Telegram Web Link
👉 Ruxsat etilmagan joyga targ‘ibot vositasi oʻrnatmang

🔰 Joriy yilning 10-avgust kuni viloyatning Narpay, Payariq, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot va Nurobod tumanlari hokimliklari Ishchi guruhi tomonidan markaziy ko‘chalarda tartibsiz, yaroqlilik muddati o‘tgan, imlo xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan, xorijiy tillarda aks ettirilgan, ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan 100 ga yaqin tashqi reklama vositalari joyida bartaraf etilib, tadbirkorlarga “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar mazmun-mohiyati yana bir bor tushuntirilib, samarali faoliyat yuritishlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔵 Bu kabi amaliy ishlar viloyatda muntazam olib borilmoqda.
🔉 Shu o‘rinda, tadbirkorlarga o‘z mahsulotlarini targ‘ib etishda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishlarini so‘raymiz.

Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
👉 Simyog‘ochlar tashqi reklama vositalarini o‘rnatish uchun emas...

🔵 Avval xabar berganimizdek, viloyatda, qolaversa, Payariq tumanida tashqi reklama vositalarini tartibga keltirish ishlari muntazam olib borilmoqda.
🔰 Ishchi guruhning navbatdagi o‘rganish ishlari joriy yilning 11-avgust kuni tumanning Qumchuq mahallasidan o‘tgan markaziy ko‘chasida olib borildi.
🟢 Olib borilgan o‘rganishlar natijasida simyog‘ochlarga o‘rnatilgan noqonuniy targ‘ibot materiallari, tashqi reklama vositalari bartaraf etilib, tadbirkorlarga “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga amal qilishlari lozimligi uqtirildi.

Jasur Abilov
Samarqand viloyati Payariq tumani hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
QAROR IJROSI AMALDA

Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan tuman Yo‘llardan foydalakish unitar korxonasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarorining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔰 O‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar, davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Obid Tojixonov,
Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimining maslahatchisi
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Telegram | 💬Facebook | 🌍Ishtixon.uz
Forwarded from Zarnews.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Мустақиллигимизнинг 32 йиллиги муносабати билан Иштихон тумани ҳокимлиги китобхонларга туҳфа ҳозирлади.

Туман марказидаги “Устозлар хиёбони”да “Очиқ осмон остидаги кутубхона" ташкил этилди.

———

📹 Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan Ishtixon tumani hokimligi kitobxonlarga tuhfa hozirladi.

Tuman markazidagi “Ustozlar xiyoboni”da “Ochiq osmon ostidagi kutubxona" tashkil etildi.

@Zarnews_uz
Forwarded from SamTVR | MTRK
Пешлавҳа ва рекламани қандай фарқлаш мумкин?


https://www.tg-me.com/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👉 Nom tanlashda adashmang.

🔰 Zero, har bir nom bizni kimligimizni anglatib turadi.

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
#Tanlov

📡 🔴 “ONA TILIM – JONU DILIM” tanlovi - №2-tur

1️⃣ O`QUVCHILARGA:
👉 Mamlakatimizda “Davlat tili to`g`risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?

2️⃣ O`QITUVCHILARGA: 👉 “O`zbek tili bayrami kunini belgilash to`g`risida” Qonun qachon qabul qilindi?

3️⃣ KITOBXONLARGA: 👉 Tog`ay Murodning asarlarida qaysi hudud shevalari ko`p uchraydi?

Tanlov sharti oddiy - savollarga javobni @Nasruzga_xat_bot manziliga qaysi yo`nalishda qatnashayotganingiz, ism-familiyangiz, telefon raqamingiz hamda manzilingizni yozib yuboring!
⚡️Javoblar savol e`lon qilingach 24 soat mobaynida qabul qilinadi!

№1-turning javoblari: Barcha izohlar qabul qilindi.

Оbuna bo`lish majburiy emas! 👉 @https://www.tg-me.com/Nasr_uz
2024/10/01 04:49:55
Back to Top
HTML Embed Code: