Telegram Web Link
No Code

6 yil oldin AQShda global trend vujudga keldi — «No Code», ya'ni, kodsiz dasturlash. No Code ma'lum bir platforma yoki bir nechta texnologiyalar yig'ilmasi ko'rinishida bo'lib, u dasturlashni bilmasdan turib, web-saytlar, mobil ilovalar, CRM tizimlar va internet do'konlar yaratishga yordam beradi.

No Code platformalar yordamida siz kod yozishni umuman bilmasdan turib, to'laqonli web-mahsulotlar yaratishingiz mumkin, va bu usul dasturlashga qaraganda 3-4 barobar tezroq hamda arzonroqdir.

No Code ning yaqqol namoyondasi sayt qurishga mo'ljallangan Bubble platformasi hisoblanadi. U Drag&Drop texnologiyasi yordamida sahifaga deyarli barcha elementlar: video, rasm, matn, ikonkalar, xarita va knopkalarni qo'shish va ularni xohlagan nuqtaga siljitish imkonini beradi.

Kodsiz web-ilovalar yaratish imkonini beradigan ko'proq servislar kerakmi? Unda The Home of No-Codehttps://nocode.tech loyihasi bilan tanishing. Dizayn, dasturlash, avtomatlashtirish, marketing, PR, rezyume va portfolio konstruktorlari, video va foto muharrirlar va hokazo bo'limlarga ajratilgan 250 dan ortiq turli servislarni o'zida mujassamlashtirgan ushbu loyiha sizga albatta yordam beradi.

👉 @ITmavzu
Oldingi postda No Code platformalar haqida gaplashgan edik. Bunday platformalar sizga ortiqcha harajat va kodsiz o'z ilovalaringizni yasashga yordam beradi.

Albatta, dasturlashni bilmasdan turib siz bunday saytlar orqali Facebook, Twitter yoki Windows OS kabi dasturlarni qurolmaysiz. Lekin kichik internet do'kon, blog, sayt-vizitka, yoki chatbot va shunga o'xshash vositalar uchun bunday servislar ayni muddao.

Quyida shunday platformalar ro'yxati bilan tanishing:

Bubble — kuchli vositalar va xilma-xil shablonlar orqali har qanday web-ilova yaratish imkonini beradigan platforma. Bir necha soatlarda o'z saytingizni yasab, uni daromad manbayiga aylantiring.

Glide — Google Sheets (Google jadvallari) orqali mobil yoki web-ilova qurish imkonini beruvchi platforma. Yuzlab shablonlar orqali o'zingizga kerakli ilovani yasang: chat, do'kon, forum, onlayn kinoteatr, musiqa portali, jurnal, trekerlar, viktorina va hokazo.

botCommerce — 5 daqiqada Telegram bot ko'rinishidagi o'z internet-do'koningizni oching. Do'konni boshqarish paneli, mahsulot, buyurtma, mijozlar, aqlli analitika hamda Payme va Click to'lov tizimlarini ulash funksiyalari bor.

Carrd — ortiqcha tashvishlarsiz bir sahifali saytlar, «landing page»larni tezkor yaratishga mo'ljallangan servis.

Landbot — chat-botlar konstruktori. Albatta, bu konstruktor orqali murakkab sun'iy intellekt yasolmaysiz, lekin foydalanuvchilarni qo'llab-quvvatlash tizimini avtomatlashtirish va mijozlar murojaatini kompaniyaning turli bo'limlari bo'ylab taqsimlashni bemalol amalga oshirish mumkin.

Bu kabi platformalardan ko'proq kerak bo'lsa, Google sizga yordam beradi.


👉 @ITmavzu
«Dasturlashni o'rganmoqchiman, qaysi tilni tanlay?»

Dasturlashdagi eng qiyin narsa — uni boshlash. Ikkinchisi esa qaysi tilni tanlash va uni o'rganish. Agar sizni ham shu savol qiynasa, post aynan siz uchun.

TIOBE statistikasiga qarasak, 1-o'rinni C tili egallab turibdi. 2-o'rin Python, 3-o'rin esa o'sha afsonaviy Java. java yil boshida liderlikni hech kimga bermayotgan edi. Ammo ko'nglim sezganidek, Java'ning reytingi tushib ketdi, kutganimdek Python yuqoriga otildi.

Dasturchi sifatida sizga Python, PHP, Node.JS, React.JS yoki front-end sohasi sizga ma'qul bo'lsa (sayt dizayni, tashqi ko'rinishi) HTML, CSS va Javascriptni o'rganing. Institutda o'rgatiladigan C++ ga frilansda talab yo'q. Frilans bozorida asosan back-end uchun python, PHP, yoki Node'ga talab yuqori. Chunki ushbu tillar bilan saytning server qismini sifatli optimizatsiya qilish mumkin, va shuning uchun ham talab anchagina yaxshi.

Front-end sohaga ham talab yuqori. Chunki mijoz uchun saytning dizayni muhim omil. Agar fantaziyangiz boy, kreativ fikrlasangiz — marhamat, front-end sizga to'g'ri keladi.

2-savol — tillarni qayerdan o'rgansam bo'ladi?

Turli o'quv markazlaridan, yoki YouTube. Hozirda Youtube da ham o'zbekcha sifatli kontent ko'payyabdi, izlang, toping o'rganing. Keyingi postlarimiz esa boshlovchi-dasturchilarning frilansga kirishi haqida qisqa gayd (yo'riqnoma) tuzaman.

👉 @ITmavzu
Qisqa Maslahatlar — Dasturchilar uchun

Kodingiz ishlamasa yoki xatolik bersa, guruhlarga savolni to'g'ri bering. Pythonni biladiganlar bormi, PHPni kim tushunadi demang. Savolni batafsil tushuntiring, bilganlar aytishadi, bilmaganlar jim turishadi.

• Kod yozishda chalg'imang. Telegram, Instagramlarga kirmaslikka harakat qiling. Savol chiqsa, Telegramga kirish mumkin, unda ham faqat savol uchun.

• Kod ishlamasa asabingizni buzmang. Kodni tiklasa bo'ladi, ammo asabnimas.

• Google'dan foydalanishni o'rganing. Stackoverflow.com sayti orqali minglab dasturchilarning ishi bitgan.

• So'rashdan uyalmang. Biror guruhda balki siz yaxshi biladigansiz va o'zingizga yarasha obro'y bo'lishi mumkin, ammo savol chiqsa uni berishdan uyalmang. Kezi kelsa, miya 2+2 ni ham hisoblay olmasligi mumkin.

👉 @ITmavzu
Backend, Frontend, Fullstack — ular nima?

• Frontend — saytning tashqi qismi.
Saytning tashqi qismiga javobgar Frontend sanaladi. Siz saytga kirganingizda, har xil chiroyli animatsiyalar, o'zgacha dizayn va boshqa tashqi tarafda ko'rinuvchi elementlar ko'zga tashlanadi — Frontend. Unga HTML/CSS, Javascript kiradi.

• Backend — saytning ichki qismi.
Bu qismi bizga ko'rinmaydi. Ammo saytdagi asosiy ishni backend bajaradi desak mubolag'a bo'lmaydi. Mashinaning korpusi, uning tashqi ko'rinishini Frontend desak, mashinaning motori, dvigateli va turbo-sistemalari backendga kiradi. Ming chiroyli bo'lgani bilan, yurmaydigan mashina nima kerak? Python, PHP, Java, Go, Node.js — backend uchun tillar.

• Fullstack — Backend+Frontend.
Yana mashinaga qiyoslaydigan bo'lsak, bu Ferrari deylik. U ham chiroyli, ham tez. Ya'ni, motori zo'r, tashqi ko'rinishiga ham gap yo'q. Shuning uchun ham Fullstack dasturchilarga yaxshi to'lashadi, chunki ularni zimmasida saytning ham dizayni, ham server qismidir.

👉 @ITmavzu
Dasturlash sohasining kelajagida go‘yo barcha ishchilar masofaviy ishlaydi degan fikr bor. Ammo Microsoft rahbari bunday ish turining salbiy oqibatlari bor demoqda.

Gap shundaki, faqat uyda ishlaganda siz «ijtimoiy kapital»dan mahrum bo‘lasiz. Bunga tanish-bilishlar, aloqalar, hamkasblar bilan jonli muloqotlar kiradi.

Ammo masofaviy ishning afzal tomonlaridan biri — oilangizga ko'proq vaqt ajratasiz va hobbilar ham bundan mustasno emas.

👉 @ITmavzu
Biznesda ikkinchi bo'lish

90-yillarda CDNow kompaniyasi internetda kompakt-disklar savdosi bilan shug'ullanib, bu sohada birinchi bo'lgan. Kompaniya o'z vaqtida bir nechta innovatsion yechimlarga qo'l urgan: onlayn-savatchani ixtiro qilgan, avval bunday narsa umuman bo'lmagan; savdo uchun o'z dasturini yaratgan; internetda birinchi bo'lib onlayn reklama buyurtma qilgan.

Lekin, CDNow internetda nafaqat disklar, balki har qanday narsani sotish mumkinligini ilg'amagan. Liderlikni esa Amazon qo'lga kiritib ketdi. Hozir esa deyarli hech kim narxi 1998-yilda $1 mlrd bo'lgan CDNow nomli kompaniya bo'lganini eslolmaydi.

Birinchi bo'lish nima degani?

Ko'p tadbirkorlar yangi sohada birinchi bo'lish yaxshi deb o'ylashadi. CDNow rahbari shunday deydi: «Bizga birinchi bo'lish ustunlik bergani yo'q, chunki har kuni hech kim to'qnashmagan, noyob muammolarni yechishimizga to'g'ri kelgan. Ko'p hollarda biznesda tezkor ergashuvchi bo'lish osonroq».

Tezkor ergashuvchilar — bu bozor yetakchilarining ortidan ketadigan, ularning xatolaridan saboq oladigan, keyin esa kutilmaganda katta bosimdan charchagan liderni quvib o'tadigan kompaniyalardir.

👉 @ITmavzu
Appleʼning qulashi

1996-yilga kelib Apple kompaniyasining 1991-yilda $70 turadigan aksiyalari $14 qiymatgacha tushib qoldi. Bu paytga kelib kompaniyalarning aksiyalari narxi sezilarli darajada oshishi kerak edi.

Bu vaqtda Stiv Jobs Apple'dan haydalgan edi. U ushbu holatni shunday izohlaydi: «Ular mahsulotni takomillashtirish va qulaylashtirishni emas, qanday qilib boʻlsa ham foyda olishni hohlagani uchun Macintosh Microsoft'ga yutqazdi».

Microsoft foydalanuvchi interfeysini Macintosh'dan koʻchirib olgan boʻlsa ham, Apple'dagilar yangilik qilish va oʻzlari ustida ishlashdan toʻxtab qolishgani uchun ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

P.s: Odam oʻz ustingizda ishlashdan, yangi narsalarni oʻrganishdan toʻxtar ekan, albatta oʻzgalar bilan boʻlgan raqobatda yutqazadi. Shunday ekan, hech qachon rivojlanishdan toʻxtamang.

👉 @ITmavzu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BMWdan yana bir shedevr

Balki davrlar oʻtgandir, balki yoshingiz ulgʻayib, belingizdan quvvat ketgandir, lekin BMW hamon oʻsha-oʻsha – navqiron va baquvvat!

@Reklom_sanati - san'at darajasidagi reklamalar
Pomodoro va uning afzalliklari

Pomodoro haqida eshitganmisiz? Bu ilova orqali minglab insonlarning ish produktivligi oshib boradi, vaqtlari tejaladi. Siz ham shunday natijaga erishishingiz mumkin. Batafsil maqolada.

LINK 👉 teletype.in/@itbusinessschool/pomofocus

👉 @ITmavzu
IT bo‘yicha 5 ta kitob

Ushbu to‘plam Node.js dasturiy platformasi tiliga bag‘ishlangan.

1️⃣ “Node.js. Texnologiya qo‘llanmasi”, Kirill Suxov.

2️⃣ “Node.js JavaScript yordamida server veb-ilovalarni dasturlash”, Devid Xarron.

3️⃣ “Node.js harakatda”, Mayk Kantelon, Aleks Yang, Bredli Mek.

4️⃣ “Veb-dasturchilar uchun JavaScript va Node.js”, Prohorenok Nikolay, Dronov Vladimir.

5️⃣ “Node.js dizayn andozalari”, Kasiaro Mario, Mammino Luchano.

👉 @ITmavzu
Ayni damda poytaxtimiz metro bekatlarida smartfonni quvvatlash uchun innovatsion uskunalar.

👉 @ITmavzu
Bot yozishni nimadan boshlash kerak?

Dasturlashni endi boshlagan, yoki tutorial qismini tugatgan koʻpchilik progerlar bot-developingga qiziqib ketadi. Chunki bot tayyorlash uchun dizayn shart emas va u qiyin ham emas.

Bot API

Bot yozishdan oldin Bot API dokumentatsiyasini yaxshilab oʻqib chiqish zarar kilmaydi. Bot API bot yozishni oʻrgatmaydi, u parametrlar va amallarning qanday ishlashini koʻrsatadi. Oddiy tilda, mashinaning qanday yurishi, qanday yonishi va boshqalar — bular Bot API. Mashinani haydashni oʻrganish, uni joyidan silkitish — dasturlash qismi.

Eng koʻp botlar asosan PHP, Python kabi tillarda yoziladi.

👉 @ITmavzu
📝 Kopirayter bo'lish uchun 1000$ lik kurslar kerakmas

— 21-asrda kim ham kopirayting kurslari uchun 1000$ sarflardi? 7 ta oltin qoidani ilib oling, shuni o'zi yetadi!

🥇 7 OLTIN QOIDA:

1.
Matnning sarlavhasini qisqa qiling.
2. O'quvchi uxlab qolmasligi uchun, gaplarni uzun qilib yubormang.
3. Gaplar ovoz chiqarib o'qilganda, bir nafasda o'qilsin.
4. Birinchi gap ikkinchi gapga ulansin.
5. Bitta gap — bitta fikr. Bitta gapda roman yozish kerakmas.
6. Har bir gapni 3 barobar qisqartirsa bo'ladi, hattoki shu gapni ham.
7. Katta bo'lgan bo'sh joyga bitta qisqa gap yozish optimal variantdir.

💬 Nima deb o'ylaysiz, matn yozishda nimalarga e'tibor berish kerak?

👉 @ITmavzu
Nima uchun IT sohasi serdaromad?

1. IT da barchasini onlayn hal qilish mumkin.
IT sohasining eng qulay tarafi — onlayn ham ishlash mumkin. Onlayn bo'lgani kabi, u serdaromad ham. Chunki IT-mutaxassislar ayni damda kam va shu uchun unga talab yuqori. Konkurent kam bo'lgani sabab, narxlar yuqori va daromad ham yaxshi :)

2. Chet elliklar bilan ham ishlash mumkin.
Agar o'zimizdagi daromad sizni qoniqtirmasa, bemalol upwork, fiverr frilans-birjalari orqali chet elliklar bilan ishlash mumkin. Ular yaxshi to'lashadi, lekin ular uchun sifat muhim.

3. IT-kompaniyalar yuqori daromadni kafolatlaydi
Oddiy kompaniyadan ko'ra, IT-kompaniyalar tez ko'tariladi. Bu 1-bo'limda aytganimdek, IT-mutaxassis kam, konkurent deyarli yo'q. Shu uchun ham ushbu kompaniyalarga biznes tashkilotlarning ishi tushadi.

👉 @ITmavzu
Brendni tanitish uchun yana bir maydon — TikTok

Barchamizga ma'lum va mashxur bo'lgan TikTok'dan aslida foyda ham bor. Tiktok orqali brendni tanitish, raskrutka va yana boshqa ishlarni qilish mumkin.

O'zbekistonda Tiktok juda ham mashhur. Har 3-odam tiktok ishlatadi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Xo'sh, Tiktokda qanday qilib brendni tanitish mumkin?

• Chiroyli logotip va nom tanlang
Tiktok accountga brend logotip qo'ying, yaxshi nom va username qo'ying.

• Did bilan montaj qilingan video qo'ying
Har-xil, saviyasiz, bachkana yoki oddiy montaj videolar hech kimga yoqmaydi. Montaj qilishda e'tibor bering, videoni oxirigacha ko'rishsin.

• Har video ostiga heshtegni «to'ldirib» tashlang
Deylik, frilans agentligingiz bor. Siz buyurtma asosida saytlar, botlar va dasturlar yozasiz. Ish jarayonini videoga oling, uni did bilan montaj qiling, videoni qo'yishda heshtegni to'ldirib tashlang. # > dasturlash, saytlar, botlar... Bu ko'rishlar sonini oshirishga yordam beradi.

👉 @ITmavzu
«Nega mijozim yo'q?!»

IT sohasida biznes qilishni boshlagan har bir «novichok»ning 1-savoli — "Qanday qilib, mijoz topaman" bo'lsa, 2-si "Nega mijozim yo'q" bo'ladi.

Strategiyamizga tayanadigan bo'lsak, mutaxassislar uchun doimo ish topiladi. Lekin o'quvsizlarga ish yo'q deganimas. Keling, sizga bir nechta savol beraman,

1. Portfolio mavjud va unda "odamga o'xshagan" proyektlar bormi?
2. Muomalangiz qanday?
3. Mijozlaringizga sizni boshqalarga tavsiya qilishini so'raysizmi?
4. O'z xizmatlaringizni reklama qilasizmi?
5. O'zingizni mutaxassis deb hisoblaysizmi?

• Qaysi savolga javobingizni qoniqarsiz deb o'ylaysiz — o'sha bo'lim bo'yicha ishlang!

👉 @ITmavzu
ALT kodlar

ALT kod — bu shunday kodki, uning belgilari Alt tugmasi va NumLock klaviaturasidagi raqam yordamida chaqiriladi.

Windows yoki DOS operatsion tizimlarida ishlaydigan shaxsiy kompyuterlarda odatiy klaviatura yordamida mavjud bo'lmagan belgilarni kiritish uchun qo'shimcha buyruqlar mavjud. Ushbu buyruqlar Alt kodlar deb ataladi va "Alt+X" klavishalari orqali ishlatiladi, bu erda "X" — qandaydir son. Kerakli belgini yozish uchun Alt tugmachasini bosib ushlab turing va qo'shimcha raqamli klaviatura (Numpad) da qo'yib yubormasdan, masalan 0185 raqamini kiriting. (Ixtiyoriy raqamli klaviaturani faollashtirish uchun NumLock yoqilgan bo'lishi kerak.)

Barcha Alt-kodlar jadvali: https://unicode-table.com/ru/alt-codes/

👉 @ITMavzu
🤖 Telegram-bot biznesi haqida

— Agar ma'lum vazifa bajaruvchi bot qilsangiz, bor g'oyalarni ishlatmang. Chunki har bir g'oyaning o'zini «shoh»lari bo'ladi va ulardan o'zib ketish ancha qiyin bo'ladi. Agar bor g'oya bilan qilmoqchi bo'lsangiz, o'sha g'oyadagi botlarni o'rganib chiqing va muammolarini o'zingizni botingizda hal qiling.

— Yangi g'oya bilan qilingan botlarga kuchli hosting kerak, sababi yangi g'oyalarni hamma yaxshi ko'rishadi va kamida botni 1 marta sinab ko'rishadi.

— Botni birdaniga 3-4 ta kanalda reklama qilmang, navbat-navbat qiling. Bilasiz, hostinglar ko'p odam birdaniga kirsa to'kiladi.

👉 @ITMavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
nVidiadan yangi sun'iy intellekt Maxine. Endi kameraga qarab gapirish shart emas. Tekstga qarab gapiraverasiz, programmani ozi yuzingizni kameraga qaratib qo'yadi. Blogerlar uchun ajoyib imkoniyat.

👉 @ITmavzu
2024/09/23 11:23:02
Back to Top
HTML Embed Code: