Telegram Web Link
"IT-MAVZU" kanali uchun @TGStat'dan yil natijalari

👉 @ITmavzu
Firibgarlar va frilans

Firibgarlik savdo-sotiq bo'lgan joyda, albatta, bo'ladi. Lekin ular shunaqangi rolga kirishadi-ki, siz ularni aldayotganini sezmay ham qolasiz. Aynan shunday «mijozlar» haqida gaplashamiz.

1. «Qilgan ishingizni avval boshliqqa ko'rsataman, yoqsa sotib olamiz».
Bunday gap bo'ldimi, o'ylab o'tirmay kechvoring buyurtmadan. Bunaqalar shu yo'l bilan frilanserni aldaydi, ishni olib «suradi». To'lovni 100% oldindan oling, yoki «предоплата» bilan ishlang (50% oldindan)

2. «Biz sizga sinov tariqasida topshiriq beramiz, bajarsangiz buyurtma beramiz.»
Odatda, bu gap har doim ham firibgarlikka tortmaydi. Ammo shunday holatlar bo'lgan-ki, test topshiriq aslida haqiqiy topshiriq bo'lgan, uni olganda «to'g'ri kelmadingiz» deb surishgan.

3. «Hozir faqat shuncha qismini beraman, qolganini ertagayoq beraman»
Bu narsa ham oxiri aldash bilan tugashi mumkin. 100 minglik ishni 30ming so'mini berishini, qolganini ertaga pul tushishi bilan berishini ta'kidlab, g'oyib bo'lib qoladi. Shaxsan menda bu holat kuzatilgan. 30% ini berib, ertasiga na telefoniga tushib bo'ladi, na unga yozib bo'ladi. Ehtiyot bo'ling, eng ishonchli mijoz — potensial mijoz!

👉 @ITmavzu
Kopirayting uchun 10 mln so'mlik kurs sotib olish shartmi?

— Javob: Yo'q.
Kopiraytingni kurslarsiz ham o'rgansa bo'ladi. Sizdan talab qilinadigan narsalar — ko'proq badiiy kitob o'qish, zamonaviy fikrlash va kreativlik.

— Kitob nega kerak, deysizmi?
Bu sinalgan uslub bo'lib, siz so'zlarning to'g'ri yozilishi va yangi so'zlarni o'rganib olasiz, tushunarli qilib aytganda - so'z boyligingizni oshirasiz.

— Zamonaviy fikrlash doimo kerak, chunki siz buyurtma asosida matn olib yozsangiz 20-asr fikrlashi bilan yozmaysiz, aksincha, zamonaviy va hozirgi avlod tushunadigan tilda yozasiz.

— Kreativlik esa reklama matni yozishda eng muhim omil sanaladi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Negaki, reklama matni qanchalik kreativ va o'ziga tortsa, shuncha narxi baland bo'ladi. Kreativlik — ma'lum bir ishga o'zgacha yondashish.

👉 @ITmavzu
Neyromarketing nima?

Neyromarketing – haridor mahsulotni sotib olmasa qanday foydani qoʻldan chiqarishi mumkinligini koʻrsatish orqali uni aynan hozir harid qilishga undash.

Masalan: « Faqat bugun siz ushbu kursimizni 30% chegirma bilan harid qilishingiz mumkin» yoki « Birinchi bogʻlangan 10 kishiga 40% chegirma mavjud» kabi soʻzlar orqali haridorni tezroq xarid qilishga chorlasangiz boʻladi.

P.s: Neyromarketing haridorni tezroq qaror chiqarishga undaydi. Baʼzilarning fikricha, ushbu usul deyarli haridorni mahsulotni sotib olishga majbur qiladi deb hisoblashadi.

👉 @ITmavzu
Coursera.org – eng yaxshi kurslarni tekinga oʻrganing

Coursera'dagi har bir kurs jahon miqyosidagi universitetlar va kompaniyalarning yuqori darajali o'qituvchilari tomonidan o'qitiladi, shuning uchun siz istalgan vaqtda va istalgan joyda yangi narsalarni o'rganishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Forwarded from Azizbek Fayzullaev
3D modelling va 3d model savdosiga qiziquvchilar uchun foydali bo'lgan blog 👍

Bu blogda siz sohada 6 yillik tajribaga ega bo'lgan mutaxasis Azizbek Fayzullaev👉 "Keravl 😎" dan foydali maslahatlar Masterclass'larni ko'rishingiz mumkin bo'ladi

👉Obuna bo'lish uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30 daqiqada biror ishga ulgurish mumkin(mi)?

Ba'zida shunday holatlar bo'ladi-ki, biror ishni qilishga bor yo'g'i 30 daqiqa yoki undan ham kam vaqt bo'ladi. Bunday paytda ko'p kishi sarosimaga tushib, ha deb vaqtga qarayverib, ishining produktivligini tushiradi.

Bunday holatda esa sizga Pomodoro yordam beradi! Pomodoro'ning foydali tomonlari ko'p:
Ishning produktivligini oshiradi;
Vaqtni sezilarli tejaydi;
Va hokazolar;

Siz ham hozir sinab ko'rishingiz mumkin. LINKpomofocus.io.

P.S. Ushbu post ham Pomodoro orqali yozildi.

👉 @ITmavzu
Marketing nima?

Marketing - biznesga foyda olish uchun mijozlar ehtiyojlarini aniqlash va qondirishga yordam beradigan faoliyat.

Masalan, kompaniya yangi mahsulot chiqaradi va bu haqda mijozlarga aytib beradi, aksiyani ishga tushiradi, bonuslar taklif qiladi yoki foydali kontent tayyorlaydi - biznesning mijozlarni jalb qilish va ushlab turish uchun qiladigan har qanday harakati marketing deb ataladi.

Marketing vazifalari:
• Bozor holatini tahlil qilish;
• Muayyan sohada mijozlar ehtiyojlarini o'rganish;
• Bozorda raqobatchilar va narx siyosatini tahlil qilish;
• Yangi mahsulotlarni ishlab chiqish;
• Kompaniyaning assortimenti va narx siyosatini shakllantirish;
• Tovar va xizmatlarni onlayn va oflayn targ'ib qilish;
• Sotish hajmini oshirish;
• Kompaniyaning imidji va obro'sini shakllantirish.

👉 @ITmavzu
SMM o'zi nima va uning vazifalari nimalardan iborat?

— SMM bu ingliz tilidan olingan bo'lib ''Social Media Marketing'' ya'ni o'zbek tilida tarjima qilganimizda ''ijtimoiy tarmoqlar marketingi'' degan ma'nolarni bildiradi. Sodda tilda tushuntiradigan bo'lsam, hozirgi kunda aktual (ommalashgan) ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, Instagram, Facebook va TikTok) da biror-bir biznesni yoki shaxsiy brendni mana shu ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaga tanitish va mahsulotlarini sotish.

— Xop, endi SMM managerning vazifalari haqida gaplashsak.

Vazifalari quyidagicha:
1. Profilni to'g'ri dizaynini yaratish.
2. Kontent reja tuzish.
3. SWOT analiz qilish.
4. SMM strategiya tuzish.
5. Kopirayter, dizayner, targetologga to'g'ri va tushunarli texnik vazifa ( T/Z ) berish.
6. Creativ fikrlash.
7 Maqsadli reklamalarni joylash.
8. Ijodiy postlar chiqarish.
9. Reklamani byudjetini taqsimlash.
10. Auditoriyani to'g'ri tanlab, mijozlarni ushlab qolish va yig'ish.

👉 @ITmavzu
Targeting nima? Targetolog kim?

— Targeting ijtimoiy tarmoqlarga reklama berish va reklama orqali mijozlarni jalb qilishdir. Bu soha vakillari targetologlar deyiladi.

— Targetologlar ijtimoiy tarmoqlarda pullik reklamalarni yoqib, obunachilar, layk va kommentariyalar, eng asosiysi, murojaatlar sonini oshirishi lozim.

— Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib turganingizda sizga koʻrsatiladigan reklamalar shu soha vakillari tomonidan joylashtiriladi. Ular reklamani qachon, qancha miqdordagi, necha yoshdagi, qaysi joylashuvdagi kishilarga qancha vaqt mobaynida koʻrsatishni tahlil qilib ijtimoiy tarmoqlarda reklamalarni yoqadi.

🚀 Hozirda Oʻzbekistonda bu soha vakillariga talab yuqori!

👉
@ITmavzu
Muvaffaqiyat siri nimada? Buni sizlarga maslahat tarzda beraman

1. O'zingiz uchun pul qizg'onmang
Bilim uchun qayerdan bo'lsa ham pul topishga harakat qiling.

2. Bir narsaga erishish uchun boshqa narsadan voz kechishga to'g'ri kelsa qo'rqmang va tavakkal qiling. (Internet-Marketing zamonaviy kasbini yanada tezroq va mukammal darajada o'rganish uchun, ishimdan ketganman).

3. Maqsadingizga muddat qo'ying va o'sha maqsadga erishmaguncha muntazam harakatda bo'ling.

👉 @ITmavzu
IT ga oid foydali saytlar ro'yxati

homestyler.com - uyingizni rejasini va dizaynini chizishingiz uchun sayt. Buni o'rganishingiz uchun sayt ichida bepul darslar ham bor.

Canva.com - minglab shablonlar yordamida ajoyib va juda ko'plab turdagi dizayn rasmlarni bemalol yasashingiz mumkin.

Colorhunt.co - Trenddagi va boshqa ko'plab ranglarni bir-birga mos tushadignalarini ko'rsatib beradigan sayt.

Freepik.com - katta hajmdagi millionlab turli rasmlar va fonlar, logolar, fotomontaj uchun shablon fayillarni tekinga ko'chirib olsangiz bo'ladigan eng mashxur sayt.

👉 @ITmavzu
CodeSchool.com — ustoz bilan yakkama-yakka holatda dars bo’ladigan kurslar.

Ushbu platforma Sizning kelajagingizga sarmoya kiritmoqda. Shuning uchun, agar siz o'qishni tugatgandan keyin olti oy ichida yangi ish topmasangiz, Siz bir tiyin ham to'lamaysiz.

👉 @ITmavzu
Kibersport orqali pul ishlashga nima deysiz?

Hech o'yin o'ynab pul ishlagan odamni ko'rganmisiz? Shunaqasi ham bor ekan, qoyil. O'yin o'ynaydi, rohat oladi, pul ishlaydi. Qanday?

Odatda kibersport orqali pul ishlash tanlovga bog'liq. O'zimizda IT-Park shu tanlovni o'tkazgan edi va mukofot uchun juda katta pul qo'ygan edi.

Siz o'yin o'ynaysiz, yutasiz - mukofotni topshirishadi. Odatda CS:GO, Dota, PES, FIFA kabi o'yinlar kibersportda yetakchi video o'yinlar.

P.S. Lekin bu soha ko'z va asabga ziyon keltiradi, chunki o'yin davomida ko'zlarni kamroq ochib yopasiz, yoki oxirida yutqazsangiz yaxshigina asabiylashasiz ;)

👉 @ITmavzu
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar

1. Doimo yaxshi odamlar bilan emas, to‘g‘ri odamlar birga bo‘lish kerak.

2. Mablag‘ doimo yetarli, faqat o‘z orzusi uchun o‘zini qurbon qila oladigan umidli odamlar kam.

3. Odamlarni yutuq va muvaffaqiyatlaridan emas, xatolaridan o‘rganish kerak.

4. Taslim bo‘lmaslik kerak. Bugun og‘ir, ertaga battar qiyin, lekin indinga quyosh chiqadi.

5. Agar o‘zingiz sinab ko‘rmasangiz, imkoniyat borligini qayerdan bilasiz?

6. Agar taslim bo‘lmasangiz, sizda yana imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Umidsizlik — eng katta muvaffaqiyatsizlik.

7. Raqobatdoshingizdan o‘rganing, lekin uning ishini qaytarmang, qaytarsangiz – o‘lasiz.

8. Hech qachon hukumat bilan tijorat qilmang.

9. Qo‘lingiz pul ko‘rsa, xato qilishni boshlaysiz, hech qachon 20 yil ichida bitadigan ishni 2 yil ichida yakunlashga urinmang.

10. Agar sizlar kichik bo‘lsangiz, aqlingizga ishoning, kuchingizga emas.

👉 @ITmavzu
Motion grafika haqida

Motion grafikasi
- dizayn, animatsiya, rejissyorlik va videoni tahrirlashni birlashtirgan yo'nalish.

Bularning barchasi birgalikda har qanday g'oyangizni harakatga aylantirishga imkon beradi. Siz videolaringizni qayta ishlashingiz, animatsion eskizlar yaratishingiz mumkin.

Hozirgi vaqtda biznes va kompaniyalar uchun reklama videolari, turli filmlar ham asosan motion grafikasi asosida yaratiladi.

Bu yoʻnalishni oʻrganish uchun oʻrtacha 3 oy vaqt ketadi. Motion grafika juda qiziqarli shu bilan birga yaxshigina daromadli soha hisoblanadi.

P.s: Ushbu yoʻnalishni oʻrganish haqida ham oʻylab koʻring. Unutmang, koʻproq pul topmoqchimisiz unda koʻproq oʻrganing!

👉 @ITmavzu
Video montaj uchun kerakli dasturni bepul oʻrganing

Final Cut Pro
dasturi video montaj bilan shugʻullanuvchilar uchun eng kerakli dasturlardan bir hisoblanadi. Youtube ijtimoiy tarmogʻida faoliyat olib boradigan koʻplab insonlar aynan ushbu dasturdan foydalanishadi.

P.S. Final Cut Pro dasturini oʻrganib masofaviy ishlashingiz, talabgor mutaxassis boʻlib yaxshigina daromadli ish topishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Adobe After Effects dasturiga oid 40 dan ziyod bepul video darsliklar to‘plami

👉 Youtube.com/DavidTomparkers/videos

P.s: After Effects dasturidan kino va kliplar effektlari uchun keng foydalanishadi.

👉 @ITmavzu
Sizda sifatli fotoaparat bormi? Ishga kirishing

Sifatli fotoaparat orqali o'zgacha rasmlar olsa bo'ladi. Tiniq, chiroyli, nafis rasmlar qimmatga sotiladi. Pinterest, Freepik kabi platformalarda yaxshigina aylanishi mumkin.

Rasmga tushirish va montaj ishlarini yaxshilab o'rganib, rasmlarni saytlarda sotish mumkin.

Photodone.net Logopod.ru Pixabay.com Eyeem.com Pinterest.ru Freepik.com

👉 @ITmavzu
2024/09/23 09:18:52
Back to Top
HTML Embed Code: