Telegram Web Link
Ushbu qoidalarga amal qiling

Biznes boshlashdan oldin, quyidagilarga amal qilishingiz tavsiya qilinadi:

- Insonlarni og'riq nuqtalarini qidiring, "Evrika" lahzasini kutmang;
- Ustoz toping;
- Biznes-reja tuzing;
- Bozor ehtiyojlarini tushunib oling va o'zgarishlarga moslashing;
- Biznesigiz o'sishi uchun yaxshi jamoani tanlang;
- Sotuv;
- Marketing;
- Product.

Barcha bo'limlarni yaxshilab o'rganib oling!

👉
@ITmavzu
Startap uchun qayerdan g‘oya olsa bo‘ladi?

1. Xaqiqiy biznes-loyihalar jamlangan Crunchbase.com sayti bor (ingliz tilida). Sayt ixtisoslashuvi, moliyalashtirish bosqichi, texnologiyasi va boshqalar bo‘yicha saralangan venchur loyihalar ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

2. Gʻoyalarni qayerdan izlashni aniqlab oldik. Endi qaysi sohada tajribangiz bor, qayerda ishlagansiz, va nimaga qiziqishingizga qarab saytdan kerakli loyihalarni saralab oling. Masalan SMM va dasturlashga qiziqsangiz, sizga marketingga yo‘nalgan g‘oyalar qiziq bo‘lishi mumkin.

👉 @ITmavzu
Sizni ruhlantiruvchi maslahatlar

1. Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang.
2. Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz - dangasa bo`lmang.
3. Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa Sizni ruhlantirishi mumkin.
4. Maqsadga erishib oladigan narsangizdan maqsadga erishib yetishadigan darajangiz muhimroqdir.
5. Agar reja ish bermasa, rejani o’zgartiring. Ammo maqsadni emas.

👉 @ITmavzu
Frilanserlar uchun yana bir mega sayt

Barcha freelancerlarning sevimli sayti - Fl.ru

• Sayt yaratish
• Matnlar
• Dizayn va art
• Dasturlash
• Audio/Video
• 3D grafika
• Rasmlar
• Animatsiya
• Reklama va marketing
• Tarjimalar

Va yana shunga o'xshash juda ko'p sohalarda o'z xizmatlaringizni ko'rsatishingiz va shu tariqa pul ishlashingiz mumkin. Bu yerga kuniga juda ko'p minglab insonlar o'zlariga kerakli bo'lgan narsalarni yozishib, e'lon joylashtiradi. Bu yerda asosan dasturchilar ko'p.

Bu yerda nafaqat xizmat ko'rsatish, balki portfolio sifatida foydalanish yoki vakansiya izlash mumkin.

👉 @ITmavzu
Frilans = Sog'liq. Bular qanchalik bir-biriga bog'liq?

Frilanser emas ishchilar kuniga kamida bo'lsa ham 1 km yo'l bosishadi. Ammo frilanser uyda o'tiradi va o'tirib ishlaydi. Sog'liq-chi?

1. Ertalabki badantarbiya bilan shug'ullaning;
2. Sutli mahsulotlar, mevalar iste'mol qiling;
3. O'tirib ishlasangiz, har soat turib, oyoqlarni yozing;
4. Har yarim soatda 5 daqiqa ko'zlarga dam bering;
5. Tez-tez suv ichib turing;
6. Kuniga kamida 30minut ko'chada sayr qiling;
7. Erta uxlang, erta turing va kunni 1-qoidadan boshlang.

Agar ushbu 7 qoidaga amal qilsangiz, hech qayeringiz og'rimaydi va o'zingizni tetik his qilasiz!

👉 @ITmavzu
Frilanserlar duch keladigan muammolar

— Ko'pchilikning hayolida frilans «Mana buyurtma, mana pul» degandek ko'rinadi. Aslida hech ham unday emas. Frilansda ham o'zgacha muammolar bor. Bulardan biri — mijozning qaysarligi.

— Odatda frilanser buyurtma olib, uni bajargach, mijozga umuman yoqmasligi va buyurtmani boshidan qilishiga to'g'ri kelishi mumkin. Agar frilansga kirmoqchi bo'lsangiz, shunday mijozlarga tayyor turing :)

— Eng ko'p tarqalgan muammolardan biri — byudjet kamligi. Mijoz so'ragan narsa Toshkent bo'lsa, narxi Nyu-York bo'lib yotibdi. Ammo mijoz bu narsalarni tushunmaydi, u o'zida bor pulni beradi.

P.S. Yana bir muammo shundan iborat-ki, mijoz buyurtmani bugun berib, ertasiga qaytarishi. Buyurtmani uxlamay bajargan frilanser ertasiga uni "atmen" bo'lganini ko'rib, yig'lavoray deydi :)

👉 @ITmavzu
Startup — u nima?

Start Up (ing. start - boshlash, up - ko'tarish) biznes bilan bog'laydigan bo'lsak, ishga tushirish, boshlash degan ma'noni anglatadi.

Startup deb, endi ish boshlagan yoki boshlash jarayonida bo'lgan loyihaga aytiladi. Asosiy shart — aniq va optimal biznes g'oyaga ega bo'lish kerak.

Loyihani startup deb atashda sohaning ahamiyati yo'q, ammo ko'p insonlarning hayolida startup — bu IT-loyiha hisoblanadi.

👉 @ITmavzu
«Tak, nega mijozim yo'q?!»

IT sohasida biznes qilishni boshlagan har bir «novichok»ning 1-savoli — "Qanday qilib, mijoz topaman" bo'lsa, 2-si "Nega mijozim yo'q" bo'ladi.

Strategiyamizga tayanadigan bo'lsak, mutaxassislar uchun doimo ish topiladi. Lekin o'quvsizlarga ish yo'q deganimas. Keling, sizga bir nechta savol beraman,

1. Portfolio mavjud va unda "odamga o'xshagan" proyektlar bormi?
2. Muomalangiz qanday?
3. Mijozlaringizga sizni boshqalarga tavsiya qilishini so'raysizmi?
4. O'z xizmatlaringizni reklama qilasizmi?
5. O'zingizni mutaxassis deb hisoblaysizmi?

• Qaysi savolga javobingizni qoniqarsiz deb o'ylaysiz — o'sha bo'lim bo'yicha ishlang!

👉 @ITmavzu
Guru.com - bu frilanser va ish beruvchilar uchun qulay hamda tezkor platforma hisoblanadi. Ushbu saytda yangi loyihalar tez-tez yangilanib turadi

Guru orqali quyidagi sohalar boʻyicha ish topishingiz mumkin:
• Dasturlash
• Dizayn
• Savdo va marketing
• Biznes va moliya
• Muhandislik va arxitektura
• Huquq
• Ta'lim va trening
va boshqa koʻplab sohalar boʻyicha.

👉 @ITmavzu
Udacity.com — dasturlash kurslarini professional dasturchilardan oʻrganish mumkin

Udacity – bu ba'zi yirik va muvaffaqiyatli IT kompaniyalarida (Google, Facebook, mongoDB, AT&T va boshqalar) ishlagan odamlar tomonidan ishlab chiqilgan o'quv dasturi.

👉 @ITmavzu
Uyda ingiz tilidan dars berib pul toping

Magic Ears – uyda turib ingiz tilidan bolalarga dars berish platformasi.

Ushbu platforma orqali ingiz tilidan 1-4 - sinf bolalarga dars berish orqali soatiga $15-$26 ishlab topishingiz mumkin. Buning uchun siz bir nechta talablarga javob bersangiz boʻldi.

👉 @ITmavzu
Dribbble.com – bu dizaynerlar uchun portfolio yaratish uchun qulay saytlardan biri

Ushbu saytdan professional portfolio yaratib, jahon darajasidagi dizayner boʻlmoqchi boʻlsangiz, PRO obunani sotib olishni maslahat beramiz.

Pro obuna orqali siz oʻz professional ishingizni namoyish etishingiz, hamda Apple, Google, Facebook, Dropbox kabi kompaniyalar bilan shartnoma tuzishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Ta'lim berish va o'rganish uchun yetakchi global bozor

Udemy.com – Dunyo bo'ylab talabalarni eng yaxshi o'qituvchilar bilan bog'lab, odamlarga maqsadlariga erishishda va o'z orzularini amalga oshirishlarida yordam beradi.

Udemy orqali kompyuterga aloqador sohalarga oid kurslarni oʻqishingiz yoki dars berishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Nega IT da ingliz tili muhim?

Javob — Dunyoning katta qismi ingliz tilini yaxshi biladi va ingliz tili - standart tilga aylanib bo'lgan. Har yerda ingliz tilini ma'qul ko'rishadi. Uning ustiga, dasturchi ingliz tilini bilmasa, uning o'sishi to'xtab qoladi.

Ingliz tilini qayerda sifatli o'rganish mumkin?
Agar uydan turib, bepul o'rganishni xohlasangiz, Youtube sizga yordam beradi. Agar Youtube'ga ishonmasangiz, men sizlar uchun ingliz tili bo'yicha yaxshi kurslar uchun link hozirlaganmiz:

alison.com
mooec.com
futurelearn.com
openlearning.com

P.S. Ingliz tilini sifatli o'rgansangiz, chet elliklar bilan ishlashda umuman qiynalmaysiz.

👉 @ITmavzu
Reklama uchun toʻgʻri auditoriya tanlash

Lamborghini hech qachon televizor orqali reklama bermaydi. Chunki, bu mashinani sotib oladiganlar televizor koʻrishmaydi!

Ular reklama uchun toʻgʻri auditoriya sifatida motoshoular, avtopoygalar, har-xil ijtimoiy tarmoqlarni tanlashadi. Lamborghini sotib olish ehtimoli boʻlgan odamlar aynan ushbu joylarda albatta boʻlishadi.

P.S: Siz nafaqat yaratgan mahsulotingiz uchun, balki oʻz auditoriyangizni shakllantirishda ham reklama uchun toʻgʻri joy tanlashni oʻrganing.

👉 @ITmavzu
Oltin olma, IT biznesmendan maslahat ol

Tajribali IT-biznesmenlar aytishadi: Potensial mijoz — eng yaxshi qurol.

Potensial mijoz — 2 va undan ko'p marta sizga ishi tushgan buyurtma beruvchi.

Eng birinchi va eng tezkor xaridor — potensial mijozlar.

Ular sizga ishonishadi, chunki qo'lingizdan nimalar kelishini bilishadi va yana bir bor sizga yuzlanishgan. Demak sizning xizmat ko'rsatishingiz unga qiziq. Iloji boricha potensial mijozlar bilan yaxshi munosabatda va aloqada bo'lib turing.

Potensial mijoz topish uchun uning 1-buyurtmasini a'lo darajada bajaring.

👉 @ITmavzu
Shaxsiy sayt orqali pul ishlash haqida qisqacha

Ko'p kishi internet sayti bor odamga pul to'laydi deb o'ylaydi. Bu xato, internet sayt egasiga 1 so'm ham bermaydi. Barchasi Google Adsense'ga bog'liq. Saytingizning 1 kunlik tashrif buyuruvchilari ko'p bo'lishi kerak, aks holda Adsense sizdan reklama sotib olmaydi.

Saytdan daromad qilish uchun sayt mukammal va chiroyli dizaynga ega bo'lish kerak, aks holda bugun kirgan odam ertaga kirmasligi mumkin. Siz o'zingizni tashrif buyuruvchidek tuting — saytda sizga nima yoqmadi? (Bilaman sizga hammasi yoqadi 😅)

👉 @ITmavzu
Matnlar qiroli — kopirayterlar: Ular kim?

Matnlari qiroli bejizga emas, chunki kopirayterlar faqat matn bilan ishlashadi. Kopirayterlar ham yaxshi daromad topishadi va ular uchun ish ko'p

Reklama matnlari
Ular asosan reklama matnlari yozishadi. Kopirayterdan talab — kreativ va so'z boyligi bo'lishi kerak. Ular kanallar, kurslar, mahsulotlar, xullas sotilagidan narsalar uchun matn yozishadi.

Kontent-reja
Kontent-reja salkam muharrir. Chunki u biror kanal yoki sayt bilan kelishgan holda, biror muddat maqola yozadi va shunga qarab rejalashtirib oladi. Odatda kontent rejalar uchun yaxshi to'lashadi.

Mahsulotlar uchun matnlar
Biznes tashkilot internet-do'kon ochsa, unga mahsulot qo'shadi. Tabiiyki, mijoz mahsulot haqida biror narsa o'qishi kerak. Bu ishni kopirayterga qo'yib berishadi, u shunday ta'riflaydiki, mijoz mahsulotni savatga qo'shganini bilmay qoladi.

P.S. Ushbu sohani tez o'rgansa bo'ladi, asosiysi kreativ bo'lish kerak

👉 @ITmavzu
Imkoniyat - qo'lingizda

Siz kun bo'yi nimalar bilan shug'ullanasiz? Asosiy mashg'ulotlaringiz nima? Qaysi mashg'ulot kunning asosiy qismini egallaydi?

Agar savollarga javob "yotish", "bekorchilik", "uxlash" kabi bo'lsa, darhol kuningizni o'zgartiring! Chunki har bir o'tayotgan daqiqa - g'animat. Kuniga 2 soat biror narsani o'rganish uchun ajrating. Shunda natijaga erishasiz.

👉 @ITmavzu
«Frilanser ham kitob o'qishi kerakmi?» Ha, kerak!

Bugungi post IT sohasida biznes qilish emas. Keling, biroz lirik chekinish qilamiz.

1. So'z boyligingiz oshadi
Mijoz bilan gaplashganda yaxshi muomalada bo'lish kerak. Chunki muomala o'sha mijozning frilanserga yana murojaat qilishini ta'minlaydi. Sizning so'z boyligingiz qanchalik boy bo'lsa, shuncha chiroyli gapirasiz va mahsulotdagi so'zlarni to'g'ri va aniq yozasiz

2. Orfografiya
Mijoz frilanserga yozsa, 1-o'rinda uning portfoliosi va yozish madaniyatiga e'tibor beradi. Chunki qaysi ahmoq hatto yozishni ham bilmagan frilanserga buyurtma beradi? Siz so'zlarni to'g'ri yozsangiz, sizga ishonch kuchayadi.

3. Dunyoqarash
Grafik dizayner, dasturchi, kopirayter va boshqa kasblar uchun eng kerakli narsalardan biri — dunyoqarash, ya'ni fantaziya. Sizning dunyoqarashingiz, fikrlash doirangiz qanchalik katta bo'lsa, mahsulot shuncha bejirim, sifatli va ko'rkam bo'ladi.

P.S. Frilanser bo'lmasangiz ham kitob o'qishni kanda qilmang!

👉
@ITmavzu
2024/09/23 21:32:11
Back to Top
HTML Embed Code: