Telegram Web Link
Tadbirkor ham qonunga amal qilishi kerak

Avval xabar berganimizdek, Kattaqo’rg’on shahrida tashqi reklamalarni tartibga keltirish bo‘yicha muntazam reyd tadbirlari olib borilmoqda.

⚡️Bugun ham ishchi guruh tomonidan olib borilgan navbatdagi o‘rganish jarayonida Kattaqorgon shahar Bahoriston hamda Qoriravot mahallalari hududidagi Alisher Navoiy kochasida “Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga amal qilmasdan, belgilanmagan joylarga qonun talablariga zid ravishda o‘rnatilgan 20 ga yaqin tashqi reklama vositalari joyida bartaraf etildi.

⚠️Shu o‘rinda hurmatli tadbirkorlardan tashqi reklama vositalarini joylashtirishda qonun talablariga amal qilishlarini so‘raymiz! Zero, qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Sherov Jahongir,
Kattaqorg`on shahar hokimining maslahatchisi

https://www.tg-me.com/kattaqurgon_shahar_hokimligi
Forwarded from SamTVR | MTRK
👉 Belgilanmagan joyga reklama joylashtirmang!

🔉 Ayni paytda Samarqand shahri Panjikent ko‘chasida Ishchi guruh tomonidan qonun talablariga zid bo‘lgan, yaroqlilik muddati o'tgan, ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari bartaraf etilmoqda.
🟣 Hurmatli tadbirkorlar, o‘z mahsulotingizni targ‘ib etishda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga qat’iy amal qilishlaringizni so‘raymiz. Zero, qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Norbek Alqarov,
Samarqand shahar hokimining maslahatchisi

https://www.tg-me.com/SamTvr
Forwarded from Ergasheva Shoira
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ULUGʻIMSAN_VATANIM!

JOMBOY tumani 40- IDUM
5-"A" sinf  o‘quvchisi
Anvarova Gulyoraning oʻzbek xalqining sevimli shoiri MUHAMMAD YUSUF tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab
🇺🇿"Ulugʻimsan,Vatanim!" shiori ostida o‘qigan she'ri 🎙
Forwarded from SamTVR | MTRK
Jarayon

👉 Qonunga befarq bo‘lmang

🔉 Ayni paytda Samarqand viloyatining Samarqand, Toyloq, Pastdarg‘om tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on va Samarqand shahrida noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama bositalari Ishchi guruhlar tomonidan bartaraf etilmoqda.

Sherali Temirov,
viloyat hokimining maslahatchisi

https://www.tg-me.com/SamTvr
Ўзбек тилида «Қўрқмоқ» маъносини берувчи мен топган 40 та сўз ва ибора:

• қўрқди
• сесканди
• хавотирланди
• ҳадиксиради
• ҳайиқди
• ҳуркиди
• хавфсиради
• ранги оқарди
• юраги орқага тортди
• капалаги учди
• юраги ёрилди
• ўтакаси ёрилди
• чўчиб кетди
• ичи ўтиб кетди
• таҳликага тушди
• даҳшатга тушди
• ваҳимага тушди
• саросимага тушди
• титраб кетди
• юраги така-пука бўлди
• иштонини ҳўллаб қўйди
• қўрқувдан қалтиради
• дағ-дағ титради
• кўзи косасидан чиқди
• жойидан жилолмай қолди
• тили калимага айланмай қолди
• кайфи учиб кетди
• ичига ғулғула тушди
• ранги докадек оқарди
• юраги шувуллади
• оёғига қалтироқ турди
• нафаси чиқмай қолди
• совуқ тер босди
• сапчиб тушди
• юраги тушди
• рангида ранг қолмади
• бир сакраб тушди
• дами ичига тушди
• юраги товонига тушди

Рўйхатни давом эттиринг...

©Мавлон Марасулов
@xatoliklar
Forwarded from UzA | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek tilining sofligini qanday saqlab qolish mumkin? (+video)

Dunyoda boshqa tildan so‘z o‘zlashtirmagan til yo‘q. Ma’lum bir tilning lug‘at tarkibi boyishi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy umuman hayotning barcha jabhalarida juda katta o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Fan va texnikaning jadallik bilan rivojlanishi esa har bir tilga yangi so‘zlar, tushunchalarning paydo bo‘lishiga olib keladi.

🎥 https://youtu.be/XkgT0lupsZ8

Batafsil: https://uza.uz/posts/593834

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 04:24:23
Back to Top
HTML Embed Code: