Telegram Web Link
Forwarded from SamTVR | MTRK
👉 Sartepa – Samarqand shahrining g‘arbida qad ko‘targan mavze.

🔰 Sartepa joy nomining tojikcha sar so‘ziga aloqasi yo‘q. Aslida Hisortepa bo‘lib, u hisor-isor-sar tariqasidagi yo‘lni bosib o‘tgan. Chunki bu yerda tovush qisqarishi yuz bergan bo‘lib, so‘z boshidagi «h» tovushi talaffuzdan tushib qoladi.
🔵 Keyinchalik «i» unlisini aytish ham noqulay tuyulgan, chunki tilda isor shaklidagi so‘z yo‘q. Natijada hisor so‘zining oxirgi bo‘g‘inidagi sor qismini sar tarzida aytilishiga odatlanganmiz. Qal’a, qo‘rg‘on, istehkom shaklidagi hisor so‘zi aslida arabcha bo‘lib, mazkur tildan fors-tojik tiliga o‘tgan.
🟢 sar, sor qismlari hisor so‘zining o‘zgargan shaklidir. Aslida Hisortepa bo‘lib, uning o‘zgargan shakli Sartepadir.
🔉 Sartepa – yer sathidan baland, do‘ng joydagi qo‘rg‘on degani.
Manba: B.O‘rinboyev. Asrlardek barhayot nomlar.

Sh.TEMIROV,
Viloyat hokimining maslahatchisi

https://www.tg-me.com/SamTvr
Forwarded from SamTVR | MTRK
👉 Qishlog‘ingiz nega shunday atalishini bilasizmi?

🔰 Lalmikor – Bulung‘ur tumanidagi qishloq. Tojikcha so‘z bo‘lib, lalmi+kor. Dehqonchilik tarzi va suvdan foydalanish usuliga ko‘ra dehqon lalmikor va obikor deb atalgan.
🔵 Lalmikor sug‘orish inshootlari (ariq, kanal, band)dan foydalanmasdan, yerdagi nam va tabiiy yog‘inlar yordamida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari va usuli.

Manba: B.O‘rinboyev. Asrlardek barhayot nomlar. – Samarqand. 2003. -106 b.

Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Forwarded from Xushnudbek.uz
Alifbo islohoti haqida — 4 ta harfning yangi shakli loyihasi e’lon qilindi

5-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev toshkentlik saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvida “ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur” deya taʼkidlagan edi.

Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib o‘tgan respublika ilmiy-nazariy konferensiyada ishchi guruhning xulosalari eʼlon qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Taklif sifatida Ishchi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harflar birikmasi va tutuq belgisidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi ishlab chiqildi.

Bunda quyidagi 4 ta harf shaklini biroz o‘zgartirish taklif etilmoqda:

O‘ => Õ õ
G‘ => Ğ ğ
Ch => C c
Sh => Ş ş

Boshqa hech qanday jiddiy o‘zgarish yo‘q.

Umuman olganda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish lozimligini anchadan buyon taʼkidlab kelamiz. Bir necha marta bunga urinishlar bo‘ldi, ammo oxirigacha jurʼat va qatʼiyat yetishmadi.

Alifbodagi ayrim kamchiliklar uni amaliyotga to‘laqonli tatbiq etishga to‘sqinlik qilmoqda, texnologik muammolar keltirib chiqarmoda.
Hozirgi loyiha ushbu muammolarni bartaraf etadi. Va asosiysi taklif etilayotgan variant XALQNI SAVODSIZ QILMAYDI, yaʼni o‘zgarish sababli odamlar harflarni tanimay qolmaydi, 4 ta harf qatnashgan yozuvni bemalol, hech bir muammosiz o‘qishda va yozishda davom etaveradi.

Endi asosiysi mana shu variantni yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlash va ishni huquqiy tomondan oxirigacha yetkazish kerak. Na uyoqli, na buyoqli bo‘lib, arosatda yurish faqat va faqat tilimizga zarar keltiradi.

Shaxsan men ushbu taklifni to‘liq qo‘llab-quvvatlashimni bildiraman.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from SamTVR | MTRK
👉 Qishlog‘ingiz nega shunday atalishini bilasizmi?

🔰 Mo‘lakichkina – Kattaqo‘rg‘on tumanidagi qishloq. Toponim
mo‘la+kichkina qismlaridan iborat. Mo‘la – tuproq o‘yib, chim
yoki g‘isht (tosh) qalab, baland qilingan so‘risimon joy. Mo‘la
kuzatish, qo‘riqlash, xabar berish obyekti bo‘lgan. Kichkina, nisbatan kichik.
🔵 Mo‘lakichkina – nisbatap kichik mo‘lasi bo‘lgan qishloq.

Manba: B.O‘rinboyev. Asrlardek barhayot nomlar. – S. 2003. – 121 B.

P/s. Ba’zi o‘rinlarda xalq orasida Mullakichkina tarzida ham talqin etiladi. Ammo toponimning asl nomi Mo‘lakichkina.

Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

Britanyaning yetakchi va jahonga mashhur ilm dargohi - Oksford universitetida bu yildan boshlab O'zbek tili va adabiyoti darslari yo'lga qo'yilmoqda.

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from SamTVR | MTRK
💐 O'zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi 80 yoshda

🔰 Joriy yilning 26-sentyabr kuni O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutida Samarqand viloyati hokimligi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi va institut jamoasi bilan hamkorlikda O'zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
🟢 Tadbirda viloyat hokimining maslahatchisi Sh.Temirov, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari T.Tugalov, institut rektori Sh.Negmatova va dotsent Z.Pardayevlar shoirning hayoti va ijodi haqida tadbir ishtirokchilariga atroflicha ma’lumot berishdi.
🔵 Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan shoirning she’rlaridan namunalar o‘qilib, badiiy chiqishlar qilindi.
Forwarded from SamTVR | MTRK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"DIYOR YANGILIKLARI"  | RAUF PARFI TAVALLUDINING 80 YILLIGI NISHONLANDI


#27-sentabr#Samarqand

https://www.tg-me.com/SamTvr
Forwarded from SamTVR | MTRK
🇺🇿 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni

👉 Samarqand shahri va tumanlardagi LED ekranlarga ona tilimizni ulug‘lovchi targ‘ibot materiallari va videoroliklar joylashtirilmoqda.

“Qadring baland bo’lsin, ona tilim”

https://www.tg-me.com/SamTvr
Forwarded from SamTVR | MTRK
🔰 Oqdaryoda bayramga tayyorgarlik

💐 “21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Samarqand viloyati Oqdaryo tumani markaziy ko‘chalariga davlat tilini madh etuvchi targ‘ibot materiallari o‘rnatilmoqda.

https://www.tg-me.com/SamTvr
2024/10/01 02:29:50
Back to Top
HTML Embed Code: