Telegram Web Link
Forwarded from Nurobod tumani hokimligi
O‘zbek tili qoidalariga rioya qilganlar rag‘batlantirilib, rioya qilmaganlar ogohlantirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurobod tumani hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tumani hokimining maslahatchisi A.Abduraimov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan davlat tashkilotlarining tashqi yozuvlari, tadbirkorlik sub’ektlarining reklama bannerlari o‘rganilganda bir qator qonun buzilish holatlari aniqlanib, o‘zbek tili qoidalariga rioya qilinmagan tashqi reklama bannerlari olib tashlandi.

Shuningdek, o‘zbek tili qoidalariga rioya qilgan bir guruh tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlariga tuman hokimligining tashakkurnomalari topshirildi.

Bu kabi ishlar tumanda muntazam ravishda olib borilmoqda.

@nur_press
Forwarded from SamTVR | MTRK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👉 BRIFING

🔰 Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Aziz Abduraimov ishtirokida BRIFING.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Brifing

Mavzu:
O‘zbek tilining davlat tili sifatida o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha tumanda qilinayotgan ishlar.

Ishtirokchi: Tuman hokimining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mirbabayev Fazliddin Faridinovich

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
Forwarded from SamTVR | MTRK
🔰 Tanlovning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

👉 “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovining “Davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud” yo‘nalishi (tuman/shahar hokimliklari) hududiy bosqichini o‘tkazish bo‘yicha viloyat Ishchi guruhi joriy yilning 4-5-avgust kunlari Toyloq, Jomboy, Bulung‘ur, Samarqand, Nurobod, Oqdaryo, Ishtixon tumanlari va Samarqand shahrida o‘rganish ishlarini olib bordi.
🔵 Yakuniy natijalar 9-avgust kuni e’lon qilinadi va 1-o‘rinni egallagan tuman/shahar respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
🟢 O‘rganish ishlari davom etmoqda.

Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

https://www.tg-me.com/SamTvr
👉 Oqdaryo tumani respublika bosqichida ishtirok etadi

🔰 Avval xabar berganimizdek, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovining “Davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud” yo‘nalishi (tuman/shahar hokimliklari) hududiy bosqichini o‘tkazish bo‘yicha viloyat Ishchi guruhi joriy yilning 1-5-avgust kunlari joylarda o‘rganish ishlarini olib bordi.
🔵 O‘rganishlar va Ishchi guruh xulosasiga ko‘ra yakuniy natijalar bugun, 9-avgust kuni e’lon qilinib, viloyat kutubxonasida taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
🟢 Tanlovda munosib ishtirok etgan shahar/tuman hokimliklari viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
💐 Hududiy bosqichda Oqdaryo tumani 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
2024/10/01 07:19:06
Back to Top
HTML Embed Code: