Telegram Web Link
🟢 Seminar ziyoratdan boshlandi

🟣 Joriy yilning 22-iyul kuni Samarqand viloyati Urgut tumani hokimligida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida tuman (shahar) hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirokida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
🔵 Seminar avvalida yig‘ilish ishtirokchilari Urgut tumanidagi aziz avliyolar qadamjolarini ziyorat qilishdi.
🔴 Shundan so‘ng ishtirokchilar joriy yilning 6 oyi davomida “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosi va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berishdi.
🟡 Seminarni viloyat hokimining maslahatchisi Sherali Temirov olib bordi.

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Forwarded from Zarnews.uz
Самарқанддаги беш мингдан ортиқ географик объект номи ўзгартирилди

———

Samarqanddagi besh mingdan ortiq geografik obyekt nomi o'zgartirildi

👉 https://zarnews.uz/ui0

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
Forwarded from SamTVR | MTRK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIYOR YANGILIKLARI | "QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!"

#24-iyul
#Samarqand

https://www.tg-me.com/SamTvr
Forwarded from SamTVR | MTRK
👉 QAROR IJROSI AMALDA

Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 61-son qarorining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔰 O‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar, davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Obid Tojixonov,
Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimining maslahatchisi
Tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzish jarimaga sabab bo‘lishi mumkin

Ishchi guruhning navbatdagi o‘rganish ishlari Samarqand shahrining Gulobod ko‘chasida olib borildi.

O‘rganish natijasida o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan, “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelmagan 70 dan ortiq targ‘ibot vositalari Ishchi guruhi tomonidan joyida bartaraf etilib, tadbirkorlik subyektlariga tegishli ogohlantirishlar berildi.

Hurmatli tadbirkorlar, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasi 4-bandiga asosan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik uchqun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravar miqdorda jarimaga tortilishingiz haqida ogohlantiradi. Targ‘ibot vositalari va reklamalarni joylashtirishda qonun talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.

Norbek Alkarov
Samarqand shahar hokimining maslahatchisi.

👉🏽 Каналга уланиш: https://www.tg-me.com/samshahar
🌐 www.facebook.com/samshaharhokim
🌔 samshahar.uz
2024/10/01 09:22:09
Back to Top
HTML Embed Code: