Telegram Web Link
Bugun tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan tumandagi Oqmachit mahallasidan o‘tgan markaziy ko‘chasida “Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga amal qilmasdan, belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari joyida bartaraf etildi.

   ⚠️ Eslatma o‘rnida:
Hurmatli tadbirkorlar!
O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

Kanalga qo‘shiling:👇
Veb-sayt | Telegram | Facebook
Forwarded from Jomboy tumani hokimligi
📌 Qishlog‘ingiz nega bunday nomlangan?
(2-qism)

Qorakesak – Qipchoqlarning qoraqipchoq urug‘i tarkibida qorakesak tarmog‘i bo‘lgan. Qozoqlarda qorakesak O‘rta O‘rdaning asosiy qabilalaridan biridir. Shu bilan birga qozoqlarning arg‘in va olchin qabilalari tarkibida ham qorkesak degan urug‘ bo‘lgan. Umuman, bu bir qancha turkiy xalqlarda keng tarqalgan etnonim hisoblanadi. Chunonchi, o‘zbeklarning tuyoqli qabilasining mullakesak va mirzakesak degan urug‘lari bo‘lgan.

Qoraki – qoraqalpoq-qo‘ng‘irot qabilasining qoramo‘yin urug‘i tarmoqlaridan biri bilan bog‘liq nom.

Elaton – Farg‘ona va Zarafshon qipchoqlari urug‘ining nomi. Qipchoq-qirg‘iz va o‘zbeklarning Elatan degan urug‘i bor.

Beshbola – Qo‘ng‘irotlar, Zarafshon qoraqalpoqlari, sariqipchoqlar tarkibida, turkman juzlarida beshbola urug‘i mavjud. O‘zbek-qipchoqlarning qoraqipchoq tarmog‘iga kiruvchi urug‘lardan biri beshbola deyiladi.

Asqarbek QURBONOV,
tuman hokimi maslahatchisi.


Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
Тулки дарёнинг нариги қирғоғида турган туядан сўради:
— Сув сатҳи чуқур эмасми?
Туя жавоб берди:
— Йўқ, елка баробар.
Тулки ўзини сувга отган эди дарё чуқурлигидан уни домига торта бошлади. У гоҳ сув ичига ғарқ бўлиб, гоҳ типирчилаб зўрға бошини сувдан чиқариб, аранг бир тошга тирмашиб жонини сақлаб қолди. Кейин ҳансираганча туяга бақирди:
— Сен дарёни елка баробар, демаганмидинг?!
Туя яна хотиржам жавоб берди:
— Ҳа, шундай, лекин у менинг елкам баробар.

Бировдан маслаҳат сўрасангиз, у ўз имкониятларидан келиб чиқиб маслаҳат бериши мумкинлигини ҳисобга олинг. Ҳамманинг ҳам кўрсатмалари ёки ҳаёт йўлини тўлиғича ўзингизга йўл тутманг. Йўқса, улар кечиб ўтган йўл, сизни ғарқ қилиши мумкин.


Обуна бўлиш мажбурий эмас! 👉 @Samarqand_live‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand tumani hokimining maslahatchisi Bunyod Yarashevning tuman ahli va tadbirkorlik subyektlariga MUROJAATI

Kanalga qo‘shiling:👇
Veb-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Forwarded from PAYARIQ TUMANI HOKIMLIGI
Topshiriqlar ijrosi ta'minlanayapti

   Kuni kecha tuman hokimi I.Jabborov tegishli tashkilotlar mas'ullari bilan birgalikda hududdagi asosiy yo'llar bo'ylab piyoda yurib, o'rganishlar o'tkazgan va  yo'l atroflarini obodonlashtirish xususan, aholi va tadbirkorlik sub'yeklariga tegishli binolarning tashqi fasadini ta'mirlash, reklama e'lonlarni belgilangan tartibda o'rnatish, yo'laklarni bo'tonlashrish, irrigatsiya tarmoqlarini chiqindilardan tozalash kabi bir qator masalalar yuzasidan topshiriqlar bergan edi.
    Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
    Xususan, tumani markaziy ko‘chalaridagi tashqi reklama peshlavhalari o‘rganilib, yaroqsiz va noqonuniy o‘rnatilganlari joyida olinib, bartaraf etish choralari ko‘rilayapdi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 www.tg-me.com/PAYARIQ_TUMANI_HOKIMLIGI
🌍 sampayarik.uz
Forwarded from SamTVR | MTRK
Jarayon

👉 Tadbirkor qonundan xabarsiz(mi?)

🔉Ayni paytda Samarqand tumani Diyor, Ravonak, Oqmachit mahallalarini kesib o‘tuvchi Toshkent ko‘chasida ruxsat etilmagan, qonun talablariga javob bermaydigan, ma’nan eskirgan reklama vositalari tuman ishchi guruhi tomonidan tartibga keltirilmoqda.

B.Yarashov,
Tuman hokimining maslahatchisi

https://www.tg-me.com/SamTvr
Reklamlar Qonun talabiga mosmi?

Reklama va marketing dunyoda eng rivojlanib borayotgan va serdaromad yo‘nalishlardan biri sanaladi. Bugun qayerga qaramang katta-kichik reklama, e’lonlarga ko‘zingiz tushadi. Ammo reklamalarning barcha turi ham O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Davlat tili haqida”gi qonun talablariga mos kelavermaydi. Shu boisdan Toyloq tumanidagi ko‘chalarda noqonuniy tashqi reklamalar; peshlavha, e’lon va boshqa axborot matnlarini o‘rganish ishlar olib borilmoqda.
📹Ana shunday tadbirlardan bir Bog‘izog‘on mahallasida o‘tkazildi. Tadbir davomida “Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga amal qilmasdan, belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan 20 dan oshiq tashqi reklama vositalari olib tashlandi.
✍️Shu o‘rinda tadbirkorlardan tashqi reklama vositalarini joylashtirishda qonun talablariga amal qilishlarini so‘raymiz!

Fazliddin Mirbabayev,
Toyloq tumani hokimining maslahatchisi.
Forwarded from Pastdarg‘om.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Noqonuniy reklamalar bartaraf etilmoqda.

🔰 O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi "Reklama to'g'risida"gi Qonunining 6-moddasiga asosan, "O'zbekiston Respublikasi hududida reklama O'zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi" deb belgilab qo'yilgan.

🔹 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi VMQ-104-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish tartibi to'g'risida"gi Nizomning 42-bandiga asosan, "Korxonalar, tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlari axborot vositalarining o'lchami 2 kv metrdan oshmasligi lozim" ligi ham aniq tarzda ko'rsatib o'tilgan.

❗️Hurmatli tadbirkorlar, o'z faoliyatingizni qonun hujjatlariga rioya qilgan holda yuritishingiz talab etiladi!


Obuna bo'ling:
@PASTDARGOMUZ

💬
Facebook 📸 Instagram 📹 Youtube 🔍 Web-sayt
2024/09/29 06:34:32
Back to Top
HTML Embed Code: