararli dasturlar, xakerlik, DDoS hujumi, fishing kabi bir qator internet tahdidlaridan maʼlumotlar va foydalanuvchilarning xavfsizligi bilan shugʻullanadigan texnologik jarayon. Gohida kompaniyalarga virtual hujum uyushtirilgani, millionlab pullar oʻgʻirlangani, maxfiy hujjatlar yoʻqolgani haqida eshitib qolamiz. Mana shunday holatlar kuzatilmasligi uchun soha mutaxassislari ularga suv va havodek zarur boʻladi.
Qisqasi doimo talabgir sohalardan biri aynan kiberxavfsizlik hisoblanadi.

👉@ITmavzu
👨‍💻 Dasturlashni o'rganish uchun kerakli darslar yig'ilgan resurs

Dasturlashni o'rganish oson, ammo zo'r dars topish qiyin. Va har bir til uchun soatlab darslarni ko'rib chiqish va tanlash undan ham qiyin. Ammo quyidagi linkda 70+ darslar to'plangan. Asosiysi bepul va qonuniy.

LINK 👉 ravesli.com/70-besplatnyh-resursov-dlya-izucheniya-programmirovaniya/

👉@ITmavzu
Biznesni qayerlarda reklama qilgan yaxshi?

– Sifatli va saviyali telegram kanallarida qilingan reklama albatta yaxshi natija beradi. Ammo foydalanuvchilari ko'p bo'lgan barcha kanallarni reklama xizmatini sifatli deb bo'lmaydi.

– Telegram reklama yurtimizda shu qadar rivojlandiki, hozir hamma biznes egalari o'zlari maqul deb bilgan telegram kanallariga reklama berishmoqda.

– Telegramda bermoqchi bo'lgan reklama kanalingiz saviyali bo'lishiga va maqsadli auditoriyaga ega bo'lishiga ahamiyat berishingiz lozim. Eng muhimi, har qanday faxsh kontentga ega bo'lgan va "hayp"chi kanallardan hech qachon baraka topmaysiz.

👉 @ITmavzu
👨‍💻 Qaysi dasturlash tili yaxshi?

— Dasturlash sohasiga endi kirib kelayotganlarning oldida bitta savol paydo bo'ladi: Qaysi dasturlash tilini tanlagan ma'qul?

• Javascript
Javascript O'zbekistonda eng talabgir tillardan biri bo'lib, hozirgi kunda JS vakansiyalar talaygina. MyStart loyihasi Payme dasturchisidan intervyu olganida, dasturchi JSchilar 1500-2500$ maosh olishlarini aytib o'tdi.

• Python
Hozirda tez sur'atlarda rivojlanib borayotgan tillardan biri. Python dasturchilarning oyligi 1000$ dan boshlanadi, albatta bu ko'rsatkich ularning tajribalariga bog'liqdir. Python Google tizimida ishlatiladi va ko'p joylarda tilga ehtiyoj bor.

• PHP
Ayrim dasturchilar hazillashib, PHPni ustidan kulishsada, bu tilning o'ziga yarasha zo'r tomonlari va "avtoritet"i bor. O'zbekistonda PHPga bo'lgan talab yaxshigina, shuning uchun bu tilni tanlashda qo'rqish shartmas.

👉 @ITmavzu
🧐 Interyer va eksteryer dizayn nimasi bilan farq qiladi?

— Ko'p ko'rgan bo'lsangiz kerak, odatda 3D dizaynerlar interyer va eksteryer dizaynlarni ham qilishadi. Ammo ular bir biri bilan nimasi bilan farqlanadi?

Interyer dizayn eng keng tarqalgan sohalardan bo'lib, bunda asosan xonaning ICHKI qismi tayyorlanadi. Mebellar, deraza, gilam va hokazolar.

Eksteryer dizayn esa binoning TASHQI qismiga javobgar. Binoning tashqi ko'rinishi, atrofidagi chiroqlar, avtopark, zinalar va hokazolar shuning jumlasidan.

👉 @ITMavzu
Reklama matnlari

— Sarlavha.
Oddiy sarlavha hech kimni qiziqtirmaydi. Sarlavha — matnning eng asosiy va ajralmas qismi. Bu uyning fundamentidek gap, agar uni qiyshiq yoki sifatsiz qursangiz, uy qulaydi. Sarlavha e'tiborni tortishi kerak, qisqa bo'lishi kerak.

— Tag-sarlavha.
Bu sarlavhaning tagidagi 1-2 qatorlik gap. Siz bu bilan o'quvchini yanada qiziqtirishingiz shart. Agar tikka reklamaligini bildirib qo'ysangiz, postni oxirigacha o'qilishidan umid qilmang.

— Kanal haqida va obunadan nima foyda?
Telegramda nima ko'p? Kanal ko'p. Qaysiga obuna bo'lish kerak? Bu kanal o'zi nima haqida. Bizga nima foyda unga obuna bo'lishdan? Shularni yozib chiqing.

— Rasm
Oxirgi etap rasm. Rasmni matndan kelib chiqib tayyorlang, agar Photoshopda ishlab bilsangiz. Bo'lmasa sizga freepik yordam beradi.

👉 @ITMavzu
#suniy_intellekt

Quyidagi sayt qing'ir-qiyshiq chizilgan eskizlarni aniq tasvirlarga aylantirshga yordam beradi.

LINK👉 autodraw.com

👉 @ITmavzu
Qaysi kompaniyalar siz haqingizda o'zingizdan ko'proq ma'lumot biladi?

Clario tadqiqotchilari qaysi brendlar ko'proq ma'lumot yig'ishini analiz qilishdi. Kompaniyalar sizning ismingiz va tug'ilgan kuningiz haqida ma'lumotlardan boshlab, to sizning xobbingiz va bo'yingiz balandligi haqida ma'lumotlarni yig'arkan.

— Facebook ro'yxatda 1-o'rin, u 79.49% ma'lumotlaringiz yig'adi. Undan keyin Instagram, Tinder va 5-o'rinda esa TikTok.

— Ro'yxatda Google va uning mahsulotlari ham o'rin egallagan.

👉 @ITMavzu
5 daqiqaga feysbukka kirib chiqaman, choy damlab, telegramda yozganlarga javob beraman — va darhol ishlashga kirishaman. Bu kabi marafondan keyin bir necha soat vaqtimiz behuda ketganini sezmay qolamiz.

Freedom ilovasi mana shu muammoni yechishga yordam beradi. Nomi «erkinlik» deb tarjima qilinsada, erkinlikdan u aynan mahrum qiladi.

Dastur ilova va vebsaytlarni bloklash, birato‘la internetni cheklash, blokirovka jadvalini tuzish, oq va qora ro‘yxatlar kabi imkoniyatlarga ega.

Yuklab olish: freedom.to

👉 @ITMavzu
2024/09/23 07:25:24
Back to Top
HTML Embed Code: