Telegram Web Link
#Hamkorlik

🔹 O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi tomonidan muntazam ravishda mahallalar bilan hamkorlikda davra suhbatlari, uchrashuvlar va turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazib kelinmoqda,

🔸 Joriy yilning 13-iyun kuni "Huquqiy fanlar" kafedrasi professor-o'qituvchilari va tyutorlari Olmazor tumani Mirzo G'olib mahallasida bo'lishdi. Unda fuqarolarga qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

👉 @ijtimoiyfanuz
#TTJ_tashrif

🔹 O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi tomonidan muntazam ravishda 5-talabalar turar joyida davra suhbatlari, uchrashuvlar va turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazib kelinmoqda,

🔸 Joriy yilning 13-iyun kuni "Huquqiy fanlar" kafedrasi professor-o'qituvchilari va tyutorlari 5-talabalar turar joyida bo'lishdi. Unda talabalar bilan uchrashib, suhbat olib borishdi.

👉 @ijtimoiyfanuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV

🔹 O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Huquqiy fanlar" kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) Jamshid Yusubov ilmiy rahbarligida Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 2-bosqich talabasi Dilnoza Xusanova haqida "Yoshlar" telekanalining "Yangi O'zbekiston yoshlari" ko'rsatuvida so'z boradi.

🔸 Ilmiy rahbari Jamshid Yusubov va talabamiz Dilnoza Xusanovalarni keyingi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz!

📲@Jaloliddin_Y_K
#Kafedra_muhokamasi

📘 Bugun, 25-iyun kuni O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Siyosatshunoslik" va "Huquqiy fanlar" kafedralarining qo'shma majlisi bo'lib otdi. Unda "Huquqiy fanlar" kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) Yusubov Jamshid Kadamovichning 23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligi bo'yicha "O'zbekistonda davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini oshirish omillari (ijtimoiy-siyosiy tahlil)" mavzusida siyosiy fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish yuzasidan kafedra muhokamasi bo'lib o'tdi.

📗 Ilmiy maslahatchi: siyosiy fanlar doktori, professor Quronboyev Qaxramon Qo'chqorovich

📙 Taqrizchilar: f.f.d., prof. Berdiqul To'ychiyev, s.f.d., prof.v.b. Baxtiyor Omonov, s.f.d., prof. Nasriddin Nazarov

👉 @ijtimoiyfanuz
2024/06/25 14:36:56
Back to Top
HTML Embed Code: