Telegram Web Link
#Dars

🔹 Joriy yilning 1-noyabr kuni "Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi" fanidan Psixologiya mutaxassisligi 1-kurs magistrlari Gulnoza Daminova, Ozoda Pardanova, Xurshida Juraboyeva, Zarina Abirqulova tomonidan "Seminar mashg'ulotlariga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish metodikasi" mavzusida noan'anaviy seminar darsi tashkil etildi.

🔸 Darsda Puzle, to'p o'yini, Zanjir metodikalaridan foydalanilgan holda mavzu tushintirb berildi, savol-javoblar qilindi hamda Zakovat o'yini o'tkazildi. Darsda g'olib bo'gan jamoa blaknotlar bilan taqdirlandi va faol ishtirokchilarga shirinliklar berildi.

✔️ Dars jamoalarga bo'lingan holda olib borildi va quyidagi natijalarga ega bo'lishdi:
🥇Intellekt - 29 ball
🥈Pozitiv - 22 ball
🥈Progres - 22 ball


👨‍🎓 Fan o'qituvchilari: "Huquqiy fanlar" kafedrasi professori Akbar Utamuradov va falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent Jaloliddin Yusubov

▶️O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti
______________
👉
@Ijtimoiyfanuz👈
🔥11-noyabr O'zbekiston Milliy universitetida Zakovat intellektual musobaqasining rektor kubogi bo'lib o'tadi!

Oldin xabar berganimizdek Noyabr oyining ikkinchi o'n kunligida Zakovat intellektual musobaqasining rektor kubogi bo'lib o'tadi, bunga qadar barcha fakultetlardan jamoalar shakllangan bo'lishi lozim.

‼️Har bir fakultetdan to'rttadan(4) jamoa ishtirok etadi.

▪️
Manzil: Zakovat arena
▪️Vaqti 11.11.2024 soat 15:00


✔️Murojaat uchun: Jamoalarni shakllantirib Fakultet yoshlar yetakchilariga uchrashing.

📲O'zMU Yoshlar ittifoqi:
@U_Tukhtayev
🏛️ Joriy yilning 2- noyabr kuni Ijtimoiy fanlar fakulteti sotsiologiya yo’nalishi kafedra mudiri Zaitov.E hamda kafedra o’qituvchilari Ernazarov.B, Ibragimov.M, Norqulov.B hamda sotsiologiya yo’nalish tyutori Abduraxmanov.R Sirdaryo viloyati Hovos tumanida joylashgan 1- umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida maktab Ma’muryatiga, o’quvchilarga sotsiologiya fan doirasida erishilgan yutiqlar, sotsiologiya fanining o’qitish metodikasi, o’quv qo’llanmalari hamda sotsiologiya talabalariga yaratilgan shart-sharoitlar haqida davra suhabti bo’lib o’tdi.

Suhbat davomida talabalar sotsiologiya o’zi qanday fan va bu fanni o’rganish davomida qanday yutiq va kasb egasi bo’lishlarini bilib oldilar, maktab Ma’muryatini, o’quvchilarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi.

   
#Tashrif

⚡️Joriy yilning 1-noyabr kuni O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy psixologiya yo’nalishi 2-bosqich talabalari, tyutor Sh.Maxmudov boshchiligida «Kamoliddin Behzod» nomidagi sharq miniatyura sanʼat muzeyiga tashrif buyurishdi.

🔹Muzeyni oʻrganish chogʻida, muzey marketing boʻlimi boshligʻi N.Abdumalikova va mutaxassis xodima D.Xojiboyevalar eksponatlar bilan tanishtirishdi.

🔸Muzeyda xattotlik sanʼatiga oid Kufiy, Sus, Rayhoniy va boshqa xattotlik namunalarga ishlangan bezaklar va miniatyuralar diqqatga sazovordir. Alisher Navoiy, Firdavsiy, Xisrav Dehlaviy va boshqa buyuk ijodkorlar asarlariga ishlangan bezaklar va rasmlar beqiyos asarlardandir.

🔹Tashrif yakunida ilm va sanʼatga qiziquvchi iqtidorli talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha maʼlumotlarga oʻzgacha tasurotlarga ega boʻldilar.

▶️O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti
____________
👉
@Ijtimoiyfanuz👈
“Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovi o'tkaziladi

💠 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish maqsadida “Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovini e’lon qiladi.

💠 Tanlovda universitetimizda ta’lim olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

💰 Tanlovning respublika bosqichida g’olib bo’lgan talabalar quyidagi miqdorda pul  mukofoti bilan taqdirlanadi:
1-o’rin - 7 000 000
2-o’rin - 6 000 000
3-o’rin - 5 000 000

💠 Tanlovning o’tkazish tartibi va tanlovga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo’yiladigan talablar bilan  tanlov nizomi orqali tanishishingiz mumkin!

📆 Maqolalar 2024-yil 8-noyabrga qadar  qabul qilinadi.

📞 Murojaat uchun tel: +998 99 170 33 83
+998 90 288 18 08
⚡️Avval xabar berganimizdek
11-noyabr O'zbekiston Milliy universitetida «Zakovat» intellektual musobaqasining rektor kubogi bo'lib o'tadi!

👥Ushbu musobaqada har bir fakultetdan 4 ta jamoa ishtirok etadi.

Ijtimoiy fanlar fakultetidan ishtirok etuvchi jamoalarni aniqlash maqsadida 6-noyabr chorshanba kuni 2 smenada fakultet talabalari o’rtasida alohida tartibda «Zakovat» intellektual o’yini bo’lib o’tadi.

Bunda fakultet talabalari yakka tartibda ushbu o’yinda ishtirok etishadi va ular ichidan eng yuqori ball olgan talabalar orasidan jamoalar shakllantiriladi.

Ishtirok etish istagidagi talabalar telegram orqali pastda keltirilgan manzilga murojaat qilib ro’yxatdan o’tishlari so’raladi !

❗️Ro’yxatdan o’tish ertaga soat 18:00 da yakunlanadi !

➡️.Ro’yxatdan o’tish 👈

Bizni kuzating👇
👍Telegram | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kurs_ishi

📘 “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavriat yo‘nalishi va “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari)” magistratura mutaxassisligida kurs ishlarini tayyorlash va himoya qilish bo‘yicha metodik qo'llanma. – T.: O‘zMU, 2024, – 24 b.

📝 Mualliflar:
👨‍🎓 Yusubov Jaloliddin Kadamovich – O‘zMU “Huquqiy fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori (DSc);
👨‍🎓 Yalgashev Bunyod Maxmudovich – O‘zMU tadqiqotchisi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
🧑‍🎓 Mustafoyeva Feruza Xurshid qizi – O‘zMU Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi talabasi.

📝 Taqrizchilar:
👨‍🎓 Utamuradov Akbar – O‘zbekiston Milliy universiteti “Huquqiy fanlar” kafedrasi professori, falsafa fanlari nomzodi;
👨‍🎓 Sultanov Surojbek Xabibullayevich – Toshkent Davlat transport universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).


▶️O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti
______________
👉
@Ijtimoiyfanuz👈
#Bitiruv_malakaviy_ishi

📗 “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavriat yo‘nalishida bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash va himoya qilish bo‘yicha metodik qo'llanma. – T.: O‘zMU, 2024, – 38 b.

📝 Mualliflar:
👨‍🎓Yusubov Jamshid Kadamovich - O‘zMU “Huquqiy fanlar” kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
👨‍🎓Yusubov Jaloliddin Kadamovich – O‘zMU “Huquqiy fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori (DSc);
🧑‍🎓Esonaliyeva Gulnoza Dilmurod qizi – O‘zMU Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi talabasi.

📝 Taqrizchilar:
👨‍🎓 Tilavov O‘ktam – O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi direktori, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent;
👨‍🎓 Babashev Farxod – O‘zbekiston Milliy universiteti “Pedagogik ta’lim” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.


▶️O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti
______________
👉
@Ijtimoiyfanuz👈
#Magistrlik_dissertatsiyasi

📕 “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)” magistratura mutaxassisligida magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish bo‘yicha metodik qo‘llanma. – T.: O‘zMU, 2024. – 40 b.

📝 Mualliflar:
👨‍🎓 Utamuradov Akbar – O‘zMU "Huquqiy fanlar" kafedrasi professori, falsafa fanlari nomzodi;
👨‍🎓 Yusubov Jaloliddin Kadamovich – O‘zMU "Huquqiy fanlar" kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori (DSc);
🧑‍🎓 Lutfilloyeva Muattar Umidillo qizi – O‘zMU “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari)” mutaxassisligi magistranti.

📝 Taqrizchilar:
👨‍🎓 To‘ychiyev Berdikul Turakulovich – O‘zbekiston Milliy universiteti professori, falsafa fanlari doktori;
🧑‍🎓 Allayarova Soliha Narzulloyevna – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.


▶️O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti
______________
👉
@Ijtimoiyfanuz👈
Олий суд раисининг биринчи ўринбосари И. Муслимов Ўзбекистон Миллий университети ректори И. Мажидов билан учрашди.

Учрашув давомида мамлакатимизда олиб борилаётган суд-ҳуқуқ ислоҳотлари ҳамда уларни амалиётга тўлақонли жорий этиш мақсадида амалга оширилаётган очиқ прагматик кадрлар сиёсати ҳақида маълумот бериб ўтилди.

Мулоқотда Олий суд республикамизнинг 12 та олий таълим муассасаси билан ҳамкорлик алоқалари ўрнатилганлигини, ушбу олийгоҳлар талабалари судларда амалиёт ўтаб, ўз касбий билимларини ошириб келаётганлиги ҳамда энг муносиб номзодлар танловлар асосида ишга саралаб олинаётганлигини алоҳида таъкидланди.

Шунингдек Олий суд ҳузурида ташкил этилган “Бўлажак суд ходимлари” клуби ҳамда унинг фаолияти ҳақида маълумот берилиб, келгусида талаба-ёшлар ҳамда Олий суд раҳбарияти ва тажрибали судьялар билан биргаликда учрашувлар, маҳорат дарслари ва илмий семинарлар ўтказишга, шунингдек, ҳамкорликни ривожлантириш бўйича йўл харитасини ишлаб чиқишга келишиб олинди.

ЎзМУ раҳбарияти Олий суд вакилларига университет номидан миннатдорлигини билдириб, университетнинг фаолияти, таълим йўналишлари ҳамда у ерда яратилган шарт-шароитлар ҳамда илмий-педагогик салоҳият ҳақида батафсил маълумот бериб ўтди.

Учрашув якунида икки томонлама юридик кадрларни тайёрлаш соҳасидаги ўзаро ҳамкорлик тўғрисидаги меморандум имзоланди.

Сайт I Telegram I Facebook I YouTube
⚡️#Iqtibos

Mashhurlardan iqtibos

↪️Yaqinlaringizga ulashishni unutmang!

Bizni kuzating👇
🌐Telegram | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/05 04:16:12
Back to Top
HTML Embed Code: