Telegram Web Link
Forwarded from Сирожиддин
#FUTBOL #OMADLI_YURISH

⚡️Bugun O’zMU sport majmuasida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida sportning futbol turi bo’yicha universitet bosqichi o’yinlari bo’lib o’tdi.

❗️Bugungi o’yinlarda Ijtimoiy fanlar hamda Fizika fakultetlari jamoalari bahs olib borishdi.

🔹Shiddatli kechgan ushbu o’yinda fakultetimiz yigitlari yaqqol ustunlik bilan g’alaba qozondi.

⚽️Demak hisob bilan tanishing:
Ijtimoiy fanlar: 7-0 Fizika

🏆Yigitlarimizni mazkur omadli yurish bilan chin dildan muborakbod etamiz.Keyingi o’yinlarda ham g’alaba va muvaffaqiyatlar kutib qolamiz.

Bizni kuzating👇
Telegram | Instagram
Talabalar hayotiga oid dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.

O‘zbekiston Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakultetida talabalarni turli yot va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasligi, korrupsion xatti-harakatlar va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktika hamda boshqa salbiy holatlarni oldini olish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda fakultetning Siyosatshunoslik yo'nalishi 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Rektor maslahatchisi J. Ruziyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi xodimi M,Abduraxmonov, hudud profilaktika katta inspektorlari  A. Abdulhaqov va U.Xidirov, fakultetning yoshlar ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari A.Jaysanov, tyutor F.Abdullayevlar tomonidan qayd etilgan yo‘nalishlarda tegishli ko‘rsatmalar berildi. Yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar  olishdi.
#Saylov_2024

🗓Barchaga ma'lumki joriy yilning
27 oktabrda Oliy majlis Qonunchlik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlik saylovlari bo'lib o'tishi belgilangan.

📌Mazkur saylovlar mamlakatimiz tarixida butkul yangi ya'ni aralash saylov tizmi asosida o'tkazilishi belgilandi.
Shu munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibidagi harbiy qisimda ham
"Saylov qonunchiligi, aralash saylov tizimining siyosiy, huquqiy mohiyati va ahamiyati" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

👨‍🎓Ushbu tadbirga Yoshlar ittifoqi Respublika kengashi tavsiyasi bilan O'zMU ijtimoiy fanlar fakulteti Siyosatshunoslik yo'nalishi 4-kurs talabasi Zafar Asrorov taklif etilib, mavzu doirasida tadbir ishtirokchilariga maruza qilib berdi.

👉 @ijtimoiyfanuz
Forwarded from O'zMU | Rasmiy kanal
#ma’rifat_ulashib

O‘zMUga biriktirilgan maktablarda adib va yoshlar uchrashuvlari tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy universitetiga biriktirilgan Olmazor tumanidagi 16-maktabda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, ijodkorlar Doniyor Begimqulov, Shodmonqul Salomov, Mengnor Ollomurodovlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Dastlab ushbu maktablarda mehmon ijodkorlar, universitet mas’ullari va maktablar rahbariyati ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlar davomida adiblar tomonidan maktab o‘quvchilariga vatanparvarlik, adabiyot va ilmga muhabbat qo‘yish, katta marralar sari dadil harakat qilish, oliy ta’lim muassasalariga maqsadli tayyorgarlik ko‘rish kabi mavzularda taklif va tavsiyalar berildi. Tadbir o‘quvchilar bilan muloqot shaklida davom etdi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 11:20:09
Back to Top
HTML Embed Code: