Telegram Web Link
#Kafedra_muhokamasi

📘 Bugun, 21-sentabr kuni O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Huquqiy fanlar" kafedrasining majlisi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi, Ma'mun universiteti katta o'qituvchisi Abdullayev Ibadulla Abdullayevichning 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo'yicha "Yoshlar tarbiyasida axloq va din uyg'unligi tamoyilining ijtimoiy-falsafiy tahlili" mavzusida falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish yuzasidan dissertatsiya ishining kafedra muhokamasi bo'lib o'tdi.

📗 Ilmiy rahbar: falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent Yusubov Jaloliddin Kadamovich

📙 Taqrizchilar: falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Mirkomil Atavullayev, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Mansur Aytbayev

👉 @ijtimoiyfanuz
Forwarded from Сирожиддин
#VOLLEYBOL

⚡️Ayni damda O’zMU sport majmuasida sportning volleybol turi bo’yicha «Besh tashabbus olimpiadasi»ning universitet bosqichi bo’lib o’tmoqda.

🔰Fakultetimizning o’g’il bolalar hamda qizlar jamoalari maydonda.

🔹Fakultetimiz jamoalariga omad va g’alaba tilab qolamiz.

Bizni kuzating👇
Telegram | Instagram
Forwarded from Сирожиддин
#VOLLEYBOL
⚡️O’yinlar yakunlandi !

🔹Fakultetimiz qizlar jamoasi yaqqol ustunlik bilan g’alaba qozondi🎉
Hisob quyidagicha:
Ijtimoiy fanlar: 2-0 Fizika


🔸Yigitlarimizdan afsuski omad yuz o’girdi.Ularga keyingi o’yin hamda musobaqalarda omad tilab qolamiz !

Bizni kuzating👇
Telegram | Instagram
#DIQQAT #RASMAN #TARQATING

⚡️O'zMU da dars jarayonlari 23-sentyabrdan boshlab quyidagicha vaqtlarga ko'chirildi.

Ijtimoiy fanlar
Jurnalistika
Kimyo
Tarix
Matematika
Geologiya va muhandislik geologiyasi
Oʼzbek filologiyasi
Xorijiy filologiya
Ekologiya
Iqtisodiyot
fakultetlari uchun:
🔹 1-smena 9:00 dan
🔸2-smena 13:30 dan.

Gidrometeorologiya
Geografiya va geoaxborot tizimlari
Biologiya
Fizika
Аmaliy matematika va intellektual texnologiyalar Taekvondo va sport faoliyati fakultetlarida
esa:
🔹1-smena 9:30 dan
🔸2-smena 14:00 dan boshlanadi.

Bizni kuzating👇
Telegram | Instagram
Joriy yilning 23-sentyabr kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetining 5-talabalar turar joyida “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi professor-o'qituvchilari dotsent Z.Axrarova, katta o'qituvchi X.Xaydarova, o'qituvchilar U.Ismadiyarova, F.Xamidova, A.Jumaboyevalar tomonidan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g'oyalari” mavzusidagi ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda jadid ma’rifatparvarlari  tomonidan olib borilgan keng ko‘lamli islohotchilik ishlari haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir qizg‘in savol- javoblar asosida  olib borilib, talabalarda yaxshi taa'ssurot qoldirdi. Tadbir yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
2024/09/28 09:33:18
Back to Top
HTML Embed Code: